7
TOSHKENT SHAHRIDA REABILITATSIYANING UY BOSQICHIDA TASHKIL
ETISH VA MUROJA’ATLARNI TAHLIL QILISH
Boisov Suxrob Komiljanovich
Toshkent tibbiyot akademiyasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14824500
Tadqiqot maqsadi:
Toshkent shahrida reabilitatsiyaning uy bosqichida tashkil etish va
muroja’atlarni tahlil qilish.
Tadqiqot materiallari va usullari:
2023-2024 yillar oraligʻida “Reabilitalogiya”
markazi aʻzolari Toshkent shahrida 125 nafar bemorga reabilitatsiya yordamini koʻrsatishdi.
Bemorlar orasida xavf omillari, shikoyatlari, oʻrtacha yoshi, gender nisbatlarini aniqlashtirish
maqsadida maxsus soʻrovnomalar tayyorlandi va tahlil qilindi.
Olingan natijalar:
bemorlarning orasida kasallanish asosan 51-60 yosh oraligʻida
koʻproq aniqlangan va 53,6% ni, 70 nafari ayollar (56%) va 58 tasi ( 44%) erkaklar boʻlgan.
Kasalliklar bo’yicha tahlilimizdan bemorlar orasida eng katta qism ishemik insult 68% ni, eng
kam Geyno Barri 6% ekan. Bemorlarimiz kasalliklarini asosan gipodinamiya va
giperlipidemiya bilan bog’lashadi. Chunki bunday holatda qon quyilish holatlari koʻp uchraydi.
Eng kam sababchi deb Covid-19 ni belgilashgan. Simptomlari bo’yicha eng katta foiz bir yoki
ikki tomonlama gemiparez va gemipligiya bo'lib 100%, bu ham insultning eng ko'p
uchraydigan asoratlaridan biridir.
Xulosa.
Demak xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, Toshkent shahrida 2023-2024
yillar oraligʻida 125 nafar bemor reabilitatsiyaga ehtiyoj sezgan, ammo bu kasallanish
koʻrsatkichi oldida juda kam foizni tashkil qiladi. Kam qilingan muroja’at bu kasallar orasida
reabilitatsiya tushunchasining yoʻqligi yoki uning toki funksiyalar tiklanishigacha va ularning
mustahkamlanishigacha olib borilishi kerakligi haqida yetarlicha ma’lumot berilmaganligiga
ishora boʻladi. Natijada bu nogironlik foizining ortishiga va davlatning iqtisodiy zarariga sabab
boʻlishiga olib keladi.