Авторы

  • Gulchiroy Madaminova
    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 1-bosqich 101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.75501

Ключевые слова:

algologiya plastinkasimon jinsiy jinssiz vegetativ ipsimon geterotrixial ripodial palmelloid

Аннотация

Bu tezisda suvo’tlar ekologiyasi,sistematikasi, tarqalishi tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. 


background image

34

SUVO’TLAR BO’LIMI SISTEMATIKASI EKOLOGIYASI VA AHAMIYATI

Madaminova Gulchiroy Dilshodbek qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi

1-bosqich 101-guruh talabasi

Madaminovagulchiroy1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15123325

ANNOTATSIYA

: Bu tezisda suvo’tlar ekologiyasi,sistematikasi, tarqalishi tabiat va inson

hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

АННОТАЦИЯ

: В диссертации представлены сведения об экологии, систематике,

распространении водорослей и их значении в природе и жизни человека

ANNOTATION

: This thesis provides information on the ecology, systematics,

distribution, and importance of algae in nature and human life.

Kalit so’zlar

: algologiya, plastinkasimon, jinsiy, jinssiz, vegetativ, ipsimon geterotrixial,

ripodial palmelloid

Ключевые слова

: альгология, пластинчатые, бесполые, вегетативные,

нитевидные гетеротрихиии, риподиальные пальмеллоидные.

Keywords

: algology, plate-like, sexual asexual, vegetative, filamentous heterotrichous,

ripodial palmelloid.

Suvoʻtlarini algalogiya fani oʻrganib, tuban oʻsimliklar orasida turlarga boyligi jihatidan

zamburugʻlardan keyingi oʻrinda turishi oʻrganilgan. Suvoʻtlari dunyo okeani biomassasining
80% ini hosil qilib dunyo okeani hayvonlarining asosiy ozuqa manbai vazifasini bajaradi.
Bundan tashqari fotosintez jarayonini amalga oshirib suv muhiti uchun, suvdagi hayot uchun
1.5 trillion tonna kislorod ishlab chiqaradi. Suvo’tlari morfologik tuzilishiga ko’ra bir necha
turga bo’linadi. Bularga monad struktura, ko’kkoid struktura, ipsimon struktura, har xil
ipsimon-geterotrixial struktura, plastinkasimon struktura, sifonal struktura, sifonoklodial
ipsimon struktura, rizopodial struktura va palmelloid strukturaga bo’linadi. Masalan: kokkoid
strukturali suvo’tlari bir hujayrali yoki kollonial tuzilishga ega bo’lib, vegetativ davrida
harakatsiz bo’ladi. Suvoʼtlar asosan 9 ta katta boʻlimga boʻlinadi. Bular:

1. Koʻk-yashil suvoʻtlari (Cyanophyta) bo’limi.
2. Qizil suvoʻtlar (Rhadophyta) bo’limi.
3. Qoʼngir suvoʼtlar (Phalophyta) bo’limi.
4. Sariq-yashil suvoʻtlar (Xanthophyta) bo’limi.
5. Diatom suvoʻtlari (Bacillariophyta) bo’limi.
6. Perrofit suvoʻtlari (Pyrrophyta) bo’limi.
7. Yashil suvoʻtlar (Chlorophyta) bo’limi.
8. Tillarang suvoʻtlar (Chrysophyta) bo’limi.
9. Evglena suvoʻtlari (Euglenophyta) bo’limi
Bu suvoʻtlari tarkibida turli xil moddalarni, pigmentlarni saqlaydi. Bu modda va

pigmentlarga xlorofill "a", "b", "c", "d", neoksantin, lyutein, fukoksantin, karontin, ksantofill,
fikotsian kiradi. Zahira modda sifatida kraxmal saqlanadi. Suvo‘tlar tabiatda kislorod ishlab
chiqaruvchi asosiy manbalardan biri bo‘lib, oziq zanjirida muhim o‘rin egallaydi. Inson
hayotida ular tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida bioyoqilg’i sifatida va suvni tozalashda
qo‘llaniladi. Suvoʻtlari yashash muhitiga koʻra quruqlikda va suvlikda yashaydiganlariga


background image

35

bo’linadi. Suvoʻtlari ekologik jihatdan turli xil mintaqa va iqlimlarda oʻsishga moslashgan.
Daryolarda, daryolarning chuqur qatlamlarida, organik moddaga boy suv havzalarida, toza,
tiniq va iliq suv havzalarida, hovuzlarda va hattoki ifloslangan suvlarda ham oʻsishga
moslashgan. Masalan diatom suvoʻtlari harorati va kimyoviy tarkibi har xil boʻlgan dengiz va
okean suvlarida, chuchuk suvlarda bentos va plankton organizm hisobida hayot kechiradi.
Suvo‘tlari — tabiatda uchraydigan eng ajoyib va foydali mahsulotlar hisoblanadi. Suvo‘tlari
noyob foydali moddalarga juda boy bo‘lgani tufayli ular keng ko‘lamli foydali xususiyatlarga
ham egadir. Suvo‘tlarining foydali xususiyatlari. Kalsiy manbai: Suvo‘tlarida sutdagidan 10
marta va go‘shtdagidan esa 8 marta ortiq kalsiy moddasi mavjud. Ishqorlanish: Suvo‘tlari
kislotalilikni me’yorda saqlagan holda qonning ishqorlanishini oshirish xususiyatiga ega.

Dengiz karami (laminariya).

Bu jigarrang suv o‘ti ko‘pincha okean qirg‘oqlarida

uchraydi. Uni an’anaviy Osiyo taomlarida ko‘p ishlatishadi. Lekin, laminariyaning foydali
samarasini qo‘shimcha ozuqalardan olsa ham bo‘ladi.

Qizil suv o‘tlari

. Suv o‘tlarining bu turini butun holida yoki yorma ko‘rinishida sotib

olish mumkin. Yorma ko‘rinishidagi suv o‘tlarini salatlarga, sabzavotli garnirlarga va
sho‘rvalarga qo‘shsangiz bo‘ladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki suvo’tlari inson hayotida va tabiatda juda katta o’rin

tutadi. Suvo’tlari suv muhiti uchun kislorod mabai, suv hayvonlari uchun ozuqa manbai
hisoblanadi.Tarkibida turli xil moddalarni saqlaydi. Suvo’tlarning ekologiyasi haqida gap
ketadigan bo’lsa ular turli xil muhitda, turli xil sharoitda yashashga moslashgan.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Botanika. Tuban o'simliklar. Tojiiboyev SH.pdf

2.

Tuban o'simliklar (L.Velikanov va boshq.) pdf

3.

https://daryo.uz/2017/04/10/suv-otlari-suvosti-dunyosining-inson-uchun-foydasi

4.

https://t.me/tabiiyfanlar_elektronkutubxonasi

Библиографические ссылки

Botanika. Tuban o'simliklar. Tojiiboyev SH.pdf

Tuban o'simliklar (L.Velikanov va boshq.) pdf