133
BAKTERIOFAGLARNING KASALLIK QO’ZG’ATUVCHILARNI ANIQLASHDAGI
AHAMIYATI
Bazarova G.R.
Alfraganus university, Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi
Email:gulnorabazarova599@gmail.com
Orcid Id:0009-0006-7621-2642
https://doi.org/10.5281/zenodo.14564482
Dolzarbligi:
tibbiyot mikrobiologiyasida fag - bakteriyalarning o‘zaro ta’sir doirasida
turli mikroorganizmlarni, shu jumladan o‘ta havfli yuqumli infeksiya qo‘zg‘atuvchilarini
farqlash va identifikatsiya qilish maqsadida bakteriofaglardan foydalanish bilan bog‘liq holda
tadqiqotchilarning doimiy e’tiborini jalb etgan.
Tadqiqotning maqsadi:
Yersiniaceae
oilasining gomologik mikroblarga nisbatan ya’ni
o‘lat qo‘zg‘atuvchisi (
Y.pestis
) ning o‘lat va psevdotuberkulyoz faglari ta’sirida eruvchanligi
ahamiyatini o‘rganish.
Materiallar va usullar
: mikrobiologik usullar yordamida o‘lat qo‘zg‘atuvchilarining
faglar ta’sirida eruvchanligi o‘rganish jarayonida, barcha faglar 5 ta morfologik guruhga
bo‘linadi. Laboratoriya diagnostikasida 3 chi va 5 chi guruhlarning faglari keng qo‘llaniladi.
Chunki ularning lizis faolligi juda yuqori hisoblanadi. O‘lat fagi 3chi morfologik guruhga kiradi,
uning ta’siri boshqa faglarga xos bo‘lgan bir xil qonuniyatlarga o‘xshaydi. Fagoliz jarayoni uch
bosqichdan iboratdir: Bakteriyalarga faglarning adsorbsiyasi; Yashirin faza; Bakterial
hujayraning parchalanishi.
Natijalar:
o’lat fagining xususiyatlari: negativ koloniyalar diametri 3-5 mm bo‘lgan
muntazam dumaloq shaklga ega, 70-80% fag zarrachalari bakteriyalarga besh daqiqa ichida
adsorbsiyalanadi, yashirin davrning davomiyligi 20-25 daqiqani tashkil etadi, bitta
zararlangan bakteriya hujayrasi 100-110 zarracha o‘rtacha adsorbsiyaga tengdir. O‘rganilgan
barcha shtammlarda 100% o‘lat fagi ta’sirida lizis kuzatildi. O‘lat fagi o‘lat
qo‘zg‘atuvchilarining eng ko‘p shtammlarini lizis qiladi, chunki u yuqori spesifiklikka ega. Shu
bilan birga, o‘lat qo‘zg‘atuvchisiga yaqin bo‘lgan psevdotuberkulyoz qo‘zg‘atuvchilarining ko‘p
shtammlari lizisga uchramaydi. Biroq, o‘lat fagining o‘ziga xosligi mutlaq emas, chunki
psevdotuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisining ba’zi shtammlari o‘lat fagi ta’siridan yaxshi lizislanadi.
Psevdotuberkulyoz fagi ham o‘lat, ham psevdotuberkulyoz shtammlarini lizis qiladi. Bu
amaliy bakteriologiya uchun katta ahamiyatga ega. O‘lat va psevdotuberkulyoz faglari o‘ziga
xos antigenlik xususiyatlarga ega. Ularning antigenlik xossalari har xil bo‘lib o‘lat antifagi
sifatida zardob faqat o‘lat fagini neytrallaydi, lekin psevdotuberkulyoz fagiga ta’sir qilmaydi
va aksincha. Antifag zardoblari bakteriofaglar ta’sirini bostirish uchun amalda qo‘llaniladi.
Polimeraz zanjir reaksiyasida o‘lat faglari amplifikati psevdotuberkulyoz faglaridan bir xil
xarakatchanlikka ega bo‘lgan bitta chiziqqa egaligi bilan ajralib turdi. Psevdotuberkulyoz
faglarning kuchaytirilgan DNK bo‘laklarining tarqalish sxemasi o‘lat faglaridan keskin farq
qiladi.
Xulosalar:
demak, o‘lat va psevdotuberkulyoz bakteriyalarining 3chi va 5chi morfologik
guruhlarining yangi ajratilgan bakteriofaglari genomning DNK tuzilishida o‘ziga xos serologik
xossalarga ega. Ularning lizis faollik oralig‘idagi individual xususiyatlari, fizik va kimyoviy
omillarga qarshiligi bilan ajralib turadi, hamda amaliy laboratoriyada katta ahamiyatga ega
hisoblanadi. O‘lat qo‘zg‘atuvchilarini cho‘l tabiiy o‘choqlaridan ajratib olishda, ularni boshqa
134
qo‘zg‘atuvchilardan identifikatsiya va differensiatsiya qilishda bakteriofaglarning ahamiyati
juda kattadir.
References:
1.
Bazarova G.R. Dunyo miqyosida o‘lat kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat. // III –yey
Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii «Fundamentalnaya rol gumanitarnыx
nauk i iskusstv i v meditsinskom obrazovanii». Tashkent, 2024.
2.
Balaxonov S.V., Korzun V.M., Denisov A.V., Yarigina M.B., Rojdestvenskiy Ye.N., Bazarova
G.X., Sogbadrax N., Otgonbayar D., Serennorov D., Urjix Ch.
Natsionalnie prioriteti Rossii
. –Moskva,
2021. -
. S. 108-111.
3.
Nikiforov K.A. Vnutrividovaya differensiatsiya shtammov
Yersinia pestis
// Avtoref. dis.
… kand. med. nauk. –Saratov, 2016. 22s.
4.
Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo
rivojlantirish.
5.
Weekly Epid. Record. Identification of
Yersinia pestis
by BBL Crystal Enteric. 2004.-
Vol.79. №42. P.301-308.