Авторы

  • Gulshan Saydullayeva
    Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va IBA yo‘nalishi 230-22- guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.77398

Ключевые слова:

Soliq Kodeksi bevosita soliqlar jismoniy shaxslar daromad solig‘i fiskal davlat budjeti proporsional stavka progressiv soliq imtiyozlari mulkiy dаromаdlar jami daromadlar deklaratsiya.

Аннотация

Mazkur  maqolada  O‘zbekiston  Respublikasining  soliq qonunchiligiga  ko‘ra  jismoniy shаxslardan olinadigan daromad solig‘i tarkibi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i mexanizmini takomillashtirishda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari, jumladan, Fransiya soliq tizimida soliq to‘lovchilar daromadi kategoriyalari, AQSH soliq tizimi, Yaponiyada jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalari, rivojlangan mamlakatlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining budjet daromadlari tarkibida yetakchi o‘rin egallashidagi sabablari ko‘rib o‘tilgan. Shuningdek, iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari o‘rganilgan va ilmiy qarashlari  ochib


background image

87

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLȊI

Saydullayeva Gulshan

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Tabiiy fanlar fakulteti

Geografiya va IBA yo‘nalishi 230-22- guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15151921

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga

ko‘ra jismoniy shаxslardan olinadigan daromad solig‘i tarkibi, jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i mexanizmini takomillashtirishda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or
tajribalari, jumladan, Fransiya soliq tizimida soliq to‘lovchilar daromadi kategoriyalari, AQSH
soliq tizimi, Yaponiyada jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalari, rivojlangan
mamlakatlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining budjet daromadlari
tarkibida yetakchi o‘rin egallashidagi sabablari ko‘rib o‘tilgan. Shuningdek, iqtisodchi
olimlarning tadqiqotlari o‘rganilgan va ilmiy qarashlari ochib

Kalit so‘zlar:

Soliq Kodeksi, bevosita soliqlar, jismoniy shaxslar daromad solig‘i, fiskal,

davlat budjeti, proporsional stavka, progressiv, soliq imtiyozlari, mulkiy dаromаdlar, jami
daromadlar, deklaratsiya.

Kirish

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq inson qadrini
ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida
inson qadri va uning farovonligi uchun bu soliq turining ta’siri bevosita muhimdir. Mamlakat
fuqorolari farovon turmush-tarzini belgilashda esa daromad solig‘i bazasini to‘g‘ri aniqlash
tartibi soliqlarning adolatlilik prinsiplarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar birinchi navbatda fiskal ya’ni davlat budjeti

daromadlarini oshirishga qaratilgan, ikkinchidan, aholining soliqlar xususidagi fikrlarini
ijobiy tarzda bo‘lishini ta’minlaydi. Yuqoridagi gaplarni mulohaza qilgan holda shuni aytish
mumkinki, jismoniy shaxslarning daromadidan undiriladigan soliqlar soliq tizimini nazariy
jihatdan mukammal ishlab chiqish va ularning samarali va adolatli undirilish mexanizmini
puxta ishlab chiqarish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Misol uchun birgina jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga e’tibor

beradigan bo‘lsak, qanday tartibdagi aholi qatlami ushbu soliq to‘lovchilari hisoblanadi
degan savol tug‘iladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘lovchilari deb
quyidagilar e’tirof etilishi quyidagi ikki holatda amalga oshiriladi. Bular:

1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston

Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun O‘zbekiston Respublikasining soliq

rezidenti bo‘lishi va tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan
yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan
ko‘proq muddat O‘zbekiston Respublikasidasi hududida faoliyat olib borishi talab etiladi.
Soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan har qanday jismoniy shaxsning soliq solish
obyekti safatida o‘rtacha har oy mobaynida oladigan daromadlaridan davlat budjetiga
undiriladi hamda soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo‘yicha alohida aniqlanadi.


background image

88

Ushbu maqolani shakllantirishda daromad solig‘i bo‘yicha qiyosiy tahlil

metodikasidan foydalanilgan bo‘lib, xorijiy mamlakalarning soliq tizimi bilan taqqoslab
o‘rganilgan. Qolaversa, analiz, sintez, induksiya, deduksiya metodlariga tayanilgan holda,
tadqiqot olib borilgan va yakuni bo‘yicha xulosa va takliflar shakllantirilgan.

Hozirda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 381-moddasi

1-qismiga muvofiq jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha
soliq solinadi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 393-moddasi 1-qismiga asosan
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida
soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:

1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4) boshqa daromadlar. Boshqa hollarda daromadlarni soliqqa tortish qonunchilikka

xilof hisoblanadi.

Yuqoridagi ma’lumotlarga muvofiq daromad solig‘ini to‘lash tartibi daromad

manbaidan yoki daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi. Deklaratsiya
taqdim etishdan maqsad daromad oladigan jismoniy shaxslar qo‘shimda ish joyiga ega bo‘lsa,
mulkni ijaraga berish, mol-mulkni sotish, O‘zbekiston hududidan tashqarida olingan
daromadlar evaziga soliq davrining 1- aprelidan kechiktirmagan tartibda o‘zi istiqomad
qilib turgan soliq inspeksiyasiga taqdim etishi so‘raladi.

Manbada ko‘rinib turibdiku, 2019-yildan boshlab davlat budjetiga qariyb 2 hissa ko‘p

soliqlar kelib tushgan. Qolaversa ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida oshib bogan. YaIM dagi
ulushi ham 1,8 trln so‘mdan mos ravishda 2,6; 2,6 va 2,5 % ga oshgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti

daromadlarining 2022-yildagi ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalari to‘g‘risida bergan
ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar
2022-yilda 24,3 trln so‘mni (shu jumladan, to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliq bo‘yicha
– 22,5 trln. so‘mni) tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 5,4 mrld so‘mga yoki 28,4%ga oshgan.
Bunda, qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
bo‘yicha tushumlar 2022 yilda 393,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 3,4 mlrd
so‘mga yoki 0,9%ga kamaydi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha
tushumlarning o‘sishiga bir qator omillar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, budjet sektorida
eng kam ish haqini 2021-yilga nisbatan o‘rtacha14,7%ga oshirilishi hamda
iqtisodiyotning barcha sektorlarida xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondini
legallashtirib borilishi natijasida 2022-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
to‘lovchilari soni 5 018 mingtani tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 215 mingtaga yoki 8%ga
oshdi.

Prezident qarori bilan norezidentlarning O‘zbekistondan olinadigan daromadlaridan

(dividendlar, foizlar va yuk tashishdan olinadigan daromadlardan tashqari) undiriladigan
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 20 foizdan 12 foizga tushirildi.
2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning
(O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari) aksiyadorlik jamiyatlari
aksiyalaridan dividendlar ko‘rinishidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘idan ozod etildi. Quyidagi 2-rasmda keltrilgan ma’lumotlarga tayangan


background image

89

holda 2022-yil hamda 2023-yilning I choragi davomida budjetga kelib tushgan soliqlar
tarkibida QQS hamda foyda solig‘idan keyingi 3-o‘rinda daromad solig‘i 5237 mlrd. so‘mdan
6622 mlrd. so‘mgacha oshgani ma’lum bo‘ldi.

2023-yilda jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini so‘ndirishga

yo‘naltirganda, bir vaqtning o‘zida turar joy qiymati (bugungi kunga kelib 300 mln
so‘m) bo‘yicha talabni bekor qilgan holda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln so‘mdan mehnatga haq
to‘lashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha (yoki 73,6 mln so‘m) oshirilmoqda 12 .
Davlat budjeti daromadlari prognozi 2023- yilda 232,107.1 mlrd. so‘m yoki YAIMga
nisbatan 21,8 foiz bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, uning ulushida jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘I to‘lovchilari 5,5 mln dan ortiq kishini tashkil etadi.

Shundan 242, 758 ming nafari ya’ni 4,4 % ini YaTT lar tashkil etmoqda.

Xulosa

Yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlar asosida daromad solig‘ining

budjetdagi ulushi ahali daromadlariga ta’siri hamda xorijiy mamlakatlarning soliq tizimi
bilan solishtirb o‘rganildi. Shundan ko‘rinib turibdiki, rivojlanayotgan mamlakatlarda
daromad solig‘ining foiz stavkasi 10-12% qilib belgilangani mamlakatda soliq yukini
kelib chiqishiga olib kelmaydi degan xulosaga kelinadi. O‘rganilgan ma’lumotlar asosida
O‘zbekistonda soliq yukini hisoblash mexanizmlari takomillshtirilmoqda shu bilan bir
qatorda Laffer qonuniga muvofiq amaldagi soliq yuki ko‘rsatkichi 22 % deb belgilandi. Yana
bir ahamiyatli tomoni shundaki, kam daromadli mamlakatlarda ushbu soliqning soliq solish
bazasi odatda progressive tartibda soliqqa tortiladi. Shunday ekan, biz ham ushbu davlatlar
qatoridan joy olishimiz uchun

1) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini oshirish kerak;
2) daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar ro‘yxatiga 25 yildan ko‘p

akademik ish stajiga ega soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasini kamaytirish;

3) YaTT faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar uchun 5 yilgacha soliqqa

tortmaslik yoki minimal foizda soliq soliq stavkasi belgilash kerka deb o‘ylayman.
Chunki, ilg‘or iqtisodiy samaradorlikka erish uchun soliq tarixi bilan birgalikda olib borgan
tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki, soliq tortishda daromad oshib borgani sari progressiv
tartibda soliqqa tortiladigan bo‘lsa davlat budjetiga kelib tushadigan daromad hajmi yuqori
bo‘ladi. Boisi, mamlakatlar rivojlanishida daromad solig‘i yanada muhimroq daromad
manbaiga aylanishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni

bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi”. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son.
2.

A.Bektemirov, A. Taniyev, O.Ashurova, A.Mirzaxodjayev.Soliqlar va soliqqa tortish: O‘quv

qo‘llanma /Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Nashriyoti, 2023-256 bet. Samarqand.:
"STEP-SEL" MCHJ
3.

Soliqlar va soliqqa tortish A.V.Vahobov, A.S.Jo‘rayev. Toshkent. 2018-yil

4.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. –T.: “Adolat”, 2020. https://lex.uz.

5.

F.Sh.Shamsutdinov, Sh.F.Shamsutdinova. Chet mamlakatlar soliq tizimi. (Darslik). —T.:


background image

90

«Fan va texnologiya», 2011,508 bet. ISBN 978-9943-10-553-9
6.

Baratova, D.., & Olmosova , M. . (2024). O‘zbekistonda aholi mol-mulkini

sug‘urtalashning hozirgi holati, muammolar va rivojlantirish istiqbollari. Страховой рынок
Узбекистана, 1(7), 94–97. https://doi.org/10.55439/INS/vol1_iss7/135
7.

Valiyeva S.X. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uchun qo‘llaniladigan

soliq imtiyozlarining amaldagi holati va tahlili, YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT.
2024-yil, may. № 5-son. 220-226 b. https://yashil-iqtisodiyot-
taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/1871
8.

Жумаев, Ш. (2024). Ўзбекистонда республикасида солиқ тўловчиларга хизмат

кўрсатиш тизимини янада такомиллаштиришга масалалари . Страховой рынок
Узбекистана, 1(7), 68–69. https://doi.org/10.55439/INS/vol1_iss7/127

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son.

A.Bektemirov, A. Taniyev, O.Ashurova, A.Mirzaxodjayev.Soliqlar va soliqqa tortish: O‘quv qo‘llanma /Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Nashriyoti, 2023-256 bet. Samarqand.: "STEP-SEL" MCHJ

Soliqlar va soliqqa tortish A.V.Vahobov, A.S.Jo‘rayev. Toshkent. 2018-yil

O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. –T.: “Adolat”, 2020. https://lex.uz.

F.Sh.Shamsutdinov, Sh.F.Shamsutdinova. Chet mamlakatlar soliq tizimi. (Darslik). —T.: «Fan va texnologiya», 2011,508 bet. ISBN 978-9943-10-553-9

Baratova, D.., & Olmosova , M. . (2024). O‘zbekistonda aholi mol-mulkini sug‘urtalashning hozirgi holati, muammolar va rivojlantirish istiqbollari. Страховой рынок Узбекистана, 1(7), 94–97. https://doi.org/10.55439/INS/vol1_iss7/135

Valiyeva S.X. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uchun qo‘llaniladigan soliq imtiyozlarining amaldagi holati va tahlili, YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT. 2024-yil, may. № 5-son. 220-226 b. https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/1871

Жумаев, Ш. (2024). Ўзбекистонда республикасида солиқ тўловчиларга хизмат кўрсатиш тизимини янада такомиллаштиришга масалалари . Страховой рынок Узбекистана, 1(7), 68–69. https://doi.org/10.55439/INS/vol1_iss7/127