Авторы

  • Yulduz Siddiqova
    Samarqand Davlat Universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
  • Sevara G’afforova
    Samarqand Davlat Universiteti Urgut filiali Biologiya yo’nalishi 213-guruh talabasi
  • Shoxrux Tolibjonova
    Samarqand Davlat Universiteti Urgut filiali Biologiya yo’nalishi 213-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.112783

Ключевые слова:

moychechak o‘simligi moychechak choyi moychechak damlamasi shifobaxsh oʻsimlik harorat tushishi yaligʻlanish jigʻildon qaynashi geografik tarqalishi salbiy oqibatlar saraton kasalligi migerenda milklar qonashi asab tinchlanishi ogʻriq kamayishi foydali xususiyatlar yuz parvarishi shamollash moychechak turlari.

Аннотация

Ushbu maqolada moychechak o‘simligining morfoologik tuzilmasi, geografik tarqalishi, kimyoviy tarkibi, tabobatda ishlatilishi,  dorivor xususiyatlari va pereparatlari hamda ularning afzalliklari to‘g‘risida keltirilgan.


background image

56

MOYCHECHAK O’SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Siddiqova Yulduz Husanovna

Samarqand Davlat Universiteti Urgut filiali

Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

Tel: (91) 531 21 98

G’afforova Sevara Akbarali qizi

Samarqand Davlat Universiteti Urgut filiali Biologiya yo’nalishi 213-guruh talabasi

Tel: (88) 405 08 26

Tolibjonova Shoxrux Ulug’bek o’g’li

Samarqand Davlat Universiteti Urgut filiali Biologiya yo’nalishi 213-guruh talabasi

(88) 288 81 08

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734716

Annotatsiya:

Ushbu maqolada moychechak o‘simligining morfoologik tuzilmasi,

geografik tarqalishi, kimyoviy tarkibi, tabobatda ishlatilishi, dorivor xususiyatlari va
pereparatlari hamda ularning afzalliklari to‘g‘risida keltirilgan.

Аннотация

.

В

статье

рассматриваются

морфологическая

структура,

географическое распространение, химический состав, лекарственное применение,
лечебные свойства и препараты растения ромашки, а также их преимущества.

Abstract

. This article describes the morphological structure, geographical distribution,

chemical composition, medicinal uses, medicinal properties and preparations of the
chamomile plant, and their benefits.

Kalit so‘zlar

: moychechak o‘simligi, moychechak choyi, moychechak damlamasi,

shifobaxsh oʻsimlik, harorat tushishi, yaligʻlanish, jigʻildon qaynashi, geografik tarqalishi,
salbiy oqibatlar, saraton kasalligi, migerenda, milklar qonashi, asab tinchlanishi, ogʻriq
kamayishi, foydali xususiyatlar, yuz parvarishi, shamollash, moychechak turlari.

Ключевые слова:

растение ромашки, ромашковый чай, настой ромашки,

лекарственное растение, снижение температуры, воспаление, изжога, географическое
распространение, негативные последствия, рак, при мигрени, кровоточивость дёсен,
успокоение нервов, обезболивание, полезные свойства, уход за лицом, простуда, виды
ромашки.

Keywords

: chamomile plant, chamomile tea, chamomile infusion, medicinal plant,

temperature reduction, inflammation, heartburn, geographical distribution, negative effects,
cancer, in migraine, gum bleeding, nerve relaxation, pain relief, beneficial properties, facial
care, cold, types of chamomile.

Dorivor moychechak bo‘yi 15-40 smga etadigan bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi,

sershox, ichi kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, segmentlari ingichka chiziqsimon,
o‘tkir uchli. Poya va shoxchalari uzun bandli (yashil moychechakniki kalta bandli) savatchaga
to‘plangan gullar bilan tamomlanadi. Savatcha chetidagi gullari oq, tilsimon. o‘rtadagilari esa
ikki jinsli, sariq, naychasimon. Mevasi qo‘ng‘ir-yashil pista. May oyidan boshlab kuzgacha
gullaydi.

Geografik tarqalishi. Dorivor moychechak keng tarqalgan bo'lib, u asosan o‘tloqlarda,

ekinzorlarda (begona o‘t sifatida), yo‘l yoqalarida o‘sadi. Asosan Rossiyaning Yevropa
qismining janubida, Kavkaz, Qrim, Ukraina, Sibirning janubiy tumanlari va 0‘rta Osiyoda
uchraydi. Yashil moychechak Sobiq Ittifoqning Yevropa qismida, g’'arbiy Sibir va Uzoq
Sharqda keng tarqalgan. Mahsulot asosan Ukrainaning janubida (Qrim, Xerson. Nikolaev,


background image

57

Odessa viloyatlarida), kamroq Krasnodar o'lkasida, Rostov viloyati, Moldova respublikasi va
boshqa yerlarda tayyorlanadi. Moychechak juda tez ko‘payadi. Har ikkala moychechakka
talab ko'p bo‘lganidan Ukraina, Belorus va boshqa yerlarda o‘stiriladi. Tayyor mahsulot
savatchaga to‘plangan gullardan iborat. Dorivor moychechak savatchasining diametri 4-8
mm, yarim sharsimon bo'lib, o‘rama barglari cherepitsaga o‘xshab joylashgan. Savatcha
chetidagi oq tilsimon gullari 12-18 ta bo‘ladi. 0‘rtadagi gullari sariq, ikki jinsli, naychasimon,
gulkosachasi bo‘lmaydi, gultojisi besh tishli, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, pastga
joylashgan. Yashil moychechakning savatchasi maydaroq bo'lib, yashil naychasimon
gullardan tashkil topgan. Gulkosachasi yupqa parda shaklida, gultojisi to‘rt tishli.

Kimyoviy tarkibi. Savatchaga to‘plangan gullar tarkibida (0,22-0,8%) efir moyi, apiin,

kversimeritrin, kversetin, lyuteolin va boshqa (35 tacha birikmalar) flavonoidlar, gvayyanolid
guruh laktonlaridan matrikarin va matritsin, geterotsiklik halqali poliinlaktonlar,
proxamazulen, qumarinlar (umbelli-feron, gerniarin), dioksiqumarin, karotin, vitamin S,
shilliq, achchiq va boshqa moddalar bo‘ladi. XIDF ga ko'ra, oddiy moychechak guli tarkibida
0,3%, yashil moychechakda 0,2% efir moyi bo‘lishi kerak. Efir moyi ko‘k suyuqlik bo‘lib,
tarkibida 1,64-8,99% xamazulen, 20% gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, tritsiklik spirt,
bisabolen va uning oksidlari, kapril, nonil, izovalerian kislotalar hamda boshqa terpen va
seskviterpenlar bor. Efir moyi tarkibidagi seskviterpenlarning umumiy miqdori 50% gacha
bo‘ladi. Xamazulen efir moyining asosiy ta'sir etuvchi qismi hisoblanadi.

Dorivor preparatlari. Moychechak gulidan (savatchalardan) damlama tayyorlanadi.

Savatchalar me'da kasalliklarida, tomoq chayqashda ishlatiladigan va yumshatuvchi yig‘malar
- choylar tarkibiga ham kiradi. Shifobaxsh o‘simliklardan biri bo‘lgan moychechakning foydali
xususiyatlari Gippokrat va Dioskoridga ham ma’lum bo‘lgan. Qadimda damlama, malhamlar
tayyorlangan, davolash maqsadida ishlatilgan moychechakdan shifokorlar bugungi kunda
ham foydalanishni tavsiya qiladi.Shamollashda yordam beradi. Yallig‘lanishni sekinlashtiradi,
haroratni tushiradi. Tomoq og‘riganda moychechakli choy ichilsa, yengillik his qilish mumkin,
shuningdek, u patogen (mikroblarga qarshi) ta’sir qiladi. Hazm bilan bog‘liq muammolarni
bartaraf etadi. Ichaklarni, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, qayt qilish va jig‘ildon qaynashida
samara beradi. Asab tizimini mustahkamlaydi. Muntazam iste’mol qilish xotirani yaxshilaydi,
uyqusizlikka qarshi samara beradi. Shifokorlar stress va asabiylashishdan aziyat chekadigan
bemorlarga moychechak damlamasini ichishni tavsiya qiladi. Moychechak tarkibidagi
apigenin sabab saratonga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Tinchlantiruvchi ta’sirga ega
ekani sabab migrenda moychechakli choy ichish yordam beradi. Yo‘talni davolaydi.
Moychechak bronxit, tonzillit va laringitda samarali vosita hisoblanadi. Xolesterinni
kamaytiradi, shu sabab ham moychechakni yurak kasalliklari kuzatiladigan bemorlar
ratsioniga kiritish tavsiya qilinadi. Milklar qonashini kamaytiradi, og‘iz bo‘shlig‘i va
milklardagi yallig‘lanishda samara beradi, shilinish va yaralarni tez bitiradi. Tomir
tortishishini ham bartaraf qiladi. Moychechak peshob haydovchi xususiyatga ega. Ilmiy nomi
matricaria hisoblanadigan o‘simlikdan qadimda ginekologik kasalliklarni davolashda
foydalanilgan.

Ayollar uchun foydasi quyidagilardan iborat:

-

Og‘riqni kamaytirish xususiyatiga ega.

-

Gormonal fonni me’yorda saqlaydi.

-

Spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi.


background image

58

-

Kandidoz, kolpit va vaginitda yordamchi vosita sifatida foydalanish mumkin.

-

Homilador ayollarda “toksikoz” ni yengillashtiradi.

-

Teri holatini yaxshilaydi.
Moychechakli choyni nafaqat ichish, balki teriga ham surtish mumkin. Uni muzlatib, muz

bo‘lagi sifatida surtilganda teri oqaradi, teri teshiklari torayib, yallig‘lanish va qizarishlar
bartaraf etiladi.Turli kasalliklarda moychechak asosiy emas, qo‘shimcha davolovchi vosita
xolos. Undan foydalanganda ijobiy natijaga erishish uchun bir finjon choyning o‘zi kamlik
qiladi.Moychechak o’simlikining gul qismida joylashgan polifenollar deb ataladigan birikmalar
mavjud bo’lib uning foydali jihatlari ko’p. Apigenin, quercetin, patuletin va luteolin romashka
tarkibidagi polifenollarning ko’p qismini tashkil qiladi. Har bir birikma o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Ushbu birikmalarning barchasi suvda eriganligi sababli, romashka
choyining sog’liq uchun juda ko’p muhim foydalari borligini aytish mumkin. Shifobaxsh
xususiyatga ega boʻlgan moychechak (romashka) oʻsimligi teri va uyqu holatini
meʼyorlashtirish xususiyatiga egaligi hamda boshqa noyob dorivorlik xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Tomoq ogʻrishi yoki shamollashning oldini olish hamda ularni bartaraf etishda
moychechak damlamasi bilan tomoqni chayish samarali hisoblanadi. Buning uchun quritilgan
romashka gullaridan 4 osh qoshigʻini olib, yarim litr suvga solib, 45 daqiqa davomida dam
beriladi va suzib olinadi-da, ogʻiz sohasi shu damlama bilan kuniga 4-5 mahal gʻar-gʻara
qilinadi. Eʼtibor qilgan boʻlsangiz kofe ichganda tish sargʻayib qoladi, baʼzilarda esa yuz terisi
yoqimsiz rangga oʻzgaradi. Lekin uyquni tarqatish uchun kofe ichishga majbur boʻlasiz.
Buning oʻrniga moychechak damlab, unga asal qoʻshib ichish sizni bir muncha tetiklashtiradi.
Moychechak gullaridan tayyorlangan qaynatmaga tuz qoʻshib revmatizm, podagra kabi
kasalliklarida ham ishlatiladi. Shuningdek, hayotimizda koʻp uchraydigan holatlar — yengil lat
yeyishlarda ham romashkaning dorivorlik xususiyati juda foydalidir. Masalan, paylar
choʻzilganda moychechak (romashka)ning barglaridan ham shifo sifatida foydalanishimiz
mumkin. Buning uchun 100 gr. moychechak barglarini 2 litr qaynoq suvga solib, 1 soat
davomida damlanadi. Keyin ushbu damlamadan vanna qilinadi.

Moychechak choyining foydalari quyidagilardan iborat:

-

Antioksidant quvvati: Tanadagi turli faoliyatlar natijasida ajralib chiqadigan erkin

kislorod radikallari hujayra DNKsiga zararli ta’sir ko’rsatadi. Moychechak choyida topilgan
quercetin kabi birikmalar antioksidant xususiyatlari tufayli hujayralarni bu radikallardan
himoya qiladi.

-

Antimikrobiyal faollik: Moychechakdagi bioaktiv birikmalar har xil turdagi bakteriyalar,

zamburug’lar va viruslardan himoya qilishini ko’rsatadigan tadqiqotlar mavjud. Sil, gerpes va
poliomielit kasalliklari uchun mas’ul bo’lgan mikroorganizmlar romashka samarali
hisoblanadi.

-

Anti-koagulyatsion xususiyat: Qon birikmasi natijasida tromboz deb ataladigan

tomirlarning tiqilishi paydo bo’ladi. Moychechak tarkibidagi koagulyatsiyani sezilarli darajada
oldini olishini ko’rsatadigan eksperimental tadqiqotlar mavjud.

-

Yallig’lanishga qarshi sifat: organizmda yuzaga keladigan yallig’lanish hodisalari

yallig’lanish deb ataladi. Moychechak – faol birikmalari tufayli yallig’lanishga qarshi foydali
o’simlik. Apigenin – yallig’lanishga qarshi xususiyatlarni ko’rsatadigan romashka tarkibidagi
tarkibiy qism.


background image

59

-

Yurak kasalliklari: romashka choyidagi flavonoid tipidagi birikmalar muntazam iste’mol

qilinsa, yurak ishemik kasalliklaridan himoya qilishi mumkin. Yurak kasalliklari bo’lgan
bemorlarda romashka choyini iste’mol qilish ta’sirini ko’rsatadigan tadqiqotlar ham mavjud.
Bundan tashqari, romashka choyidagi flavonoidlar ham qon bosimi va xolesterinni
kamaytiradigan ta’sirga ega. Yuqori qon bosimi va xolesterin qiymatlari yurak salomatligi
uchun asosiy xavf omillaridan biridir.

-

Ichak infektsiyalari va diareya: romashka tarkibi diareya va diareya qo’zg’atuvchi

omillarga qarshi terapevtik ta’sir ko’rsatishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ichak
infektsiyalari bilan og’rigan bolalarda romashka choyini iste’mol qilish natijasida infektsiya va
diareya holati orqaga suriladi.

-

Qandli diabet: romashka yuqori shakar darajasiga qarshi davolovchi ekanligini

ko’rsatadigan tadqiqotlar mavjud. Moychechak insulindan mustaqil ravishda oshqozon osti
bezi hujayralarini himoya qiladigan potentsial ta’sirga ega.

-

Ovqat hazm qilish tizimi: romashka choyi an’anaviy ravishda turli xil ovqat hazm qilish

muammolari uchun ishlatiladigan ichimlikdir. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bu choy
oshqozon yarasiga qarshi himoya xususiyatlariga ega. Bu oshqozon kislotasi sekretsiyasini
kamaytirish va zararli mikroorganizmlarning tarqalishini oldini olish orqali yuqorida qayd
etilgan ta’sirni ko’rsatadi.

-

Osteoporoz: Osteoporoz, metabolik kasallik, suyak zichligining pasayishi natijasida

yuzaga keladi. Moychechak choyi suyak salomatligini qo’llab- quvvatlovchi va osteoporozga
qarshi himoya xususiyatiga ega ekanligini tushuntiruvchi tadqiqotlar mavjud.

-

Immunitet tizimi: Moychechak choyi o’zining noyob mikroblarga qarshi va

yallig’lanishga qarshi ta’siri tufayli shamollash kabi kasalliklarda shifobaxsh salohiyatga ega.
Bu choy shamollash, gripp va tomoq og’rig’i kabi kasalliklarda foydali ekanligini ko’rsatadigan
tadqiqotlar mavjud.

-

Jamiyatda romashka choyi diuretik ta’sirga ega degan fikr keng tarqalgan bo’lsada, bu

borada keng qamrovli tadqiqotlar yo’q. Biroq, moychechak choyi gormonlarni muvozanatlash
xususiyatiga ega. Shu tarzda, tartibsizlik hayz ko’rishda yaxshilanishni ko’rish mumkin.
Moychechak choyining asosiy ta’siri hayz ko’rish va ko’p miqdorda qon ketishdini
narmallashtirishdir. Moychechak choyini muntazam iste’mol qilish natijasida anormal
hayzdan qon ketishining oldini olish mumkin. Hayz ko’rishdan bir necha kun oldin ichila
boshlagan romashka choyi kayfiyatni o’zgartirish va qorin og’rig’ida ham foydalidir.

-

Moychechak choyining eng muhim xususiyatlaridan biri uning tinchlantiruvchi ta’siridir.

-

Moychechak choyi tarkibidagi birikmalar tufayli uyqu sifatini yaxshilaydigan noyob

xususiyatlarga ega. Uyqusizlik – bu uxlab qolish yoki uxlab qolish qiyinligi bilan tavsiflangan
kasallik. Moychechak – uyqusizlikni davolashda samarali deb hisoblangan o’simlik
muqobillaridan biri. Moychechakdagi apigenin kabi faol moddalar miyaning muayyan
hududlariga bog’lanib, uyquni qo’zg’atadi.

-

Hazm bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi

-

Ichaklarni, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, qayt qilish va jig‘ildon qaynashida samara

beradi.

-

Asab tizimini mustahkamlaydi

-

Muntazam iste’mol qilish xotirani yaxshilaydi. Shifokorlar stress va asabiylashishdan

aziyat chekadigan bemorlarga moychechak damlamasini ichishni tavsiya qiladi.


background image

60

-

- Kosmetologiya va anʼanaviy tibbiyotda turli teri kasalliklari (terli dog'lar, kuyishlar va

tirnash xususiyati, furunkullar, yosh bolalarda ekzema) uchun samarali;

-

Og'iz bo'shlig'ining yuqumli kasalliklarini davolaydi;

- Gulining gastrit, meteorizm, gaz, kolit, spazmlar va boshqalar bilan kurashishda, shuningdek,
o't pufagi, jigar va siydik-jinsiy tizimni davolashda samarali ekanligi isbotlangan;
- SARS va gripp, tomoq og'rig'i, tonzillitni davolash uchun ishlatiladi;
- Soch to'kilishini davolash uchun;
- Ko'z kasalliklarini (ko'z shilliq qavatining yallig'lanishi, konyunktivit, ko'z qovoqlarining
qizarishi) davolash uchun;
- Chaqaloq muammolari (bezi, toshmasi, tikanli issiqlik, bezovta uyqu, kolik, yo'tal, isitma va
regurgitatsiya);
- Ayollar organizmi uchun foydali, ginekologiyada keng qoʻllanadi;
- Ishtahani yaxshilaydi;
- Revmatizm, bo'g'imlardagi og'riqlar, tuz cho'kindilarini davolashda ishlatiladi.

Moychechak choyi turli xil sog’liq muammolariga qarshi foydali ekanligi isbotlangan va

xavfsiz iste’mol qilinadigan o’simlik muqobilidir. Biroq, moychechak choyi turli xil o’simlik
choylari bilan iste’mol qilinganda o’zaro ta’sir qilishi mumkin. Shu bilan birga, giyohvand
moddalarni iste’mol qilish paytida boshqa o’simlik choylarini, shu jumladan romashka choyini
iste’mol qilishda ehtiyot bo’lish kerak. Biroq, ba’zi odamlar bu choyni ichishda ayniqsa ehtiyot
bo’lishlari kerak. Daisy oilasidan ragweed yoki xrizantema o’simliklariga allergiyasi bo’lgan
shaxslar romashka o’z ichiga olgan oziq-ovqat va kosmetikadan qochishlari kerak. Bundan
tashqari, jigar yoki buyrak funktsiyasi buzilgan shaxslarga romashka choyidan ehtiyot bo’lish
tavsiya etiladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida qonni suyultiruvchi vositalarni (tarkibida
kumadin va warfarin bo’lgan) ishlatadigan odamlar tomonidan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Emizgan onalar va chaqaloqlarga ham bu choydan voz kechish tavsiya etiladi. Moychechak
choyi tufayli qon shakarining pasayishi sifatida tavsiflangan gipoglikemik ayniqsa insulin
terapiyasini olgan diabetga chalingan bemorlarda kuzatilishi mumkin. Xuddi shunday, ma’lum
davolash dasturlari bo’lgan qon bosimi bilan og’rigan bemorlar gipotenziya xavfi tufayli
ortiqcha romashka choyidan qochishlari kerak. Ba’zi davolash dasturlari bo’lgan qon bosimi
bilan og’rigan bemorlar, shuningdek, gipotenziya xavfi tufayli ortiqcha romashka choyini
iste’mol qilmasliklari lozim. Ege universiteti farmatsiya fakulteti Farmakognoziya kafedrasi
mudiri Prof. Dr. Bijen Kivchakning so'zlariga ko'ra, moychechak choyi dorilar bilan o'zaro
ta'sir qiladi va romashkaning ayrim turlari jiddiy zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bundan
tashqari, romashka Turkiyadagi zaharni nazorat qilish markazlariga kelgan etakchi
holatlardan biri bo'lib, ba'zi turlari pestitsidlarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Klinik sharoitda
takrorlanmagan, faqat hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, romashka ba'zi
oshqozon-ichak kasalliklari xavfini kamaytirish orqali sog'lom hazm qilishga yordam beradi.
Masalan; Kalamushlar ustida olib borilgan bir nechta tadqiqotlarda romashka ekstrakti
diareyadan himoya qilish potentsialiga ega ekanligi aniqlangan. Bu foyda romashka
yallig'lanishga qarshi xususiyatlariga bog'liq deb hisoblanadi. Kalamushlarda o'tkazilgan yana
bir tadqiqotda romashka oshqozon yarasining oldini olishda samarali ekanligi aniqlandi.
Oshqozonning kislotaliligini kamaytirish orqali romashka oshqozon yarasi rivojlanishiga hissa
qo'shadigan bakteriyalarning ko'payishini nazorat qilishi mumkin. Ushbu topilmalarga


background image

61

qaramay, romashka ovqat hazm qilish tizimidagi rolini tasdiqlash uchun ko'proq klinik
tadqiqotlar talab etiladi.

Moychechak o‘zining ko‘p xususiyatlari bilan foydali: u barcha turdagi terilar uchun mos

keladi. Moychechak quruq va ta’sirchan terini muloyimlik bilan namlaydi, holatini yaxshilaydi.
Teri ko‘chishi va yallig‘lanishga qarshi kurashishga yordam beradi. Agar teri yog‘li va
muammolarga moyil bo‘lsa, moychechak tarkibidagi antibakterial komponentlar
yallig‘lanishni kamaytirishga ko‘maklashadi va terida yog‘ ishlab chiqarishni me’yorga
keltiradi. Quritilgan moychechak gullarini dorixonadan sotib olish mumkin: ular choy tarzida
ichilishi uchun filtr paketlarda sotiladi. Moychechakni paketda ko‘rsatilgan nisbatda qaynatib
olinadi, 30-40 daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra suziladi va xona haroratida sovitiladi. Tayyor
damlamadan yuz va bo‘yin uchun tonik sifatida foydalanish mumkin: kuniga ikki marta teriga
surtiladi (tozalagandan keyin), shundan so‘ng oziqlantiruvchi kremni qo‘llash mumkin. Yana
bir variant – bu damlamani muzlatib, ertalab yuz artib olinadi. Moychechakli muz bo‘laklari
shishni kamaytirishga yordam beradi va yuzga sog‘lom porloqlik beradi.

Xulosa qilib aytganda moychechak dorivor o‘simlik sifatida keng tarqalgan.

Inflorescence boshlari gullashdan oldin yig'iladi va soyada quritiladi. U tarkibida efir moylari,
qatronlar, achchiq moddalar va fenolik birikmalar mavjud. 1% choy shaklida ertalab och
qoringa bir stakan ichish mumkin. U diuretik, ishtahani ochuvchi, tinchlantiruvchi va gazni
hazm qiluvchi ta'sirga ega. Og'riq qoldiruvchi vositalar to'plami, terapiya bezovta qiluvchi
ta'sirga ega. Bundan tashqari, bo'yash materiali sifatida ishlatiladi. Nemis romashka
(Anthemis nobilis) Markaziy Yevropada o'sadi va yetishtiriladi. Tishli gullar oq rangga ega.
Turkiyada 50 ga yaqin Anthemis turlari mavjud va ular Izmir romashka, yovvoyi romashka va
oq romashka kabi nomlar bilan mashhur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xolmatov X.X Mavlonqulova Z.I. Turli kasaliklarda dorivor o’simlik yig’malaridan

foydalanish. Toshkent. Ibn Sino nashriyoti, 1993 y
2.

Hojimatov Q. H, Yo’ldoshev K. Y, Shog’ulomov U. Sh, Hojimatov O. Q, Shifobaxsh giyohlar

dardlarga malham. Toshkent, ’’O’zbekiston’’, 1995-y
3.

Xolmatov H. X, Paratov O’. P, Mahsunov M.N, Asoratlarsiz dori-darmonlar. Toshkent,

’’O’qtuvchi’’ NMIU, 2006 y
4.

“Dorivor o’simliklar yetishtirish texnalogiyasi va ekologiya” O’. Axmedov, A. Ergashev, A.

Abzalov, M. Yulchiyev, D. Mustafokulov. - Toshkent: Shafoat Nur Fayz, 2020.

Библиографические ссылки

Xolmatov X.X Mavlonqulova Z.I. Turli kasaliklarda dorivor o’simlik yig’malaridan foydalanish. Toshkent. Ibn Sino nashriyoti, 1993 y

Hojimatov Q. H, Yo’ldoshev K. Y, Shog’ulomov U. Sh, Hojimatov O. Q, Shifobaxsh giyohlar dardlarga malham. Toshkent, ’’O’zbekiston’’, 1995-y

Xolmatov H. X, Paratov O’. P, Mahsunov M.N, Asoratlarsiz dori-darmonlar. Toshkent, ’’O’qtuvchi’’ NMIU, 2006 y

“Dorivor o’simliklar yetishtirish texnalogiyasi va ekologiya” O’. Axmedov, A. Ergashev, A. Abzalov, M. Yulchiyev, D. Mustafokulov. - Toshkent: Shafoat Nur Fayz, 2020.