49
XARASIMONLAR SINFI UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, ASOSIY VAKILLARI VA
KO'PAYISH USULLARI
Zokirjonova Feruza Xursanbek qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123643
Annatotsiya
: Bu tezisda suv o’tlari va xarasimon suv o’tlari haqida qisqacha ma’lumot
berilgan. Bundan tashqari ularning ko’payishi va ularning qayerda uchrashi haqida so’z
yuritiladi.
Аннотация
: В этой диссертации представлен краткий обзор водорослей и их
цветения. Кроме того, ведутся разговоры об их размножении и местах их встречи
Abstract
: This thesis provides a brief overview of algae and kelp. It also discusses their
reproduction and where they occur.
Kalit so’zlar
: Qattana yoki tallom, bentos, plankton, poverxnostniy, xlomidomonada,
xlorella, xramatofor, xlorofill, zoospore, gameta , oogamiya geterogamiya, mikrogameta,
makrogameta, nitella.
Ключевые слова
: каттана или таллум, бентос, планктон, поверхность,
хломидомонада, хлорелла, хроматофор, хлорофилл, зооспора, гамета, оогамия,
гетерогамия, микрогамета, макрогамета, нителла
Keywords
: Thallus or thallus, benthos, plankton, surface, chlomidomonad, chlorella,
chromatophore, chlorophyll, zoospore, gamete, oogamy, heterogamy, microgamete,
macrogamete, nitella.
Yashil suvo’tlar (Chlorophyta) bo’limi juda keng tarqalgan hisoblanadi bu bo’lim 3 ta
sinfga ajratiladi. Bular:
1
.
Chin yashil suvo’tlar ( Cholorophyceae ).
2
.
Matashuvchilar ( Conjugatophyceae ).
3. Xarasimonlar ( Charophyceae ).
Xarasimonlar sinfining hozirgi zamon vakillari bitta tartibdan – xaralilar (Charales) va
bir oila – xaradoshlar ( Characeae ) va 6ta turkumdan iborat. Bulardan eng ko’p tarqalganlari
xara va nitelladir. Xaraning tallomi tikka o’suvchi, bo’yi 20-50 sm ga yetadi. Boshchasining
halqa shaklida shoxlanishi qirqbo’g’imga o’xshaydi. Boshpoya va undan o’sib chiqqan yon
shoxchalari to’xtovsiz o’sish qobiliyatiga ega. Xaraning bo’g’im oralig’idagi hujayralari ust
tomondan maxsus po’st bilan qoplangan. Boshpoya qismida “bargcha “ni eslatuvchi
shoxchalar halqa shaklda joylashgan. Har bir boshpoyaning uchida bir to’da yosh “bargcha”
lardan tashkil topgan o’sish nuqtasi bo’ladi. Hujayra po’sti qum to’planganligi uchun g’adir
budur va mo’rt bo’ladi. Sitoplazma hujayraning ichki qismida joy olgan yirik vakuola bilan
tutashgan joyda bo’lib, aylanma harakat qiladi. Har bir joyda kuchayib, pasayib turuvchi
sitoplazma oqimi bo’ladi. Hamma hujayralar bir yadroli bo’lib mitoz yo’li bilan bo’linadi.
Bo’g’im oralig’idagi qari hujayralarning yadrosi yirik bo’ladi va ular ham mitoz usuli bilan
bo’linadi. Xaralar ko’payishi 2 xil usul bilan amalga oshadi. 1.
Vegetativ
ko’payish
. Bu usulda
rizoiddagi tugunakchalarning o’sishidan yangi tallom hosil bo’ladi. 2
. Jinsiy ko’payish
. Bu
usulda oogamiya yo’li bilan boradi. Xaralar,boshqa yashil suvo’tlardan vegetativ va jinsiy
organlarining tuzilishi, zigotaning tarqqiy etishi jihatidanfarq qiladi. Shunga asoslanib, ba’zi
50
mualliflar ularning mustaqil taksanomik kategoriya bo’limga ajratadilar.Ammo, ularda
pigmentlarning borligi va assimilatsiya vaqtida kraxmal hosil bo’lishini hisobga olib, xaralarni
yashil suvo’tlar bo’limining murakkab tuzilgan bir tarmog’i deb hisoblashdi.
XULOSA
. Xaralarni o’rganish nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ko’p yillardan
buyon olimlar hujayra protoplazma harakatini o’rganishda undan asosiy obyekt sifatida
foydalanadilar. Bundan tashqari, hujayra markazida joylashgan yirik vakuolaga elektr yoki
ta’sir ettirib, biologic xususiyati o’rganiladi. Bu tezisda xarasimonlar sinfi sistematikasi,
ko’payish xillari va ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O’rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti.
1963
2.
Mustafayev S.M. Botanika. Toshkent, “O’zbekiston” 2002.
3.
Sahobiddinov S.S. O’simliklarning sistematikasi. Toshkent, “O’qituvchi”, 1976
4.
Tojiboyev. Tuban o’simliklardan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent, “O’qituvchi”, 1986.
5.
Xudoyqulov S.M. va boshqalar O’simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulot.
“O’qituvchi”, Toshkent, 1984.