Авторы

  • Abduqodir Ozodbekov
    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya Yo’nalishi 101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.77407

Ключевые слова:

xlorofil oagamiya getrogamiya progamiya xramatafor xivchin harakat organlari.

Аннотация

Ushbu maqolada yashil suvoʻtlar boʻlimi hamda ularning tuzilishi va koʻpayish usullari, hujayrasining tuzilishi haqida ma’lumot beriladi.


background image

63

YASHIL SUVO’TLAR (CHLOROPHYTA) BO’LIMI TAVSIFI, TUZLISHI,

SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA AHAMIYATI

Ozodbekov Abduqodir Sherzodbek o’g’li

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya Yo’nalishi 101-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15128756

Annotatsiya

. Ushbu maqolada yashil suvoʻtlar boʻlimi hamda ularning tuzilishi va

koʻpayish usullari, hujayrasining tuzilishi haqida ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar

: xlorofil, oagamiya, getrogamiya, progamiya, xramatafor, xivchin, harakat

organlari.

Аннотация

:. В данной статье приведены сведения о делении зеленых водорослей,

их строении и способах размножения, строении их клеток.

Ключевые слова

: хлорофилл, оагамия, гетерогамия, прогамия, хроматофор,

ксивхин, органы движения.

Abstract

. This article provides information about the department of green algae, their

structure and methods of reproduction, and the structure of their cells.

Keywords

: chlorophyll, oagamy, heterogamy, progamy, chromatophore, cilia, locomotor

organs.


Yashil suvo’tlar ( Chlorophyta ) bo’limining hujayra xromotofori tarkibida xlorofill “ a”

va “b” boshqa karotinoid neoksantin, violaksantinin nisbatlariga ko’p bo’ladi.shuning uchun
ularning rangi tiniq yashil rangda bo’ladi. Yashil suvoʻtlar — tuban oʻsimliklar boʻlimi.
Hujayrasida yashil xlorofill mavjud. Yashil suvoʻtlarda yuksak oʻsimliklar tarkibidagi kabi
pigmentlar bor. Bir hujayrali, kolonial va koʻp hujayrali, baʼzilari hujayrasiz tuzilishga ega.
Hujayrasiz bir yadroli yoki kamdan-kam koʻp yadroli, sellyuloza qobiq bilan oʻralgan.

Bu suvoʻtlar asosan suvda yashovchi fotosintez qiluvchi organizmlar boʻlib, ularda

xlorofill pigmenti mavjud. Quyida ularning umumiy tuzilish xususiyatlari keltirilgan:

1. Hujayra devori: Yashil suvoʻtlar odatda sellyuloza va pektindan tashkil topgan hujayra

devoriga ega. Bu devor ularni tashqi taʼsirlardan himoya qiladi va shaklini saqlab turadi.

2. Sitoplazma va hujayra organoidlari: Suvoʻtlar sitoplazmada turli organoidlarga ega,

jumladan, mitoxondriylar, ribosomalar va yadro. Bu organoidlar hujayra metabolizmini
taʼminlaydi.

3. Xloroplastlar: Yashil suvoʻtlarning eng asosiy organoidi xloroplastlardir. Xloroplastlar

fotosintez jarayonini amalga oshiradi va xlorofill pigmenti tufayli ularga yashil rang beradi.

4. Vakuolalar: Suvoʻt hujayralarida katta vakuolalar boʻlib, ular suv va boshqa

moddalarni saqlashda ishtirok etadi.

5. Hujayra shakli va tuzilmasi: Yashil suvoʻtlar xilma-xil shaklda boʻlishi mumkin: bir

hujayrali, kolonial (guruh boʻlib yashovchi) yoki koʻp hujayrali shakllarda uchraydi. Masalan,
Chlamydomonas – bir hujayrali, Volvox – kolonial, Spirogyra esa koʻp hujayrali ip shaklidagi
suvoʻtlarga misol boʻladi.

6. Yadro: Genetik material – DNKni saqlaydi va hujayra faoliyatini boshqaradi.
7. Mitochondriya: Energiya ishlab chiqaruvchi organelladir.
6. Vakuola: Katta suyuqlik bilan to'la bo'lgan bo'shliq bo'lib, oziq moddalarni saqlaydi va

hujayraning suv balansini boshqaradi.


background image

64

8. Endoplazmatik to'r (ET): Moddalarni tashish va qayta ishlashda ishtirok etadi.
9. Golji apparati: Oqsillar va boshqa moddalarni qadoqlaydi va tashish uchun

tayyorlaydi.

Bu bo’lim 3ta sinfga ajratiladi bular:

1. Chin yashil suvo’tlar ( Chlorophyceae )

bu sinf 7ta qabilani o’z ichiga oladi.

Protokokklar, uloktrikslar, volvokslar, tetrasporalar, xetoforalilar, edogoniylar, sifonlilar,
sifonokladiyalilar.

2. Matashuvchilar ( Conjugatophyceae )

bu sinf bir hujayrali ipsimon suv zoosporalar

va gametalar hosil qilmaydi. Jinsiy koʻpayishi vegetativ hujayralarning matashish yoʻli bilan
boradi. Bunday jarayon konyugatsiya ham deb ataladi. Bu sinfga 3 ta tartib kiradi.
Mezotinlilar, zignemalilar, desmidiyumlar.

3. Xarasimonlar ( Charophyceae ).

Bu sinf vakillari hozirgi kunda faqat bitta tartibni

xarasimonlarni oʻz ichiga oladi. Keng tarqalgan turkumlari xara va Nutella hisoblanadi.

Yashil suv o’tlar 4 xil usul bilan ko’payadi. Bular:
1. Vegetativ ko‘payish: Suvo‘tlarning ayrim turlari hujayraning bo‘linishi orqali

ko‘payadi. Bu jarayon odatda oddiy bo‘linish orqali sodir bo‘ladi, bunda bitta hujayra ikki
yangi hujayraga bo‘linadi.

2. Jinsiy ko‘payish: Ba'zi yashil suvo‘tlar jinsiy ko‘payishga ega, bunda erkak va urg‘ochi

gametalar (jinsiy hujayralar) birlashib zigota hosil qiladi. Bu usul genetik xilmaxillikni
oshiradi.

3. Jinsiysiz ko‘payish (sporalar orqali): Yashil suvo‘tlar sporalarning tarqalishi orqali

ham ko‘payishi mumkin. Sporalar – maxsus hujayralar bo‘lib, ular qo‘lay sharoitda yangi
organizmlarga aylanadi. 4.

4. Fragmentatsiya: Ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlarning ayrim turlari, masalan, suv o‘tlari,

o‘z tanasining bo‘laklarga bo‘linishi orqali ko‘payadi. Har bir bo‘lak yangi organizmga aylanish
qobiliyatiga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

L. Velikenov. Tuban o’simliklar. Ziyo nuri, - Toshkent. 2002.

2.

Kursanov A.. va boshqalar. Botanika. Toshkent O’rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti.

1963.
3.

Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent “ O’zbekiston ” 2002.

4.

Tojiboyev Sh. Ch. Tuban o’simliklardan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent, “O’qituvchi”

1986.

Библиографические ссылки

L. Velikenov. Tuban o’simliklar. Ziyo nuri, - Toshkent. 2002.

Kursanov A.. va boshqalar. Botanika. Toshkent O’rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963.

Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent “ O’zbekiston ” 2002.

Tojiboyev Sh. Ch. Tuban o’simliklardan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent, “O’qituvchi” 1986.