Авторы

  • Dildora Shomurodova
    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.75499

Ключевые слова:

Циперовые осока ринхоспора Фимбристилис элеохарис склерия орех категория.

Аннотация

В данной работате представлена информация о семействе полумесяцев, их видах и родах, распространенных представителях по всей земле и их значении.


background image

38

HILOLDOSHLAR OILASI TAVSIFIVA SISTEMATIKASI.TARQALISHI VA

AHAMIYATI

Shomurodova Dildora Davronbek qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi talabasi

dildorashomurodova761@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15123368

Аннотация:

В данной работате представлена информация о семействе

полумесяцев, их видах и родах, распространенных представителях по всей земле и их
значении.

Annotation:

This thesis describes the family of hillocks, their species and order, their

representatives that are common throughout the Earth, and their importance.

Ключевые слова

: Циперовые, осока, ринхоспора, Фимбристилис, элеохарис,

склерия, орех, категория.,

Keywords

: Cyperaceae, Сarex, Rpynchospora, Fimbristylis, Eleocharis, Scleria, nut,

category.


Hiloldoshlar (Cyperaceae), ko’p yillik, ba’zan bir yillik bir urug’pallali o’simliklar

oilasi, asosan o’tlar. 100 dan ortiq turkum va 5000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Yer yuzining
barcha iqlim mintaqalarida uchraydi. Asosan, zax, botqoq yerlarda, ariqlar bo’yida, bir qancha
turi cho’l, adir va yaylovlarda uchraydi. Bu oiladagi eng yirik turkumlar: Cyperaceae, Carex,
Rpynchospora, Fimbristylis, Eleocharis, Scleriahisoblanadi.Bu oilaga bardi, qamish,
papiros, solamalaykum kabi turlar kiradi. O’rta Osiyoda 18 turkumga mansub 152 turi,
O’zbekistonda 16 turkumga mansub 74 turi tarqalgan. Bu oila vakillari ko’p yillik yoki bir
yillik o’tlar bo’lib, poyasi ko’pinchga uch qirrali, bo’g’imsiz, barglari tilchasiz, yaxshi
rivohjlangan yoki reduksiyalangan, yopiq qinli, asosan poyasining ostida joylashgan.
Yaprog’i qattiq, ensiz, tasmasimon, tarnov shaklida, chetlari g’adir budur, gullari bir yoki
ikki jinsli, rangsiz mayda boshoqlarda o’rnashgan. Boshoqlari ro’vaksimon, soyabonsimon,
kallakchasimon, boshoqsimon murakkab to’pgullarda yig’ilgan. Har bir gul bitta tangacha
(qipiqcha) qo’ltig’idan chiqadi. Changchilari 3ta ba’zan 2ta, urug’chisi 1ta, 3-2 mevabargli,
tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi –yong’oqcha.

Hiloldoshlar oilasining sistematikasi quyidagicha:

Bo’lim

: Gulli o’simliklar – Magnoliophita

Sinf

: Bir pallali o’simliklar – Liliopsida

Qabila

: Xilolnomalar – Cyperales

Oilasi

: Xiloldoshlar – Cuperaceae

Asosiy vakillari

: Tugunakli salomalaykum – Cyperus rotundus, Yo’g’on tumshuq

qorabosh – Carex pachystilis, Ko’l qiyog’i –Scirpus lacustris Kechki xilol –Juncellus serotinus.

Salomalaykum (Cyperus rotundusL.) — Hiloldoshlarga mansub ildizpoyali koʻp yillik

begona oʻt. Poyasi ingichka, uch qirrali, yalangʻoch, boʻyi 15—50 sm.Barglari yassi, kulrang,
eni 5mgacha. Gullari soyabonsimon, toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi uch qirrali yongʻoqcha.
Ildizpoyalaridan koʻplab tuganakli novdalar chiqadi. Oʻsimlik urugʻidan va ingichka
ildizpoyalaridan koʻpayadi. Yosh oʻsimlikning poya asosida birlamchi ildizpoya rivojlanadi,
ildizpoya uchida esa tuganak hosil boʻladi, undan yangi ildizpoyalar yon atrofga yoyilib ketadi


background image

39

va ularda tuganaklar hosil boʻladi. Bulardan yangi novdalar oʻsib chiqadi. Har bir oʻsimlik
tuproq sharoitiga qarab yon, qoʻshimcha ildizpoyalar hosil qiladi, ulardan ham yer ustiga
yangi poyalar oʻsib chiqadi. Ildizpoyasi kraxmalga boy, tarkibida 0,5-1% gacha efir
moylaribor. Ildizpoyasidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida terlatuvchi va siydik
haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Salamalaykum Oʻzbekistonning barcha sugʻoriladigan
hududlarida sabzavot va boshqa ekinlari orasida begona oʻt sifatida koʻp uchraydi. Kurash
choralari: kuzda yerni chuqur haydash, ekin ekishdan oldin begona oʻt ildizpoyalarini
yigʻishtirib olish, chuqur kultivatsiya oʻtkazish. May-iyunda gullab, iyun-sentabrda
urug’laydi. Tugunagi yordamida vegetative ko’payadi.Iloq to’yimli ozuqa, tarkibida 20%
gacha oqsil, 3.1% moy, 24,4% kletchatka, bo’ladi. Qizilqum o’tlarida iloq qo’ylar bahorgi
ovqatining 85%ini, yozdagisini 75%ini tashkil etadi.

XULOSA.

Hiloldoshlar oilasi kengtarqalgan va har xil ekologik sharoitlarga

moshlashgan o’simliklar oilasidir. Ushbu oila turlari, asosan, nam muhitlarda rivojlanadi,
biroq qurg’oqchil hududlarda ham uchraydigan vakillari bor. Ko’plab turlari suv bo’ylarida,
botqoqliklarda, daryolar, ko’llar va kanallar atrofida o’sadi, ba’zi turlari esa quruq
yaylovlar va cho’l sharoitlarida ham o’sishga moslashgan. Hiloldoshlar oilasi vakillarining
keng tarqalganligiga yana bir isbot, bu oila vakillarini Antarktidadan tashqari barcha barcha
qit’alarda uchratish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Pratov O’. Jumayev Q. Yuksak o’simliklar sistematikasi. Toshkent,2003.

2.

Tog’ayev I. Yuksak o’simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar, uslubiy qo’llanma,

Toshkent, “Namangan” nashriyoti,2015.
3.

Mo’minov M. Mamadaliyev A. Botanikadan amaliy mashg’ulotlar, Toshkent, “Yangi

nashr” nashriyoti,2010.
4.

O’.E.Xo’janazarov, X.Mavlonov, J.S.Sadinov “BOTANIKA” Toshkent –2022-yil.

5.

O’.Pratov, L.Shamsuvaliyeva, E.Sulaymonov, X.Axunov, K.Ibodov, V.Mahmudov

“BOTANIKA” Toshkent –2010-yil.
6.

S.S.Sahobiddinov “Osimliklar sistematikasi” Toshkent -1966-yil.

Библиографические ссылки

Pratov O’. Jumayev Q. Yuksak o’simliklar sistematikasi. Toshkent,2003.

Tog’ayev I. Yuksak o’simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar, uslubiy qo’llanma, Toshkent, “Namangan” nashriyoti,2015.

Mo’minov M. Mamadaliyev A. Botanikadan amaliy mashg’ulotlar, Toshkent, “Yangi nashr” nashriyoti,2010.

O’.E.Xo’janazarov, X.Mavlonov, J.S.Sadinov “BOTANIKA” Toshkent –2022-yil.

O’.Pratov, L.Shamsuvaliyeva, E.Sulaymonov, X.Axunov, K.Ibodov, V.Mahmudov “BOTANIKA” Toshkent –2010-yil.

S.S.Sahobiddinov “Osimliklar sistematikasi” Toshkent -1966-yil.