76
DORIVOR KATTA ZUBTURUM (PLANTAGO MAJOR L.) XALQ
TABOBATIDAGI AHAMIYATI
Raxmatova Munisa
Alfraganus Universiteti
Tibbiyot kafedrasi, davolash ishi yo’nalishi
4-kurs 408-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15234064
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Katta zubturum ( Plantago major L.) haqida umumiy
ma’lumot, geografik tarqalishi, mahsulot tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi, qo’llaniladigan
qismi hamda dorivor preparatlari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zi
: Katta zubturum (Plantago Major L.) Zubturumdoshlar- Plantaginaceae oilasi,
plantoglutsid preparati, nastoyka, teri, kuydurgi, nafas yo’li, me’da-ichak,
Annotation:
This article provides general information about Plantago major L.,
geographical distribution, appearance of the product, chemical composition, used part, and
medicinal preparations.
Key word:
Big zubturum (Plantago Major L.) Zubturum family - Plantaginaceae family,
plantoglucide drug, nastoyka, skin, anthrax, respiratory tract, gastrointestinal tract.
Аннотация:
В статье представлены общие сведения о Plantago major L.,
географическом распространении, внешнем виде продукта, химическом составе,
используемой части и лекарственных препаратах.
Ключевые слова:
Зубтурум большой (Plantago Major L.) Семейство Зубтурум -
семейство Подорожниковые, препарат плантоглюцид, настойка, кожа, сибирская язва,
дыхательные пути, желудочно-кишечный тракт.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi “O’zbekiston
Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3968-
sonli qarori
So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
fuqarolarning zamonaviy tibbiy xizmatlarga, dori-darmonlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan
imkoniyatlarini kengaytirdi, shuningdek, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligi
yaxshilanishiga olib keldi.
O‘tkir va murakkab kasalliklarni davolashda xalq tabobati muhim ahamiyat kasb etadi,
tabiblarning xizmatlariga aholining turli qatlamlarida katta ehtiyoj sezilmoqda.
Xalq tabobati sohasida yetakchi mahalliy va chet el tibbiyot muassasalari hamda
sog‘lomlashtirish amaliyot markazlari bilan yaqin hamkorlik qilish asosida xalq tabobati
mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish.
Katta zubturum (Plantago Major L.) Zubturumdoshlar- Plantaginaceae oilasiga mansub
bo’lib, kalta va yog’on ildizpoyali, poyasiz ko’p yillik o’t o’simlik. Yer ustki qismini ildizoldi
barglari va 10-15 sm balandligdagi gul o’qi tashkil qiladi. Barglari uzun, qanotli bargli, keng
tuxumsimon yoki keng ellipissimon, tekis qirrali, 3-9 ta yoysimon asosiy tomirli bo’ladi.Gul o’qi
bitta yoki bir nechta. Mayda, ko’rimsiz, to’rt bo’lakli gullari o’qi ichidagi boshoqsimon to’pgulga
joylashgan. Mevasi-tuxumsimon, ko’p urug’li ko’sakcha. Zubturum iyun-sentabr oylarida
gullaydi va mevasi yetiladi.
77
(a)
(b) (c)
a)o’simlik umumiy ko’rinishi; b)o’simlik bargi va urug’i; c) o’simlik gullaganda
ko’rinishi
Geografik tarqalishi.
Sobiq Ittifoqning hamma tumanlarida yo’l yoqalarida, dalalarda,
ekinzorlarda, o’tloqlarda, o’rmon chetlarida, ariq bo’ylarida hamda boshqa nam yerlarda o’sadi.
Qo’llaniladigan qismi.
Yer ustki qismlari.
Kimyoviy tarkibi.
O’simlikning yer ustki qismi tarkibida 0.1% efir moyi, shilliq moddalar,
saponinlar, aukubin glikozidi, C vitamini (300mg% gacha) va K vitamini, 4.5-32.91 mg%
karotin, flavonidlar (lyuteolin, apigenin, baykalalien va ularning glikozidlari), organik
kislotalar, oshlovchi va boshqalar) urug’ida 22%gacha yog’, 44%gacha shilliq va boshqa
biologok faol moddalar mavjud.
Katta zubturumning dorivorlik xususiyatlari.
Katta zubturumning dorivor
preparatlaridan (damlamasi, yangi yig’ib olingan bargi yoki yer ustki qismining konservatsiya
qilingan shirasi, shirasidan tayyorlangan plantoglusit preparadi) meda-ichak kasalliklari
(gastrit, enterid, enterokolid), yog’on ichakning yallig’lanishi, meda va o;n ikki barboq
ichakning yara kasalligini davolashda foydalaniladi. Bundan tashqari, meda shirasining
kislotaligini kamayib ketgan holda ham ishlatiladi. Bargi yoki yer ustki qismi shirasi bilan
tuzalishi qiyin bo’lgan kolit kasalligi va yaralar davolanadi.
Zubturum bargi yo’talga qarshi ishlatiladigan yig’malar- choylar tarkibiga kiradi.
Zubturum qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng ishlatib kelingan
o’simlik hisoblanadi. Uning bargi bilan Abu Ali ibn Sino o’z vaqtida qiyin bitadigan yaralarni,
shishlarni (xavfli shishlarni ham), ko’z yallig’lanishi, jigar, buyrak va boshqa kasalliklarni
davolagan hamda qon to’xtatish uchun ishlatgan. Jigar va buyrak kasalliklarini hamda qon
tupurishda bemorga zubturum urug’ining qaynatmasini ichirgan.
Bargidan tayyorlangan damlamasi yoki quritilmagan barg shirasi xalq tabobatida nafas
yo’llari, ko’z, teri, bezgak, yo’g’on ichak yallig’lanishi va turli yuqumli kasalliklarni hamda
kuydirgini davolashda ishlatiladgan
Zubturum urug’idan tayyorlangan qaynatmasi yoki shakarga aralashtirib qovurilgan
urug’i bilan yo’tal, isitma va boshqa kasalliklar davolanadi. Zubturumning yangi yig’ilgan
bargini ezib teng miqdorda shakar aralashtiriladi va issiq joyda 3 hafta saqlanadi. So’ng shu
aralashmadan ajralib chiqqan shiradan kuniga 3-4 choy qoshiqda o’pka va meda raki kasalligini
davolash uchun bemorga ishlatiladi.
78
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi “O’zbekiston
Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3968-
sonli qarori respublika tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”,
“Tibbiyot-pedagogika ishi” bakalavriat yo‘nalishlaridagi o‘quv dasturlariga xalq tabobati
bo‘yicha maxsus o‘quv siklini joriy etish;
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida xalq tabobati kafedrasi va “Xalq
tabobati” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursini tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Xalq tabobati usullaridan
foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiya
tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-sonli qarori.
2.
E.T.Berdiyev, E.T.Axmedov Tibbiy dorivor o’simliklar. Toshkent-2018
3.
H.X.Xolmatov O’.A.Ahmedov Farmakognoziya. Toshkent-2021