82
DIATOM SUVO’TLARNING BO’LIMI VAKILLARINING SISTEMATIKASI,
TARQALISHI VA AHAMIYATI
Qahramonova Zuhra Bahodirova qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
101 – guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15151903
Annotatsiya.
Bu tesizda diatomsuvo’tlarning tuzilishi qobiqlarining farqlari, turkum
turlarining soni, ahamiyatli vakillari, ko’payish xillari, sistematikasi, tarqalishi va ahamiyati
haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’z:
golji apparati, epiteka, gipoteka, protoplast, pigment, sovut.
Аннотация:
В дипломной работе даны подробные сведения о различиях в
строении панцирей диатомей, числе видов рода, важных представителях, типах
размножения, систематике, распространении и значении.
Ключевые слова
: аппарат Гольджи, эпитека, гипотека, протопласт, пигмент,
холод.
Abstract
: This thesis provides detailed information about the differences in the
structure of diatom shells, the number of species in the family, important representatives,
types of reproduction, systematics, distribution and importance.
Keywords
: Golgi apparatus, epitheca, hypotheca, protoplast, pigment, shell.
Diatom suvo’tlar tuban o’simlik orasida katta bo’limini tashkil etib, 10000 dan ortiq
turni o’z ichiga olgan. Ular bir hujayrali yosh koloniyali mikroskopik organizmlar
bo’lib,harorati va kimyoviyy tarkibi har xil bo’lgan dengiz va okean suvlarida, shuningdek,
chuchuk suvlarda bentos va plankton holda hayot kechiradi. Diatom suvo’tlar mikroskopda
qaralsa , ko’pchilik vakillarida yardo hujayra markazida iplarda o’rnashgan , ba’zi turlarida
tabaqaga yaqin joylashadi, bundan tashqari , hujayrada bitta yoki bir necha yadrochalar
hamda xromatin ipchalar bo’ladi. Ba’zi turlarida yadroning ikki tomonida juft bo’lib diktosoma
(golji apparati) joylashadi.
Diatom suvo’tlarning vegetativ ko’payishi bahorda va yozning boshlarida ro’y beradi.
Bo’linish oldidan hujayra protoplasti bo’kib hajmi kattalashadi va ikkala palla sovuti bir
biridan ajraladi. Shundan keyin hujayra yadosi mitoz yo’li bilan ikkiga bo’linadi, so’ng
protoplast ham ikki qismga ajraladi. Har qaysi protoplast yarimtadan sovutga ega bo’lib,
birida onadan o’tgan epiketka , ikkinchisida gipateka bo’ladi. Ularning ikkinchi yetishmagan
tomoni o’sib tiklanadi, ammo ikkala bola hujayralarning gavdasi gipotekadan kichik bo’ladi.
Shundan keyin bir hujayrali diatom suvo’tlarning qiz hujayralari ajralib ketadi, kolonial
vakillarida hosil bo’lgan qiz hujayralar tabaqa tomoni bilan birlashadi. Populyatsiyada alohida
o’suvchi bola hujayraklarning gavdasi tobora kichrayib, o’sishdan to’xtaydi, chunki ularning
o’sib kattalashishiga sovuti yo’l qo’ymaydi. Diatom suvo’tilarning vegetativ ko’payishini
matematik jihatdan quyidagicha bo’lingandan keyin 2 n hujayra va n+1 variant kattalikdagi
hujayra hosil bo’ladi. Ana shu vaqtdagi bir xil kattalikdagi hujayra hosil bo’ladi. Ana shu
vaqtda bir xil kattalikdagi hujayralar soni (x+y) n bo’lishi mumkin . Masalan, 4 marta
bo’lingandan keyin hujayralar soni 16 taga yetadi.
Diatom suvotlar hujayrasining shakliga qarab 2 sinfga ajratiladi. Bular:
1.Sentriksimonlar yoki shulasimonlar (Centrophyceae) sinfi.
83
2. Patsimonlar (Pennatophyceae) sinfi.
Patsimonlar (Pennatophyceae)
sinfi vakillarida hujayrasidan faqat tashkil topgan.
Ikkinchidan, tabaqalari o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, u doimo saqlanadi va diatom ikkita
simmetriya o’tkazish mumkin.Hujayra po’sti gomogen tuzilishga ega. Birinchidan, elektron va
sitokimyoviy tekshirishga ko’ra, hujayraning sovuti ichki va tashqi tomondan yupqa organik
moddadan suvo’tlarini sistemaga solishda muhim ahamiyatga ega. Tabaqalar mikroskopda
qaralsa, ular kichkina doira yoki qirrali katakcha shaklida ko’rinadi. Patsimonlar sinfining
ba’zi vakillarida harakat qilish xususiyatiga ega.Ularning harakati tabaqaning ichki qismini
qalinlashishidan hosil bo’ladigan tukchalar bilan bog’liq. Yorug’lik mikrosko’pda qaralsa,biri
markazda,boshqalari tukcha uchida joylashgan uchta tugunchani ko’rishimiz mumkin.Hujayra
sovuti chetlarida yaltiroq tugunchalar bo’lib,ulardan markazdagi tugunchaga qarab,biroz
bukilgan chiziq tortilgan,unga chok deb aytiladi.Patsimon diatom suvotlarning gofnema
vakillarida jinsiy ko’payish jarayoni matashuvchilar sinfining desmidiyasimonlarnikiga
o’xshash boladi. Patsimonlar sinfi- Tallomi bir hujayrali yoki kaloniyali shaklda bo’lib
ko’pincha chuchuk suv havzalarida ayrim vakillari dengizlarda tarqalgan.Hujayralari cho’ziq
yoki lansetsimon,ellipssimon,duksimon,ikki tamoni simmetrik sovuti patsimon shaklda.Jinsiy
ko’payishi konyugatsiyaga o’xshash.sinf vakillari choklarni tuzilishiga qarab to’rt guruhga
bo’linadi.
Sentriksimonlar sinfi –Centrophyceae
. Bu sinf vakillari dengiz va okeanlarda keng
tarqalgan plankton holda hayot kechiradi va organik modda hosil qilishda asosiy manba
hisoblanadi.Ular bir hujayrali va kaloniyali organizmlar bo’lib hujayrasi radial simmetrik
tuzilishga ega.Jinsiy ko’payishi ooganiya.Bu sinf vakillari sovutining shakli va tabaqalarining
maxsus belgilari bo’yicha beshta tartibga bo’linadi.
Diatom suvotlar har xil ekologik sharoitda tarqalgan bo’lib ba’zon suv havzalarida
uyushma hosil qiladi. Toza va sovuq suvlarda diatom suvotlarning maxsus florasi
o’sadi.Chirindiga boy suvlarda frustulina va tabellarya populyatsiyasi paydo bo’ladi.Diatom
suvotlarning tarqalishida suv tarkibidagi azot va fosfor tuzlari muhim ahamiyatga ega. Bunga
sabab azot va fosfor tuzlariifodalash mumkin. Ularning rivojlanishini tezlashtiradi. Diatom
suvotlarda suv havzalarini tarkibini aniqlashda indikator sifatida foydalaniladi. Masalan:
sentriksimonlar sinfi vakili planktanella vositasida Golfstrim suv oqimi aniqlanadi. Tabiatda
plankton holda tarqalgan diatom suvotlar o’siklik biomassasining asosiy qismini tashkil etib
oziqlanish zanjirining boshlanish shakli hisoblanadi. Diatom tog’ uni tarkibi 50-80%sovutdan
tashkil topgan. Suv havzalarida diatom suvotlar ko’payib ketsa baliq lichinkasining jabrasiga
o’rnashib uning o’lishiga olib keladi. Masalan Yapon dengizida molyuskalar maxsus o’stirilgan
lekin tezda qirilib ketgan. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki dengizda diatom suvo’tlarda
tallossiozira molyuskalarning jabrasiga o’rnashib nafas olish yo’llarini berkitgan natijada
molyuskalar qirilib ketgan.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Мустафаев С. Ботаника. «қитувчи», 2002 .
2.
Великанов Л.И. ва бош. Тубан ўсимликлар. Москва, МГУ, Тошкент 1995 й.
(русчадан қисқартирилган таржима).
3.
Курс низших растений. Под ред. Горленко М.В., М, «Высшая школа», 1981.