91
SURXONDARYO SUR QORAKO‘L QO‘YLARINING “QUMSIMON” ZAVOD TIPI
R.V.Xudoyberdiyev
Mustaqil tadqiqotchi,
D.Yu.Abduzoirova
Rangli qorako‘l qo‘ylari seleksiyasi bo‘limi mudiri, q.x.f.f.d (PhD), K.I.X.,
O‘.X.Aripov
Genitika va genofond bo‘limi mudiri, q.x.f.d, professor
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti
e-mail: uzkarakul@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15259350
Annotatsiya.
Maqolada Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylarining “qumsimon” zavod tipiga
mansub qo‘y va qo‘zilarning o‘ziga xosligi, yangiligi, farqlanishi, turdoshligi kabi bir qancha
ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Surxondaryo suri, “qumsimon” zavod tipi, dag‘al jun, teri tipi,
ipaksimonlik.
Annotation.
The article provides information on several indicators of Surkhandarya sur
Karakul Sheep, such as the specificity, novelty, differentiation, homogeneity of sheep and
lambs of the “Sandy” plant type.
Keywords:
Surkhandarya suri, “Sandy” factory type, coarse wool, skin type, silximony.
Mamlakatimizning cho‘l hududlarida urchitiladigan qorako‘l qo‘ylaridan olinadigan
mahsulotlar juda xilma xildir. Qorako‘l qo‘ylarining asosiy mahsuloti bo‘lgan qorako‘l terilari
o‘zining naqshinkorligi, rangbarangliklarining turli-tumanligi va jozibadorligi bilan ajralib
turadi. Tarmoqda yetishtirilayotgan qorako‘l terilariga tashqi va ichki bozorda talab katta,
ammo so‘nggi yillarda qorako‘l terilarni ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatilmoqda.
O‘zbekiston qorako‘l qo‘ylari yaratilgan zamin hisoblanadi. Shu sababli bu zot bizning
milliy boyligimizdir. Bugungi kunda qorako‘lchilikni rivojlantirish, sohaning dunyo
miqyosidagi ahamiyatini yanada oshirish dolzarb masalalardan biriga aylangan. Buni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni hamda 2020-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasida Pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF–6059-sonli Farmonlarini qabul qilinishi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
[1] ta’kidlashicha, qorako‘l qo‘zilarining teri gul o‘lchami ularning konstitutsiyasi bilan
bog‘liq bo‘lgan muhim seleksion belgisidir.
[2] fikriga ko‘ra, sur rangli qorako‘l qo‘zilar teri gul o‘lchamlari bo‘g‘ozlikning
rivojlanishi, qo‘zilar konstitutsiyasi, tug‘ilgandagi tirik vazni, ota-onalarining gul o‘lchamlari
orasida bevosita bog‘liqligi, rang qanchalik to‘q bo‘lsa uning gul o‘lchami shuncha kichrayishi
yoki aksincha bo‘lishi kuzatilgan. Bu belgi yuqori seleksiya-naslchilik ishida nafaqat qimmatli
va chiroyli rangbaranglikdagi, shu bilan birga bir xil tipdagi maqsadga muvofiq gul o‘lchamiga
ega bo‘lgan terili qo‘zilar olish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda yanada xaridorgir terilarni ko‘paytirish maqsadida Qorako‘lchilik va
cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan
“Qumsimon rangbaranglikdagi sur
qorako‘l qo‘ylarining “Surxondaryo” zavod tipi” yaratilmoqda. Ayni kunlarda ushbu
zavod tipi bilan bog‘liq rasmiylashtirish ishlari so‘nggi bosqichda. Bu zavod tipining
92
mahsuldorlik yo‘nalishi – dag‘al junli; hayvon teri (mo‘yna) tipiga, po‘stinbop yo‘nalishga
to‘g‘ri keladi. Dumining oxiri ingichkalashgan, S-simon shaklda. Dumi uzun, dum asosida
yostiqchasimon yog‘ to‘planishiga ega. Junning asosiy rangi sur, “qumsimon”, jun tuzilishi-
kokilchali. Jun bilan qoplanishi-zich. Ter-yog‘ miqdori-o‘rta.
Qo‘chqorlar mustahkam konstitutsiyali, burama shoxli, qo‘ylarning tana tuzilishi
mustahkam, shoxsiz. Qo‘ylar va qo‘chqorlar o‘rta tirik vazn va rivojlanish ko‘rsatkichlariga
ega. Quloqlari osilgan, tana shakli-dumaloq, bel kengligi-o‘rtacha. Konstitutsiyasi–mustahkam.
Sovliqlarning serpushtligi va sutdorligi-o‘rtacha.
Qo‘zilarda gullar yarim doira qalam gul shakliga ega, jun qoplami sifatining yaxshiligi
bilan xarakterlanadi. Qo‘zilarning jun tola qoplami kuchli pigmentlangan, kalta va o‘rta
uzunlikda, quyuq, yarim yaltiroq va ipaksimon, yarim doirali “qumsimon” rangbarangligi.
Terisi juda zich, yupqa, sathi 1200-1450 sm
2
.
Qorako‘l terilari orasida Surxondaryo sur terilari alohida ajralib turadi. Ipaksimonligi,
yaltiroqligi, ranglarining jozibadorligi bilan hammada qiziqish uyg‘ota olganligi sababli talab
yuqori va narxi ham boshqa terilarga nisbatan qimmat. Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on
tumani “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ xo‘jaligida olib borilgan 20 yillik mashaqqatli
seleksiya ishlari natijasida zavod tipi yangi ekologik sharoitda Surxondaryo sur qorako‘l
qo‘ylarini bir necha marotaba maqsadli tanlash va ularni gomogen juftlash va ularda qimmatli
irsiy xususiyatlarni mustahkamlash natijasida yaratilgan. Zavod tipiga mansub qo‘ylar
barqaror irsiy salohiyaga ega, maqsadga muvofiq gul tipiga ega qo‘zilar 65-70%, qimmatli
rangdagi qo‘zilar chiqimi 85-90% ni tashkil etadi. Seleksiyalanuvchi tipga mansub qo‘zilar
chiqimi 82,0-86,0% gacha yetadi.
Tog‘ oldi yarim cho‘l hududida ilk bor o‘rta va yirik sathli yuqori sifatli, yarim doira
qalamgul tipli Surxondaryo suriga mansub qorako‘l mahsuloti beruvchi Surxondaryo sur
qorako‘l qo‘ylari olingan. Patent uchun talabbnoma berish davriga nasl materiali boshqa
shaxslarga urchitish yoki foydalanish uchun berilmagan va sotilmagan. Ushbu zavod tipidagi
qo‘ylar faqat “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ xo‘jaligida urchitilmoqda.
Bugungi kunda qumsimon zavod tipini mahsuldorligini yanada oshirish, uning biologik
potensialidan to‘liqroq foydalangan holda olinadigan mahsulotlar sifatini va hajmini
ko‘paytirish, suruvlarini kengaytirish borasidagi ishlar institutning “Genofond va genetika”
bo‘limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Zavod tipiga xos qo‘ylar sonini ko‘paytirib,
Respublikamizning tog‘ oldi hududlari va yarim cho‘l maydonlariga ega maydonlariga sotish
orqali qimmatli terilarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ushbu
turdagi terilarni qo‘shni mamlakatlarga va chet elga eksport qilish bo‘yicha ham izlanishlar
davom etmoqda. Ayniqsa, Rossiya va Kavkaz davlatlarida shu rangbaranglikdagi qorako‘l
terilariga ehtiyoj yuqori.
93
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Aripov U.X., Abduzoirova D.Y., Imomov X. Karakul sheep of gray color (shirozi),
characteristics of karakul sheep and the problem of distribution of their assortment. Journal
of Agriculteral & Horticulture. ISSN (Ye): 2770-9132. Volume 3, Issue 1, January.48-
52p.www.internationalbulletins.com.
https://zenodo.org/records/7593249
2.
Юсупов С.Ю. Kонституционалная дифференцияция и продуктивност каракульских
овец.-Ташкент. 2005.-с.240.