Авторы

  • Mohinur Neʼmatjonova
    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yoʻnalishi 203-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.74299

Ключевые слова:

Zirkdoshlar Betulaceae zarang jo‘ka findiq yog‘och sanoati shamol bilan changlanish yong‘oq mevalar ekologik ahamiyat tuproq eroziyasi oziq-ovqat sanoati dorivor o‘simliklar.

Аннотация

Ushbu maqolada Zirkdoshlar oilasi (Berberidaceae) vakillarining sistematikasi, ularning o‘ziga xos morfologik belgilari, tarqalishi hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyati yoritilgan. Zirkdoshlar oilasi ikki pallali o‘simliklarga mansub bo‘lib, asosan buta va daraxtsimon o‘simliklardan tashkil topgan. Ularning ayrim turlari dori-darmon sifatida, bezak o‘simliklari va oziq-ovqat manbai sifatida keng qo‘llaniladi. Shuningdek, bu oila vakillarining ekologik muvofiqligi va tuproqni mustahkamlash xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

122

ZIRKDOSHLAR OILASI SISTEMATIKASI, OʻZIGA XOS BELGILARI, ASOSIY

VAKILLARI VA ULARNING XALQ XOʻJALIGIDAGI AHAMIYATI

Neʼmatjonova Mohinur Nozimjon qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yoʻnalishi 203-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15104350

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada Zirkdoshlar oilasi

(Berberidaceae

) vakillarining

sistematikasi, ularning o‘ziga xos morfologik belgilari, tarqalishi hamda xalq xo‘jaligidagi
ahamiyati yoritilgan. Zirkdoshlar oilasi ikki pallali o‘simliklarga mansub bo‘lib, asosan buta va
daraxtsimon o‘simliklardan tashkil topgan. Ularning ayrim turlari dori-darmon sifatida, bezak
o‘simliklari va oziq-ovqat manbai sifatida keng qo‘llaniladi. Shuningdek, bu oila vakillarining
ekologik muvofiqligi va tuproqni mustahkamlash xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb
etadi.

Kalit so‘zlar:

Zirkdoshlar, Betulaceae, zarang, jo‘ka, findiq, yog‘och sanoati, shamol bilan

changlanish, yong‘oq mevalar, ekologik ahamiyat, tuproq eroziyasi, oziq-ovqat sanoati,
dorivor o‘simliklar.

АННОТАЦИЯ:

В данной статье описывается система организации семейства

Барбарисовые, его уникальные морфологические особенности, а также значение на
предприятиях и в народном хозяйстве. Семейство саговниковых относится к
двудольным растениям, состоящим преимущественно из кустарников и деревьев.
Некоторые их виды широко используются в качестве лекарственных, декоративных и
пищевых растений. Важно разобраться с собственными проблемами со здоровьем.

Ключевые слова:

саговники, Betulaceae, клен, липа, орешник, лесная

промышленность, ветроопыление, орехи, экологическое значение, эрозия почвы,
пищевая промышленность, лекарственные растения.

ABSTRACT:

This article discusses the systematics of the Berberidaceae family, its

specific morphological features, and its importance in enterprises and the national economy.
The Berberidaceae family is a dicotyledonous plant, consisting mainly of shrubs and trees.
Some of their species are widely used as medicines, ornamental plants, and food. It is
important in solving problems related to your health.

Keywords:

Cypresses, Betulaceae, maple, linden, hazelnut, timber industry, wind

pollination, nuts, ecological importance, soil erosion, food industry, medicinal plants.


Zirkdoshlar (Berberidaceae)-oilasi magnoliyasimonlar sinfiga mansub, koʻp yillik oʻt,

buta yoki daraxtlarni oz ichiga oladi. Yer yuzida 14 turkumga mansub 650 turi bor.
Ular asosan, Shimoliy yarim sharning moʻtadil hududlarida oʻsadi. Yovvoyi holdagi zirklar
Yevropa, Oʻrta Osiyo hamda Uzoq Sharq hududlarida keng tarqalgan. Barglari teskari
tuxumsimon, choʻzinchoq, oʻtmas, chetlari biroz tishli yoki tekis, ularning uzunligi 2-6 sm
keladi. Barglari qalin, qisqa bandli, ketma-ket joylashgan. Zirkning bargi tarkibida
alkaloidlar, ayniqsa, berberin koʻp. Guli ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni sariq, bir necha 4-5 qator
boʻlib joylashgan, har bir qatorda 3 tadan gultojbarg bor. Koʻpchilik zirkning gulida tojbarg
bilan changchisi orasida shiradon boʻladi. Ayrim vakillarida changchilar orasida staminodilar
ham uchraydi. Gullari sariq rangda boʻlib, gul shingili shoxlangan, rovaksimon. Guli sariq,
qoʻsh gulqoʻrgʻonli, shingilga toʻplangan. Mevasi rezavor, baʼzan koʻsakcha yoki yongʻoqcha


background image

123

shaklida. Mevasi qoramtir-binafsha rangda boʻlib, ellipsimon koʻrinishga ega.
Oʻzbekistonda 4 turkumga mansub 12 turi oʻsadi. Zirk (Berberis vulgaris L.), qoraqand —
zirkdoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Qora zirk (qoraqand) -zirkdoshlar
oilasigamansub boʻlib, boʻyi 4 metrgacha boradigan sershox buta. Oʻsimlikning eski
shoxlarning kulrang, yosh novdalari qoʻngʻir boʻladi. Tikanlari uch boʻlakli. Oʻsimlik may oyida
gullab, iyun-iyul oylarida pishadi. Ular dengiz sathidan 1800 m balandlikgacha
mintaqalarda oʻsadi. Qora zirk tabiiy holda respublikamizning Toshkent, Samarqand,
Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining togʻli hududlarida, soy boʻylarida toʻp-toʻp
boʻlib oʻsadi. Zirkning berberis integerrima bunge, berberis nummularia bunge,
gymnospermium albertii (Regel) takht, leontice everesmannii bunge nomlarini xalq
tilida qashqar, bergen, qizil, tugma, qoraqand deb atashadi. Zirk vakillarining
salomatlik uchun foydali neʼmat ekanligi juda qadim zamonlardan maʼlum. Ossuriya shoxi
Ashshurbanipalning shaxsiy qiroatxonasida saqlanuvchi, bundan 2670-yil muqaddam
sopol taxtachalarga yozilgan kitoblarga qaraganda, zirk "Qonni pokizalovchi" omil sifatida
qadrlangan. Uning shifobaxsh xususiyatlaridan qadimiy Misr, Hindiston tabiblari
tadbirkorlik bilan foydalanishgan. Zirk gullaridan asal shirasi bor, ular oʻzidan koʻplab
nektar ajratadi, ayniqsa, iliq va nam havoda olingan asali xushboʻy boʻladi. Zirk manzarali
oʻsimlik sifatida ham qadrlanadi. Uning murgʻak novdalari, yashil barglari, tillarang gullari
bahorda oʻzgacha dilbarlik kashf etadi.Zirkni isteʼmol qilish ayollarga klimaks va koʻzi
yorigandan keyingi chilla kunlarida, muskullar faolligini oshirishini inobatga olib,
homilador hamda emizikli ayollarga ham uni isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi.Oʻt pufagida
tosh, jigar sirrozi, sariq kasalligida, uni isteʼmol qilish yoqmaydigan ayrim shaxsiy holatlarda,
shuningdek, 12 yoshga toʻlmagan bolalar isteʼmol qilishi maslakat berilmaydi. Yana shuni
bilib qoʻyish kerakki, zirkning hali pishib yetilmagan koʻk mevasi zaharli boʻlganidan uni
isteʼmol qilish aslo mumkin emas. Zirkdoshlar oilasining vakillari adir vatog-adir
mintaqalarida kop tarqalgan. Xulosa qilib aytganda, zirkdoshlar oilasining vakillari inson
hayotiga, sanoat mahsulotlari sifatida, xalq xoʻjaligida juda katta ahamiyatga ega.

Dorivor ahamiyati.
Zirkdoshlar oilasining ayrim vakillari qadimdan xalq tabobatida ishlatilgan. Oddiy zirk

(Berberis vulgaris) – Uning po‘stlog‘i, ildizi va mevalari berberin alkaloidiga boy bo‘lib,
antibakterial va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Mahonia (Mahonia aquifolium) – Terini
tinchlantiruvchi va immunitetni mustahkamlovchi xususiyatlarga ega bo‘lib, homeopatik dori
vositalarida ishlatiladi. Zirk ildizlaridan tayyorlangan damlamalar jigar va safro yo‘llari
kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Oziq-ovqat sanoatida qo‘llanilishi Zirk mevalari achchiq-
totli ta’mi bilan mashhur bo‘lib, murabbo, sharbat va ziravor sifatida ishlatiladi. Zirkdan
tayyorlangan choy organizmni tetiklashtiradi va immunitetni oshiradi. Mevalarida ko‘p
miqdorda S vitamini mavjud bo‘lib, u organizmni mustahkamlashga yordam beradi. Bezak
o‘simliklari sifatida Mahonia va zirk butalari peyzaj dizaynida keng qo‘llanilib, park va
bog‘larni bezatishda ishlatiladi. Ularning qalin butalari himoya to‘siqlari sifatida ekiladi. Kuz
faslida zirk barglari qizil va to‘q sariq tusga kirib, tabiatga go‘zallik bag‘ishlaydi. Ekologik
ahamiyati Zirikdoshlar oilasi vakillari tuproqni eroziyadan saqlaydi. Ular changlatuvchi
hasharotlar uchun ajoyib nektar manbai hisoblanadi. Ba’zi turlari qurg‘oqchilik va sovuqqa
chidamli bo‘lib, shahar yashil hududlarini yaratishda foydalidir. Sanoat va bo‘yoqchilikda


background image

124

qo‘llanilishi Zirk po‘stlog‘idan sariq bo‘yoq olinadi, u matolar va iplarni bo‘yashda ishlatiladi.
Yog‘ochi mustahkam bo‘lib, turli hunarmandchilik buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladi.

Biologik klassifikatsiya organizmlarni tip yoki tur kabi guruhlarga ajratish metodidir.

Bunday guruhlar takson deb ataladi. Biologik klassifikatsiya taksonomiyaning bir qismidir.
Zamonaviy biologik klassifikatsiya turlarni fizik xarakteristikalariga koʻra guruhlarga ajratgan
Carolus Linnaeus ishlaridan boshlandi. Ushbu guruhlar keyinchalik Charles Darwin aniqlagan
umumiy ajdod prinsipiga mos ravishda qayta koʻrib chiqilgan. XX asr oxirlarida kladistika
metodi paydo boʻlishi bilan biologiyada organizmlarni faqatgina nasldorlik asosida
guruhlovchi filogenetik taksonomiya qoʻllanila boshlandi. Maʼlumot sifatida DNK qatorlarini
ishlatuvchi molekular filogenetika ham taksonlarni qayta koʻrib chiqishga yordam qildi va shu
ishda davom etmoqda.

Xulosa

Zirkdoshlar oilasi inson hayotida ko‘plab foydali jihatlari bilan ajralib turadi. Ular

dorivor, oziq-ovqat, bezak va ekologik ahamiyatga ega bo‘lib, tabiat muvozanatini saqlashga
ham yordam beradi. Shu sababli bu oila vakillarini keng o‘rganish va ularning
imkoniyatlaridan samarali foydalanish juda muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

2.

Shifobaxsh nematlar M.Nabiyev, V.Shalnev, A. IbrohimovToshkent -«Mehnat» -19892.

3.

Tojiboyev M.U. Foydali osimliklar resursshunosligi fanidan amaliy mashgulotlar.

Andijon-2024.
4.

https://web.archive.org/web/20120506010934/http://www.ctoz.nl/ctz/vol79/nr04/

art01.

Библиографические ссылки

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Shifobaxsh nematlar M.Nabiyev, V.Shalnev, A. IbrohimovToshkent -«Mehnat» -19892.

Tojiboyev M.U. Foydali osimliklar resursshunosligi fanidan amaliy mashgulotlar. Andijon-2024.