98
OSHQOZON ICHAK KASALLIKLARI VA ULARNI OLDINI OLISH
Alimardonova Mutabar Xolmoʻminovna
SHDPI tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi.
Usmonova Suğdiyona Sherzod qizi
ShDPI Biologiya yo'nalishi 2 kurs talabasi
Shernazarova Dilnura
ShDPI Biologiya yo'nalishi 2 kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15278987
Annotatsiya
. Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib eng ko’p uchraydigan oshqozonichak
kasalliklari bilan tanishib chiqamiz.Maqolada gastrit, pilorus,ingichka ichakkasalliklari,yog’on
ichak kasalliklarini korib chiqamiz.
Kalit sõzlar
: Gastrit, ingichka ichak, yõğon ichak, pilorus, kiron kasalligi.
Kirish:
Hozirgi paytda oshqozon ichak kasalliklari tushunchasi keng tarqalgan atama
bulib u tibbiyot,meditsina va klinik psixologiya sohasida qo'llaniladi.Qanday muammolar
oshqozonga taʼsir qilishi mumkin .Kasalliklar ko'pincha onkologiya sohasiga yõnaltiradi.Bu
holatda oshqozon saratoni haqida gapirish odatiy holdir bu esa, barcha saratoni kasalliklarini
taxminan 40%ni tashkil etadi.Kasallik sababi hali Fanga ma'lum emas biroq shifokorlarning
taxminiga ko'ra, taxminan 15% erkaklar shuningdek keksalar va spirtli ichimliklarga
oshqozon saratoni ehtimoli ko'proq. Yana bir sabab merosxo'r olishi mumkin.
Oshqozon - ichak kasalliklari — oshqozon-ichak trakti, yaʼni qiziloʻngʻach, oshqozon,
ingichka ichak, yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak va ovqat hazm qilishning yordamchi organlari,
jigar, oʻt pufagi va oshqozon osti bezi bilan aloqador boʻlgan kasallik turidir.Oshqozon
kasalliklari deganda oshqozonga taʼsir qiladigan kasalliklar tushuniladi. Oshqozonning har
qanday sababga koʻra infeksiyasi bilan yalligʻlanishi gastrit deb ataladi va oshqozon-ichak
traktining boshqa qismlarini qoʻshganda gastroenterit deb ataladi. Gastrit surunkali holatda
davom etsa, u atrofik gastrit, pilorik stenoz (oshqozondan ingichka ichakning birinchi qismiga
(pilorus) teshikning torayishi) va oshqozon saratoni kabi bir qancha kasalliklar bilan
bogʻliqdir. Yana bir keng tarqalgan:Oshqozon kasalligi holat — oshqozon yarasi yaʼni
shikastlanishidir. Yaralar oshqozon shilliq qavatini buzadi, bu oshqozon toʻqimasini oshqozon
kislotalaridan himoya qiladi. Peptik yaralar koʻp hollarda bakterial Helicobacter pylori
(odatda oshqozonda topiladigan, gram-manfiy, mikroaerofil, spiral (spiral) bakteriya)
infeksiyasidan kelib chiqadi. Epstein-Barr virusi infeksiyasi oshqozon saratonini
qoʻzgʻatadigan yana bir omildir.Oshqozon yarasi bilan bir qatorda gʻayritabiiy arteriyalar yoki
tomirlarning yorilishi natijasida Dieulafoy lezyoni (koʻpincha oshqozon devorida
(submukozal) eroziya va qon ketadigan katta burilishli arteriola bilan tavsiflangan tibbiy
holat) va oshqozon antral tomir ektaziyasini oʻz ichiga oladigan qon qusish holati ham boʻlishi
mumkin. Oshqozonning tugʻma kasalliklari oʻz ichiga parietal (bosh suyagining tepa qismiga
oid) hujayralarga qarshi B12 vitaminini singdira olmaslikka olib keladigan zararli anemiyani
ham oladi. Oshqozon kasalligiga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa umumiy simptomlar
orasida ovqat hazm qilish buzilishi yoki dispepsiya, qusish va surunkali kasalliklarda ovqat
hazm qilish muammolari, toʻyib ovqatlanmaslik shakllari kiradi.
Gastrit — oshqozon shilliq pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, sabablari: sifatsiz
ovqatlanish, ovqatlanish tartibining buzilishi, dag‘al, o ‘ta achchiq ovqat, spirtli ichimliklar
iste’mol qilish ham katta ahamiyatga ega. Gastrit o4kir va surunkali bo£ladi.0 ‘tkir gastrit
99
kataral, flegmonoz va yiringli bo‘ladi. 0 ‘tkir gastrit, shilliq pardaga ta’sirlovchi moddalar ta’sir
qilganda yoki undan toksik moddalar ajralib chiqqanda (uremiya va infeksion kasalliklarda)
kelib chiqadi. Bunda, shilliq parda qalinlashib, qonga to ‘lishib qoladi, ba’zan shilliq pardada
erroziyalar paydo bo‘ladi.Flegmonoz gastritda, shilliq parda yiringli infiltratsiyaga uchraydi.
Ba’zan jarayon shilliq osti, mushak, serroz pardaga o‘tib, peretonitga olib keladi.0 ‘tkir gastrit,
tez-tez qaytalanib, oxirigacha davolanmasa surunkali gastritga aylanadi. Yana, u «В» vitamin
komleksi yetishmasligidan kelib chiqadi. Kasallikda shilliq parda gipertrofiyaga uchraydi va
gipersekretsiya kuzatiladi. Ba’zan, gipertrofiya - atrofiya bilan almashinadi, oshqozon
burmalari kamayib, shilliq parda yupqalashib, sekretsiyasi kamayadi.Yara kasalligi, ko‘p
uchraydigan kasallik bo‘lib, gastrit, allegiya, ayrim dori-darm onlar, spirtli ichimliklar,
ovqatlanishning buzilishidan kelib chiqishi mumkin. Neyrogen faktor - stress, katta
ahamiyatga ega. Yaralar yakka, dumaloq yoki oval shaklida chraydi ). Ba’zan bir nechta yara
ham bo‘lishi m um kun, diametri 1-6 sm. Y aralar ko‘pincha, oshqozonning kichik egriligida,
plorik qismida, 12 barmoqli ichakning boshlanish qismida joylashadi. Yara kasalligi,
ko‘pincha, oshqozon sekretsiyasini oshishi bilan boshlanadi - oshqozon shirasida xlorid
kislota ko‘payib ketadi.U, yara ichiga kirib, nerv oxirlarinita’sirlab, og‘riq keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari xlorid kislota qon tom irlarni yemirib, qon oqishiga ham olib keladi va bem
orlarda anemiya paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yara chetlari boğlab chandiqlanish,
regeneratsiya jarayoni ro ‘y beradi va bunday yara qadoqlashgan - kallez yara deyiladi. Og‘ir
hollarda yara oshqozon pardalarini teshib, ichidagi massa qorin boshlig‘iga tushadi va
peretonit rivojlanadi. Ba’zan, yara atrofdagi a’zolarga kirib o‘sadi, bunday yara
penetirlanuvchi yara deyiladi. Yara kasalligi surunkali kasallik bo‘lib, og‘ir hollarda, rakka ham
aylanishi mumkin.Ingichka ichak, silliq pardasini yalliğlanishiga enterit deyiladi. Sabablari:
sifatsiz ovqatlanish, toksik m oddalar ta ’siri, infeksiya, gelmintozlar. Yana enterit dag‘al, eski
ovqatlardan, allergik faktorlardan ham kelib chiqadi. Enterit o ‘tkir va surunkali kechadi.0
‘tkir enteritta shilliq parda shishib, qonga to‘lishib, qon tomirlar kengayib ketadi. Ba’zan,
mayda eroziyalar paydo boğladi. Bemorni kõngli ayniydi, qayt qiladi, ichi kuniga 5 -6 marta
ketadi, axlatda qon, yiring bo‘ladi. 0 ‘tkir enterit tez-tez takrorlanib, oxirigacha davolanmasa
surunkali enterit kelib chiqadi.Surunkali enteritda aw al shilliq parda atrofiyasi rivojlanadi,
keyinchalik asta-sekin atrofik enteritga o‘tadi, natijada so‘rilishi va hazm buziladi.Kolit yo‘g‘on
ichakning yallig£lanishidir. U ichakning biror qismi, (tiflit, transverzit, sigmoidit, proktit) yoki
hamma qismida rivojlanishi mumkin. Kolit infeksiyalar (dizenteriya), surunkali xolesistit,
gastrit, enterit, allergik faktorlardan kelib chiqadi. Kolit õtkir va surunkali kechadi. 0 ‘tkir
kolitda shilliq parda shishib, qon tom irlar kengayib ketadi, ba’zan yaralar ham paydo
bo‘ladi.Surunkali kolitda aw al shiliq parda atrofiyasiz, keyin esa astasekin atrofiyalik kolitga
aylanadi. Kolitda ich qotishi - qabziyat, qorin dam bo‘lishi — meteorizm, intoksikatsiya
kuzatiladi. Kolitning asorati: ichakni perforatsiyasi, qon oqishlar, yõğon ichakni stenozi, og‘ir
hollarda esa rakka ham aylanishi mumkin.K o‘r ichakni chuvalchangsimon õsimtasining
yiringli yalliğlanishi — appendisit deyiladi. U chuvalchangsimon õsimtaga ichaklardan, qon va
limfa tomirlari orqali infeksiya kirishi sabab bo£ladi. Najas toshlari yoki ichak parazitlari ham
kasallikni keltirib chiqarishi mumkin.
Appendisitning õtkir va surunkali turlari farqlanadi. Õtkir appendisit quyidagilarga
bõlinadi.
1. Kataral — õsimta devorlari shishib, nuqtasimon qon quyiladi.
100
2. Flegmonoz — õsimtaning keskin qalinlashuvi, yuzasida fibrinoz parda, bõshliğida
yiringli suyuqlik bõlishi kuzatiladi.
3. Gangrenoz — õsimta shalvirab, bõshliğida tõq rangli, qoramtir, yiringli suyuqlik
bõlishi kuzatiladi.Surunkali appendisitda õsimta bõshliği bitib, õsimta chandiqli õzgargan
bõladi.Appendisit õng yonbosh sohasida ogriq bolishi bilan xarak-terlanadi. Ba’zan og‘riq
kindik sohasiga, songra yonbosh sohasiga o‘tib, ko‘ngil aynishi va qusish bilan kechadi.Bundan
tashqari, qator klinik simptomlar ham bo'ladi. Sitkovskiy simptomi — bemor chap biqinini
bosib yotganida o ‘ng yonboshi sohasida og£riq paydo bo'ladi. Rovzing simptomi — chap
yonbosh sohasi kaft yoni bilan bosilsa, o‘ng yonbosh sohasida og‘riq bo'ladi. Bundan tashqari,
Shetkin-Blumberg simptomi musbat, o‘ng yonbosh sohasi qorin mushaklarining
taranglashishi, haroratning ko‘tarilishi, leykositlar miqdorini 12000-20000 gacha
ko4arilganligi qayd qilinadi. 0 ‘simta yorilganda peretonit kelib chiqadi.Qorin pardaning
yallig£anishiga peretonit deyiladi. Peretonitga qorin boshligining jarohatlari, oshqozon-ichak
yara kasalliklari, appendisit, xolesistit va boshqa kasalliklar sabab bolishi mumkin. Ichki
a’zolar yorilganda, awaliga «xanjarsimon» og‘riq qayd qilinadi. Keyinchalik og‘riq biroz
pasayadi, bemor oyoqlarini qorniga tortib yotadi, yuz qiyofasi otkirlashgan, kozlari kirtaygan,
rangi kulrang-zaxil bolib, «Gippokrat qiyofasi» deyiladi. Bemorning harorati 38-39 °C gacha
kotariladi, keyin normaga tushadi. Haroratning pulsdan orqada qolishi xarakterli bo‘lib, bu
«qaychi simptomi» deyiladi. Puls tezlashadi, arterial bosim pasayadi, tili qurib, karash
qoplaydi va ketma-ket qusadi.Yoʻgʻon ichakka taʼsir qiladigan kasalliklar toʻliq yoki qisman
taʼsir qilishimumkin.
Apandisitis — bu appendisning yalligʻlanishi natijasida yuzaga keladigankasalliklardan
biri. Yoʻgʻon ichakning umumiy yalligʻlanishi kolit deb ataladi. Agar bunga Clostridium difficile
(jiddiy diareya infeksiyalarini qoʻzgʻatuvchi va yoʻgʻon ichaksaratonini ham keltirib chiqarishi
mumkin boʻlgan bakteriya) bakteriyalari sababboʻlsa, psevdomembranoz kolit deb ataladi.
Divertikulit (yoʻgʻon ichak devorida rivojlanishimumkin boʻlgan gʻayritabiiy qopchalarning
yalligʻlanishi) qorin ogʻrigʻining keng tarqalgansababidir, ayniqsa yoʻgʻon ichakka taʼsir qiladi.
Funksional yoʻgʻon ichak kasalliklari maʼlumsababsiz kasalliklarni, shu jumladan irritabiiy
ichaksindromini va ichakningpsevdoobsruksiyasini anglatadi. Qabziyat hayot tarzi omillari,
toʻgʻri ichakdagi qattiq axlatningtaʼsiri yoki yangi tugʻilgan chaqaloqlarda Hirschprung (ichak
qismlarida nervlaryetishmasligidan kelib chiqadigan tugʻma nuqson, keng tarqalgan alomati
— ich qotishi)kasalligidan kelib chiqishi mumkin.Yoʻgʻon ichakka taʼsir qiladigan kasalliklar
axlat bilan qon kelishiga olib kelishimumkin, shuningdek, ich qotishi yoki qorin ogʻrigʻi yoki
isitmaga olib keladi. Yoʻgʻon ichakning vazifasini maxsus tekshiradigan testlar orasida qorin
boʻshligʻi rentgenogrammalari vakolonoskopiya tekshiradi.
XULOSA
: Ushbu kasalliklar bugungi kunda asosan spirtli ichimliklar va achchiq
mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqmoqda va kuchli og’riqqa sabab
bo’lmoqda.Buni oldini olish uchun sog’lom turmush tarziga rioya qilish zarur hisoblanadi
.Agar sog'lom turmush tarziga rioya qilsak hech qanday kasalliklarga duchor bulmaymiz
bundan tashqari oshqozon kasalliklarini oldini olishimiz uchun meva va poliz ekinlarini
yaxshilab yuvib iste’mol qilishimiz kerak.
References:
Используемая литература:
101
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
ANATOMIYA, FIZIOLOGIYAVA PATOLOGIYA A.G‘. AHMEDOV, G.X. ZIYAMUTDINOVA
2.
↑ GIS. „Oral Manifestations of GI Diseases“ (inglizcha). Gastrointestinal Society.Qaraldi:
23-noyabr 2021-yil.
3.
↑ Yamada T. Textbook of gastroenterology, 5th, Chichester, West Sussex:Blackwell Pub.,
2009 — 2774–2784 bet. ISBN 978-1-4051-6911-0.
4.
↑ „Esophagus Disorders“. Medline Plus. U.S. National Library of Medicine.Qaraldi: 23-
dekabr 2013-yil
5.
..Drossman, D. A. (2016). "Functional gastrointestinal disorders: History,
pathophysiology, clinical features, and Rome IV." Gastroenterology.
6.
..Ghoshal, U. C., et al. (2014). "Dietary patterns and functional gastrointestinal disorders."
Journal of Neurogastroenterology and Motility.
7.
..Lacy, B. E., et al. (2016). "Rome IV criteria for functional GI disorders." American
Journal of Gastroenterology.