29
QO’NG’IR SUVO’TLAR BO’LIMI TAVSIFI, SISTEMATIKASI, TUZILISHI
TARQALISHI VA AHAMIYATI
Odilova Nilufar Kozimjon qizi
Andijon Davlat Pedagogika instituti
Tabiiy fanlar yo’nalishi biologiya yo’nalishi
1-bosqich 101-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123314
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qo‘ng‘ir suvo‘tlari(Phaeophyta) bo‘limining umumiy
tasnifi, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘payishi, tarqalishi. Shuningdek qo‘ng‘ir suvo‘tining
sistematikasi va asosiy vakillari bilan tanishamiz.
Kalit so‘zlar
: Katta hajmda, qo‘ng‘ir suvo‘tlar, izogeneratsimonlar sinfi,
geterogenerasimonlar sinfi, siklosporasimonlar sinfi va sistematik tartib.
Annotation
: In this article, the general classification of the brown algae (Phaeophyta)
department, its characteristics, reproduction, distribution. We will also get acquainted with
the systematics and main representatives of brown algae.
Key words
: Large, brown algae, class Isogenera, class Heterogenera, class Cyclospora
and systematic order. Аннотация: В данной статье представ
Аннотация
: В данной статье представлена общая классификация отдела бурых
водорослей (Phaeophyta), его характеристика, размножение, распространение. Также
мы познакомимся с систематикой и основными представителями бурых водорослей.
Ключевые слова:
Крупномасштабные, бурые водоросли, класс Isogenera, класс
Heterogenera, класс Cyclospora, систематический порядок.
Qo'ng'irtoifa suvo'tlari xromatoforlarida xlorofill “a” va “s”, beta karoitin hamda ko'p
miqdorda qo'ng'ir rang beruvchi ksantofillar, ayniqsa fukoksantin bo'lishi bilan boshqa
suvo'tlaridan ajralib turadi. Zaxira oziqa modda sifatida hujayrada laminarin polisaxaridi, olti
atomli manit spirti va moy toʻplanadi. Monad hujayralar (zoosporalar va gametalar) noksimon
shaklda boʻlib, yon tomonda odatda ikkitadan har xil uzunlikda va har xil tuzilishli xivchinlari
boʻladi. Ularning bir silliq (Akronemali) ikkinchisi esa ikki qator boʻlib tukli(mastigoriemali
yoki plevronemali) istisno tariqasida baʼzi vakillaridan tashqari qoʻngʻir suvoʻtlarining
hammasi dengiz va okeanlardagi suvlarda hayot kechiradi. Ayniqsa, ular Shimoliy va Janubiy
yarimsharlarning sovuq suvlarida keng tarqalgan. Tallomining morfologik differensiatsiyasi
bo'yicha ular barcha suvo'tlariga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega. Jumladan, ularning
ichida bir hujayrali, kolonial, shoxlanmagan yoki oddiy shoxlangan ipsimon vakillari
uchramaydi. Eng oddiy tuzilgan q o 'n g 'irto ifa suvo'tlari har xil ipsim on (geterotrixial),
ko'pchiligi esa plastinkasimon tuzilgan.Tallomining hujayralari kuchli shilimshiqlangan
qobiqli bo'lib, bir yadroli, hujayra shirasiga boy bir yoki bir necha vakuolli va har xil shakldagi
hujayra qobig'iga yaqin joylashgan xromatoforlarga ega. Ko'payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy
usulda amalga oshadi. 1.Vegetativ ko'payish tallomining mexanik ravishda bo'laklarga
bo'linishi natijasida yoki ayrim vakillarida (masalan, sfatsillariyada) maxsus uzilib tushuvchi
kurtaklar hosil qilib amalga oshadi. Qo'ng'irtoifa suvo'tlarining jinssiz ko'payishi sistematik
guruhlariga qarab har xil bo'lishi mumkin. 2.Jinssiz ko‘payish ko‘pchilik qo‘ng‘ir suvo‘tlarda
zoosporalar orqali boradi.Bular diploid xramasomali o‘simlikda hosil bo‘ladi.Zoosporalar hosil
bo‘lishidan avval bir xonali sporangiy ichidagi diploit yadro reduksion bo‘linadi va ikki
30
xivchinli zoosporaga aylanadi. Diktiotalilarda esa tetrasporalarda harakatsiz tetrasporalar
hosil bo‘ladi. Keyinchalik gaploid zoospora va tetrasporalarning o‘sishidan gametafid hosil
bo‘ladi. 3.Jinsiy jarayon sodda tuzilgan vakillarida izogamiya yo‘li bilan boradi. Shakli
kubsimon shaklda sporangiylarda rivojlanadi. Ba'zi vakillarida geterogamiya ham uchraydi.
Murakkab tuzilgan vakillarida jinsiy jarayon oogamiya yo‘li bilan boradi. Aksariyat vakillarida
oogamiya bitta tuxum hujayra, anterediyda bitta urug‘ hujayra yetiladi.
Bu bo‘lim uchta sinfni o‘z ichiga oladi.1. Izogeneratsimonlar sinfi (Isogeneratae). 2.
Geterogenerasimonlar sinfi (Heterogeneratae) 3. Siklosporasimonlar sinfi (Cyclosporeae).
1.Izogeneratsimonlar (Isogenerate)
sinfi quidagicha tartiblarga bo‘linadi:
Ektakarpuslilar tartibi (Ectocarpales) hamma dengizlarda tarqalgan. Ayniqsa, sovuq
suvli dengizlar tubidagi buyimlar va boshqa yirik tal-lomli suvo‘tlar ustiga o‘rnashib, epifit
holda o‘sadi.Ularning tallomi sar-g‘ish-qo‘ng‘ir rangda, bir necha santimetr uzunlikda.
Cfaselyariyalilar tartibi (Sphacelariales) vakillari ektokarpus singari hamma dengizlarda
keng tarqalgan bo‘lib, uncha yirik bo‘lmagan gete- rotrixial tallomga ega.
Xetonteric (Chaetopteris) vakili ham cfaselyar suvo‘tlarib ka'bi faqat bo‘yiga o‘sish
xususiyatiga ega. Cfasellyariyalilar tartibining yirik tallomli vakillariga Qora dengizlarda
tarqalgan va tallomi 20 sm ga yetadigon klabocteruc misol bo‘la oladi.
Kutleriyalilar tartibi (Cutleriales) faqat ikkita: kutleriya (Cutleria) va Zanardiniya
(Zanardiniya) turkum kiradi.
Diktiotalilar tartib (Dictyotales) vakillarining vegetativ tallomi bir tekislikda dixotomik
shohlangan, apikal vositasida bo‘yiga o‘sadi. Jins-siz ko‘payishi xarakatsiz aplonospora
vositasida, jinsiy ko‘payishi ooga-miya usulda boradi. Nasllar almashuvi izomorf.
2. Geterogenerasimonlar( Heterogeneratae
)
sinfi bir nechta tartibga bo‘linadi lekin
eng muhim tartiblardan biri laminariyalilar hisoblanadi Laminariyalilar tartibi (Laminariales)
vakillarining gametafiti bir-bi- ridan juda kam farq qiladi.Ular ipsimon o‘simtalar shaklida
bo‘lib, reduksiyalangan mikraskopik tuzilishdagi hujayralardan tashkil topgan. Ba'zilarida
jinsiy organlari bo‘ladi.
3. Siklosporasimonlar (Cyclosporeae)
sinfiga hayot sikli davrida jinslari
almashmaydigon suvo‘tlardan fukuslilar tartibi vakillari kiradi. Fukuslilar (Fucales) tartib
vakillari tallomining tepasifan o‘sishi, jins-siz ko‘payishning sodir bo‘lmasligi, jinsiy
ko‘payishni oogamiya yo‘li bilan borishi va jinsiy organlar tallomning botiq joylari-
konsentakula yoki ckafebiyalarda hosil bo‘lishligi bilan xarakterlanadi. Ularning tallo-mi
murakkablashib, differensiallashgan.
Xulosa
: O‘rganishlarimiz natijasida qo‘ng‘ir suvo‘tlar murakkab dara-jada tuzilganligi
bilan, hajmining kattaligi bilan boshqa suv o‘tlaridan farq qiladi.Shu bilan birga jinsiy, jinssiz
va vegetativ yo‘l bilan ko‘payi-shadi.Xromatafori tarkibida xlarafil "a" va "b" dan tashqari
betta karotin hamda qo‘ng‘ir rang beruvchi pikmentlardan fukoksantin ko‘p miqdor-da
bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Botanika. Marfologiya va anatomiya,"Просвешение" nashriyoti. 1998 y.
2.
Zokirov Q. Z, Jamolxonov X. A, Botanikadan ruscha-o‘zbekcha ensiklopedik lug‘at
"O‘qituvchi" nashriyoti. Toshkent 1973 y.
3.
Kursanov L. I, Komarniskiy K. I, Meyer V. F, Razdoriskiy A. A, Uranov. Botanika 1-tom
31
"O‘qituvchi" nashriyoti. Toshkent 1972 y.
4.
M.I.Ikromov, X. N. Normurodov, A. S. Yuldashev Botanika O‘simliklar morfologiyasi va
anatomiyasi. 2002-yil.