Авторы

  • Mubina Abdunabiyeva
    Andijon davlat pedagogika institute biologiya to’nalishi 203-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.75514

Ключевые слова:

Cyperaceae Cyperales sistematika hudud ekologiya.

Аннотация

Ushbu tezisda xiloldoshlar oilasi haqida umumiy tavsif hamda oilaning sistematikasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.


background image

129

XILOLDOSHLAR OILASI TAVSIFI VA SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA

AHAMIYATI

Abdunabiyeva Mubina Avazjon qizi

Andijon davlat pedagogika institute biologiya to’nalishi 203-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15110914

Annotatsiya:

Ushbu tezisda xiloldoshlar oilasi haqida umumiy tavsif hamda oilaning

sistematikasi, tabiat va inson hayotidagi ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Cyperaceae, Cyperales, sistematika, hudud, ekologiya.

Аннотация:

В данной диссертации дана общая характеристика семецства

саговниковых и сведения о систематике семейства, его значении в природе и жизни
человека.

Ключевые слова:

Cyperaceae, Cyperales, cистематика, ареал, экология.

Abstract:

In this thesis, a general description of the family of cycads and information

about the systematic of the family, its importance in nature and human life is iven.

Keywords:

Cyperaceae, Cyperales, systematic, area, ecology.


Xiloldoshlar (Cyperaсeae) xilolnomalar (Cyperales) qabilasiga mansub yagona oila

hisoblanadi. Ushbu oilaga kiruvchi turkum va turlarning soni turli adabiyotlarda turlicha
keltirilgan. Pratov va Jumayev larning “Yuksak o’simliklar sistematikasi” nomli adabiyotida
xiloldoshlar oilasiga 100 ta turkumga mansub 4000 tadan ortiq tur kirishi haqida aytib o’tilgan.
Ular yer yuzida keng tarqalgan ko’p yillik o’simliklardan iborat. O’zbekistonda 16 ta turkumga
mansub 90 ta turi o’sadi. Oilaga ko’p yillik ildizpoyali o’tlar kiradi. Barglari ingichka va qattiq.
Gullari mayda, ko’rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli, boshoqchalarda joylashgan. Gulqo’rg’oni 6 ta
yoki 3 ta tangachadan iborat, changchisi 3 ta, shamol yordamida changlanadi. Mevasi 3 qirrali
yong’oqcha.

Xiloldoshlar oilasining sistematikasi quyidagicha:
Bo’lim: Gulli o’simliklar - Magnoliophita
Sinf: Bir pallali o’simliklar - Liliopsida
Qabila: Xilolnomalar - Cyperales
Oilasi: Xiloldoshlar – Cuperaceae

Asosiy vakillari: Tugunakli salomalaykum – Cyperus rotundus, Cyperus fuscus Yo’g’on

tumshuq qorabosh – Carex pachystilis Ko’l qiyog’i – Scirpus lacustris Kechki xilol – Juncellus
serotinus Dengizoldi suv xiloli – Boldoschoenus maritimus Xiloldoshlar oilasi keng tarqalgan
va har xil ekologik sharoitlarga moshlashgan o’simliklar oilasidir. Ushbu oila turlari, asosan,
nam muhitlarda rivojlanadi, biroq qurg’oqchil hududlarda ham uchraydigan vakillari bor.
Ko’plab turlari suv bo’ylarida, botqoqliklarda, daryolar, ko’llar va kanallar atrofida o’sadi, ba’zi
turlari esa quruq yaylovlar va cho’l sharoitlarida ham o’sishga moslashgan. Xiloldoshlar oilasi
vakillarining keng tarqalganligiga yana bir isbot, bu oila vakillarini Antarktidadan tashqari
barcha barcha qit’alarda uchratishmumkin. Ular, asosan, tropik va subtropik hududlarda,
shuningdek mo’tadil va sovuq iqlim sharoitlarida ham o’sadi. Hududiy jihatdan tarqalishiga
to’xtaladigan bo’lsak, xiloldoshlar oilasini turli hududlarda tarqalganligini ko’rsak bo’ladi.
Tropik hududlarda Papirus kabi turlari tarqalgan bo’lib, Afrikadagi Nil daryosi va boshqa tropik
botqoqliklarda ko’p uchraydi, mo’tadil hududlardan Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoda


background image

130

Carex va Scirpus kabi turlarini ko’p uchratish mumkin, bundan tashqari, qurg’oqchil
hududlarda ham ushbu oila vakillarini uchratishimiz mumkin. Bu oila ekologik, iqtisodiy va
madaniy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simliklar oilasidir. Oila vakillari tabiatni
barqarorlashtirishda va inson faoliyatining turli sohalarida keng qo’llaniladi. Ekologik jihatdan,
xiloldoshlar, ayniqsa, botqoqli va nam joylarda tuproqni eroziyadan himoya qiladi, ayrim
turlari ( Scirpus va Eleocharis ) suv havzalarida organik va kimyoviy ifloslanishlarni filtrlashga
yordam beradi, suv havzalari atrofidagi hayvonlar, qushlar va hasharotlar uchun yashash joyi
va oziq manbai sifatida xizmat qiladi, botqoqlik o’simliklari karbonat angidridni o’zlashtirib,
iqlim o’zgarishini sekinlashtirishga hissa qo’shadi. Iqtisodiy jihatdan, ko’pgina turlari chorva
mollari uchun yem- hashak sifatida ishlatiladi (Carex), Cyperus papyrus qadimdan qog’oz
ishlab chiqarishda ishlatilgan hisoblanib, hozirda Scirpus turlari tom yopish va savat to’qishda
qo’llaniladi, qamish va shovur to’qilgan gilamlar, savatlar va boshqa uy-ro’zg’or buyumlarini
tayyorlashda foydalaniladi. Dorivorlik jihatdan, ayrim qiyoqdoshlar xalq tabobatida keng
qo’llaniladi (Cyperus rotundus oshqozon va ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi). Estetik
va bezak jihatdan, ko’plab qiyoqdoshlar manzarali bog’larda suv havzalari yaqinida bezak
o’simliklari sifatida ekiladi ( Eleocharis acicularis akvarium dizaynida ishlatiladi). Aytib o’tilgan
foydali jihatlaridan tashqari, bu oila vakillarining ayrimlari qishloq xo’jaligining madaniy
ekinlari orasida ko’p uchrab, o’simliklarga birmuncha ziyon keltiradi. Jumladan, o’simliklarni
oziq muhitini kamayishi, namlik yetishmovchiligi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Xiloldoshlar oilasi yuqorida ko’rib chiqqanimizdek dunyo bo’yicha keng tarqalgan oila
hisoblanadi. Ushbu oila vakillarini nafaqat muhit yaxshi bo’lgan hududlarda, bundan tashqari
botqoqlik, cho’l sharoitlari, sho’r va toshloq tuproqlar kabi muhiti unchalik darajada yaxshi
bo’lmagan hududlarda ham uchratish mumkin. Sistematik jihatdan ham turlarga boy.
Xiloldoshlar oilasi tabiatni saqlash va inson ehtiyojlarini qondirishda ajralmas ahamiyatga ega
hisoblanadi. Ularning ekologik va iqtisodiy foydalari ushbu o’simliklarni yanada o’rganish va
ulardan samarali foydalanish zaruratini ta’kidlaydi. Shu o’rganishlar natijasida, bu oila
vakillaridan kelajakda xo’jalik uchun xomashyolar, inson hayoti uchun zarur bo’lgan dori
vositalari olishda qo’l keladi. Shunday qilib, Xiloldoshlar oilasi o’simliklari ekologik
muvozanatni saqlashda va inson hayotida muhim o’rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Pratov O’. Jumayev Q. Yuksak o’simliklar sistematikasi. Toshkent, 2003. B135

2.

Tog’ayev I. Yuksak o’simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar, uslubiy qo’llanma,

Toshkent, “Namangan” nashriyoti, 2015. B104-105
3.

Mo’minov M. Mamadaliyev A. Botanikadan amaliy mashg’ulotlar, Toshkent, “Yangi nashr”

nashriyoti, 2010. B156
4.

Tojiboev, K., & Karimov, A. (2010). O‘zbekiston o‘simliklari sistematikasi. Toshkent: Fan

nashriyoti.
5.

Heywood, V. H., Brummitt, R. K., Culham, A., & Seberg, O. (2007). Flowering Plant Families

of the World. Royal Botanic

Библиографические ссылки

Pratov O’. Jumayev Q. Yuksak o’simliklar sistematikasi. Toshkent, 2003. B135

Tog’ayev I. Yuksak o’simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar, uslubiy qo’llanma, Toshkent, “Namangan” nashriyoti, 2015. B104-105

Mo’minov M. Mamadaliyev A. Botanikadan amaliy mashg’ulotlar, Toshkent, “Yangi nashr” nashriyoti, 2010. B156

Tojiboev, K., & Karimov, A. (2010). O‘zbekiston o‘simliklari sistematikasi. Toshkent: Fan nashriyoti.

Heywood, V. H., Brummitt, R. K., Culham, A., & Seberg, O. (2007). Flowering Plant Families of the World. Royal Botanic