4
ZAMBURUG’LAR BO’LIMI TURLARINING TUZILISHI, SISTEMATIKASI VA
INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Olimjonova Feruza Orifjon qizi
Andijon davlat Pedagogika Instituti
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 1-bosqich 103-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15110927
Annotatsiya:
Ushbu tezisda zamburugʻlar boʻlimining umumiy tavsifi, umumiy
xususiyatlari anatomik va morfologik tuzilishi, sistematikasi, zamburugʻlarning turlari, tabiatda
va inson hayotidagi zamburugʻlarning tutgan oʻrni haqida toʻliq maʼlumot berilgan.
Kalit so`zlar:
zamburugʻlar, mikologiya, gifa, sporangiy, spora, lignin ,sellyuloza, jinsiy
koʻpayish, bazidiomitsetlar, tuban zamburugʻlar.
Аннотация:
В данной диссертации даны полные сведения об общей
характеристике отдела грибов, общей характеристике, анатомо-морфологическом
строении, систематике, видах грибов, роли грибов в природе и жизни человека.
Ключевые слова:
грибы, микология, гифы, спорангии, споры, лигнин, целлюлоза,
половое размножение, базидиомицеты, донные грибы.
Abstract:
This thesis provides a general description of the department of fungi, general
characteristics, anatomical and morphological structure, systematics, types of fungi, the role of
fungi in nature and human life.
Keywords:
fungi, mycology, hyphae, sporangia, spores, lignin, cellulose, sexual
reproduction, basidiomycetes, basal fungi.
Zamburug’( Mycetes) — eukariot organizmlar hisoblanadi. Ular tayyor organik moddalar
hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda,
suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit
va saprofit Zamburugʻlarga boʻlinadi. Zamburugʻlarning odamlar va hayvonlar uchun zararli va
foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Zambrug’larni o’rganuvchi fan mikologiya deb ataladi.
Ko’pchilik zamburugʻlarning (baʼzi hujayra ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi
mitseliy ko’rinishida, yaʼni oziqlanish substrati sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan oʻsadigan
ingichka ipcha — gifalardan iborat.
Zamburug’ rivojlanishi uchun kislorod zarur boʻlib, aerob organizm hisoblanadi. Lekin
achitqi zambrug’iiga ozgina kislorod xam yetarli. Koʻpchilik zambrug’lar turli xil (spirtli,
limonli) achitish xususiyatiga ega. 20—25° da yaxshi oʻsadi, baʼzilari 2— 4° da ham oʻsaveradi.
Zamburugʻlarning oʻsishi uchun yorugʻlik zarur emas, lekin quyosh nuri ularning oʻsishi va
spora hosil qilishiga salbiy taʼsir etadi. Koʻpayishi 3 xil usulda amalga oshadi bular:
1. Vegetativ koʻpayish
- mitseliy ipchalarining boʻlinishi yoki sklerotsiyalar bilan amalga
oshadi. Bu boʻlakchalar har xil yoʻl bilan tarqalib, qulay sharoitga tushganda yangi mitseliysi
hosil boʻladi.
2. Jinssiz koʻpayish
- mitseliyning maxsus shoxchalarida hosil boʻladigan sporalar orqali
roʻy beradi. Sporalar hosil boʻlishiga qarab endogen va ekzogen bo’ladi. Endogen sporalar
odatda gifa (sporangiy yoki zoosporangiy)ning sharsimon uchlarida ko’p miqdorda rivojlanadi.
Ekzogen sporalar (konidiyalar) mitseliyning maxsus shoxlarida yakka, guruh bulib, kupincha
zanjirsimon rivojlanadi
5
3. Jinsiy koʻpayish -
ikkita har xil jinsiy hujayraning qoʻshilishidan hosil boʻladigan
zigotalar orqali roʻy beradi. . hamma joyda keng tarqalgan. Aksari Zamburugʻlarning tabiatda
umri kiska. Ularning mitseliysi bir necha sutkada rivojlanib, spora hosil qilgach, oʻsishdan
toʻxtab, nobud boʻladi. Mitseliysi koʻp yil yashaydigan ham bor. Jumladan, patogen va parazit .
mitseliysi bir necha yillab yashaydi. Shuningdek, sklerotsiylari va turlituman sporalari bilan
uzoq vaqtgacha saqlanadigan ham boʻladi.Tuproqda yashaydigan oʻsimlik qoldiqlari (jumladan
qiyin parchalanadigan sellyuloza va lignin)ni yemiradi va minerallashtiradi. Yogʻochlarni,
asosan, poʻkak yemiradi. Koʻpchilik oʻsimliklarda turli kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Odamlardagi
qator kasalliklar: kal, qirma temiratki va boshqalarni qoʻzgʻatadi. Foydali ham koʻp. Penicullium
va Aspergillus turkumiga mansub Zamburugʻlardan vitaminlar, antibiotiklar, limon kislota va
steroid preparatlar olishda foydalaniladi. Achitqi vino, non, pivo tayyorlashda ishlatiladi.
Zamburugʻlardan koʻnchilik, toʻqimachilikda va sanoatning boshqa tarmoqlarida
qoʻllaniladigan turli xil fermentlar olinadi. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida ovqatga
ishlatiladi.Isteʼmol qilinadigan Zamburugʻlarning turi 100 dan ortadi.Bulardan ko’plari
qimmatli boʻlib, tarkibida oqsil moddalari, vitaminlar va fermentlar bor.Ularni asosan,
konservalab (quritib, tuzlab, ziralab) isteʼmol qilinadi.
Zambrug’larni klassifikatsiyalashda ularni eng muhim belgilariga, jumladan,
xivchinlarining joylashishi va tuzilishiga, jinssiz va jinsiy ko’payish xusussiyatiga, hujayra
devorining tuzilishiga va polisaxaridlar tarkibiga qaraladi shunga kora, zamburug’lar 7ta sinfga
bo’lib o’rganiladi. Bular:
1.
Xitridiomitsetsimonlar (Chytridiomycates)
bu sinf vakillarining mitseliysi
boshlang’ich xolda bo’lib, hujayra devoir yo’q. jinssiz ko’payishi zoosporalar orqali bo’ladi.
Jinsiy ko’payishi gametagamiya yoki oogamiya usuli bilan boradi. Hujayra devorida xitin va
glyukan uchraydi.
2.
Gifoxitriomitsetsimonlar (Hyphochytriomycetes)
bu sinf vakillarining vegetative
tanasi bir hujayrali bo’lib, yalang’och rizomitseliy hosil qiladi. Jinssiz ko’payishi shoxlangan bir
xivchinli zoosporalar bilan boradi. Hujayra devorida xitin va sellyuloza saqlanadi.
3.
Oomitsetsimonlar (Oomycetes)
bu sinf vakillari
mitseliysi rivojlangan,lekin hujayrasiz
tuzilishga ega organizmlardir. Jinssiz ko’payishi ikki xivchinli zoosporalar yordamida boradi.
Jinsiy ko’payishi oogamiya usulida amalga oshadi. Hujayra devorida sellyuloza va glyukan bor.
4.
Zigomitsetsimonlar (Zygomycetes)
sinfi vakillarining mitseliysi yaxshi rivojlangan.
Jinssiz ko’payishi sporangiyasporalar orqali boradi. Jinsiy ko’payishi izogamiya yo’li bilan
boradi. Hujayra devorida xitin va xitozan bor.
5.
Aksomitsetsimonlar (Ascomycetes)
sinfi vakillarining mitselliysi yaxshi tarqqiy etgan.
Jinssiz ko’payishi konidiyasporalar bilan boradi. Jinsiy ko’payishi gametangiogamiya usuli bilan
boradi.
6.
Bazidiomitsetsimonlar (Basidiomycetes)
sinfi vakillarining mitseliysi ko’p hujayrali.
Jinssiz ko’payishi somatogamiya usuli bilan boradi. Jinsiy ko’payish sporalari bazidiya deb
ataladigan hujayralar ustida hosil bo’ladi. zamburug’lar hisoblanadi. Mitselliysi yaxshi
rivojlangan. Jinssiz ko’payishi konidiyasporalar yordamida amalga oshadi.
7.
Derteromitsetsimonlar
(Deutermycetes)
takomillashmagan
zamburug’lar
hisoblanadi. Mitseliysi yaxshi rivojlangan. Jinssiz ko’payishi konidiyasporalar bilan boradi.
6
XULOSA.
Biz bu tezisda zamburug’larning tuzilishi va ularning sistematikasini bilib oldik.
Zamburug’larning faqatgina salbiy emas, balki ularni tabiatda va inson hayotidagi ijobiy
taraflarini ham bilib oldik. Zamburug’lar inson hayotida muhim ahamyatga ega. Qadim
zamonlardan beri inson zamburug’larni oziq-ovqat sifatida istemol qilib kelgan. Masalan, O’rta
Osiyo xalqlari qadimddan qo’ziqorin zamburug’larini terib uni yog’da qo’vurib iste’mol qili
kelgan. Oziq- ovqat sifatida istemol qilinadigon zamburug’lar xaltachali va badiziyali
zamburug’lardir. Yevropa va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida veshenka, yozgi openok, koltsevik
degan zamburug;’ turlarini madaniylashtirib, uni ozoq ovqat sifatida iste’mol qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A. Botanika. Toshkent, 2006.
2.
Velikаnov L.I. vа bosh. Tubаn о‘simliklаr. Moskvа, MGU, Toshkent 1995 y. (ruschаdаn
qisqаrtirilgаn tаrjimа).
3.
Sаxobiddinov S.S. о‘simliklаr sistemаtikаsi. 1 tom, Toshkent, «О‘qituvchi», ss1976.
4.
5.