40
XITRIDIOMITSETLAR SINFINING UMUMIY TAVSIFI VA KO'PAYISH XILLARI
Arabboyeva Oydinoy Axroriddin qizi
Andijon Davlat Pedgagogika Instituti
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123380
Annotatsiya
: ushbu tezisda zamburug’lar bo’limining sinfi xitridiomitsetlar haqida
ma’lumotlar berilgan. Jumladan, xitridiomitsetlarning xilma xilligi, klassifikatsiyasi va
ularning ko’payish turlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Аннотация
: в данной диссертации приведены сведения о хитридиомицетах,
классе грибов. В частности, даны подробные сведения о разновидности,
классификации и типах размножения хитридиомицетов.
Abstract
: This thesis provides information about the class of fungi, chytridiomycetes. In
particular, detailed information is provided about the diversity, classification, and types of
reproduction of chytridiomycetes.
Kalit so'zlar
: saprofit, zoospora, flagmetik, mitseliy, plazmodiy.
Ключевые слова
: сапрофит, зооспора, флагемик, мицелий, плазмодий.
Keywords
: saprophyte, zoospore, phlegmatic, mycelium, plasmodium.
Zamburug’lar qadimiy organizmlar bo’lib, evolutsiya jarayonida rangsiz sitoxrom C ga
ega bo’lmagan xivchinlilarning Fiagellatae guruhidan kelib chiqqan. Hozir ko’pchilik olimlar
zamburug’larni eukariotik organizmlarning alohida olamiga ajratishni taklif etmoqda.
Ularning eng harakterli belgilari hujayra devorlarining aniq shakllanganligi, oziqni shinib
olishi, sporalar yordamida ko’payishi, vegetative tana o’sish qobiliyatiga egaligi, geterotrof
oziqlanishi va assimilatsiya vaqtida tayyorlanadigan oziq modda glikogendan iboratligidir.
Ushbu bo’lim 7ta sinfga ajratiladi. shu sinflardan biri xitridiomitsetlardir.
Xitridiomitsetlar (Chytridiomycetes) – bu sinf zamburug’lar bo’limiga tegishlidir.
Xitridiomitsetlar suv sharoitida o’sishga moslashgan bo’lib, suvo’tlarda, umurtqasiz
hayvonlarda va o’simliklarda parazitlik qiladi. Saprofit vakillari suvga tushgan o’simlik
novdasi, bargi va mevalari bilan oziqlanadi. Parazit xitridiomitsetlar vegetative tanasi o’simlik
va hayvon hujayrasi ichiga o’rnashib, ovqatni butun tanasi bilan shimib oladi. Bunga osmotrof
oziqlanish deyiladi. Ular boshlang’ich mitseliy yoki rizomitseliy hosil qiladi. Mitseliysida yadro
mavjud emas. Rizomitseliy yerga birikish va ovqatni shimib olish uchun xizmat qiladi.
Xitridiomitsetlarning hujayra devorida 60 foiz xitin bo’ladi. Ko’payishi 2 xil usul bilan boradi.
Bular:
1. Jinssiz ko’payish zoosporalar yordamida sodir bo’ladi.
2. Jinsiy ko’payish xologamiya, izogamiya, geterogamiya va oogamiya uslida amalga
oshadi.
Bu sinf 3 ta tartibga bo’linadi. Bular:
1
. Xitridililar (Chytridiales)
– bu tartib o’z ichiga 80ta turkum va 400 turni oladi.
Ko’pchilik vakillari suvda va nam tuproqda o’suvchi o’simliklarda parazitlik qiladi. Vegetativ
tana yalang’och plazmadan iborat, ko’pincha yumaloq silindr shaklida, rizomitseliy hosil
qiladi. Jinssiz ko’payishi zoosporalar yordamida sodir bo’ladi. Misol: olpidium viciae turkumi
vakili Olpidium brassicae hisoblanadi.
41
2
. Blastokladlilar (Blastocladiales)
– bu tartibning vakillari chuchuk suvlarda nobud
bo’lgan hasharotlar va o’simlik qoldiqlarida saprofit xolda yashaydi. Ularning tallomi
plazmodiy va mitseliy shaklida bo’lib, hujayraning asosiy qismini xitin tashkil etadi. Jinssiz
ko’payishi zoosporalar yordamida amalga oshadi. Zoospora orqa tomonida faqat bitta silliq
xivchin bor va shu orqali amyoboid harakat qiladi. Jinsiy ko’payishi izogamiya yoki
geterogamiya usullarida amalga oshadi. Misol: Allomyces hisoblanadi.
3.
Monoblefaridlilar (Monoblepharidales)
– bu tartibga kiradigan zamburug’lar
tabiatda asosan bahor va kuz oylarida paydo bo’ladi. Toza va chuchuk suvlarda o’simliknign
meva va shoxlari hamda nobud bo’lgan hasharotlarning ustida o’rnashib 1 – 2 mm
uzunlikdagi oq va qo’ng’ir tusdagi mitseliy hosil qiladi. Saprofit hayot kechiradi. Jinssiz
ko’payishi zoosporralar orqali amalga oshadi. Jinsiy ko’payishi oogamiya usulida boradi.
Misol: Monoblepharis.
XULOSA.
Ushbu tezisda zamburug’lar tuzlishi ko’payish xillari va sistematikasi haqida
batafsil ma’lumotlar berildi. Zamburug’lar hayotimizda ahamiyatga ega organizmlar
hisoblanadi. Chunki ba’zi bir zamburug’lardan oziq-ovqat sifatida ham foydalanamiz masalan
qo’ziqorin zamburug’i.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
S.M. Mustafoyev “Botanika” Toshkent 2002.
2.
S.S.Soxobiddinov “O'simliklar sistematikasi” o'qituvchi nashriyoti 1976.
3.
A.A.Matkarimov, T.X. Mahkamov “Botanika” Toshkent 2018.
4.
B.A.Hasanov “Mikologiya” Toshkent 2019.