Авторы

  • O.R. Parpiyeva
    Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti dotsent v.b.,
  • D. Nazarova
    Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.48145

Ключевые слова:

jigar virusli gepatit Botkin kasalligi dispanser nazorati emlash skrining tekshiruvlari.

Аннотация

Ushbu maqolada virusli gepatitlar, ularning yuqush va tarqalish yo‘llari, davolash, oldini olish chora-tadbirlari to‘grisida ma’lumotlar keltirilgan. Jigar qonni zararsizlantiradi, vitaminlarni saqlaydi va ma’lum gormonlar ishlab chiqaradi. Gepatit bu funktsiyalarning buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa tanadagi jiddiy soo‘liq muammolariga olib keladi. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining 2024 yilgi Gepatit bo‘yicha global hisobotiga ko‘ra, ushbu kasallik qurbonlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda.


background image

18

VIRUSLI GEPATITLARDAN EHTIYOT BO‘LING!

O.R.Parpiyeva

Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti dotsent v.b.,

D.Nazarova

Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti talabasi.

e.mail: parpieva.odinahon@yandex.ru,

ORCID: 0000-0001-6223-103X

https://doi.org/10.5281/zenodo.14065399

Annotatsiya.

Ushbu maqolada virusli gepatitlar, ularning yuqush va tarqalish yo‘llari,

davolash, oldini olish chora-tadbirlari to‘grisida ma’lumotlar keltirilgan. Jigar qonni
zararsizlantiradi, vitaminlarni saqlaydi va ma’lum gormonlar ishlab chiqaradi. Gepatit bu
funktsiyalarning buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa tanadagi jiddiy soo‘liq muammolariga
olib keladi. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining 2024 yilgi Gepatit bo‘yicha global hisobotiga
ko‘ra, ushbu kasallik qurbonlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda.

Kalit so‘zlar:

jigar, virusli gepatit, Botkin kasalligi, dispanser nazorati, emlash, skrining

tekshiruvlari.


Gepatit yuqumli kasalliklar orasida o‘lim holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi

o‘rinda turadi va yiliga 1,3 million inson shu xastalikdan ko‘z yumadi, bu ko‘rsatkich sil
kasalligidan o‘lim holatlari bilan bir xil. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati
xabar bermoqda. Butunjahon gepatit sammitida taqdim etilgan ushbu hisobotda diagnostika
va davolashning yaxshilanishi, tibbiy mahsulotlarning arzonlashganiga qaramay, kasallikni
test qilish va davolash qamrovi ortmayotgani ta’kidlangan. Ammo, agar hozirdan tezkor
choralar ko‘rilsa, JSSTning 2030 yilgacha gepatitni yo‘q qilish maqsadiga erishish mumkin
bo‘ladi. 187 mamlakatdan olingan yangi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, virusli gepatitdan
o‘limning taxminiy soni 2019 yildagi 1,1 milliondan 2022 yilda 1,3 millionga ko‘paygan,
ularning 83 foiziga gepatit B va 17 foiziga gepatit C sabab bo‘lgan. Xastalanganlarning 58 foizi
erkaklar. Dunyo bo‘ylab har kuni B va C gepatitlaridan 3500 nafar kishi vafot etadi.

Virusli gepatit juda qadim zamonlardan insoniyatga ma’lum boʻlgan. Gippokrat,

sharqning buyuk hakimi va faylasuf olimi Abu Ali ibn Sino singari mutafakkirlar virusli
gepatitni ta’riflab berganlar va davolaganlar. Oʻtgan asrlar mobaynida sargʻayish bilan
kechadigan barcha kasalliklar gepatit, ya’ni jigarning yalligʻlanishi deb tushunilgan. Vaholanki,
hozirgi davrda ham yuqumli boʻlmagan koʻpgina kasalliklar sariqlik alomati bilan kechadi.
XVIII asrning 80-yillarida buyuk rus klinisisti S.P.Botkin virusli gepatit kasalliklari ustida
koʻpgina ilmiy-tadqiqotlar olib borib, bu ogʻir xastalikning yuqumli ekanini isbotlagan. Shu
boisdan virusli gepatit Botkin kasalligi deb ham yuritilgan. Virusli gepatit koʻpincha tez va
ommaviy tus olib, ayniqsa tabiiy ofatlar, urushlar, ocharchiliklar davrida katta-katta
epidemiyalarga va pandemiyalarga sabab boʻlgan. Chunonchi zamondoshlarimiz V.M.Jdanov
va A.F.Blyuger kabi akademiklarning ta’riflashicha, XIX asrda boʻlib oʻtgan urushlar davrida
virusli gepatit 112 marta, XX asrda esa 400 marta epidemiya shaklida tarqalgan. Ayniqsa
jahon urushlari davrida virusli gepatit qit’alararo tarqalgan (pandemiya) va gepatit harbiy
askarlarni va tinch aholini zararlagan. Virusli gepatit pandemiyasini shartli ravishda uch
davrga boʻlish mumkin:

Birinchi jahon urushi va undan keyingi davr (1915-1923);

Ikkinchi jahon urushi davri (1937-1945);


background image

19

Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan boshlab, to hozirgi kungacha.
Yuqorida keltirilgan tarixiy dalillar va ilmiy-tekshirishlar virusli gepatitning juda

qadimdan barcha qit’alarda mavjud boʻlganligi, aholi oʻrtasida tez-tez epidemiya va
pandemiya shaklida tarqalib turganligini yaqqol koʻrsatadi. Bu kasallik asrimizning 70-80
yillaridan boshlab hozirgi kunlarda ham butun dunyoda tarqalib turibdi. Virusli gepatitning
keng tarqalishiga quyidagilar sabab boʻladi:

kasallanganlarni roʻyxatga olishning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi;

aholi zich yashaydigan katta-katta shaharlar sonining koʻpayishi;

aholi sonining tabiiy ravishda o‘shib borishi;

shaharlararo va qit’alararo tezyurar transport vositalarining koʻpayishi;

insoniyatning tabiiy resurslardan tobora keng foydalanishi va odamlarning muloqotda

bo‘lishi;

virusli gepatitga qarshi kurash choralarining mukammal emasligi.
XX asrning 40-yillaridan hozirgi kungacha davom etayotgan ilmiy-tadqiqotlar virusli

gepatitning tarqalish qonuniyatlarini to‘la-to‘kis o‘rganib chiqib, uning qo‘zo‘atuvchilari
kamida uch xil turdagi filtrlanuvchi virus ekanligi isbotlandi. Bu viruslar ko‘p jihatdan bir-
biriga o‘xshash bo‘lsa-da, kasallikning yuqish yo‘llari, tarqalishi, yashirin davri, alomatlari va
belgilari jihatidan tubdan farq qiladi. Bu viruslarning bakteriyalardan farqi shundaki, ularni
faqatgina 30-40 ming marta kattalashtirib ko‘rsatadigan zamonaviy elektron
mikroskopdagina ko‘rish mumkin.

Virusli gepatit

– oʻtkir yuqumli kasallik bo‘lib, jigar hujayralarining zararlanishi,

umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq
yoki „pivo“ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning
ham kattalashishi bilan ifodalanadi.

Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, B, C, D, Ye,

G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, Ye) va parenteral
yoʻl bilan yuqadigan (B, C, D, G) xillarga ajratiladi. A va Ye virusli gepatitlarda viruslar
bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shuning uchun axlat, suv, oziq-ovqat mahsulotlari,
bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi. Parenteral yoʻl
bilan yuqadigan virusli gepatitlar shprits, igna va boshqalar tibbiy asboblarni yetarli
zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy
muolajalar (ginekologik, stomatologik va b.) vaqtida yuqishi mumkin.

Virusli gepatitlar davriy kechishi bilan harakterlanadi, uning yashirin, boshlangʻich, avj

olgan, orqaga qaytish va sogʻayish davrlari ajratiladi. Kasallikning yashirin davri uning turiga
qarab har xil: A va Ye virusli gepatitlarda 7 kundan 60 kungacha, parenteral yoʻl bilan
yuqadigan xillarida 2 haftadan 6 oygacha, baʼzan 1 yilgacha davom etishi mumkin. Virusli
gepatitlar yengil, oʻrta va ogʻir, shuningdek asoratsiz va asoratli, oʻtkir, surunkali hamda vaqt-
vaqti bilan qaytalanib turadigan shakllarda kechadi; baʼzan aralash xillari ham kuzatiladi.
Homilador ayollar va bolalarda kasallik ogʻirroq kechadi. Virusli gepatitlarning shakli-
shamoyili turlicha: grippga oʻxshash, dispeptik, astenovegetativ, artralgik alomatlar, aralash
sindromlar bilan hamda latent (klinik belgisiz). Kasallik grippga oʻxshab boshlanganda bemor
toʻsatdan qaltiraydi, eti uvishadi. boshi ogʻriydi, harorati koʻtariladi, aʼzoyi badani qaqshaydi,
yoʻtaladi va hokazo. Dispeptik alomatlar bilan boshlanganida bemor koʻngli aynib qusadi,
meʼda sohasida bir oz ogʻriq boʻladi, baʼzan ichi ketadi; uning madori qurib, ishtahasi pasayadi,


background image

20

oʻng qovurgʻasi ostida ogʻriq paydo boʻladi. Astenovegegativ alomatlar bilan boshlanganda
bemorning boshi aylanadi, ogʻriydi, koʻp terlaydi, oʻta injiq, yigʻloqi boʻlib qoladi.

Virusli gepatitlarning boshlangʻich davri qanday sindrom bilan kechishidan qatʼi nazar,

shu kasallikka xos 3 belgi kuzatiladi:
1)

siydikning pivo rangida boʻlishi;

2)

axlat rangining oqarishi;

3)

koʻpchilik (deyarli 90%) hollarda jigarning kattalashishi.
Davolash asosan bemorning umumiy ahvoli va kasallikning klinik belgilariga qarab olib

boriladi; yengilroq xilida deyarli dori-darmonlar berilmaydi, kun tartibi va parhezga rioya
qilish tavsiya etiladi. Kasallikning boshqa shakllarida ham parhez va kun tartibiga amal
qilishdan tashqari, glyukoza, vitaminlar, tuzli eritmalar, qon hamda plazma va qon oʻrnini
bosuvchi suyuqliklar, zarur hollarda gormonlar, antibiotiklar va hokazo. buyuriladi. Bemorga
vitaminlar, uglevodlar, oqsilga boy ovqatlar, shuningdek turli meva sharbatlari beriladi.

Dispanser nazorati

. Virusli gepatitlarning qaysi turi bilan oo‘rib o‘tganlikdan qat’iy

nazar, bolalar va katta yoshdagi odamlar hammasi kasalxonadan chiqqach, ma’lum muddat
mobaynida dispanser nazoratida turishlari kerak. Bundan asosiy maqsad kasallikning
qaytalanishi, surunkali turga o‘tishi, jigarda, o‘t pufagida, o‘t yo‘llarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan
turli asoratlarning oldini olish va to‘la-to‘kis davolashdir.

Virusli gepatitinpg A turida katta yoshli odamlar kasalxonadan chiqqach, bir oydan so‘ng

o‘zlari davolangan kasalxonaga borib, davolagan vrachga murojaat qilib, birinchi dispanser
tekshiruvidan o‘tishlari lozim. Agar bunday odamlar yaxshi soo‘ayayotgan, barcha klinik va
bioximiyaviy ko‘rsatkichlar normal bo‘lsa, dispanser nazoratidan chiqariladi. Agar ular
soo‘liqlaridan shikoyat qilib, ahvollari yaxshi emasligini aytsalar, yana uch oy davomida o‘zlari
yashab turgan joydagi poliklinika, ambulatoriyaning yuqumli kasalliklar kabinetida dispanser
nazoratida bo‘ladilar. Dispanser kuzatuvi olib borayotgan vrach bemorning ahvoli va
shikoyatlariga qarab turli klinik, bioximiyaviy laboratoriya tekshirishlari o‘tkazishi yoki
o‘tkazmasligi mumkin. Virusli gepatit A bilan oo‘rib o‘tgan bola kasalxonadan chiqqach, bir
oydan so‘ng o‘zi yotib chiqqan kasalxonada davolagan vrachiga borib, birinchi dispanser
tekshiruvidan o‘tadi. Bunday bola yaxshi soo‘ayib borayotgan, barcha klinik va bioximiyaviy
ko‘rsatkichlar normada bo‘lsa, 3 va 6 oydan keyin o‘zi yashab turgan joydagi poliklinika yokv
ambulatoriya pediatriga borib, ikkinchi va uchinchi dispanser nazoratidan o‘tadi. Agar bola
organizmida biror o‘zgarish bo‘lib, klinik va bioximiyaviy ko‘rsatkichlar normada bo‘lmasa, u
o‘zi davolangan kasalxonaga qaytadan yotqizilib, to‘la-to‘kis soo‘ayguncha davolanadi.

Kezi kelganda shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bolalar kasalxonadan chiqqach, ba’zi ota-

onalar ularni dispanserga olib bormaydilar. Natijada bola turli asoratlarni oyoqda o‘tkazib,
oqibatda bir umrga ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Kasallikning oo‘ir yoki yengil o‘tganligiga qarab, barcha bemorlar kasalxonadan

chiqqach, 2-4 hafta davomida mehnatga layoqatsiz hisoblanadi, shu muddat o‘tgandan keyin
ularga VKK qarori bilan ishga yoki o‘qishga borish uchun ruxsat beriladi yoki bemorning
ahvoliga qarab kasallik varaqasi muddati uzaytiriladi.

VKK qaroriga ko‘ra vyrusli gepatit A bilan oo‘rib o‘tganlar 3 oydan 6 oygacha oo‘ir

jismoniy

mehnat

qilmasliklari,

komandirovkalarga.bormasliklari,

oo‘ir

sport

masho‘ulotlaridan va dala ishlaridan ozod qilinishlari shart. Bulardan tashqari, 6 oy davomida


background image

21

profilaktik emlash (quturishga va qoqsholga qarshi emlashlar bundan mustasno), bo‘lar-
bo‘lmasga turli ukollarni olish, rejali jarrohlik amaliyotlarini qildirish, kuchli dori-darmonlar,
alkogolli ichimliklar ichish qat’iyan man qilinadi. Virusli gepatit bilan oo‘rib o‘tgan yosh
bolalarni to‘la-to‘kis davolash maqsadida ixtisoslashtirilgan sanatoriy tipidagi boo‘cha va
yaslilarga topshirish kerak.

Parhez.

Virusli gepatit bilan kasallanib o‘tgan odamlar kamida 6 oydan bir yilgacha,

zarurat bo‘lganda vrach maslahati bilan bundan ortiq muddatga parhez tutishlari zarur.
Bemor iste’mol qiladigan taomlar xilma-xil, vitaminlarga, mikroelementlarga, oqsillarga va
uglevodlarga boy hamda oson singadigan, yengil hazm bo‘ladigan bo‘lishi shart. Virusli gepatit
bilan oo‘riganlarga suyuqliq ichish rejimi belgilanadi. Bemorlar iloji boricha ko‘proq suyuqliq
ichishlari kerak, zero suyuqliq moddalar almashinuvi chiqindilari va kasallik natijasida kelib
chiqqan zaharli moddalarni organizmdan yuvib chiqaradi. Glyukozaning 5% li, osh tuzining
0,8% li fiziologik eritmalari, shirin choy, asal choy, namatak va suli damlamasi, shifokor
tavsiya etgan turli mineral suvlar oz-ozdan tez-tez ichib turiladi. Uzum, o‘rik, olma kabi
ko‘pgina meva va sabzavotlar sharbati ayniqsa foydali.

Shifokor dori-darmonlarni organizmdagi intoksikasiya darajasiga, kasallikning yengil

yoki og‘irligiga, bemorning yoshi va boshqa xususiyatlariga qarab alohida belgilaydi. Virusli
gepatit bilan oo‘riganlarga ko‘p dori buyurilavermaydi, chunki bularsiz ham jigar chuqur
jarohatlangan bo‘ladi. Demak, virusli gepatitlarda jigarni turli dorilar, zaharlovchi moddalar
ta’siridan asrash asosiy davolovchi vositadir.

Bemorga qoramol, buzoq, tovuq va quyon go‘shtlaridan qaynatma sho‘rva, yahna, do‘lma

tayyorlab berish mumkin. Sut va sut mahsulotlarining barcha turlari (qaynatilgan yoki
pasterizasiya qilingan sut), qatiq, kefir, suzma, tvorog, smetana (ahyon-ahyonda qaymoq),
meva va sabzavotlardan ko‘proq tabiiy holda iste’mol qilish ayni muddaodir. Bolalar kuniga
30-40 g, katta yoshli odamlar esa 50-70 g sariyoo‘, haftada 1-2 marta tuxum sario‘i iste’mol
qilishlari mumkin. Konservalangan, marinadlangan, dudlangan, qovurilgan, achchiq va sho‘r
oziq-ovqat mahsulotlarining barcha turlari, qo‘y, o‘rdak, o‘oz, cho‘chqa go‘shtlari, konditer
mahsulotlaridan shokolad, konfetlarning barcha turlari, kakao, kofe, pirojniy, tort,
muzqaymoq iste’mol qilish man qilinadi. Ayniqsa xantal, garmdori, sarimsoq, zarchava, sirka
kabi ziravorlarni ovqatga ishlatish, spirtli ichimliklarning barcha turlari, hatto pivo ichish aslo
mumkin emas. Virusli gepatit bilan oo‘rib o‘tgan odamlar, ayniqsa kasalxonadan chiqqach,
yozning issiq kunlarida oftob urishidan, issiqlab ketishdan, namgarchilik paytida yomo‘ir va
qorda qolib, sovqotishdan ehtiyot bo‘lishlari lozim. Kasalxonadan chiqqandan keyin
bemorning umumiy ahvoli yaxshi, laboratoriya ko‘rsatkichlari normal bo‘lsa, olti oydan so‘ng
Truskavesk, Borjomi, Yessentuki, Pyatigorsk va Jeleznovodsk kabi sanatoriy-kurortlarga
borishi mumkin.

Virusli gepatitlarning oldini olish choralari.

Har qanday yuqumli kasalliklarga qarshi

kurashishda tibbiyot xodimlari bilan birga keng jamoatchilik ongli ravishda qatnashsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, har bir insonning soo‘lio‘i o‘z qo‘lidadir. Virusli gepatitlarga
qarshi kurashish umumsanitariya va tibbiy choralaridan iborat. Har bir odam, keng
jamoatchilik kasallik bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, o‘zi yashaydigan turar joylarni
(xonalarni, oshxonani, hovlini), uy-ro‘zo‘or buyumlarini, ayniqsa suv havzalarini, vodoprovod
inshootlarini, bolalar bog‘cha-yaslilarini, maktablarni, umumiy ovqatlanish muassasalarini,
jamoat yio‘iladigan joylarni toza tutishi, juda ham ozoda saqlashi kerak. Ana shunda virusli


background image

22

gepatit bilan bir qatorda boshqa yuqumli ichak kasalliklarining kamayishiga va nihoyat bora-
bora yo‘q bo‘lib ketishiga imkon tuo‘iladi.

Virusli gepatit tashhisi (diagnozi) asosan bemordan olingan maʼlumotlar, kasallikka xos

alomatlar, qon tahlili va boshqalar asosida qoʻyiladi. Virusli gepatitning boshlangʻich davri
dispeptik, kataral va soxta revmatoid sindromlarda kuzatiladigan belgilarga oʻxshab
ketganligi bois, uni ana shu kasalliklardan farqlay bilish lozim.

Virusli gepatitlarning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga bekamu-koʻst amal

qilish, kasallikni oʻz vaqtida aniqlab, bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin
boʻlganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda u tutgan idish-tovoq va buyumlarni
dezinfeksiya qilish muhim. Kasalxonadan chiqqan bemorlar maʼlum muddat dispanser
nazoratida boʻlishlari lozim. Kasallikning oldini olish maqsadida A va B gepatitlarga qarshi
vaksinatsiya qilinadi (emlanadi). U yangi tugʻilgan chaqaloqlarga, 2-marta: 1 oyligida teri
ostiga yuboriladi. Revaksinatsiya bola 6 oyligida oʻtkaziladi. Emlash natijasida 95% bolalarda
kasallikka qarshi immunitet paydo boʻladi. Epidemiologik jarayonlarga qarab kattalarga ham
vaksina yuboriladi, u birinchi bor qilingandan keyin oradan 1 oy yoki 6 oy oʻtgach qayta
emlanadi. Emlash natijasida immunitet paydo boʻlib, u 15-20-yilgacha saqlanadi va kasallik
tarqalishining oldini oladi, virus tashuvchilikdan himoyalanadi. Profilaktika maqsadida
bolalarga gammaglobulin (normal immunoglobulin) dan ukol qilinadi.

Xulosa.

Prezident qarori bilan har yili 1 mln nafargacha fuqaro virusli gepatit B va C

turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 16 maydagi “Ayrim dolzarb
virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish
to‘o‘risid”gi qarorida qayd etilgan. Shuningdek, gepatit C bilan kasallangan 10,5 ming nafar
bemor davolanadi. Qolaversa, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qon bilan ishlaydigan
xodimlarini gepatit B infeksiyasiga qarshi emlash majburiy etib belgilanmoqda. Davolash-
profilaktika muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida yuqumli kasalliklarga, shu
jumladan, surunkali virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash standartlarini
takomillashtirildi hamda ularga rioya qilinishi ustidan nazorat kuchaytirildi.

28 iyul - marhum Nobel mukofoti sovrindori Baruch Blumbergning tug‘ilgan kuni.

Gepatit B virusini kashf etgan shaxsni xotirlash uchun 2010 yil may oyida Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti 2011 yildan boshlab Butunjahon gepatitga qarshi kurash kunini 19 maydan
28 iyulga o‘zgartirishga qaror qildi. 2011 yildan boshlab har yili “28 iyul – Butunjahon
gepatitga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda.

References:

1.

E.I. Musaboyev, A.Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi va parazitologiya

O‘quv qo ‘llanma. –T., «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
2.

O’zbekiston Respublikasi SSVning 2018 yil 27 avgust 542-sonli buyrug‘I 2-ilova .

3.

Sylvia Mader, Michael Windelspecht. Human Biology. – 2015. - 14th Edition. - Publisher:

McGraw-Hill Education. – 672 p.
4.

Azimov Sh.T. Bolalarda virusli gepatit c kechishi, tashxis qo‘yish va davolash usullari.

/Monografiya. Toshkent 2024.

Библиографические ссылки

E.I. Musaboyev, A.Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi va parazitologiya O‘quv qo ‘llanma. –T., «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.

O’zbekiston Respublikasi SSVning 2018 yil 27 avgust 542-sonli buyrug‘I 2-ilova .

Sylvia Mader, Michael Windelspecht. Human Biology. – 2015. - 14th Edition. - Publisher: McGraw-Hill Education. – 672 p.

Azimov Sh.T. Bolalarda virusli gepatit c kechishi, tashxis qo‘yish va davolash usullari. /Monografiya. Toshkent 2024.