`
120
JANUBIY KOREYADA TA`LIM VA O`ZBEKISTON BILAN HAMKORLIK
Oybek O`sarqulov Mirodilovich
Farg`ona davlat universiteti akademik litseyi tarix fani bosh o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15300491
Annotatsiya:
Janubiy Koreyada ta`lim,O`zbekistoning Janubiy Koreya davlati bilan
mustaqillikdan keyingi yillardagi madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalarini xolisona va xaqqoniy
yoritish. O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasidagi ikki tamonlama ilmiy
va madaniy hamkorlik jarayonlari.
Kalit so`zlar:
Janubiy Koreyada ta`lim, boshlang`ich ta`lim oliy ta`lim, hamkorlik, ikki
tamonlama hamkolik, KOIKA.
Janubiy Koreya hozirgi kunda ta`lim sifati va taraqqiyot darajasi bo`yicha dunyoning
yetkachi mamlakatlaridan biriga aylangan. Chunonchi Janubiy Koreyaning ta`lim tizimi,
hususan,maktablari to`g`risida ma`lumotlar juda kam Janubiy Koreya ta`lim tarbiya tizimi
Yaponiyanikiga juda o`xshash.Janubiy Koreya Yaponiya va Xitoy o`rtasida joylashganligi
sababli bu yaqinlik mamlakat madaniyatiga kuchli ta`sir o`tkazgan.
Bugungi kunda mamlakatimizning Koreya davlati bilan aloqlari tobora
mustahkamlanayotgan bir paytda mazkur mamlakat ta`lim tizimini o`rganish alohida
dolzarb masalalaridan biriga aylandi.
Koreys mo‘jizasining omillaridan biri mehnatsevar aholisi bo‘lsa, yana bir jihati Janubiy
Koreyadagi o‘ziga xos ta’lim tizimidir. Ushbu mamlakatning ta’lim tizimi besh bosqichli: o‘qish
— boshlang‘ich maktabda 6 yil, ikkinchi bosqich maktabida 3 yil, yuqori maktabda 3 yil,
kollejda 2 yil, universitetda esa 4 yildan iborat. Faqat boshlang‘ich va ikkinchi bosqich
maktabida ta’lim olish majburiy hisoblanadi. Maktablarda ko‘pincha matematika, koreys va
ingliz tillari, aniq va ijtimoiy fanlarga ko‘proq ahamiyat beriladi. E’tiborlisi, barcha ta’lim
muassasalarida yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyati mavjud.
2
Koreys o`quvchilari maktabda 12 yil mobaynida ta`lim oladilar. Koreys maktablarida
o`quvchilarning reytingi muntazam ravishda tuzib boriladi va bu reytingda imkon qadar
yuqori o`rinlarni egallash o`ta muhimdir,chunki oldinda universtetlarga kirish imtihonlari
bor.
“Xavkon” deb nomlanuvchi (Yaponiyada “dzyuku”larga o`xshatma) maxsus o`quv
muassasalari o`quvchilarning maktab dasturidagi o`quv fanlarini yeterli darajada
o`zlashtirishlariga yordam berish bilan shug`ullanadi.
1
.
Koreys ota-onalari bizning ota-onalar kabi o`z farzandlarining qarshiliklariga qaramay,
ularni qo`shimcha umumtalim kurslariga jo`natadilar.Hozirgi paytda musiqa, balet, rassomlik
bilan uzviy bog`liq bo`lgan an`anaviy husnixat ,shuningdek albatta chet tili o`quv kurslari urf
bo`lgan.
Nufuzli o`quv muassasalarida tahsil olib, jamiyatda o`z o`rniga ega bo`lishga intilish va
oila qurishni jiddiy qadam sifatida e`tirof etish tendensiyasi yuzaga kelishi natijasida bugungi
1
Marifat .uz 11.10.2019 yil.Janubiy Koreya taraqqiyotidagi ikkinchi m`ojiza.
2
Ли Мён Бак .Мўжиза содир бўлмайди. T.: Ўзбекистон. 2009. Б-4.
`
121
kunda o`rtacha turmush qurish yoshi qizlar uchun 26 yoshni, yigitlar uchun 29 yoshni tashkil
qilmoqda.
1
Janubiy Koreyada huddi bizdagiga o`xshash farzandlarning biri ota-ona bilan umrbod
yashab, ularga izzat-ikrom ko`rsatadi,har tamonlama qo`llab quvvatlaydi.
O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning “Yuksak
ma`naviyat yengilmas kuch“ asarida quyidagi fikrlarni uchratamiz “Agar biz dunyo tarixiga
nazar tashlaydigan bo`lsak,boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo`lga kiritish,
milliy tiklanish, o`z davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini
mustahkamlash jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda –
bu iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo`ladimi ,madaniyat,ta`lim –tarbiya va ilm-fan bo`ladimi –
o`zining beqiyos ichki qobilyat va salohiyatini ishga solish, uni ro`yobga chiqarish hisobidan
taraqqiyotga erishganini ko`ramiz, Masalan Yaponiya va Janubiy Koreyani olaylik. Bu
mamalaktalaning Ikkinchi jahon urushidan keyin qanday o`gir ahvolga tushib qolganini
hammamiz yaxshi bilamiz.Ho`sh ,ular nimaning evaziga qisqa davr ichida bu qadar
rivojlanishga erisha oldi? Axir, bu o`lkalarda mo`l-ko`l tabiiy xomashyo manbalari,mineral
resurslari deyarli yo`q-ku ! Albatta, bu borada o`sha paytda dunyoda mavjud bo`lgan siyosiy
omillar xalqaro vaziyatning ta`sirini inkor etib bo`lmaydi.Lekin yapon va koreys xalqi
asrlar davomida shakllanib ,katta bunyodkor kuchga aylangan o`ziga xos milliy ma`naviyati
hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas. Shuning uchun “yapon
mo`jiazasi”, yoki “koreys mo`jizasi” haqida gap ketganda ,taniqli ekspert va mutaxassislar
ham birinchi galda “yapon xarakteri”,”koreys tabiati”degan iboralarni tilga oaldi. Tabiiyki,
ular bu o`rinda avvalo mazkur xalqlarga mansub ma`naviy fazilatlarni nazarda tutadi .
Ya`ni bu xalqlarning ichki dunyosi va irodasi ma`naviyat negizida yanada toblangan,
kamolga yetgan
1
.
Fikrimiz davomida Koreayaning sobiq prezidenti Li Myon Bakning fikrlarini aytib o`tish
joiz koreys farzandi haqida ”Agar bolalar ota-onalari shu payt qayerda va nima bilan
mashg`uliklarini bilib turishsa,ularga oilada alohida tarbiya berishning hojati yo`q”
2
Shunday qilib ikki davlat o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikni rivojlntirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Koreyslar “chxodin xakkyo” deb ataydigan boshlang‘ich maktabga 7 yoshdan 13
yoshgacha bo‘lganlar qatnaydi. Bu yerda 6 yoshdan o‘qishi boshlanganlar ham topiladi. O‘qish
muddati — 6 yil. Koreys tili, matematika, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, chet tillar, tasviriy san’at
va musiqa o‘rganiladigan fanlarga kiradi. Odatda ushbu fanlarning barchasi bir nafar sinf
rahbari tomonidan o‘qitiladi. Biroq ba’zi ixtisoslashtirilgan fanlarni boshqa o‘qituvchi o‘tishi
mumkin.
Ta’lim tizimining boshlang‘ich maktabdan o‘rta maktabga o‘tish bosqichi turli imtihonlar
natijasi asosida emas, balki faqat o‘quvchining yoshiga qarab belgilanadi.
XX asrning 80-yillari oxirigacha ingliz tili odatda ikkinchi bosqich maktabidan o‘qitila
1
Xurriyat gazetasi 2014-yil 2-iyul 28 son.
1
Kaримов. И .A. Юксак маънавият енгилмас куч.-T.:Maнавият .2008.Б-26
1
Marifat .uz 11.10.2019 yil.Janubiy Koreya taraqqiyotidagi ikkinchi m`ojiza.
2
Ли Мён Бак .Мўжиза содир бўлмайди. T.: Ўзбекистон. 2009. Б-4.
`
122
boshlangan, biroq hozir u boshlang‘ich maktabning 3-sinfidan o‘tiladi. Koreys tili grammatik
nuqtayi nazardan ingliz tilidan ancha farq qiladi. Shuning uchun ingliz tilini o‘rganish katta
qiyinchilik bilan kechadi. Ko‘pgina ota-onalar farzandini qo‘shimcha “xagvonam” deb
nomlanadigan xususiy maktablarda o‘qitadi. Janubiy Koreyada davlatga qarashli boshlang‘ich
maktablardan tashqari qator xususiy maktablar ham mavjud. Ularning o‘quv dasturlari davlat
muassasalarinikiga ozmi-ko‘pmi mos keladi, ammo u ancha yuqori darajada amalga tatbiq
etiladi: kam sonli o‘quvchilarga ko‘p o‘qituvchilar dars beradi, qo‘shimcha fanlar o‘qitiladi va
umuman, ta’limning yuqori standartlari joriy etiladi. Biroq ularda o‘qish narxi ancha
yuqori. Sinf rahbarining obro‘si baland. Koreys tilida ikkinchi bosqich maktabi “chunxakkyo”
deb nomlanadi. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda “o‘rta maktab” degan ma’noni
anglatadi. Koreys ikkinchi bosqich maktabi 3 sinfdan iborat. Aksariyat o‘quvchilar unda
o‘qishni 12 yoshda boshlab, 15 yoshda tugatadi. Ikkinchi bosqich maktabi o‘z o‘quvchilariga
boshlang‘ich maktabga qaraganda ancha yuqori talablar qo‘yadi. Deyarli har doim o‘quvchilar
hayotining boshqa jihatlari kabi kiyim va soch turmagi qat’iy tartibga olinadi. Boshlang‘ich
maktabda bo‘lgani kabi o‘quvchilar kunning asosiy qismini sinfdoshlari bilan bir sinfda
o‘tkazadilar, ammo har bir fan o‘z o‘qituvchisi tomonidan o‘qitiladi. O‘qituvchilar sinfdan
sinfga yurib dars beradi. “Maxsus” fandan saboq beriladigan ba’zi xonalarga o‘quvchi o‘zi
boradi. Sinf rahbarlari (koreyscha “tamim sonsennim”) o‘quvchilar hayotida muhim rol
o‘ynaydi va boshqa yurtlardagi hamkasblariga qaraganda katta obro‘ga ega.
Bugungi kunda O`zbekiston O`zbekiston va Janubiy Koreya bilan yaqin hamkordir.
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya davlatining hamkorligini shunday
izohlagan edi. “Janubiy Koreya O'zbekistonning ishonchli va ustuvor sherigi”deb ta`kidlagan
edilar.
Mamlakatimiz oliy o'quv yurtlari Janubiy Koreyadagi 45 dan ortiq ilmiy-tadqiqot
muassasasi bilan hamkorlik o'rnatgan. Poytaxtimizda Koreya Respublikasining to'rtta
universiteti filiali ochilgan. Shuningdek Farg`ona shahrida O`zbekiston – Koreya Xalqaro
Universiteti o`z faoliyatini olib bormoqda.Xususan Farg`ona davlat universiteti akademik
litseyida ham KOICA bilan hamkorlikda koreys tili kurslari tashkil qilingan.
Fan, ta'lim va madaniyat sohalaridagi hamkorliklar faol rivojlanmoqda. 1992 -yildan
O'zbekistonda Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi qoshida koreys ma'rifat
markazi faoliyat yuritmoqda, unda 1000 dan ortiq kishi har yili koreys tilini o'rganmoqda.
Bundan tashqari, koreys tili O'zbekistonning 22 ta maktab va kollejida va 5 ta oliy o'quv
yurtida o 'qitiladi (uchta oliy o'quv yurtida koreys tiliga ixtisoslashgan kafedra mavjud).
Seuldagi xorijiy tadqiqotlar Koreys universitetida koreys talabalari koreys tilini o'rganishi
mumkin bo'lgan Markaziy Osiyo tadqiqotlari kafedrasi ochilgan. Qo'shma ilmiy loyihalar
amalga oshirilmoqda. O'zbekistonning televizion kanallarida Janubiy Koreya filmlari berib
boriladi. ljodiy jamoa yo'nalishi bo'yicha doimo almashinuv amalga oshiriladi. O'zbekistonda
turli sohalarda janubiy koreyalik ko'ngiIlilar KOIKA yo'naIishi bo 'yicha ishlaydilar.
1
Shunday qilib ,koreys va o`zbek xalqi ma`naviy jihatdan bir-biriga yaqin bo`lganligi
ular o`rtasidagi umumiy aloqalarni davlatlar darajasida ,tadbirkorlik o`rtasida va ikki xalq
1
V.S .Xan Koreya tarixi ,T.: “Baktria-press” B-122
`
123
miqyosida to`g`ri va istiqbolli yo`lga solinishiga yordam berdi. va o`zining mustahkam
zaminiga ega bo`ldi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
1.O`zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent: O‘zbekiston, 2011.
2.
Mirziyoyev.Sh.M.Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik T.:2021
3.
Kaримов. И .A. Юксак маънавият енгилмас куч.-T.:Maнавият .2008.
4.
Ли Мён Бак .Мўжиза содир бўлмайди. T.: Ўзбекистон. 2009.
5.
Marifat .uz 11.10.2019 yil.Janubiy Koreya taraqqiyotidagi ikkinchi m`ojiza
6.
Xurriyat gazetasi 2014-yil 2-iyul 28 son
7.
V.S .Xan Koreya tarixi ,T.: “Baktria-press” 2013.