46
HOMILADORLIKNING ERTA MUDDATLARIDA LEYOMIOMANING KLINIK
KECHISHI VA ASORATLARINI BASHORATLASH
Haydarova Nigora Bahodirovna
Osiyo Xalqaro Universiteti 1-bosqich doktoranti Buxoro, O‘zbekiston
Narzulloeva Nargiza Sayfulloevna
Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti №1 Akusherlik va ginekologiya kafedrasi PhD,
dotsenti Buxoro, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.15704140
Kalit so’zlar:
bachadon leyomiomasi, antigen, polimorfizm, immun kompleks.
Mavzuning dolzarbligi:
Bachadon leyomiomasi ayollar reproduktiv sistemasining eng keng tarqalgan yaxshi
sifatli o'smalaridan biri bo’lib,30 yoshdan oshgan ayollarning 15-20 foizida va 40 yoshdan
oshgan ayollarning 40 foizida aniqlanadi. Oxirgi paytlarda reproduktiv funksiyaga hali
erishmagan 30 yoshgacha bo'lgan yosh ayollarda ham bachadon leyomiomasi aniqlanishi
holatlari ko'payib bormoqda.
Bachadon leyomiomasi- bachadon mushak qavati hujayralarining anomal bo'linishi
tufayli rivojlanadigan yaxshi sifatli gormonga bog'liq o'sma. Odatda, leyomioma hosil bo'lish
jarayoni asta-sekin sodir bo'ladi ya’ni, bitta mushak hujayrasi nazoratsiz bo'linishni boshlaydi
va asta-sekin hujayralar soni ko’payib, organ devorida miomatoz tugunlar paydo bo’ladi.
Tadqiqot maqsadi
Bachadon leyomiomasi mavjud bo’lgan erta muddatdagi homilador ayollarda genetik
omillar ta’sirida rivojlanadigan erta va kechgi akusherlik asoratlarini bashoratlash.
Tadqiqot materiali va usullari
Material sifatida 2020-2024 yillarda Buxoro shahar tug’ruq kompleksi nazoratida
bo’lgan bachadon leyomiomasi mavjud bo’lgan 71 nafar homilador ayollar kasallik tarixining
retrospektiv tahlili hamda 30 nafar sog’lom ayollar olindi.
Tadqiqotda umumklinik, gormonal, immunologik, molekulyar-genetik va statistik
tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari:
Tadqiq qilinayotgan va nazorat guruhlarida MDR1 geni S1236T polimorfizmi
genotiplarini taqqoslashda MDR1 genining S/T va T/T funksional salbiy genotiplari bachadon
leyomiomasining rivojlanishida xavfli omil sifatida ahamiyatli deb topildi (χ² = 4.75; p =
0.029; OR = 2.3; 95% CI: 1.09–4.85 va χ² = 5.1; p = 0.023; OR = 2.5; 95% CI: 1.14–5.47, mos
ravishda).
Bachadon leyomiomali bemorlarning I va II kichik guruhlarini nazorat guruhidagi
bemorlar bilan va oʻzaro taqqoslashda MDR1 geni S1236T polimorfizining salbiy getero- va
gomozigot genotiplari taqsimotida statistik jihatdan muhim farqlandi (χ² > 3.84; p < 0.05).Ilk
bor bachadon leyomiomasi mavjud bo’lgan homilador ayollarda salbiy genotip C1236T
uchraganda organizmda rezistentlik shakllanishi aniqlandi.
Xulosa
O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bachadon leyomiomasiga ega bo’lgan
homilador ayollar orasida erta va kechgi akusherlik asoratlari rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi.
Ushbu holatga genetik omillar muhim rol o’ynaydi. Leyomioma mavjudligi fonida
homiladorlikning erta bosqichlarida homila tushishi, homila rivojining to’xtab qolishi kabi
47
holatlar, kech bosqichlarda esa erta tug’ruq, platsenta yetishmovchiligi, ko’p qon ketish, kesar
kesish zaruriyati kabi asoratlar kuzatilishi mumkin.
Genetik omillar, jumladan, kollagen sintezining buzilishi, gormonal disbalansga moyillik,
hujayra o’sishini boshqaruvchi genlarda o’zgarishlar ushbu asoratlarning yuzaga kelishiga
hissa qo’shadi. Shu bois, bachadon leyomiomasi aniqlangan homilador ayollarni erta aniqlash,
genetik tekshiruvlardan o’tkazish va individual kuzatuv asosida yuritish akusherlik
amaliyotida katta ahamiyat kasb etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Nаrzullаеvа, N. S., Musаkhоdzhаеvа, D. А., Аbdurаkhmаnоv, M. M., & Ikhtiуаrоvа, G. А.
(2019). СУTОKINЕ DУNАMIСS АS А RЕSULT ОF РHУTО-FLАVАNОID ЕXРОSURЕ IN WОMЕN
WITH UTЕRINЕ MУОMА. Russiаn Jоurnаl Оf Immunоlоgу, 22(2-1), 435-437. dоi:
10.31857/S102872210006922-9
2.
Narzullaeva, N. S. (2021). Gynecologicaland somatic history of women with uterine
myoma according to retrospective analysis.
Акуш., гинекол., перинатол,(2)
,
86
.
3.
Song H., Lu D., Navaratnam K. et al. Aromatase inhibitors for uterine fibroids //
Cochrane Database Syst Rev. - 2013. - Vol. 10:CD009505.
4.
Исанбаева Л.М. Особенности гормонального лечения миомы матки у женщин с
диффузным нетоксическим зобом //Актуальные проблемы медицины. Ташкент.-2001.-
№2.-С.57-59.
5.
Щербакова Л.А. Клинико-морфологические аспекты субмукозной миомы матки у
женщин репродуктивного возраста // Российский вестник акушера-гинеколога. – 2012.
– Т. 12, №1. – С. 24-28.