36
OʻZBEKISTON TOGʻLARIDA TARQALGAN JUNIPERUS L. TURKUMINING
BOTANIK TAVSIFI, VAKILLARI VA AHAMIYATI
Zokirjonova Madinabonu
Andijon Davlat Pedogogika instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123335
Annotatsiya.
Mazkur tezisda Oʻzbekiston togʻlarida uchraydigan Juniperus L. (archa)
turkumiga mansub oʻsimliklarning botanik tavsifi, biologik xususiyatlari, tarqalishi va
ekologik hamda iqtisodiy ahamiyati haqida so‘z boradi. Juniperus L. vakillari tog‘
ekotizimlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, qurg‘oqchil hududlarga yuqori darajada
moslashgan. Ularning ekologik chidamliligi, tuproqni mustahkamlashdagi roli, dorivor
xususiyatlari, iqtisodiy foydasi va inson salomatligi uchun ahamiyati tahlil qilinadi.
Abstract.
This thesis discusses the botanical characteristics, biological properties,
distribution, and ecological and economic significance of Juniperus L. (juniper) species found
in the mountains of Uzbekistan. The representatives of Juniperus L. are a crucial component of
mountain ecosystems and are highly adapted to arid regions. Their ecological resilience, role
in soil stabilization, medicinal properties, economic benefits, and importance for human
health are analyzed.
Аннотация.
В данном тезисе рассматриваются ботанические характеристики,
биологические свойства, распространение, а также экологическое и экономическое
значение представителей рода Juniperus L. (можжевельник) в горах Узбекистана.
Представители этого рода являются важной частью горных экосистем и высоко
адаптированы к засушливым регионам. Анализируется их экологическая
устойчивость, роль в укреплении почвы, лекарственные свойства, экономическая
польза и значение для здоровья человека.
Kalit so‘zlar:
o‘simlik, archa, Juniperus, tog‘ ekotizimi, ekologik chidamlilik, dorivor
o‘simlik, iqlim ta’siri, tuproqni mustahkamlash, inson salomatligi, bioxilmaxillik, iqtisodiy
ahamiyat
Key words
: plant, juniper, Juniperus, mountain ecosystem, ecological resilience,
medicinal plant, climate impact, soil stabilization, human health, biodiversity, economic
significance
Ключеые слова
растение, можжевельник, Juniperus, горная экосистема,
экологическая устойчивость, лекарственное растение, влияние климата, укрепление
почвы, здоровье человека, биоразнообразие, экономическое значение
Juniperus L. turkumining botanik tavsifi:
Juniperus L. turkumi ignabarglilar oilasiga
(Cupressaceae) mansub bo‘lib, doim yashil buta yoki daraxtsimon o‘simliklardir. Dunyo
bo‘yicha uning 70 dan ortiq turi ma’lum bo‘lib, ularning aksariyati shimoliy yarimsharning
qurg‘oqchil va tog‘li hududlarida uchraydi. Archa turlari qattiq iqlim sharoitlariga moslashgan
bo‘lib, -40°C gacha bo‘lgan sovuqlarga va qurg‘oqchilikka chidamlidir. Barglari yosh davrida
ignasimon, kattaroq o‘simliklarda esa tangachasimon shaklda bo‘ladi. Urug‘lari sharsimon
yoki tuxumsimon shaklda bo‘lib, mevalari yog‘li qobiq bilan qoplangan. Archa shamol
yordamida changlanadi va asosan qurg‘oqchil sharoitlarda yaxshi o‘sadi.
Juniperus L. vakillarining Oʻzbekistonda tarqalishi
: Oʻzbekistonda Zarafshon archasi
(Juniperus seravschanica), Turkiston archasi (Juniperus turkestanica), Yarimsharsimon archa
(Juniperus semiglobosa) kabi turlar tarqalgan. Ushbu turlar Hisor, Zarafshon, Turkiston,
37
Chatqol va Qurama tog‘ tizmalari bo‘ylab 1000-3500 metr balandlikdagi hududlarda uchraydi.
Archalar yuqori balandliklarda ham o‘sib, tog‘ ekotizimining asosiy komponentlaridan birini
tashkil qiladi.
Ekologik va iqtisodiy ahamiyati
: Archa tog‘ ekotizimlarining ajralmas qismi bo‘lib,
tuproq eroziyasini oldini oladi va suv balansini saqlashga yordam beradi. Ularning ildiz tizimi
chuqur rivojlanganligi sababli, tog‘ yonbag‘irlarida tuproqning yemirilishiga qarshi samarali
vosita hisoblanadi.Archa daraxtlari atmosferaga katta miqdorda fitontsidlari chiqaradi, bu esa
havo tarkibini yaxshilaydi va bakteriyalarni kamaytiradi. Shu sababli, archa o‘rmonlari
ekologik barqarorlikni saqlash va toza havo yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
Dorivor xususiyatlari
: Archaning yog‘i va ekstraktlari qadimdan xalq tabobatida
qo‘llanib kelgan. Barglari, mevalari va po‘stlog‘idan tayyorlangan dorilar antiseptik,
yallig‘lanishga qarshi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega. U quyidagi kasalliklarni davolashda
ishlatiladi:
-Bronxit va astma
-Oshqozon-ichak kasalliklari
-Yurak qon-tomir tizimi muammolari
-Immunitetni mustahkamlash
Sanoat va xo‘jalikdagi ahamiyati
:Archaning yog‘ochi qattiqligi, zichligi va zararli
hasharotlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun u qurilish, mebelsozlik,
zargarlik va bezak buyumlari tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Shu bilan birga, archa daraxtlari
shahar va qishloq hududlarida landshaft dizayni uchun ishlatiladi, chunki u chang va
ifloslanishga juda chidamli.
Xulosa.
Oʻzbekiston togʻlarida tarqalgan Juniperus L. turkumiga mansub oʻsimliklar
biologik, ekologik va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ularning tuproqni
mustahkamlash, ekologik muhitni yaxshilash, inson salomatligini mustahkamlash va iqtisodiy
foyda keltirish xususiyatlari juda muhimdir. Shu sababli, archa o‘rmonlarini muhofaza qilish
va ularni tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
S. Mustafayev, "Botanika", Toshkent, 2002.
2.
A. Matkarimova va boshqalar, "Oʻsimliklar sistematikasi", Toshkent, 2018.
3.
O. Qodirov, "Oʻzbekiston oʻrmonlari va ularning ekologik ahamiyati", Toshkent, 2021.
4.
Faruqov A., "Oʻzbekiston oʻsimliklari va ularning farmakologik ahamiyati", Toshkent,
2023.