12
O’ZBAKISTON TOG’LARIDA TARQALGAN JUNIPERUS L. TURKUMI BOTANIK
TAVSIFI, VAKILLARI VA AHAMIYATI
Qosimova Zebiniso Ravshanbek qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 101-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15171770
Abstract
: The article is devoted to the botanical description of plants of the genus
Juniperus L., distributed in the mountains of Uzbekistan, their representatives and ecological
significance. The genus Juniperus is one of the oldest and ecologically important groups of
plants. These plants are mainly found in mountainous and foothill areas and are highly
resistant, exhibiting resistance to drought and frost. The article analyzes in detail the
characteristics of plants belonging to the genus Juniperus, the biotopes in which they grow,
and their ecological role. Juniperus representatives distributed in the Tien Shan, Fergana and
Zarafshan mountains of Uzbekistan, especially such species as Juniperus communis and
Juniperus turkestanica, are discussed. The article also considers the use of Juniperus plants in
folk medicine and the construction industry, their economic and ecological significance, as
well as their role in preserving the nature of Uzbekistan. The article emphasizes the need to
increase the importance of Juniperus plants in ensuring ecological sustainability and
managing natural resources.
Keywords
: juniper, dome, apricot juniper, black juniper, Zarafshan juniper.
Аннотация
: Статья посвящена ботаническому описанию растений семейства
Juniperus L., распространенных в горах Узбекистана, их представителям и
экологическому значению. Род Juniperus — одна из древнейших и экологически
важных групп растений. Эти растения в основном встречаются в горных и предгорных
регионах, обладают высокой выносливостью и устойчивостью к засухе и холоду. В
статье подробно анализируются свойства растений семейства можжевеловых, их
биотопы и экологическая роль. Представители Juniperus, особенно Juniperus communis
и Juniperus turkestanica, встречаются в Тянь-Шане, Фергане и Зарафшанских горах
Узбекистана. Также в статье рассматривается использование растений можжевельника
в народной медицине и строительной отрасли, их экономическое и экологическое
значение, а также роль в сохранении природы Узбекистана. В статье подчеркивается
необходимость повышения значения растений можжевельника в обеспечении
экологической стабильности и рациональном использовании природных ресурсов.
Ключевые слова
: ель, купол, ель абрикосовая, ель черная, ель Зарафшанская.
O‘zbekistonning tog‘li hududlari o‘ziga xos flora va fauna boyligi bilan ajralib turadi. Bu
hududlarda ko‘plab o‘simlik turlari uchraydi, ulardan biri – ignabargli doim yashil daraxt va
butalar turkumiga mansub archa (Juniperus) hisoblanadi. Archa O‘rta Osiyo ekotizimida
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tuproq eroziyasining oldini olish, havoni tozalash, hamda o‘ziga
xos landshaft hosil qilish kabi ekologik funksiyalarni bajaradi. rcha (Juniperus) — sarvdoshlar
(Cupressaceae) oilasiga mansub doim yashil daraxt va butalar turkumi bo'lib, dunyo bo'ylab
70 ga yaqin turi mavjud. Ular bir jinsli, bir yoki ikki uyli, shamol yordamida changlanuvchi
ignabargli o'simliklardir. Archaning erkak qubbasi sarg‘ish, 3-6 changdonli qipiqsimon
changchilardan iborat. Urg‘ochi qubbalari yashil bo‘lib qarama-qarshi yoki oldinma keyin
o‘rnashgan urug’chi barg va urug‘kurtakdan iborat. Qubbalari yumaloq diametri 5 -20 mm
13
bo’lib, ichida 1-10 dona urug‘ bor. Archa mart-may oylarida gullaydi. Archaning ko‘pchiligi
o‘rta mintaqalarda o‘sadi. Archaning ba’zi turlari tropik hududlardagi tog‘larda uchraydi.
Masalan Sarv archa, O‘rik archa, Zarafshon archasi, Qora archa kabilar O‘rta Osiyoda xususan
O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan va ular maxsus archa zonalarini tashkil qiladi. Archa Shimoliy
yarimsharlarda ham bo‘lib katta-katta o‘rmonlar hosil qiladi. Archa juda ham foydali, dorivor,
xushmanzara o‘simlik hisoblanadi. Archa asab sistemasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning
uchun archa yog‘ochlaridan tayyorlangan yostiqlar ham mavjud. Ular asabni tinchlantirish
bilan nerv sistemasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Undan chiqadigan hid bakteriyalarni yo‘qotadi.
Shamollash, uyqusizlik va bo‘g‘im kasalliklarida archa yostiqlaridan foydalaniladi. Qadimda va
hozirda ham ba’zi joylarda chaqaloqlarning qovuzloqlarini tozalashda archaning quritilgan
barglaridan foydalaniladi. Archa revatizm kasalligiga ham davo bo’ladi.
XULOSA.
Archaning xo'jalikdagi ahamiyati katta: Yog'ochi: me'morchilikda,
o'ymakorlikda va qalam yasashda ishlatiladi. Xushmanzara o'simlik: ba'zi turlari dekorativ
maqsadlarda foydalaniladi. Qubbalaridan olinadigan moddalar: turli moddalar (efir moyi,
qatron, qand, mum va organik kislotalar) olinadi. Tibbiyotda qo'llanilishi: qubbasining
damlamasi siydik haydovchi, balg'am ko'chiruvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi dori
sifatida ishlatiladi. O'rta Osiyodagi turlaridan olinadigan efir moyining sedrol fraksiyasi esa
jarohatni, suyakning teshilib oqishini davolashda qo'llaniladi. Archa daraxtlari tuproqni
mustahkamlash, eroziyani oldini olish va ekologik muvozanatni saqlashda muhim rol
o'ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Razakova G.H., Tojiboyev M.U. "O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan Juniperus L. turkumi
botanik tavsifi, vakillari va ahamiyati". Universal xalqaro ilmiy jurnal, Jild 1, №9 (2024),
2.
"Archa (Juniperus turkestanica) ning O‘zbekiston tog‘larida tarqalishi va ekologik
ahamiyati". INASHR, 2023.
3.
"O‘zbekiston florasi: Hisobot 2024". O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
Botanika instituti, 2024.
4.
"Manzarali o‘simliklar" o‘quv qo‘llanmasi. Namangan Davlat Universiteti, 2025.
5.
Zaxarov V.B..Mamatov S., Обшая биология. M., 2002;