Авторы

  • Mohinur Odilbekova
    Andijon davlat pedagogika instituti, Tabbiy fanlar fakulteti, Biologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.74301

Ключевые слова:

Emandoshlar Fagaceae sistematika Quercus Fagus Lithocarpus tarqalishi iqtisodiy ahamiyati ekologik roli.

Аннотация

Ushbu maqolada Emandoshlar (Fagaceae) oilasining umumiy tavsifi, sistematik o‘rni, asosiy turkum va turlari, ularning tarqalishi va inson faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan. Oilaga mansub daraxt va butalar ekologik, iqtisodiy va manzarali ahamiyatga ega.


background image

118

EMANDOSHLAR OILASINING ASOSIY TURKUM VA TURLARI. TARQALISHI

VA AHAMIYATI

Odilbekova Mohinur Ilhomjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti,

Tabbiy fanlar fakulteti, Biologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15104326

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Emandoshlar (

Fagaceae

) oilasining umumiy tavsifi,

sistematik o‘rni, asosiy turkum va turlari, ularning tarqalishi va inson faoliyatidagi ahamiyati
yoritilgan. Oilaga mansub daraxt va butalar ekologik, iqtisodiy va manzarali ahamiyatga ega.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются общая характеристика семейства

Буковые (

Fagaceae)

, их систематическое положение, основные роды и виды, их

распространение и значение в жизни человека. Семейство включает деревья и
кустарники, имеющие экологическое, экономическое и декоративное значение.

Annotation:

This article discusses the general characteristics of the Beech family

(Fagaceae), their systematic position, main genera and species, distribution, and significance
in human life. The family includes trees and shrubs with ecological, economic, and ornamental
importance.

Kalit so‘zlar:

Emandoshlar, Fagaceae, sistematika, Quercus, Fagus, Lithocarpus,

tarqalishi, iqtisodiy ahamiyati, ekologik roli.

Ключевые слова:

Буковые, Fagaceae, систематика, Дуб (

Quercus

), Бук (

Fagus

),

Каменный дуб (

Lithocarpus

), распространение, экономическое значение, экологическая

роль.

Keywords:

Beech family, Fagaceae, systematics, Oak (

Quercus

), Beech (

Fagus

), Stone

oak (

Lithocarpus

), distribution, economic importance, ecological role.

Emandoshlar (

Fagaceae

) – ikki pallali o‘simliklarning Fagales tartibiga mansub yirik

daraxt va butalarni o‘z ichiga oluvchi oila bo‘lib, 8 ta turkum va 900 dan ortiq turga ega. Ushbu
oila asosan mo‘tadil va subtropik hududlarda keng tarqalgan.

Oilaning eng mashhur vakillari eman (

Quercus

), buk (

Fagus

), tosh eman (

Lithocarpus)

,

sharnir (

Castanea

) va boshqa daraxt turlaridir. Ular o‘zining mustahkam yog‘ochi, manzarali

ko‘rinishi va ekologik ahamiyati bilan ajralib turadi.

Eman-(Quercus) — Bu qoraqayindoshlar oilasining asosiy turkumi bo‘lib, 600 ga yaqin

turi bor. Barcha turlari yirik daraxt bo'lib, shox-shabbasi yoyiq, ba’zan butalari ham uchraydi.
Yosh tuplarining po‘stlog‘i silliq, to‘q kul rangda bo‘lib, so‘ng bo‘yiga yoriladi. Ayrim
turlarining po‘stlog‘ida po‘kak qavatlar hosil bo‘ladi. Kurtaklari bandsiz, tangachalar bilan
qoplangan bo‘lib, spiral shaklda joylashadi. Barglari ham oddiy, spiral shaklda joylashadi, ba’zi
turlarida qish bo‘yi yashil holda saqlanadi, boshqalarida esa tez to‘kilib ketadi. Gullari ayrim
jinsli, bir uyli daraxt. Barg to‘kadigan turlari barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi. Otalik
gullari osilib turadigan kuchala hosil qiladi. Ular novdaning tub qismida yoki kuzgi
kurtaklardan o‘sib chiqadigan novdalarda joylashadi. Onalik gullari bandsiz yoki bandli bo‘lib,
barg qo‘ltig’ida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. Guli changlanadigan vaqtda urug’
kurtak hali takomillashmagan bo'lib, mevasi keyinroq tugiladi va har xil muddatda yetiladi.
Mevasi bir yilda yetiladigan turlarida gullari changlangandan keyin 2 oydan so’ng urug‘lanish
ro‘y beradi. Mevasi ikkinchi yili yetiladigan turlarida esa 13—14 oydan so‘ng sodir bo‘ladi.


background image

119

Tugunchadagi 6 ta urug‘ kurtakning, odatda, bittasi urug‘lanadi, xolos. Ayrim vaqtlarda 2—3
ta yoki 4 ta urug'kurtak urug‘lanishi mumkin. Bunda 3—4 urug’ meva yetiladi. Mevasi bir
urug’li yong‘oq meva bo‘lib, birinchi yoki ikkinchi yili yetiladi. Yetilgan meva ajralib yerga
to'kiladi. Mevasi (yong‘og‘i) - 5°—7° С sovuqqa chidaydi. Nam tuproqqa tushsa va harorat
normal bo‘lsa una boshlaydi. U keyin shoxlanib ketadi va yerga 10—12 m chuqur o‘sib kiradi.
Emanning hamma turi ildizida mikoriza hosil bo‘ladi, demak bular ham mikotrof
o‘simliklardir. Ildizdan bachkilamaydi uni parxish yo'l bilan hamda yashil qalamchasidan
ko‘paytirish mumkin. Shimoliy yarim sharning mo’tadil, subtropik va tropik mintaqalarida
450 ta, Shimoliy va Markaziy Amerikada 200 ta dan ortiq turi bor. Oʻzbekistonda Emanning
qizil eman turi ekiladi. Ildizi oʻq ildiz, 5 m chuqurlikka kirib boradi. Daraxtining balandligi 20–
25 m, shoxshabbasi keng. Barglari teskari tuxumsimon, oʻyma, novdalari qizgish qoʻngʻir
rangda, tuksiz. Toʻpguli kuchala yoki boshcha. Aprel oyida gullab (15—60 yoshidan gullay
boshlaydi), sentabrda urugʻi pishadi. Eman yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli daraxt
400—1000 yilgacha yashaydi. Yogʻochi aviatsiya va kemasozlikda, qurilishda, mebel
sanoatida, bochkasozlikda qimmatli xom ashyo hisoblanadi va poʻstlogʻidan teri oshlashda
foydalaniladi. Shahar koʻchalari va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ba’zi
turlarining po‘stlog‘idan po‘kak olinadi. Yong‘og‘idan oziq-ovqat sanoatida sun’iy qahva
tayyorlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O’. Pratov, L.Shamsuliyeva, E. Sulaymonov, X.Axunov, K. Ibodov, V. Mahmudov, Botanika

(morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika) Toshkeny.
2.

A.Q. Qayimov, E.T. Berdiyev ‘‘Dendrologiya’’ Toshkent-2012.

3.

Botanika (o’quv qo’llanma). Toshkent 2018.

4.

Tursunova Gulbahor Sultanova, Komilova Shoira Rafiqova Botanika asoslari (o’quv

qo’llanma). Toshkent 2009.
5.

E.T. Berdiyev, SH.F. Gulamxodjayeva ‘‘Manzarali daraxtlarni ko’paytirish’’ Toshkent

2020.

Библиографические ссылки

O’. Pratov, L.Shamsuliyeva, E. Sulaymonov, X.Axunov, K. Ibodov, V. Mahmudov, Botanika (morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika) Toshkeny.

A.Q. Qayimov, E.T. Berdiyev ‘‘Dendrologiya’’ Toshkent-2012.

Botanika (o’quv qo’llanma). Toshkent 2018.

Tursunova Gulbahor Sultanova, Komilova Shoira Rafiqova Botanika asoslari (o’quv qo’llanma). Toshkent 2009.

E.T. Berdiyev, SH.F. Gulamxodjayeva ‘‘Manzarali daraxtlarni ko’paytirish’’ Toshkent 2020.