114
JIGARSIMON YO’SINLAR SINIFI ASOSIY BELGILARI MARSHANTSIYNING
TARAQQIYOT SIKLI
Boyhonova Hilola Dinmuhammadalixon qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
2-bosqich 203-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15104319
ANOTATSIYA:
Ushbu maqolada jigarsimon yoʻsinlar sinfi, ularning asosiy belgilari
hamda biologik xususiyatlari yoritilgan. Jigarsimon yoʻsinlarning vegetativ tuzilishi, fotosintez
qobiliyati, rizoidlari va koʻpayish usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek,
Marshantsiya turining taraqqiyot sikli keng yoritilib, uning gametofit va sporofit avlodlar
almashinuvi orqali rivojlanishi tushuntiriladi. Maqolada yoʻsinlarning nam muhitga bogʻliqligi
va ularning koʻpayish jarayonlaridagi o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy asoslangan holda bayon
etilgan. Ushbu tadqiqot jigarsimon yoʻsinlarning tabiatdagi ahamiyatini va ularning
evolyutsion ahamiyatini anglashga yordam beradi.
ABSTRACT:
This article describes the class of liverworts, their main characteristics and
biological properties. Detailed information is provided on the vegetative structure of
liverworts, their ability to photosynthesize, rhizoids and methods of reproduction. The
developmental cycle of the Marchantia species is also extensively covered, explaining its
development through the alternation of gametophyte and sporophyte generations. The article
scientifically describes the dependence of algae on a humid environment and the specific
features of their reproduction processes. This study helps to understand the importance of
liverworts in nature and their evolutionary significance.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье описаны класс печеночников, их основные
характеристики и биологические свойства. Подробно описаны вегетативное строение,
фотосинтетическая способность, ризоиды и способы размножения печеночников.
Также подробно освещен цикл развития вида Marchantsia и объяснено его развитие
путем чередования гаметофитных и спорофитных поколений. В статье на научной
основе описана зависимость водорослей от влажной среды и их особенности в
процессе размножения. Это исследование помогает понять важность печеночников в
природе и их эволюционное значение.
KALIT SOʻZLAR
: Jigarsimon yoʻsinlar, Marchantiophyta, Tallom, Rizoiddar, Gametofit,
Sporofit, Anteridiy, Arxegoniy, Spora, Jinssiz koʻpayish, Jinsiy koʻpayish, Urugʻlanish, Meyoz.
KEYWORDS:
Liverworts, Marchantiophyta, Thallus, Rhizoids, Gametophyte,
Sporophyte, Antheridia, Archegonium, Spore, Asexual reproduction, Sexual reproduction,
Fertilization, Meiosis.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА
: печеночники, Marchantiophyta, слоевище, ризоиды,
гаметофит, спорофит, антеридиум, архегоний, спора, бесполое размножение, половое
размножение, оплодотворение, мейоз.
Yo’sintoifa o‘simliklar bo’limiga 25000 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jihatidan yuksak
o'simliklar orasida gulli o‘simliklardan keyin 2-o'rinda turadi. Yo‘sintoifa 0‘simliklar ancha
oddiy tuzilganligi, ildizi va o ‘tkazuvchi sistemasi bo’lmasligi bilan boshqa yuksak
o‘simliklardan farq qiladi. Yo‘sintoifa o’simlikIarning oddiylari, tallomlilar bo’lib, ulaming
tanasi yer bag‘irlab yotadigan tallomdan sintoifa o‘simliklar bo’limiga 25000 ga yaqin tur
115
kiradi. Tur soni jihatidan yuksak o'simliklar orasida gulli o‘simliklardan keyin 2-o'rinda
turadi. Yo’sintoifa 0‘simliklar ancha oddiy tuzilganligi, ildizi va o ‘tkazuvchi sistemasi
bo’lmasligi bilan boshqa yuksak o‘sim!iklardan farq qiladi. Yo‘sintoifa o’simlikIarning
oddiylari, tallomlilar bo’lib, ulaming tanasi yer bag‘irlab yotadigan tallomdan iborat. Ancha
murakkab tuzilgan yo‘sintoifalarning tanasida esa poya va barglar, ildizlar o‘rnida rizoidlar
bo’ladi. Yo‘sinsimonlar eng qadimgi yuksak o’simlikIar hisoblanadi. Keyingi yillarda Boltiq
bo‘yidan ulaming sporalari topilgan. Mezozoy va kaynozoy erasining qoldiqlaridan esa ular
ko‘p topilgan. Riniyafitlarning ochilishi yo‘sinsimonlaming kelib chiqishi haqidagi ko‘pchilik
olimlarning fikrini o‘zgartirib yubordi. Keyingi flkrlarga ko‘ra, yo‘sinsimonlar riniyafitlar, ya’ni
ularda sporafitning reduksiyalanishi va gametofitning jadal taraqqiy etishi tufayli kelib
chiqqan. Yo‘sinsimonlaming anatomik tuzilishi ham juda sodda bo‘lib, xilma-xil to'qimalarga
ajralmaydi. Yo‘sintoifalaming bo‘yi 20-40 sm dan oshmaydi. Yo‘sinsimonlaming vegetativ
qismlarida anteridiy, urg‘ochi jinsiy organlari - arxegoniy hosil bo’ladi. Bularda jinsiy nasl -
gametofit ustun turishi bilan aksariyat yuksak o ‘simliklardan farq qiladi. Jinssiz nasl, ya’ni
sporafit juda reduksiyalangan bo’ladi va chala parazit holatida gametofitda yashaydi.
Yo‘sinsimonlar spermatazoid va tuxum hujayralar yordamida jinsiy yoki bilan ko'payadi.
Jinsiy jarayon yuz berishi uchun suv talab qilinadi, chunki spermatazoidlar faqat suvdagina
arxegoniylar tomon boradi. Natijada zigota va undan sporagon taraqqiy etadi. Shundan keyin
jinssiz ko‘payish boshlanadi. Ularda sporafitning taraqqiyoti gametofitning taraqqiyoti bilan
uzviy bog’langan. Chunki sporafit suv bilan ozuqani asosan gametofitdan olib turadi. Shuning
uchun ham yo‘sintoifalarda gametofit bo‘g’in ustunlik qiladi. Yuksako‘simliklarda sporafit
bo‘gin mustaqil yashaydi. Yo‘sinlarning yer osti kurtaklari vegetativ tanasining bolakchasi
bilan vegetativ ko‘payishi mumkin. Ulaming ko‘payishida doimo nasllaming allanishi
kuzatiladi. Ular sodda tuzilishdagi o‘t o‘simliklar bo’lib, suvo‘tlarga ancha yaqin turadi. Sababi,
vegetativ tanasi tallom (qattana) shaklida, ildizi yo‘q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi.
Barglari oddiy o‘troq. Yo‘sinlar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va
subtropik zonadan sovuq tundra zonasigacha bo’lgan hududlarda uchraydi. Ba’zi vakillari
daraxtlarning poya qismida, tuproqning ustida yashil gilamlar hosil qiladi. Yo‘sinsimonlaming
taraqqiyot siklidagi xarakterli belgilaridan yana biri yetilgan sporalardan protonemaning
o‘sishidir. Jigarsimon yo‘sinIarda protonema bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan
qisqa tana ipchadan iborat.Yo‘sinlar ichida funariyaning protonemasi yaxshi o ‘rganilgan. Bir
uyli gametofiti bir o ‘simlikda yetishadi. Uning sporasi qulay sharoitda o‘sib, undan
shakllangan ipcha hosil boladi. Bu ipcha uchki qismidagi hujayrasining bolinishi hisobiga o
‘sib boradi. Shundan so‘ng ipcha shoxlanib, unda gametofit kurtaklar hosil boladi.
Yo‘sinlaming bunday ipsimon protonemasi tashqi ko'rinishidan yashil suvo‘tlariga juda
o‘xshaydi. Shunga ko‘ra yo‘sintoifalarni yashil suvo‘tlaridan kelib chiqqan degan taxminlar
yuzaga kelgan. Lekin bu fikmi tasdiqlovchi asosli dalillar yo‘q.
Yo‘sinsimonlar 3 sinfga bo’lib o'rganiladi:
1. Jigarsimon yo‘sinlar sinfi — Hepaticopsida.
2. Poyabargli yo‘sinlar sinfi— Bryopsida.
3. Antofseratsimonlar sinf! —Anthocerotopsida.
Jigarsimon yo‘sinlar - Hepaticopsida sinfi gametofitining xilma-xil bolishi va
sporofitning deyarli o‘xshash bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu ajdodga 30 ga yaqin turkum va
6000 dan ortiq tur kiradi. Ulaming ko‘pchiligi tropiklarda tarqalgan bo’lib, asosan sermam
116
tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud. Jigarsimon yo‘sinlaming
vakillari vegetativ, jinsiy va jinssiz yo’llar bilan ko‘payadi. Jigarsimon yo'sinlar deb atalishiga
sabab shuki, marshansiya avlodining turlari tallomidan Yevropada (to XIX asming
boshigacha) jigar kasalliklarini davolashda dorivor o‘simlik sifatida foydalanib kelingan.
Hozirgi klassifikatsiyaga ko’ra, jigarsimon yo‘sinlar sinfi 2 ta sinfchaga - marshansiyakabilar
va yungermaniyalar kabilarga bo’linadi. Bu sinfchaga yer bag’irlab o‘sib, dixotomik ravishda
shoxlanadigan va dorzovental tuzilishga ega bolgan, ya’ni ustki tomoni pastki tomonidan farq
qiladigan yo‘sinlar kiradi. Tallomlarining yuqori tomonida bir qancha havo kameralari bor,
pastki tomoni esaqorin tangachalari (amfigastriyalar) va ikki xil: oddiy hamda tilsimon
rizoidlar bilan qoplangan bo’ladi.Anteridiy bilan arxegoniylar bir-biridan alohida bo’lib,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tallom ustida yoki alohida bandlar (tagliklar)da turadi. Floramizda ko‘p
uchraydigan oddiy marshansiya (Marchantia polymorpha) asosan zax va soya yerlarda o‘sadi.
Marshansiya yer bag‘irlab o‘sadigan oddiy, tilsimon va lentasimon tallomlar hosil qiladi.
Tallomlar dixotomik ravishda shoxlanadi, to‘q yashil rangli shoxlarining uchidagi kichkina
chuqurchalarida tallomning o‘sish nuqtasi boMadi. Tallom shu yerdan o‘sadi va shu yerdan
shoxlanadi. Tallomning pastki tomonidan ingichka rizoidlar chiqadi va ustki tomonida yaxshi
taraqqiy etmagan barglari - amfigastriyalar joylashadi. Rizoidlar bir hujayrali, rangsiz
iplardan iborat bo’lib, yerga chuqur kiradi. Rizoidlar marshansiya tallomini tuproqda ushlab
turadi, shuningdek, unga suv va suvda erigan tuzlami yetkazib beradi. Tallomning ichki
tuzilishi ancha murakkab, yuqori tomondan ustki epidermis bilan qoplangan, epidermis
tagida bir qavat havo kameralari bor. Otalik jinsiy organlari - anteridiylar tallomning otalik
tirgovuchlarida (tirgak) hosil boMadi. Marshansiya vegetativ, jinsiy va jinssiz yollar bilan
ko‘payadi. Anteridiy bir qavat po‘st bilan o‘ralgan bolib, ichi mayda-mayda spermogen
hujayralari bilan tolgan, har bir spermogen hujayradan ikkita xivchinli ikkita spermatazoid
yuzaga keladi. Spermatazoidlar xivchiniar yordamida suvda harakat qiladi. Onalik jinsiy
organlari - arxegoniylar alohida tallomlardagi onalik tirgovichlari (tirgak)da joylashgan.
Marshansiya ikki uyli o‘simlik. Bir tomonda anteriydiy, ikkinchi tallomda arxegoniy yetiladi.
Arxegoniy pishib yetilgandan so'ng, yomg’ir yoqqanda yoki shudring tushganda ochiladi.
Anteridiy ham shu paytda ochiladi. Ular ichidan yorilib spermatazoidlar suv tomchilari bilan
arxegoniylarga o‘tadi. Spermatazoidlarning biri tuxum hujayrasi bilan qo‘shiladi va shu tariqa
uni otalantiradi. Gtalangan tuxum hujayrasi po‘st bilan o ‘ralib, shu ondayoq bo’lina boshlaydi
va jinssiz nasl - sporangiy yoki marshansiyaning sporafitiga aylanadi. Sporangiy pishganda
qalpoqcha yirtiladi. Sporangiy avval ko‘sak va qisqa banddan iborat bo’ladi. Ko‘sakda sporalar
bilan prujinachalar yoki elateralar hosil bo’ladi. Ko'sak tepasidan yorilib, ichidagi spora va
prujinachalar sochiladi. Ayni vaqtda sporalamingtarqalishiga prujinachalar yoki elateralar
yordam beradi. Spora nam yerga tushganidan keyin o‘sa boshlaydi. Undan kalta ipsimon
o'simta (protonema - kichkina tanacha) paydo boladi va asta-sekin plastinkaga aylanadi.
Plastinkacha esa marshansiya tallomiga aylanadi. Shuning bilan marshansiyaning taraqqiyoti
tamom boMadi. Marshansiya vegetativ yoli bilan ko'payganda, uning tallomi ustidagi savatcha
ichida kurtaklar hosil bo’ladi. Bu kurtaklar malum vaqt o‘tishi bilan shamol yoki yomg’ir
ta’sirida savatchadan ajralib chiqadi va yangi marshansiya hosil bo’ladi.
Xulosa:
Jigarsimon yoʻsinlar – eng qadimgi va sodda tuzilishga ega oʻsimliklar guruhlaridan biri
boʻlib, nam muhitda oʻsishga moslashgan. Ularning vegetativ tanasi tallom yoki bargchalardan
117
iborat boʻlib, rizoidlar yordamida substratga birikadi va suv hamda oziq moddalarni
singdiradi. Marshantsiya kabi vakillarning hayot sikli gametofit va sporofit avlodlarining
almashinuviga asoslangan boʻlib, jinsiy va jinssiz koʻpayish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Ular
tuproq unumdorligini oshirish, eroziyaning oldini olish va ekotizimda muhim ro’l oʻynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Абдурахмонов О.Ҳ., Тошпўлатова Д.Ю. Ботаника: Ёсинсимонлар, спорали
ўсимликлар ва уруғли ўсимликлар. – Тошкент: Фан, 2010.
2.
Мирзаев А., Саидова Д. Ботаника (Ёсинсимонлар ва юқори спорали ўсимликлар). –
Тошкент: Университет нашриёти, 2015.
3.
Шамсутдинов З., Қурбонов А., Саидов А. Ўсимликлар систематикаси. – Тошкент:
Фан, 2005.
4.
Маткаримова А.А, Махкамов Т.Х, Махмудова М.М, Азизов Х.Я, Воисова Г.Б.
ВОТАНИКА Тошкент 2018.