Авторы

  • Suxrob Husanov
    Navoiy davlat Pedagogika Instituti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.77401

Ключевые слова:

barqaror rivojlanish demografik bosim shahar monopoliyasi noqulay geourbanistik muhit ta’lim muassasalari.

Аннотация

Ushbu maqolada Samarqand viloyatining ijtimoiy sohasida Samarqand shahrining o’rnini naqadar yuqoriligini ko’rsatib berilgan, tahlil etilgan va xarita modeli ishlab chiqilgan. Shuningdek, ushbu ko’rsatkichlar shu yo’sinda saqlab qolinsa yoki shu tendensiyada o’sishda davom etadigan bo’lsa, shaharda ulkan demografik bosim vujudga kelishi hamda bu bosim ko’plab ekologik, infratuzilmaviy va boshqa muammolarga sabab bo’lishi ilmiy bashorat qilingan.


background image

78

SAMARQAND SHAHRI VA UNING IJTIMOIY SOHADA TUTGAN O‘RNI

Husanov Suxrob Samariddin o’g’li

Navoiy davlat Pedagogika Instituti Tabiiy fanlar fakulteti

Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15142086

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Samarqand viloyatining ijtimoiy sohasida Samarqand

shahrining o’rnini naqadar yuqoriligini ko’rsatib berilgan, tahlil etilgan va xarita modeli ishlab
chiqilgan. Shuningdek, ushbu ko’rsatkichlar shu yo’sinda saqlab qolinsa yoki shu
tendensiyada o’sishda davom etadigan bo’lsa, shaharda ulkan demografik bosim vujudga
kelishi hamda bu bosim ko’plab ekologik, infratuzilmaviy va boshqa muammolarga sabab
bo’lishi ilmiy bashorat qilingan.

Kalit so’zlar:

barqaror rivojlanish, demografik bosim, shahar monopoliyasi, noqulay

geourbanistik muhit, ta’lim muassasalari.

THE CITY OF SAMARKAND AND ITS PLACE IN THE SOCIAL FIELD OF THE

REGION

Abstract:

This article shows the high position of the city of Samarkand in the social

sphere of the Samarkand region analyzes and develops a map model. It is also scientifically
predicted that if these indicators are maintained in this direction or continue to grow in this
trend, a huge demographic pressure will arise in the city and this pressure will cause many
environmental, infrastructural and other problems.

Key words:

sustainable development, demographic pressure, city monopoly,

unfavorable geo-urban environment, educational institutions.

ГОРОД САМАРКАНД И ЕГО МЕСТО В СОЦИАЛЬНОМ ПОЛЕ ОБЛАСТИ

Аннотация:

в данной статье показано высокое положение города Самарканда в

социальной сфере Самаркандской области, анализируется и разрабатывается модель
карты. Также научно прогнозируется, что если эти показатели сохранятся в этом
направлении или продолжат, расти в этом направлении, то в городе возникнет
огромное демографическое давление и это давление вызовет множество
экологических, инфраструктурных и других проблем.

Ключевые слова:

устойчивое развитие, демографическое давление, городская

монополия,

неблагоприятная

геоурбанистическая

среда,

образовательные

учреждения.


Dunyo miqyosida har bir rivojlangan mamlakatning rivojlanish sabablarini

o’rganmaylik, taraqqiyot sabablari orasida albatta mamlakatda joylashgan shaharlarning
barqaror rivojlanishdagi o’rni katta ekanini ko’ramiz. Chunki, shaharlar bugungi global
dunyoda mamlakatlarning iqtisodiy qudratini belgilab beruvchi asosiy vositalardan biri
sanaladi. Shuningdek, shaharlar - bizning o'tmishimiz, hozirgi kundagi qudratimiz va
istiqbolda rivojlanish quvvati va imkoniyatimizdir [1]. Shu sababdan shaharlarning
demografik roli va urbanizatsiya darajasining barqaror rivojlanishdagi ahamiyatini
o’rganishning yildan-yilga dolzarbligi oshmoqda. Ammo ko’pchilik avtoritar mamlakatlarda
shaharlar rivojlanishi sun’iy dinamikada hamda rejalashgan holda amalga oshadi. Shaharlar


background image

79

o’rtasida o’zaro iqtisodiy raqobat bo’lmaydi hamda rivojlanish jarayoni bir xil suratda, xuddi
oldindan chizib qo’yilgandek amalga oshadi. Bunda shaharsozlik rivojida eng katta e’tibor
markaz shaharga qaratiladi. Natijada, ma’muriy birlik doirasida shahar monopoliyasi vujudga
keladi. Mustaqillik davrining dastlabki 20-30 yili davomida ko’plab Markaziy Osiyo
mamlakatlari shaharlarida ham ushbu jarayon kuzatilgan va mana shu noqulay geourbanistik
muhitning ta’siri hali ham shaharlarimiz rivojlanishiga salbiy ta’sir etib kelmoqda. Xususan,
Samarqand viloyatida ham juda katta ijtimoiy va demografik ko’rsatkichlariga ko’ra o’zi
joylashgan viloyatda yaqqol yetakchi rolini bajarmoqda.

Mazkur muammo oid masalalar A.S. Soliyev, S.K. Tashtayeva, M.M.Egamberdiyevalar

tomonidan o‘rganilib, tarixiy, madaniy, turistik, demografik va urbanistik jihatlari ochib
berilgan. Ammo, fikrimizcha Samarqand viloyatida joylashgan shahar va shaharchalarni
mamlakat va viloyat hayotidagi ijtimoiy ta’siri va rolini o‘rganish, chuqur tadqiq qilish bosh
vazifa sifatida qaralmog‘i lozim.

Samarqand shahri viloyatdagi asosiy ma’muriy hududiy birliklardan biri hisoblanib,

ijtimoiy sohalar bo’yicha ham viloyatning oldi ma’muriy birliklaridan biri sanaladi. Xususan,
ta’lim sohasida ushbu juda yirik shaharning viloyatda ancha ustun ko’rsatkichlarga ega
ekanligini ko’ramiz. Misol tariqasida, 2022-yil holatiga ko’ra, Samarqand shahrida viloyat
aholisining 13.9 % qismi yashagan holatda viloyatdagi jami maktabgacha ta`lim tashkilotlari
sonining 17.2 %i, ya’ni 921 tadan 159 tasi aynan markaz shahar hududida joylashganini
ko’rish mumkin. Shuningdek, viloyatda jami tarbiyalanuvchilar soni 155835 nafar bolani
tashkil bo’lib, shundan 18 %i ya’ni 28128 nafar aynan viloyatning markaz shahri bog’chalari
tomonidan qamrab olingan [2].

Shuningdek, 2022-2023-o’quv yili mobaynida Samarqand viloyatidagi jami 1310 ta

umumta’lim muassasasining 103 tasi aynan Samarqand shahrida ekani va bu mos ravishda
viloyat umumta’lim muassasalarining 7.8 %ini tashkil etgan.


background image

80

1-rasm. Samarqand viloyati ta’lim muassasalari xaritasi

Qo’shimcha qiladigan bo’lsak, o’quv yili davomida viloyatda jami 766856 nafar o’quvchi

maktablarda ta’lim olgan bo’lsa, shundan 13.9 %i ya’ni 107276 nafar aynan viloyatning
markaz shahri maktablaridan ta’lim olgan. Bu ko’rsatkichlar shahar maktablarida o’quvchilar
zichligining yuqori ekanini ham bildiradi. Tadqiqot davomida o’rta maxsus ta’lim
tashkilotlarining (kasb-hunar maktabi, kasb-hunar kolleji, texnikum va litseylar) ham katta
qismi birgina Samarqand shahrida joylashtirilganini ko’rish mumkin. Jumladan, Samarqand
viloyatida jami 88 ta o’rta-maxsus ta’lim muassasalari mavjud bo’lgan holda, shundan 22 tasi
viloyatning birinchi raqamli shahrida joylashgan. Muassasalarning deyarli 1/4 qismi birgina
Samarqandda joylashgani shaharning viloyatdagi ijtimoiy-ta’limiy obrusi nihoyatda yuqorilab
ketganini anglatadi. (1-rasm.)

Albatta, oliy ta’lim tashkilotlarini joylashtirishda shaharlarning demografik,

infratuzilmaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlari asos qilib olinadi. Samarqand viloyatida jami 14 ta
oliy ta’lim muassasasi mavjud bo’lgan holda shundan 11 tasi Samarqand shahridan o’rin
topgan. Qolgan 3 ta oliy o’quv yurtlari esa mos ravishda Kattaqo’rg’on shahri, Payariq va
Oqdaryo tumanlaridan o’rin topgan.[3]

Yuqorida ta’kidlangan ko’rsatkichlarga tayanadigan bo’lsak, Samarqand shahrining

viloyatdagi ijtimoiy va ta’limiy ahamiyatining ham nihoyatda yuqoriligi haqida xulosaga kelish
mumkin. Ushbu jarayon shaharning viloyatdagi immigratsiya markaziga aylantirib qo’yganligi
shaharda aholi zichligi oshishiga, bu esa markaz shaharda transport bosimi, atmosfera havosi
ifoslanishiga hamda nisbatan kichik maydondagi shahar hududiga katta demografik yuklama
yuklaydi.


background image

81

Dunyodagi murakkab demografik va siyosiy vaziyat fonida insonlarning yanada yashash

uchun qulay makonga bo’lgan intilishi ortib boraveradi. Kelajakda esa ushbu qulay makon
vazifasini albatta, shaharlar bajaradi. Shunday ekan, ushbu katta demografik bosimga
shaharlarni tayyorlash uchun masalaga ilmiy yondashuv bilan yondashishimiz kerak.
Samarqand viloyati markaziy qismi bo’lgan Zarafshon vodiysi qadimdan o’zlashtirilgan
madaniy yerlardan iborat bo’lishiga qaramasdan, keying yillarda asosiy mummoga aylanishi
kutilayotgan chuchuk suv muammosi hamda Respublikadagi ulkan demografik salohiyat
sabab ziroatchilik hududi bo’lmish Zarafshon vodiysi aholi uchun torlik qilib boraveradi. Shu
sababdan viloyat markazi - Samarqand shahri ulkan ta’limiy salohiyati sabab yaqin 10-20
yillikda nafaqat viloyatda balki Respublikadagi asosiy immigratsiya markazi maqomini saqlab
qoladi. Bu esa albatta shaharda ulkan ekologik va boshhqa turdagi muammolarning vujudga
kelishiga sabab bo’ladi. Bu muammolarni vujudga kelishini oldini olish uchun viloyatda
iqtsodiy korxonalar bilan birgalikda ta’lim muassasalarini ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarini
ham tumanlar aro qulay geografik o’rinlarga joylashtirish kerakligini anglatadi. Shundagina
biz viloyatning yadrosi hisoblangan Samarqandda ulkan demografik bosimlarni sezmaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Soliyev A.S., Tashtayeva S.K., Egamberdiyeva M.M., Shaharlar geografiyasi Т.: 2018, B-9.

2.

https://samstat.uz

3.

https://stat.uz

Библиографические ссылки

Soliyev A.S., Tashtayeva S.K., Egamberdiyeva M.M., Shaharlar geografiyasi Т.: 2018, B-9.