Авторы

  • Maxbuba Quyliyeva
    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiya kafedrasi o’qituvchisi
  • Sevinch Turdimova
    Samarqand davlat tibbiyit universiteti Farmatsiya fakulteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.68198

Ключевые слова:

nayzasimon kolit xolesistit aterioskleroz anemiya diaforetik paraksantin.

Аннотация

Ushbu maqolada dorivor momaqaymoq (qoqi o’t)ning odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarni oldini olish uchun, shuningdek oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatilishi xususida fikr yuritilgan. Unda dorivor momaqaymoq yoki dala qoqi o’t turining kelib chiqish xususiyatlari, geografik tarqalishi va bioekologiyasini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqot natijalari keltirilgan.


background image

64

DORIVOR MOMAQAYMOQ (QOQI O’T)NING TIBBIYOTDA ISHLATILISHI VA

SHIFOBAXSHLIGI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR

Quyliyeva Maxbuba Uzoqovna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiya

kafedrasi o’qituvchisi

Turdimova Sevinch Murod qizi

Samarqand davlat tibbiyit universiteti Farmatsiya fakulteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14900459

Annotatsiya

Ushbu maqolada dorivor momaqaymoq (qoqi o’t)ning odam va hayvonlarni davolash,

kasalliklarni oldini olish uchun, shuningdek oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida
ishlatilishi xususida fikr yuritilgan. Unda dorivor momaqaymoq yoki dala qoqi o’t turining kelib
chiqish xususiyatlari, geografik tarqalishi va bioekologiyasini o’rganishga bag’ishlangan
tadqiqot natijalari keltirilgan.

Kalit so’zlar:

nayzasimon, kolit, xolesistit, aterioskleroz, anemiya, diaforetik,

paraksantin.

Abstract.

This article discusses the use of medicinal dandelion (field dandelion) for the

treatment of humans and animals, the prevention of diseases, as well as in the food, perfumery
and cosmetic industries. It presents the results of a study on the origin, geographical
distribution and bioecology of the medicinal dandelion or field dandelion species.

Key words:

lanceolate, colitis, cholecystitis, ateriosclerosis, anemia, diaphoretic,

paraxanthine.


Kirish.

Dorivor momaqaymoq yoki dala qoqi oʻti (lotincha Taráxacum officinále) -

momaqaymoq jinsining keng tarqalgan turi

hisoblanadi. Momaqaymoq - o’rmon

dasht zonasida keng tarqalgan oʻsimliklardan biri. Rossiyaning Yevropa qismida, Ukraina,
Belorussiya, Kavkaz, Moldova, Uzoq Sharq, Saxalin, Kamchatka, Markaziy Osiyo, Sibirning,
dalalarida, bogʻlarida, oromgohlarida, ochiq joylarida, yoʻllar yaqinida oʻsadi.

Momaqaymoq uzunligi 60 sm gacha boʻlgan koʻp yillik oʻsimlik boʻlib, qalinligi taxminan

2 sm, yoyilgan ildizpoyaga ega, yuqori qismida kalta koʻp boshli ildizpoyaga ajralgan.
Momaqaymoq barglari uzun, kesilgan yoki butun, nayzasimon yoki choʻzinchoq nayzasimon,
tishli, uzunligi 10-25 sm, kengligi 1,5-5 sm boʻladi.

Mevasi kulrang-jigarrang tutamli urugʻ boʻlib, oq shoxlanmagan tuklardan tashkil topgan.

Urugʻlari juda nozik va shamol boʻlsa osongina tarqalib ketadi. Oʻsimlikning barcha qismlarida
achchiq taʼmli qalin oq sutli sharbat bor. Momaqaymoq urugʻlari bahor faslining birinchi
haftasida unib chiqadi. Birinchi davrida unib chiqqan oʻsimlik ildizi va barglarini hosil qiladi.
Gullash va meva berish ikkinchi davrida boshlanadi. Momaqaymoq may–iyun oylarida gullaydi,
baʼzida kuzgi gullash ham kuzatiladi va may oyining oxiridan iyulgacha meva beradi.

Tabobatda momaqaymoqning ildizidan, bargidan, sharbatidan dorivor o'simlik sifatida

foydalanadi. Barglar, sharbatlar iyun oyida – erta bahorda yoki kech kuzda barglarning soʻlishi
bosqichida yigʻib olinadi, quritgichlarda 40-50° haroratda quritiladi. Momaqaymoq – gʻozlar va
shimol bug’ulari, Yevropa loslari uchun yaxshi ozuqa.

Kimyoviy tarkibi.

Momaqaymoq ildizlaridan Triterpen birikmalari, R-Sitosterin,

Sigmasterin, Inulin( 24% gacha), Xolin, Nikotin kislata, Nikotinamid, qatronlar, mum,


background image

65

kauchuk(3% gacha) va tarkibida Oleanol, Palmitin, Linolein, Melissa va Serotin kislatalarning
glitseridlari bo’lgan yog’li moy ajratilgan. Momaqaymoq ildizlari, ayniqsa, kuzda juda ko’p
Inulinni o’z tarkibida saqlaydi.

Tarkibiy xususiyatlari.

Momaqaymoqning tarkibida foydali moddalar ko'p. O'simlikning

barglari hamda gulto'plarida Ksantofillinlar – Lyutein va paraksantin, Karotinoidli moddalar,
Vitamin B2 mavjud. Yangi chiqqan barglarining sut shirasida Laktuserol, Kauchuk, Xolin,
Asparagin, Saponinlar, organik kislotalar, mumsimon moddalar bor. Momaqaymoqning ildizi
tarkibida esa Tarakserol, mo’msimon moddalar, Taraksasterol, shuningdek Sterinlar, 24%
Inulin, 2-3% kauchuk, yog'lar (Palmitin, Olein, Linol, Serotin kislotalaridan tashkil topgan
Glitserinlar kiradi) mavjud. Momaqaymoq xalq meditsinasida keng ko'lamda ishlatiladi.
Jumladan uni ovqat hazm qilish organlarining faoliyatini tezlatuvchi vosita sifatida, ildizi va
bargidan tayyorlangan damlama buyrak kasalligini davolashda, surgi dori hamda o't va siydik
haydovchi omil sifatida ishlatiladi.

Bundan tashqari momaqaymoq ildizidan tayyorlangan damlama jigar shamollashida, o't

pufagi va me`da yallig'lanishida havfli hisoblanadi. Shuningdek u bavosilni ham davolashda
tavsiya etiladi. Bunday damlama bilan tish hamda tomoq og'riganda og'iz chayqash, bargini
maydalab uzum sirkasiga qo'shib so'gallarni ketkazish mumkin. Bargidan olingan shira
darmonsizlik, ko'krak qafasi kasalliklari, aterioskleroz, teri kasalliklari, vitamin C tanqisligi
va anemiyani

davolash uchun tavsiya etiladi.

Ildizlari bilan birga oʻsimlikdan jigar va o’t pufagining turli kasalliklari, oʻsmalar,

tomchilar, siydik tosh kasalligi va bavosil uchun ishlatiladi. Bundan tashqari
oʻsimlikdan vitamin yetishmasligi uchun, turli xil

teri kasalliklari: toshmalar, oqmalar uchun

ham qoʻllanadi. Ilmiy meditsinada momaqaymoqdan tayyorlangan preparatlardan keng
foydalaniladi. O'simlik ildizidan tayyorlangan quyuq ekstrakt yoki poroshok ishtaha ochuvchi,
ovqat hazm bo'lishini yaxshilovchi, o't haydovchi dori sifatida, anasidli gastritni davolash uchun
tavsiya etiladi.

Shuningdek farmatsevtikada ham momaqaymoq o'simligidan foydalaniladi.

Momaqaymoqning dorivor mahsulotlari (ildizi va yer ustki qismi) odatda erta bahorda yig'iladi.
Yig'ib olingan o'simlik ildizi sovuq suv bilan yuviladi, ochiq havoda so'litiladi, so'ngra bir qavat
qilib quritiladi. O'simlikning barglarini esa havo almashib turadigan pana joylarda quritiladi

Mamaqaymoq ildizining damlamasi:

10g (1 osh qo’shiq) quruq ildizlar sirlangan

idishga solinib, 200 ml (1 stakan) issiq qaynatilgan suv quyiladi, qopqog’i yopiladi va qaynab
turgan suvda (suv hammomida) 15 daqiqa davomida tez-tez aralashtirilib qizdiriladi. Keyin u
45 daqiqa davomida sovutiladi, suzgichdan o’tkaziladi va qolgan massa siqib olinadi. Olingan


background image

66

damlama qaynatilgan suv bilan suyultirilib, dastlabki 200ml hajmiga keltiriladi. Sovuq joyda 2
kungacha saqlanadi.

Achchiq va o’t haydovchi vosita sifatida ovqatdan 15 daqiqa oldin iliq holda 1/3 stakan

kuniga 3-4 marta ichiladi.

Momaqaymoq gepatit, xolesistit, xolelitiyoz, sariq kasal, gastrit, kolit, sistitni davolashda,

ishtahani va ovqat hazm qilishni yaxshilashda, ich qotishi, meteorizm

kasalliklarining oldini

olishda

foydalaniladi. Xitoy xalq tabobatida momaqaymoqning barcha qismlari antipiretik,

diaforetik, tonik sifatida, shuningdek, ilon chaqishi, emizikli onalarda laktatsiyani
kuchaytirish

,

limfa tugunlarining yalligʻlanishi va boshqa teri kasalliklari uchun ishlatiladi.

Momaqaymoq xalq kosmetikasida ham keng tarqalgan: uning yangi barglaridan iborat

niqob terini oziqlantiradi, namlaydi va yoshartiradi, sepkil va dogʻlarni

kamaytirishga yordam

beradi

Xulosa.

Dorivor momaqaymoq – tibbiyotda qo’llaniladigan o’simliklardan biridir. Uning

ko’plab foydali xususiyatlari, jumladan, anemiyaga, gastrit, kolit, sistitni davolashda ishlatiladi.
Dorivor momaqaymoq ko’plab shakllarda, masalan: dorivor choylar, eritmalar, damlama
ko’rinishida va hattoki yog’lar shaklida mavjud. O’simlikni to’g’ridan-to’g’ri yoki qaynatib
iste’mol qilish mumkin. Shuningdek, u yog’lar yordamida shifobaxsh kremlar va salitsiyalar
sifatida ham ishlatiladi.

References:

1.

Семёнов-Тян-Шанский О. . “Питание северного оленя”,

. Дикий северный олень на

Кольском полуострове

, 500 экз, Труды Лапландского государственного заповедника.

Вып. 2, M., 1948 — 23-bet.
2.

Юргенсон П. Б., Капланов Л. Г.., Книзе А. А. Вопросы экологии лося,

. Лось и его

промысел

. М.: Главпушнина НКВТ, 1935 — 64-bet.

3.

Соколов Е. А. “Парнокопытные (Artiodactyla)”,

. Корма и питание промысловых

зверей и птиц

, 10000 экз, М., 1949 — 193-bet.

4.

Uzoqovna, Q. M. (2024). DORIVOR GULXAYRI VA ISIRIQ O ‘SIMLIKLARINING

TIBBIYOTDA QO'LLANILISHI HAMDA AMALIY AHAMIYATI.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

,

46

(3), 87-93.

5.

Kodirov, N. D., & Uzoqovna, Q. M. (2024). TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKADA


background image

67

NANOTEXNOLOGIK

USULLARNI

QO’LLANILISHI.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

,

46

(3), 79-86.

6.

Uzoqovna, Q. M. (2024). SURTMA DORILAR VA ULARNI TAYORLASH. SIFATINI

BAHOLASH,

YORLIQLASH,

ULARDAN

FOYDALANISH.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

,

46

(3), 94-99.

Библиографические ссылки

Семёнов-Тян-Шанский О. . “Питание северного оленя”, . Дикий северный олень на Кольском полуострове, 500 экз, Труды Лапландского государственного заповедника. Вып. 2, M., 1948 — 23-bet.

Юргенсон П. Б., Капланов Л. Г.., Книзе А. А. Вопросы экологии лося, . Лось и его промысел. М.: Главпушнина НКВТ, 1935 — 64-bet.

Соколов Е. А. “Парнокопытные (Artiodactyla)”, . Корма и питание промысловых зверей и птиц, 10000 экз, М., 1949 — 193-bet.

Uzoqovna, Q. M. (2024). DORIVOR GULXAYRI VA ISIRIQ O ‘SIMLIKLARINING TIBBIYOTDA QO'LLANILISHI HAMDA AMALIY AHAMIYATI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 46(3), 87-93.

Kodirov, N. D., & Uzoqovna, Q. M. (2024). TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKADA NANOTEXNOLOGIK USULLARNI QO’LLANILISHI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 46(3), 79-86.

Uzoqovna, Q. M. (2024). SURTMA DORILAR VA ULARNI TAYORLASH. SIFATINI BAHOLASH, YORLIQLASH, ULARDAN FOYDALANISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 46(3), 94-99.