Авторы

  • Guliro’za Umarova
    Andijon Davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.75504

Ключевые слова:

o’simlik tur urug’ changchi urug’chi biologik faol moddalar bargi po’stloq kumushrang meva Xitoy Amerika Fransiya.

Аннотация

Ushbu tezisda Ginko biloba  o’simligining tarqalishi , morfologik, anatomik tavsifi, tabiat o’rtasidagi ahamiyati va inson salomatligi uchun qanchalar foyda ekanligi to’g’risida  so’z boradi.


background image

26

GINKO BILOBA L.O’SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI, TARQALISHI VA

AHAMIYATI

Umarova Guliro’za

Andijon Davlat pedagogika instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15123303

Annotatsiya:

Ushbu tezisda Ginko biloba o’simligining tarqalishi , morfologik, anatomik

tavsifi, tabiat o’rtasidagi ahamiyati va inson salomatligi uchun qanchalar foyda ekanligi
to’g’risida so’z boradi.

Abstract.

This thesis discusses the distribution, morphological and anatomical

characteristics of the Ginkgo biloba plant, its importance in nature, and its benefits to human
health.

Аннотация.

В данной дипломной работе рассказывается о распространении,

морфологическом, анатомическом описании растения Гинкго двулопастный, его
значении в природе и о том, какую пользу оно имеет для здоровья человека.

Kalit so’zlar

: o’simlik, tur, urug’, changchi, urug’chi, biologik faol moddalar, bargi,

po’stloq, kumushrang meva, Xitoy, Amerika, Fransiya.

Keywords:

plant, species, seed, pollinator, seed carrier, biologically active substances,

leaf, bark, silver fruit, China, America, France.

Ключевые слова:

растение, вид, семя, опылитель, семена, биологически

активные вещества, листья, кора, серебристые плоды, Китай, Америка, Франция.

Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir.
Ochiq urug'li o'simliklar devon davrida paydo bo‘lgan yuksak o'simliklarning eng

qadimgi guruhlaridan bo'lib,ular paleozoy erasining oxiri va mezazoy eralarining boshlarida,
taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo’lgan .Ular asosan shimoliy
yarimsharlarda keng tarqalgan. Yer yuzida qarag'aytoifa o'simliklarning 700 ga yaqin turi
borligi aniqlangan. Bular uchun xarakterli belgilardan biri urug‘ hosil qilishidir. Urug'ning o‘zi
urug'kurtakdan hosil bo'ladi. Urug‘ esa shakli o'zgargan megasporangiydir. Ular
megasporafilda ochiq holda yetiladi.Magnoliyatoifa o'simliklarda esa urug'kurtak urug'chi
tugunchasining ichida joylashgan. Bu xususiyat bilan bir biridan farq qiladi.

Qarag'aytoifalar hayotiy shakli jihatdan daraxt, buta, ayrim lianalardan iborat.

Qarag'aytoifalarga xos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo'lishidir. Qubbalar
o'q, poya, qoplagich va tangacha bargchalardan tashkil topgan.

Hozirgi klasifikatsiya bo'yicha qarag'aytoifalar 6 ajdodga bo'linadi:
1. Urug'li qirqquloqsimonlar-Lyginoptyeridopsida
2. Sagovniksimonlar-Cycadopsida
3. Bennetitsimonlar-Bennetittopsida
4. Gnetumsimonlar-Gnetopsida
5. Ginkgosimonlar-Ginkgopsida
6. Qarag'aysimonlar-Pinopsida
Jumladan, Urug'li qirqquloqsimonlar - Lyginoptyeridopsida va Bennetitsimonlar -

Bennetittopsida vakillari qazilma holida uchraydi,qolgan vakillari esa yer yuzasida keng
tarqalgan.

Bu bo’limdagi Ginkosimonlar "Ginkgopsida" ajdodi bilan tanishamiz. Bu ajdodga

o'tmishda saqlanib kelayotgan bitta oila Ginkodoshlarga mansub bitta monotoipik relikt


background image

27

tur(Ginko biloba)kiradi. Ginkodoshlar oilasining 17ga yaqin turkumlarining vakillari qazilma
holida topilgan. Ulardan eng qadimgisi sorenobaerlar bo’lib, uning perm davriga oid qoldiqlari
topilgan.

Tabiiy sharoitda ginko faqat Sharqiy Xitoyning Tyan-mu Shan tog‘ida ozroq maydonda

saqlanib qolgan... Ginko so‘zi yapon tilidan olingan bo'lib, “kumushrang o'rik” yoki
“kumushrang meva” degan ma'noni anglatadi. Yaponiya Xitoy Koreyada muqaddas daraxt
sifatida ziyoratgoh joylarda, xiyobonlarda o'stirilgan. 1730-yil G‘arbiy Yevropaga, 1780 -
yildan keyin Shimoliy Amerikaga olib kelingan. O‘zbekistonda esa 1920-yildan boshlab
manzarali daraxt sifatida o'stiriladi. 1771-yilda K.Linniy bu o'simlikka Ginko biloba L. deb
ilmiy nom bergan.

Ginko biloba balandligi 30 metrdan oshadigan,qishda bargini to'kadigan siyrak shox

shabbali daraxt. Barglari oddiy, uzun bandli , yaprog‘i yelpig'ichsimon, ikki bo'lakli. Poyasi
ning o'zak qismi kam taraqqiy etgan. Lekin kambiy va po‘stloq parenximasi yaxshi
rivojlangan. Ginkoning ignabargli darxtlardan farqi shundaki, unda smola hosil bo'lmaydi.
Ginko to’pgullari ko’zga tashlanmaydi va shamol yordamida changlanadi.Qizig’I shundaki,
tuxumdonlar urug’lanish sodir bo’lganmi yoki yo’qligidan qat’iy nazar o’sishni boshlaydi.

Ginko biloba ikki uyli o'simlikdir. Qulay sharoitda ginko 20-30 yoshlarida chang yoki

urug‘ bera boshlaydi.

Ginkolarda megastrobil va mikrostrobil qubbalar qisqargan shoxlarda joylashgan.

Mikrostribillari sirg’asimon,uning ichida mikrosporofillar spiral holda joylashadi.
Mikrostribillari qisqa bandli,ularda changdonlar joylashgan. Mikrosporaning o’sib, spermiyli
gametofitga aylanishi mikrosporangiydan ajralib chiqmasdan avval uning ichiga
boradi.Shamol yordamida urug’kurtakka tushadi. Mikrosporadan bahorda ikkita harakatchan
spermatazoid hosil bo’ladi.Shundan so’ng zigotadan murtak hosil bo’ladi.

Urug‘ murtagining taraqqiyoti ko'pincha urug‘ yerga to'kilgandan so‘ng

boshlanadi.Ginkoning urug‘ida tinim davri bo'lmaydi.

Ginkolar uzoq umr ko'ruvchi daraxt hisoblanadi. Xitoy, Koreya va Yaponiyada 1000 dan

ortiq tuplari mavjud.

Ginko urug‘i yordamida yoki qalamchasidan ko'payadi. U havosi ifloslangan joylarda

ham bemalol o'saveradiva kasalliklarga chidamli. Shuning uchun uni ko‘proq manzarali daraxt
sifatida o'stirish maqsadga muvofiq. Urug'ining tashqi yumshoq etli qavati iste'mol qilinadi.
Filogenetik jihatdan ular kordaitlarga ancha yaqin turadi.

Ginko barglari ekstraktida juda ko‘p kimyoviy tarkibli moddalar mavjud:
U 40dan ortiq biologik faol moddalarni o'z ichiga oladi. Amerika, Fransiya va

Germaniyada ginko asosidagi turli dorilar eng ko‘p sotib olinadigan dorilar hisoblanadi. U
xotira, ko‘rish, eshitish, diqqat va aqlning pasayishi kabi qarish alomatlarining pasayishi yoki
qaytishi uchun ishlatiladi.

Yaqinda Ginko bilobaning yana bir xususiyatlardan biri u kapillyar qon aylanish

sistemasini yaxshilaydi .Eng kichik tomirlarda – kapilyarlarda qon harakatining buzilishi
to’qimalarning yetarli darajada oziqlanmasligiga, ulardan metabolik mahsulotlarning to’liq
chiqarilmasligiga va natijada tegishli organlarning faoliyatining buzilishiga olib keladi.Ginko
biloba qon tomir tizimidagi atreseklerotik o‘zgarishlarning rivojlanishini to'xtatadi, keksa
odamni uyqu buzilishini yo‘q qiladi.


background image

28

Yaqinda Germaniyaning Limburg universiteti olimlari ginko ekstrakti xotira buzilishi,

kuchli bosh og’rig’I va Altsgeymer kasalligi bilan og’rigan bemorlarda qo’llanila boshladi.

Ginko urug’lari va barglari ekstrakti og’riq va qichishishni yengillashtiradi va qon

ketishini to’xtatadi.

Xulosa

Ginkgo biloba L. – noyob va qadimiy o‘simlik bo‘lib, nafaqat o‘zining tashqi ko‘rinishi,

balki dorivor xususiyatlari bilan ham e’tiborga loyiqdir. Uning tabiiy yashash joyi asosan Xitoy
bilan cheklangan bo‘lsa-da, ekologik chidamliligi va ko‘p qirrali foydali xususiyatlari tufayli
dunyoning turli hududlarida keng tarqalgan. Ginkgo biloba inson salomatligi uchun katta
ahamiyatga ega bo‘lib, ayniqsa, miya faoliyatini yaxshilash va qarish jarayonlarini
sekinlashtirishda samarali hisoblanadi. Bundan tashqari, u shahar muhitida yashillikni
saqlash va estetik landshaft yaratishda ham muhim o‘rin tutadi. Shu sababli, bu o‘simlikni
nafaqat tabiiy meros, balki kelajak avlodlar uchun muhim resurs sifatida ham qadrlash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Mustafayev.S.M.Botanika-Toshkent,2002

2.

Matkarimova.A.A.va b.Botanika.-T.:Fan va texnologiya,2018

3.

Sahobiddinov.S.O’simliklar sistematikasi.-T,1957

4.

Toshpo’latova.D.S. ‘’Life sciences and agriculture’’.1.(2),2024

Библиографические ссылки

Mustafayev.S.M.Botanika-Toshkent,2002

Matkarimova.A.A.va b.Botanika.-T.:Fan va texnologiya,2018

Sahobiddinov.S.O’simliklar sistematikasi.-T,1957

Toshpo’latova.D.S. ‘’Life sciences and agriculture’’.1.(2),2024