61
KOʻHNA ARK
Ismailov Tohirjon Xushnudbek o‘g‘li
Ma’mun Universiti, o‘qituvchi
E-mail: tohirjon_ismailov@mamunedu.uz
ORCID: https://orcid.org/0000-0002-8571-3653
https://doi.org/10.5281/zenodo.14898131
Kirish.
Koʻhna ark - Xivaning qadimiy qal’asi bo‘lib, “Ichon qal’a”dagi xon saroylaridan biridir.
Qal’aning paydo bo‘lish tarixi Xiva shahri tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Xivadagi ushbu
meʼmoriy yodgorlik majmuasi XVII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr oralig‘ida barpo
etilgan. Ichan qalaning gʻarbiy qismida joylashgan. Koʻhna Arkdagi binolar, asosan XVII asrda
Anoʻshaxonning oʻgʻli Arangxon davrida usta, shoir Mavlono Vafoiy tomonidan qurilgan. 1804-
1806 yillarda qayta tiklab taʼmir etilgan. Koʻhna Ark toʻrt hovliga boʻlinib, atrofi baland paxsa
devor bilan oʻralgan. Sharq tomondagi darvozadan oʻng tomondagi yoʻlakka oʻtilib, u orqali
saroy masjidi va xonning zarbxonasiga boriladi. Haramxona arkning shimolida, koʻrinishxona
gʻarbiy qismida, oʻrtasida Oq shayx bobo koʻshki joylashgan. Darvozaning chap tomonida
xonning xizmatkorlari yashaydigan xonalar, omborxona va otxonalar boʻlgan.
Arkda Oqshayxbobo nomli ko‘shkning qoldiqlari saqlanib qolgan. Ko‘shk atrofida sekin-
asta shahar paydo bo‘lgan. Oxirgi Xiva xonlarining saroylari ham shu yerga qurilgan edi.
Qal’aning paydo bo‘lish tarixini Xiva shahrining ham tarixi desa bo‘ladi. Xom g‘ishtdan qurilgan
qo‘rg‘on devori bilan o‘rab olingan arkning hududida hozir faqat XIX asrga oid bir necha bino
saqlanib qolgan xolos. Lekin qadimgi ark shahar ichida o‘ziga xos shahardek edi. Arkda xon va
uning oilasi, amaldorlari uchun uy-joylar bo‘lgan.
Arkda ko‘rinishxona (qabulxona), zarbxona, yozgi masjid va haramxona binolaridan
tashqari ilgari aslahaxona, o‘q-dori tayyorlaydigan ustaxona va o‘q-dori ombori, xon
qarindoshlari va amaldorlari uchun idoralar, oshxona, otxona, zindon va qo‘chqor
urushtiradigan maxsus maydon ham saqlanib qolgan.
Ko‘hna Ark atamasi shaharda 1832-1838-yillarda yana shunday bir saroy - Toshhovli
bunyod etilgach qo‘llanila boshlangan. Xonalar qatori birlashib, o‘rtada hovli tashkil etilgan.
Hovlilarning biridan-biriga o‘tish uchun maxsus yo‘laklar bor.
Ko‘hna Arkda Muhammad Rahimxon qabulxonasiga kirgan bir elchining ma’lum
qilishicha, saroy darvozasidan ko‘rinishxonaga borguncha o‘rtada uch hovli bosib o‘tilgan.
Arkning darvozasi shahardagi “Polvon” darvozaga o‘xshash ekan. Darvozaning burjlari
tepasida gumbazli fonus bo‘lgan. Mayda ravoqchalar qatori yon tomondagi qal’a devoriga
ulanib ketgan edi.
Arkdagi buzilib ketgan xonaning tuzilishi haqida biror fikr yuritish qiyin. Lekin saqlanib
qolgan ko‘rinishxona, yozgi va qishki masjid, zarbxona (xazina) va haram binolari qo‘ng‘irot
sulolasidan chiqqan dastlabki xonlarning saroylari haqida qisman tasavvur beradi.
Saroy imoratlarining tashqi ko‘rinishi unchalik diqqatni jalb etmaydi. Chunki o‘tmishda
bu binolarga boshqa binolar tutashib ketganidan fasadi bekilib ketgan. Binolarning badiiy
arxitektura xususiyati va afzalliklarini hovlilardan ko‘rish mumkin. Ko’xna Ark hududida
joylashgan “Zarbxona” Muhammad Rahimxon I hukmronligi davrida bunyod etilgan. Gumbazli
uchta xonadan iborat. Bu yerda hukmronlik qilayotgan xonning muhri bosilgan tilla, kumush
62
va qarg‘apul chaqalar zarb etilgan Zarbxonaning xonalari pishiq gʻishtdan qurilgan, tomi balxi
gumbaz bilan yopilgan.
Shuningdek, Ko’xna Ark majmuasida “Masjid” va qator xonalar mavjud bo’lib, hovli
atrofida joylashgan. Hovlining janubidagi ayvon shimolga qaratib qurilgan. Devorlari
rangbarang parchinlar bilan bezatilgan. Shiftini ikki qatorli 6 ta ustun koʻtarib turadi. Ustun
tepasi qoshlar bilan, poyustuni marmar kursilar bilan bezatilgan.
Majmuada joylashgan “Koʻrinishxona” ya’ni xon qabulxonasi, Arangxon hukmronligi
davrida qurilgan. Hozirgi koʻrinishi Eltuzarxon tomonidan barpo etilgan. Koshinqori bezaklari
Olloqulixon hukmronligi davriga xos. Hovlining janubida shimolga qaratib qurilgan baland
ayvon va ikki yonidagi guldastalar koshin-parchinlar bilan bezatilgan. Ayvonning orqa
tomonida xon qabulxonasi - taxt turadigan xona joylashgan. Xona devorlari ganchkori naqshlar
bilan bezatilgan. Chap tomonidagi eshikdan hovliga chiqilgan. Omborxona, otxona va
xizmatkorlar yashaydigan xonalarni koʻrinishxona bilan bogʻlaydigan yoʻlak bor bo’lib, uning
oʻng tomonidagi kichik hujradan zina orqali ikkinchi qavatga chiqilgan. Hovlining gʻarbiy
tomonida qator xonalar ikki qavatli boʻlgan. Shimoldagi xonalar XX asr boshlarida Yevropa
uslubida qurilgan. Hovlining oʻrtasida gʻishtdan ishlangan doira shaklidagi supaga chodir
tikilib, u yerda xon elchilarni qabul qilgan.
Ko‘rinishxonaning ikki katta ustunli baland ayvoni alohida ajralib turadi. Bu ayvonda
tantanali rasmiy qabullar o‘tkazilgan, davlat ishlari hal etilgan. Shuning uchun ham ayvon
ko‘rinishli va hashamatli qilib solingan. Haramdagi bir ustunli ayvonlar esa ixchamroq, uy-joy
arxitekturasiga xos sodda va xon qabulxonasidagi kabi hashamdor emas. Ko‘p ustunli keng
ayvondagi mehrob va minbar binoning yozgi masjid ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Ayvon va unga yonma-yon zaldan tashqari, g‘arb tomondan hovliga qator xonalar
yondoshgan edi. Bu yarim qorong‘i qo‘sh qavat xonalarda xazina, kutubxona va xonning dam
olish joyi bo‘lgan.
Ayvonning sharqidagi kichik xona ilgari hovliga o‘tadigan yo‘lak xizmatini o‘tagan, hovli
devorlari qisman qayta tiklangan, biroq devorlarda ilgari ham hozirdagidek hech qanday bezak
bo‘lmagan. Shuning uchun ham ko‘rimsiz g‘isht devorlar fonida ayvonning gilamdek rang-
barang bezaklari yaqqol ko‘zga tashlanadi, tezda e’tiborni jalb etadi. Devor yuzasi turli xil
o‘simlik va geometrik shakllarni tasvirlovchi sirkor parchinlar bilan qoplangan. Devorning
lojuvard, oq, zangori ranglardan tashkil topgan sirkor bezaklari ayvon shipidagi shingarf
zarhali yorqin bo‘yoq naqshlaridan keskin farq etadi. Ko‘hna Arkdagi ayvon va yozlik masjid
Olloqulixon davrida (1825 – 1842) yangidan qurilgan ekan. Ayvondagi sirkor bezaklarni ham
shu davrga taalluqli deydilar. Shuning uchun ham yozgi masjid va ko‘rinishxonadagi naqshlar
sirkor parchinlarni rangvor tuzilishi bir-biriga o‘xshaydi.
Taxtxonaning devorlarida mahalliy ganchkorlik san’atini ko‘ramiz. Bu o‘ymakorlik
badiiylik jihatdan ayvondagi sirkor parchin qoplamalardan ancha past turadi. Xon taxti cho‘ziq
zalning eng to‘ridagi dekorativ gumbaz ostida turar edi. Shakli uncha murakkab bo‘lmagan bu
taxt yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, usti naqshkor kumush bilan qoplangan.
Yozgi va qishki masjidlar hamda zarbxona yagona bino sifatida bir vaqtda qurilgan.
Masjidning hovlisi uncha katta emas. Atrofi gumbazli xonalar bilan o‘ralgan. Bu yerda tangalar
zarb etilgan.
63
References:
1.
Ismailov, T. (2022, November). THE FORT THAT SPEAKS FROM THE PAST. In
Международная конференция академических наук (Vol. 1, No. 31, pp. 18 22).
2.
Ismailov, T. (2024). PALACE OF THE KHOREZMSHAKH. Models and methods in modern
science, 3(3), 5-7.
3.
Ismailov, T. (2024). KO’HNA VA HAMISHA NAVQIRON SHAHAR. Молодые ученые, 2(2),
71-72.
4.
Ismailov, T. (2023). EMBOSSED KHIVA PILLARS. Current approaches and new research in
modern sciences, 2(4), 63-66.
5.
Ismailov, T. (2024). MONUMENTS OF ANCIENT KHOREZM. Current approaches and new
research in modern sciences, 3(4), 175-176.
6.
Ismailov, T. (2024). SULTON UVAYS ZIYORATGOHI. Педагогика и психология в
современном мире: теоретические и практические исследования, 3(4), 46-47.
7.
Ismailov,
T.
(2024).
QADIMGI
XORAZM
YODGORLIKLARI-TUPROQQAL’A.
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 3(4), 104-105.
8.
Ismailov, T. X. O. G. L. (2023). Hazrati Pahlavon Mahmud maqbarasi. Science and
Education, 4(3), 106-113.