93
QO’QON VOHASI LANDSHAFTLARI VA UNGA IQLIM O`ZGARISHINING
TA’SIRI
Meliboyeva F.S.
Qo`qon davlat pedagogika instituti
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi katta o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14977789
Annotatsiya.
Ushbu maqolada iqlim o`zgarishi va uning O`zbekistonga, jumladan
Qo`qon vohasi va uning landshaftlariga ta`siri tahlil qilingan. Qo`qon vohasi va uning tabiiy
geografik joylashuvi, iqlimini shakllantiruvchi asosiy omillari yoritilgan. Iqlim o`zgarishi
sharoitida landshaftlar barqarorligini ta`minlash to`g`risida fikr mulohazalar yoritilgan.
Kalit so`zlar:
iqlim o`zgarishi, Qo`qon vohasi landshaftlari, shamollar, landshaft
ekologik muvozanat, landshaftlar barqarorligi.
Аннотация:
В данной статье анализируется изменение климата и его влияние на
Узбекистан, включая Кокандский оазис и его ландшафты. Освещены Кокандский оазис
и его природно-географическое положение, основные факторы, формирующие его
климат. Выделены мнения по обеспечению устойчивости ландшафтов в условиях
изменения климата.
Ключевые слова:
изменение климата, ландшафты Кокандского оазиса, ветры,
ландшафтно-экологическое равновесие, устойчивость ландшафта.
Abstract:
This article analyzes climate change and its impact on Uzbekistan, including
the Kokand oasis and its landscapes. Kokand oasis and its natural geographical location, the
main factors that shape its climate are covered. Opinions on ensuring the stability of
landscapes in the conditions of climate change are highlighted.
Key words:
climate change, Kokand oasis landscapes, winds, landscape ecological
balance, landscape stability.
Yer sharida aholining izchil ortib borishi va sanoat korxonalarini ko‘payib ketishi,
transport vositalarining faolligi natijasida XX ikkinchi yarmiga kelganda butun yer shari
bo‘ylab global iqlim o‘zgarishi yuz bermoqda. Global miqyosda iqlim o‘zgarishi qanday sodir
bo‘lishi hududning geografik o‘rni bilan chambar-chas bog‘liq. Respublikamizda iqlim
o‘zgarishlarini tadqiq qilishda V.A.Bugayev nomidagi O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy
tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan tadqiqot metodlarini tahlil qilishga
harakat qildik. Respublikamiz hududida iqlim o‘zgarishiga asos SO
2
ni atmosferaga ko‘p
miqdorda chiqarib yuborishimiz bilan ifodalanadi. SO
2
miqdorini ikki marta ko‘payib borishi
natijasida 2030 yilga kelib harorat o‘rtacha yozda 2
0
C, qish faslida esa o‘rtacha 4-5
0
C oshib
borishini kuzatishimiz mumkin. Respublikamizda eng yuqori haroratlar Ustyurt platosida,
Quyi Amudaryo va Orolbo`yi hududlarida qayd etilmoqda [2].
Qo`qon vohasi hududiga g`arbdan va shimoldan kirib keladigan havo massalarining
sirkulyatsiyasi hamda yoz oylarida hosil bo`ladigan termik depressiya bilan birgalikda
hududdagi atmosfera bosimi ham katta ahamiyatga ega [1]. Qo`qon vohasining orografik
joylashuvi hududda havo harorati va yog`ingarchilik miqdorining taqsimlanishida muhim
ahamiyatga ega bo`lgan asosiy omillardan biridir. Hududdagi harorat va yog`ingarchilikning
mavsumiy va yillararo o`zgarishi o`ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Ya`ni hududning
orografik joylashuvi yog`ingarchilikning intensivligi va davomiyligiga bevosita ta`sir
94
ko`rsatadi. Qo`qon vohasida havo harorati turlicha taqsimlangan bo`lib, uning markaziy qismi
ya`ni Qo`qon shahrida yanvarning o`rtacha harorati -2,2
0
C, iyul oyining o`rtacha harorati esa
26,8
0
C ni tashkil etadi. Qo`qon vohasining relyefi pasttekislik, qir, toshloq va qumli
chalacho`llardan iborat bo`lgan g`arbiy qismida yanvarning o`rtacha harorati -2
0
C, iyul
oyining o`rtacha harorati esa 28
0
C ga teng bo`lib, yiliga 200 mm yog`in tushadi. Vegetatsiya
davri 205 kunni tashkil etadi. Hudud iqlimining shakllanishida O`rta Osiyodagi kuchli
shamollardan biri bo`lgan Farg`ona vodiysining Farg`ona yo`lagi (“Xo`jand yo`lagi”) orqali
vodiy tomon harakatlanuvchi Qo`qon shamolidir. Uning tezligi 32-35 m/sek. bo`lib, yiliga
o`rtacha 40 kun esadi. Farg`ona vodiysidan Mirzacho`l tomon esa Bekobod shamoli asosan
noyabr oylarida boshlanib mart oylariga qadar davom etib, bir yilda o`rtacha 52 kun esadi [3].
Ushbu shamollarning Qo`qon vohasida haroratning o`zgaruvchanligi va yo`g`inlar
miqdorining taqsimlanishida muhim ahamiyatga egadir. Vohaning sharqiy qismi toshloqli
dast hamda tekislikdan iborat bo`lib, yanvarning o`rtacha harorati -3
0
C, iyul oyining o`rtacha
harorati 26
0
C, yog`in miqdori esa yiliga 180-220 mm ga teng. Asosan tekislikdan iborat
bo`lgan vohaning shimoliy qismi iqlimi continentaldir. Bahor va kuzda kuchli shamollar esib,
yozi issiq, qishi esa birmuncha yumsoq. Vohaning shimoliy g`arbiy qismilarida yanvarning
o`rtacha harorati -2,2
0
C, iyul oyining o`rtacha harorati esa 26,8
0
C ga teng bo`lib, yiliga 110
mm yog`in yog`adi. Vegetatsiya davri 220 kunni tashkil etadi. Shimoliy sharqiy qismlarida esa
yanvarning o`rtacha harorati -2,3
0
C, iyul oyining o`rtacha harorati 27,5
0
C ga teng. Yog`in
miqdori esa 120-130 mm ni, vegetatsiya davri esa 218 kunni tashkil etadi.
1.1-rasm. Qo’qon vohasining rel’efi.
Qo`qon vohasining relyefi asosan shimoldan janubga tomon ko`tarilb borishi, uning
janubiy qismida iqlimning o`ziga xos tarzda o`zgarishiga sabab bo`ldi. Vohaning janubiy
95
qismida adir hamda dash mintaqalari shakllangan bolib, yanvar oyining o`rtacha harorati -6
0
C, -10
0
C ni, iyul oyining o`rtacha harorati esa 25
0
C ni tashkil etadi. Yog`in miqdori ham
shimoldan janubga tomon ortib, vegetatsiya davri esa kamayib boradi.
Iqlim o‘zgarishi sharoitida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va landshaft ekologik
muvozanatni ushlab turish lozim bo‘ladi. Iqlim o‘zgarishi avvalo landshaftlar komponentlarini
o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Qish oylarida havo haroratini biroz issiq kelishi
yoki ba’zi yillari anamal sovuq bo‘lishi birinchi joy landshaftlariga o‘z ta’sirini qo‘rsatmoqda.
2022 yilgi qish faslidagi anomal sovuq bo‘lishi Qo‘qon vohasi landshaftlariga ham o‘z ta’sirini
qo‘rsatmasdan qolmadi. Buvayda tumanidagi anjirzorlar qurishiga, Qo‘qon guruh
tumanlaridagi issiqxonalarni muzlashi natijasida aholi daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Yoz
oylarida esa haroratni keskin issib ketishi natijasida termiq depressiya vujudga kelishi
ko‘payib bormoqda. Natijada, past bosimli xududga xavoning gorizontal xarakati kuchayib,
shamolning kuchi va tezligi ortib bormoqda. Ba’zida yoz davrida mumkin bo‘lmagan yog‘in
miqdorini ortishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Qo‘qon vohasida yozgi yog‘inlarni
ko‘payishi ham aholi iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Mevalarni suv tegishi natijasida
yorilishi, yoki chirib qolishi kuzatilmoqda.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, iqlim o‘zgarishi Qo‘qon vohasiga ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatib kelmoqda. Bu albatta landshaft kompleklaridaga o‘zgarishlarni tahlil qilish va
baholash natijasida guvohi bo‘ldik.
Iqlim o‘zgarishi sharoitida har bir vohani o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
landshaft komponentlarini barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz kerak:
a) Buning uchun har bir paxtazorlar qirg‘og‘iga tut daraxlari yoki tol daraxtlarini qalin va
zich qilib ekib, shamol eroziyasidan saqlashimiz kerak bo‘ladi. Chunki Qo‘qon vohasi oldindan
o‘zining “Qo‘qon shamoli” bilan mashhur bo‘lgan.
b) Qo‘qon vohasini relyef xususiyatini tahlil qilsak, vohaning janubiy qismidan
Sirdaryoga qadar So‘x konussimon yoyilmasi hududi bo‘ylab janubdan shimolga tomon
pasayib boradi. Bu esa yer osti suvlarini gorizontal harakatini ta’minlaydi. (1-rasm)
s) Qo‘qon vohasini antropogen komplekslarga aylantirishda o‘ziga xos jixatlari mavjud
bo‘lib, vohaning shimoliy qismi qumli tekisliklardan iboratligi, o‘rta qismlari qadimdan
dehqonchilik ishlari olib borilganligi sababli o‘tloq – voha tuproqlardan iboratligi, jarubiy
qismi esa kolmantaj yo‘li bilan yangi yerlarni o‘zlashtirilayotganligi o‘ziga xosligini ko‘rsatadi
va bu esa dehqonchilik ishlarini olib borishda ilmiy jihatdan yondashishni talab yetadi.
d) Qo‘qon vohasini janubi baland tog‘lardan iboratligi, markaziy va shimoliy qismlari
cho‘llardan iboratligi o‘ziga xos mikroiqlimni o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, kunduzi
tog‘dan vodiyga, kechasi tekislikdan toqqa tomon tog‘ vodiy shamoli esib turishiga ta’sir
ko‘rsatadi.
e) vohaning shimoliy qismi pasttekislik va janubiy qismi tog‘ va togoldi adirlardan,
prolyuvial tekisliklardan iboratligi sababli yer osti suvlarini yer ostiga shimilishi uchun imkon
yetarli. Bu esa yuqorida shimilgan suvlar tekislikka kelib yer betiga chiqishi natijasida
vohaning quyi qismida unumdor tuproqlarni sho‘rlanishiga kuchli ta’sir qo‘rsatib kelmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Qo‘qon vohasini landshaft komplekslarini tadqiq
qilish o‘ziga xos prinsiplarga amal qilishni talab etadi.
96
References:
1.
Абдулқосимов
А.,
Қўзибоева
О.
Сўх
ёйилмаси
ландшафтларини
микрозоналлаштириш ва мелиоратив баҳолаш. Монография 82 б Самарқанд 2009.
2.
Боймирзаев К.М., Солиев И.Р., Мирзахмедов И.К. Қўқон воҳаси ландшафтларининг
экологик оптималлаштириш. Монография 55 б. Наманган 2019
3.
Рафиқов А.А Табиий географик прогнозлаштириш асослари. Тошкент 2024. Б-244