Авторы

  • Muslima Mamadiminova
    ADPI Biologiya yo’nalishi 203-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.73371

Ключевые слова:

Yo’sinlar turlari tasniflanishi klassifikatsiyasi ahamiyati.

Аннотация

Ushbu tezisda Yo’sinlar bo’limi tavsifi, o’ziga xos belgilari, klassifikatsiyasi haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

97

YOʻSINLAR BOʻLIMI TAVSIFI, OʻZIGA XOS BELGILARI KLASSIFIKATSIYASI

Mamadiminova Muslima Ravshanbek qizi

ADPI Biologiya yo’nalishi 203-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15093260

Annotatsiya:

Ushbu tezisda Yo’sinlar bo’limi tavsifi, o’ziga xos belgilari, klassifikatsiyasi

haqida ma’lumotlar berilgan.

Абстрактный:

В данной диссертации даются сведения об описании,

отличительных особенностях и классификации отдела Ёсин.

Abstract:

In this thesis, information is given about the description, distinctive features

and classification of the Yosin department.

Kalit so’zlar

: Yo’sinlar turlari, tasniflanishi, klassifikatsiyasi, ahamiyati.

Ключевые слова:

Виды лишайников, классификация, классификация, значение.

Keywords

Types of lichens, classification, classification, significance.


Yo’sintoifa (moxtoifa) -

Bryophyta

o‘simliklar Yo‘sintoifa o‘simliklar bo’limiga 25000 ga

yaqin tur kiradi. Tur soni jihatidan yuksak o'simliklar orasida gulli o‘simliklardan keyin 2-
o'rinda turadi. Yo‘sintoifa 0‘simliklar ancha oddiy tuzilganligi, ildizi va o‘tkazuvchi sistemasi
bo’lmasligi bilan boshqa yuksak o‘simliklardan farq qiladi. Yo‘sintoifa o ‘simlikIarning
oddiylari, tallomlilar bo’lib, ulaming tanasi yer bag‘irlab yotadigan tallomdan iborat. Ancha
murakkab tuzilgan yo‘sintoifalarning tanasida esa poya va barglar, ildizlar o‘rnida rizoidlar
bo’ladi. Yo‘sinsimonlar eng qadimgi yuksak o ‘simlikIar hisoblanadi. Keyingi yillarda Boltiq
bo‘yidan ulaming sporalari topilgan. Mezozoy va kaynozoy erasining qoldiqlaridan esa ular
ko‘p topilgan. Riniyafitlarning ochilishi yo‘sinsimonlaming kelib chiqishi haqidagi ko‘pchilik
olimlarning fikrini o‘zgartirib yubordi. Keyingi fikrlarga ko‘ra, yo‘sinsimonlar riniyafitlar, ya’ni
ularda sporafitning reduksiyalanishi va gametofitning jadal taraqqiy etishi tufayli kelib
chiqqan. Yo‘sinsimonlaming anatomik tuzilishi ham juda sodda bo‘lib, xilma-xil to'qimalarga
ajralmaydi. Yo‘sintoifalaming bo‘yi 20-40 sm dan oshmaydi. Yo‘sinsimonlaming vegetativ
qismlarida ko‘p hujayrali jinsiy organlar, ya’ni erkak jinsiy organlari - anteridiy, urg‘ochi jinsiy
organlari - arxegoniy hosil bo’ladi. Bularda jinsiy nasi - gametofit ustun turishi bilan aksariyat
yuksak o‘simliklardan farq qiladi. Jinssiz nasi, ya’ni sporafit juda reduksiyalangan boMadi va
chala parazit holatida gametofitda yashaydi. Yo‘sinsimonlar spermatazoid va tuxum
hujayralar yordamida jinsiy yo’l bilan ko'payadi. Jinsiy jarayon yuz berishi uchun suv talab
qilinadi, chunki spermatazoidlar faqat suvdagina arxegoniylar tomon boradi. Natijada zigota
va undan sporagon taraqqiy etadi. Shundan keyin jinssiz ko‘payish boshlanadi. Ularda
sporafitning taraqqiyoti gametofitning taraqqiyoti bilan uzviy bog’langan. Chunki sporafit suv
bilan ozuqani asosan gametofitdan olib turadi. Shuning uchun ham yo‘sintoifalarda gametofit
bo‘gim ustunlik qiladi. Yuksak o‘simliklarda sporafit bo‘g’in mustaqil yashaydi. Yo‘sinlarning
yer osti kurtaklari vegetativ tanasining bo’lakchasi bilan vegetativ ko‘payishi mumkin.
Ularning ko‘payishida doimo nasllarning gallanishi kuzatiladi. Ular sodda tuzilishdagi o‘t
o‘simliklar bo’lib, suvo‘tlarga ancha yaqin turadi. Sababi, vegetativ tanasi tallom (qattana)
shaklida, ildizi yo‘q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Barglari oddiy o‘troq. Yo‘sinlar xilma-xil
ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan sovuq tundra zonasigacha
bo’lgan hududlarda uchraydi. Ba’zi vakillari daraxtlarning poya qismida, tuproqning ustida


background image

98

yashil gilamlar hosil qiladi. Yo‘sinsimonlaming taraqqiyot siklidagi xarakterli belgilaridan
yana biri yetilgan sporalardan protonemaning o‘sishidir.[1.2.3]

Protonema ko‘pchilik yo‘sinlarda ipsimon ko'rinishda, faqat sfagnum va andreya

yo‘sinlarida gametofitlar dastlabki fazasida plastinka shaklida bo‘ladi. Jigarsimon yo‘sinIarda
protonema bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan qisqa tana ipchadan iborat, Undan
plastinkali yoki poyabargli gametofit taraqqiy etadi. Yo‘sinlar ichida funariyaning
protonemasi yaxshi o ‘rganilgan. Bir uyli gametofiti bir o ‘simlikda yetishadi. Uning sporasi
qulay sharoitda o‘sib, undan shakllangan ipcha hosil bo’ladi. Bu ipcha uchki qismidagi
hujayrasining bo’linishi hisobiga o ‘sib boradi. Shundan so‘ng ipcha shoxlanib, unda gametofit
kurtaklar hosil bo’ladi. Yo‘sinlaming bunday ipsimon protonemasi tashqi ko'rinishidan yashil
suvo‘tlariga juda o‘xshaydi. Shunga ko‘ra yo‘sintoifalarni yashil suvo‘tlaridan kelib chiqqan
degan taxminlar yuzaga kelgan. Lekin bu fikmi tasdiqlovchi asosli dalillar yo‘q.

Yo‘sinsimonlar 3 sinfga bo’lib o'rganiladi:
1. Jigarsimon yo‘sinlar sinfi —

Hepaticopsida.

2. Poyabargli yo‘sinlar sinfi—

Bryopsida.

3.Antofseratsimonlar sinf! —

Anthocerotopsida.

1. Jigarsimon yo‘sinlar -

Hepaticopsida

sinfi gametofitining xilma-xil boMishi va

sporofitning deyarli o‘xshash bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu ajdodga 30 ga yaqin turkum va
6000 dan ortiq tur kiradi. Ulaming ko‘pchiligi tropiklarda tarqalgan bo’lib, asosan sernam
tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud. Jigarsimon yo‘sinlarning
vakillari vegetativ, jinsiy va jinssiz yo’llar bilan ko‘payadi. Jigarsimon yo'sinlar deb atalishiga
sabab shuki, marshansiya avlodining turlari tallomidan Yevropada (to XIX asming
boshigacha) jigar kasalliklarini davolashda dorivor o‘simlik sifatida foydalanib kelingan.
Hozirgi klassifikatsiyaga ko‘-ra, jigarsimon yo‘sinlar sinfi 2 ta sinfchaga - marshansiyakabilar
va yungermaniyalar kabilarga boʼlinadi. [1.3]

Poyabargli yo‘sinsimonlar - Bryopsida sinfi (ajdodi) Poyabargli yo‘sinsimonlar -

Bryopsida sinfiga 15000 dan ortiq tur kiradi. Uning vakillari quruqlikda keng tarqalgan,
Arktika, tundra o‘simliklariga yopishgan holda botqoq, chuchuk suvlarda, ayrim vakillari 0‘rta
Osiyoning qumli cho’llarida uchraydi. Bu sinfga poyabargli yo‘sinlar kiradi. Poyasi radial,
sershox tuzilishga ega bo’lib, barglari ketma-ket yoki spiral holda joylashgan. Jigarsimon
yo‘sinlar gametofiti dorzoventral tuzilishga ega, ya’ni osti va usti bir-biridan farq qiladi. Jinsiy
organlari anteridiy va arxegoniylardir. Poyasi haqiqiy floema va ksilema rivojlanmagan. Lekin
ulaming vazifasini bajaruvchi sodda tuzilishga ega bo’lgan o’tkazuvchi naychalar bor. Bu sinf
vakillarining ko‘pchiligi ko‘p yillik o'simliklardir. Jinsiy organlari poyaning uchida (torf
yo‘sinlarida) yoki yon shoxlarda joylashadi. Ko‘pincha jinsiy organlari parafiza iplari bilan
o‘ralgan bo lib, bu iplar jinsiy organlami himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Urug’lanish
jarayonidan keyin zigotada sporagon taraqqiy etadi. Sporagonning jigarsimon yo‘sin!ardan
farqi shuki, bularning tashqi po‘sti yashil xlorofill donachaiariga ega. Ikkinchidan, bularda
elatera bo’lmaydi. Ko‘sakchadagi spora yetiiganidan keyin ko‘sakcha ochiiadi, sporalar tashqi
muhitga tarqaladi, sporadan protonema o‘sadi. Unda taraqqiy etadigan kurtaklardan yangi
gametofit o‘sib chiqadi. Vegetativ yo‘l bilan ko'payganda, kurtaklar yoki tanadan ajralgan
biror qismdan yangi shoxlar o'sib chiqadi. Poyabargli (shox) yo'sinsimonlar 3 ta sinfchaga
bo‘linadi:

1. Sfagnum yo‘sinlari -

Sphagnales


background image

99

2. Andrea yo'sinlari

- Andrales.

3. Yashil yo‘sinlar -

Bryales.

Antoserotsimonlar

Anthocerotopsida

sinfi

(ajdodi)

Antoserotsimonlai-

Anthocerotopsida sinfiga 300 ga yaqin tur kiradi. Yer sharining asosan tropik va mo” tadil
iqlimli joylarda tarqalgan. Ko‘pchilik adabiyotlarda bu sinfga bitta Antoserotdoshiar -
Antocerotoceae oilasi kiritiladi. Bu oilaning Antoseros turkumi tabiatda ancha keng tarqalgan
bo‘lib, 200ga yaqin turga ega. Antoserotsimonlaming tanasi yassi va tasmasimon, bo‘yi 2-3 sm,
diametri 1-3 sm, tanasi bir necha qavat yupqa hujayralardan tashkil topgan. Tallomning ostki
tomonida rizoidlari joylashgan. Antoserotlaming ko‘payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘llar
bilan boradi. Vegetativ ko‘payuvchi ko‘p yillik vakillari tallomining ostki tomonida
tugunchalar hosil bo‘lib, ular yordamida ko‘payadi. Ularda jinsiy ko‘payish organlari
(anteridiy, arxegoniy) endogen joylashgan. Anteridiylar bittadan yoki guruh bo‘lib joylashadi.
Yetilgan anteridiyning ustki qismi yorilib ochiladi, natijada spermatazoidlar tashqariga chiqib
tarqaladi. Arxegoniylar gametofitning yon tomonlarida joylashadi. Uning tuxum hujayrasi
urug’langandan keyin dastlab zigota hosil bo‘ladi. Undan sporagon hosil bo‘ladi. Sporagonda
esa sporalar taraqqiy etadi. Sporafit ularda yaxshi taraqqiy etgan. Sporafit uzunchoq
ko‘sakchadan iborat, sporalar yetilgandan keyin ko‘sakcha ichidan tashqariga sochiladi.
Sporalardan ipsimon protonema, undan esa yangi yosh gametofit taraqqiy etadi.
Yo‘sinsimonlar turlarining keng tarqalganligi, ulaming tabiiy o‘simliklar qoplamida muhim rol
o‘ynashidan dalolat beradi. Sovuq iqlim sharoitida qarag‘ay va qora qarag‘ay o‘rmonlarining
semam joylarida, tundrada ko‘pincha keng gilamzorlar hosil qiladi. O‘rmon senozlarida ular
suvni tutib turishda muhim ahamiyatga ega.[1.2]

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

A.A.Matkarimova,T.X.Mahkamov, M.M.Maxmudova, X.Ya.Azizov, G.B.Vaisova Botanika.

(O’quv qo’llanma).-T.: “Fan va texnologiya”,2018,300 bet.
2.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yo%CA%BBsinlar

.

3.

https://in-academy.uz/index.php/si/article/download/15427/10726/12778

Библиографические ссылки

A.A.Matkarimova,T.X.Mahkamov, M.M.Maxmudova, X.Ya.Azizov, G.B.Vaisova Botanika. (O’quv qo’llanma).-T.: “Fan va texnologiya”,2018,300 bet.