Авторы

  • Shaxzoda Mirzasultonova
    Andijon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 202-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.49326

Ключевые слова:

baliqlar sachratg’ich tog’ayli baliqlar akula dentin plakoid geteroserkal suzgich qanotlar visseral skelet mekkel tog’ayi.

Аннотация

ushbu tezisda umurtqali hayvonlar tipiga kiruvchi baliqlar sinfinning tashqi tuzulishiga umumiy tavsif va tog’ayli baliqlar sinfining tashqi tuzulishi haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

10

BALIQLAR SINFIGA UMUMIY TAVSIF VA TOG’AYLI BALIQLAR SINFINING

TASHQI TUZULISHI

ОБЩЕЕ ОПИСАНИЕ КЛАССА РЫБ И ВНЕШНЕЕ СТРОЕНИЕ КЛАССА

РАКОВ

GENERAL DESCRIPTION OF THE CLASS OF FISH AND THE EXTERNAL

STRUCTURE OF THE CLASS OF CILIATES

Mirzasultonova Shaxzoda

Andijon davlat pedagogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti

Biologiya yo’nalishi 202-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14292304

Annotatsiya:

ushbu tezisda umurtqali hayvonlar tipiga kiruvchi baliqlar sinfinning

tashqi tuzulishiga umumiy tavsif va tog’ayli baliqlar sinfining tashqi tuzulishi haqida
ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

baliqlar, sachratg’ich, tog’ayli baliqlar, akula, dentin, plakoid,

geteroserkal, suzgich qanotlar, visseral skelet, mekkel tog’ayi.

Аннотация:

в данной диссертации дана общая характеристика внешнего

строения класса позвоночных рыб и сведения о внешнем строении класса рыб.

Ключевые слова:

рыбы, брызгун, раки, акула, дентин, плакоид, гетероцеркал,

плавники, висцеральный скелет, рак Меккеля.

Abstract:

This thesis provides a general description of the external structure of the

class of fish belonging to the vertebrate phylum and information about the external structure
of the class of ray-finned fish

Keywords:

fish, ray-finned fish, shark, dentine, placoid, heterocercal, flippers, visceral

skeleton, Meckel's tail.


Baliqlar ham to'garak og’izlilar singari jabra bilan nafas oladi. Halqumini 5 - 7 juft jabra

yoriqlari teshib o'tgan. Lekin, to'garak og'izlilardan farq qilib baliqlaming og‘zi harakatchan
jag'lar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari baliqlarda bir juft ko'krak va bir juft qorin
suzgichlari paydo bo'lgan. Ular muskuldor kuchli dumi hamda 1 juft ko'krak va qorin
suzgichlari yordamida suvda tez va chaqqon harakatlanishi bilan sekin harakat qiladigan
to'garak og'izlilardan farq qiladi. Baliqlaming oldinga qarab harakat qilishining asosiy sababi
butun gavdasini yon tomonga qarab to'lqinsimon harakati yoki kuchli dum harakati
hisoblanadi. Juft suzgichlari (ko'krak va qorin) baliq gavdasini suvda ma’lum muvozanatda
ushlab turishni ta’minlaydi. Yirtqich baliqlarning ichagi kalta, o'txo'r baliqlarning ichagi esa
uzun bo'ladi. Masalan: o'txo'r do'ngpeshona balig’ining ichagi tanasiga nisbatan 13 marta
uzun bo'ladi. Baliqlar o‘z oziqasini yuqorigi va pastki jag'lari yordamida tutadi. Ularning
shakli tasmasimon, yapaloq yoki ilonsimon. Baliqlaming barcha sezgi organlari to'garak
og’izlilarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Miya qutisi yaxshi rivojlangan. Ko‘z gavhari
sharsimon bo'lib, yaqin masofadan ko'rishga moslashgan. Skeleti tog'aydan yoki suyakdan
iborat. 0’q skeleti vazifasini asosan tog‘ay va suyakdan iborat umurtqa pog'onasi, ayrim
turlarida esa xorda bajaradi. Baliqlar umurtqalarining soni 16 tadan (oy baliqlarda) 400


background image

11

tagacha (Yangi Zelandiya kaniar balig’ida) bo’ladi. Ko'pchilik baliqlaming tanasi sirtqi
tomonidan har xil tuzilishga ega bo’lgan tangachalar bilan qoplangan. Ulaming haqiqiy
tishlari bor. Tangachalari himovalanuvchi tuzilma hisoblanadi. Shilimshiq ishlab
chiqaradigan teri bezlari yaxshi rivojlangan. Baliqlarda nafas olish organi vazifasini asosan
jabralari bajaradi va jabralar hayoti davomida saqlanadi. Baliqlaming jabralari ektodermadan
hosil bo'ladi. jabra yaproqlari bo'limlarga bo'lingan jabra yoylarining tashqi tomoniga
birikadi. Hid bilish organi teshigi 2 ta bo'lib, bir juft yopiq hid bilish xaltachalaridan iborat.
Yuragi ikki kamerali, ya'ni bitta yurak bo'lmasi va bitta yurak qorinchasi mavjud. Qon
aylanish doirasi bitta bo'ladi. Eshitish organi faqat ichki quloqdan iborat. Ko'pchilik turlarida
suzgich pufaklari ham bo'lib, gidrostatik organ vazifasini bajaradi. Ularda yana yon chiziq
organlari ham bor. U suv to'lqinlarini sezadi va suv harakatiga nisbatan mo'ljal oladi. Demak,
baliqlar biologik tomondan to’garak og'izlilarga nisbatan ancha vuqori turadi. Buni albatta
ularning scrharakatligi faol holda oziqni qidirib jag'lari va tishlari bilan tutib turishi, tashqi
muhit ta'siriga tez ko'nikishidan seziladi. Bu esa baliqlarning ayrim organlarining, ayniqsa
nerv sistemasining, sezgi organlarining va skeletining yaxshi rivojlanganligi bilan bog’liq.
Baliqlar asosan tashqariga, ya'ni suvga uvildiriq tashlash orqali ko'payadi. Ba'zi turlarida
otalanish ichki, ular otalangan tuxum qo‘yadi yoki tirik tug'adi. Baliqlarning ko'pchiligi ayrim
jinsli. Lekin germafroditlari ham bor.

Baliqlar katta sinfiga 20 mingdan 28 mingtagacha tur kiradi va ular yer yuzasidagi

barcha suv havzalarida uchraydi. Baliqlar katta sinfi o'z navbatida tog'ayli baliqlar va suyakli
baliqlar sinfini o’z ichiga oladi.

Tog'ayli baliqlar ancha sodda tuzilishga ega va baliqlar katta sinfi ichida eng

qadimgilaridan hisoblanadi. Ularning skeleti hayoti davomida tog'aydan iborat bo'ladi.
Ba’zilarining tog'ayli skeletiga ohak singgan bo'lishi ham mumkin.

Sirtqi terisi plakoid tangachalar bilan qoplangan. Jabra yoriqlari bevosita tashqariga

ochiladi. Yelka kamari bosh qismining ostidan va yon tomonidan o‘rab turgan yaxlit tog‘ay
yoydan iborat. Toq va juft suzgich qanotlarining distal qismini elastik (shox moddali)
shu’lalar tutib turadi. Juft suzgich qanotlari gorizontal holda joylashgan. Dum suzgich qanoti
geteroserkal tipda bo’ladi. Havo (suzgich) pufaklari va o‘pkasi bo'lmaydi. Tog'ayli baliqlar
ana shunday sodda tuzilish belgilariga qaramay, ularda quyidagi progressiv xususiyatlari ham
bor. Bosh miyasining oldingi miya yarimsharlari kuchli rivojlangan. Erkaklarida qorin
suzgich qanotlarining bir qismi o'zgarib o'ziga xos kopuliyativ organga aylangan. Urug'lanishi
ichki, urg'ochilari qattiq shoxsimon parda bilan o'ralgan yirik tuxum qo'yadi yoki rivojlanishi
bachadonda bo’lib tirik tug'adi. Kloakasi bor. Tuxum qo'yuvchilarda tuxumlarining
rivojlanishi 4-14 oy, tirik tug'uvchilarda esa 6-9 oy davom etadi.

Tog’ayli baliqlar turlari orasida uzunligi 15 sm keladigan ba’zi skatlar bilan bir qatorda

15 m va hatto 20 m gacha boradigan kitsimon akulalar bor. Tog'ayli baliqlar Kaspiy
dengizidan tashqari barcha okean va dengizlarda uchraydi. Ular umurtqalilar orasida
jag’og’izga ega bo’lgan dastlabki hayvonlardan hisoblanadi. Ko’pchilik akulalaming gavdasi
duk shakl bo’ladi. Gavda chegarasi uch qismga: bosh, tana va dumga bo’lingan. Boshning
oldmgi tomonida uzun rostrumi bor. Boshining ikki yonida kattagina ko'zlari joylashgan.
Akulalarning ko‘zida harakatchan qovoqlari yo‘q. Ko'zining orqasida ikkita teshik -
sachratg'ich bo'lib, bu teshik halqum bilan tutashgan. Ko'ndalang tirqish shaklidagi og‘iz
teshigi boshining pastki qismida joylashgan. Jag’laridagi o'tkir tishlari asosan shakli o’zgargan


background image

12

plakoid tangachalardir. Boshning pastki qismida og‘ziga yaqin joyda bir juft burun teshigi bor.
Burun teshiklari teri parda bilan ikkiga ajralgan. Dum qismi kuchli serbar geteroserkal
tipdagi dum suzgich qanoti bilan tugaydi.

Tog'ayli baliqlarning skeleti tog‘ay to’qimadan hosil bo’lgan va u quyidagi bo'limlarga

bo’linadi: о’q skeleti (umurtqa pog'onasi), bosh skeleti. Juft suzgich qanotlari va ulaming
kamarlari skeleti hamda toq suzgich qanotlari skeleti. O'q

skeleti bir qancha tog'ay

umurtqalaming o'zaro harakatchan birikishidan hosil bo'lgan umurtqa pog'onasidan iborat.
Xorda deyarli reduksiyalangan. Har qaysi umurtqa tanasining markazida teshik bor. Bu
teshikdan xorda o'tadi va har bir umurtqaning ikkinchi umurtqa bilan qo'shilgan yerida u
kengayib, har qaysi umurtqa tanasidan o'tganda torayadi. Akulaning bosh skeleti ikkita
bo'limga miya qutisi va visseral (og'iz va jabra apparatlari skeleti) skeletga bo’linadi.

Miya qutisining tepa qopqog'i faqat tog'aydan tuzilgan. Oldingi qismidagina katta teshik

bor. Bosh miyani orqa tomondan ensa o‘rab turadi. Bu bo'limda katta ensa teshigi bo'ladi.
Vissera skelet bo'g'imlarga bo'lingan, harakatchan bir qancha juft tog'ay yoylaridan iborat. U
uch qismga: 1) jabra yoylari; 2) til osti yoyi; 3) jag‘ yoylariga bo’linadi. Akulalaming til osti
yoyi orqasida besh juft jabra yoylari bo'ladi. Ulaming har qaysisi bir-biri bilan harakatchan
birikkan to‘rt juft tog‘ay elementlardan iborat. Har qaysi jabra yoylarining ustki elementlari
elastik paylar orqali umurtqa pog'onasiga birikadi. Jag' yoyi faqat ikki juft tog'aydan iborat.
Bu tog‘aylarning ustkisi yuqori jag'-tanglay-kvadrat tog'ay. Pastki jag' vazifasini bajaruvchisi
esa mekkel tog'ayi deb ataladi. O'ng va chap tanglay-kvadrat tog'ay va mekkel tog'aylari
oldingi tomondan ham o'zaro bir-biriga qo'shiladi. Juft suzgich qanotlar skeleti suzgich
qanotlar kamari bilan erkin suzgich qanot skeletidan tashkil topgan. Oldingi suzgich qanotlar
kamari yoki yelka kamari) akula gavdasining ikki yonidan va ostki tomonidan o'rab oladigan
yarim halqa shaklidagi tog'aydan iborat. Har qaysi yarim halqa o'rtasining von tomonida
birikish bo’rtmasi bor, erkin suzgich qanot shu bo'rtmaga birikadi. Kamaming shu
bo'rtmadan vuqori qismi kurak. Pastki qismi esa korakoid bo'lim deb ataladi. Erkin suzgich
qanotlar skeleti xuddi toq suzgich qanotlar skeleti singari ichki tog'ay skeletidan va teridan
hosil bo'lgan tashqi skeletdan tuzilgan.

References:

1.

Dadayev S., To'ychiyev S., Haydarova

P.

Umurtqalilar zoologiyasidan laboratoriya

mashg‘ulotlari. Oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi (alabalari uchun o'quv qoilanma.
0‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. - Toshkent. 2006.
2.

Лаханов Ж.Л

.

Умурткалнлар зоологиясн. Олнй укув юртлари талабалари учун

дарслнк. Тoshkent 2005,
3.

S. Dadayev, K. Saparov. Umurtqalilar zoologiyasi. Toshkent 2019

Библиографические ссылки

Dadayev S., To'ychiyev S., Haydarova P. Umurtqalilar zoologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari. Oliy o‘quv yurtlari biologiya ixtisosligi (alabalari uchun o'quv qoilanma. 0‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. - Toshkent. 2006.

Лаханов Ж.Л. Умурткалнлар зоологиясн. Олнй укув юртлари талабалари учун дарслнк. Тoshkent 2005,

S. Dadayev, K. Saparov. Umurtqalilar zoologiyasi. Toshkent 2019