Авторы

  • Umida Madvaliyeva
    University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va axborot texnologiyalari fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi 21-09 guruh talabasi Fargona viloyati Toshloq tumani 26 maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.86868

Ключевые слова:

boshlangʻich ta’lim tarbiya ilmiy dunyoqarash madaniyat uzluksiz ta’lim rivojlanish tamoyillar vazifalar va ustivor yo‘nalishlar.

Аннотация

ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilaridagi tarbiyaviy jarayonlar, aynan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning ahamiyati, ularni shakllantirilishiga ta’sir etuvchi omillar,  usul va vositalari yordamida rivojlantirish xaqida ma’lumot beriladi.


background image

27

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA ILMIY DUNYOQARASHNI

SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Madvaliyeva Umida Axmadaliyevna

University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va

axborot texnologiyalari fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi 21-09 guruh

talabasi

Fargona viloyati Toshloq tumani 26 maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15379785

Annotatsiya:

ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilaridagi tarbiyaviy jarayonlar,

aynan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning ahamiyati, ularni shakllantirilishiga ta’sir
etuvchi omillar, usul va vositalari yordamida rivojlantirish xaqida ma’lumot beriladi.

Kalit so‘zlar:

boshlangʻich ta’lim, tarbiya, ilmiy dunyoqarash, madaniyat, uzluksiz ta’lim,

rivojlanish, tamoyillar, vazifalar va ustivor yo‘nalishlar.

Аннотация:

В статье представлена информация об образовательных процессах у

учащихся начальной школы, в частности о значении формирования научного
мировоззрения, факторах, влияющих на его формирование, а также методах и средствах,
используемых для его развития.

Ключевые слова:

начальное образование, воспитание, научное мировоззрение,

культура, непрерывное образование, развитие, принципы, задачи и приоритеты.

Abstract:

this article provides information about the educational processes in primary

school students, namely the importance of forming a scientific worldview, factors affecting their
formation, methods and tools for developing them.

Keywords:

primary education, upbringing, scientific worldview, culture, continuing

education, development, principles, tasks and priorities.


Ta’lim tizimi tubdan isloh qilinishi natijasida, bugungi kunda ta’limni ilmiy ta’sirini xam

oshirishga doir qator tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa oʻquvchilarni ilmiy tassavvr va
dunyoqarashlarini shakllantirish orqali ta’limga kata yutuqlarni olib kirish mumkin.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ilmiy tafakkuri va dunyoqarashlarini shakllantirish bu
boradagi asosiy ta’limiy faoliyatlardandur. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur
hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar
va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g`oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy,
ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy
tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo`ladi.Muayyan dunyoqarashga ega bo`lish shaxsda atrof-
muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga
nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi
ijtimoiy burchlarini to`laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg`usiga ega
bo`lishi uchun zamin yaratadi.SHaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga
muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo`lga qo`yilishi, uning turli yo`nalish va
mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o`z-o`zini
tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim
muassasalarida o`qitilishi yo`lga qo`yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular
tomonidan puxta o`zlashtirilishi muhim o`rin tutadi.


background image

28

Oxirgi 20 yillikda olingan ma’lumotlar asosida ro`y bergan o`zgarishni tushunish

deyarli qiyin edi va natijada o`qitishda katta ta’sir ko`rsatgan, internet paydo bo`lishidan
oldin o`rta ta’lim va kollej tadqiqot ishlarini amalga oshirish bir necha haftani talab qilgan.
Bu jarayon katologlar yoki davriy adabiyotlar uchun qo`llanma orqali izlashni o`z ichiga
olgan va keyinchalik kerakli adabiyotlarni topishda asos bo`lgan. Aniq qilib aytganda
tadqiqotlarning amalga oshirilishi qiyin bo`lgan adabiyotlarni xilma-xil bo`lishi talab
qilingan.

Bugungi kunda oʻquvchilarga kitob shaklidagi ressurslardan foydalanish tafsiya

qilinmoqda, biroq gazeta va jurnallar, internet yoki shu kabi prokuest xizmati orqali
osongina topilmoqda.

Zamonaviy ressurslardan foydalangan holda kurs ishi yozuvchi talabalar

kechqurunlari o`ziga zarur bo`lgan adabiyotlarni izlashlari mumkin. Internet eng qiyin
axborot uchun ham bir xil ressurslarni ta’minlaydi, axborot imkoniyatidagi bunday
yuksalish instruksional falsafada o`zgarishiga olib keladi. Bir vaqtlar talabalar miyasiga
majburan ko`plab axborotlarni singdirish bugungi zamon talabiga mos kelmaydi. Bugungi
kunda o`qituvchilar cheklanmagan axborotlarni o`quvchilar tomonidan qabul qilinishini
yuqori darajada ta’minlay oladimi. Ammo bu boshlang’ich bilimni keraksiz degani emas,
misol uchun kundalik hayotda ko`paytirish jadvalini bilmasdan biror yumushni bajarish
qiyin.

O`quvchilar davlatlarning joylashuvi, yirik daryolar va tog’ tizmalarini xaritada

ko`rsata olishlari, bu axborotlarni osongina kompyuterda ko`rsatilishi vaqtning behuda
sarflanishiga olib keladi. Bundan maqsad nima, ba’zi ispan sinflaridagi umumiy tajriba
Markaziy hamda Janubiy Amerika davlatlarining poytaxtlarini esda saqlashdir - xo`sh bu
o`quvchilarga qanday samara bera oladi.

Bugungi kunda axborot hamma joyda bo`lib, uni qanday toppish kerakligini o`rganish,

uning ishonchli yoki haqiqatdan yiroq ekanligini baholashni ko`proq o`rgatish lozim.

Mulohazakor o`qituvchi doimo o`ziga quyidagi savollarni berishi lozim:
1. Talabalardan talab qilinayotgan axborotni qay darajada boshqa ressurslardan

topish mumkin.

2. Kattalardagidek talabalardan esda saqlash vositalarni talab qilish qanday natija

berishini o`rganish.

SHaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor

ahamiyatga ega bo`lgan qadriyatlar hamdaaxloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo`lgan
dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O`z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning
shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. O`z mazmunida ezgu
g`oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo`layotgan ijobiy fazilatlarning
boyib borishiga yordam beradi. Dunyoqarash o`z mohiyatiga ko`ra, ilmiy (muayyan falsafiy
tizimga ega) vaoddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo`lmagan) dunyoqarash tarzida
farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta
o`zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik
kasb etgan g`oyalar yotadi. SHaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik
xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.

Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati

.

SHaxs

dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o`rin tutadi.


background image

29

Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to`g`risidagi bilimlarnii berish, uning

aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo`naltirilgan pedagogik faoliyat bo`lib, uni
samarali yo`lga qo`yish asosida dunyoqarash shakllanadi.

Bugungi kunda, O`zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishgaalohida

e’tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul
qilingan O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» mazmunida ham yuksak ma’naviy vaaxloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri ekanligiga urg`u
beriladi. Yuksak ma’naviy vaaxloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bo`lib
etishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarnipuxta egallash demakdir. Binobarin,
chuqur bilimlarga ega bo`lishtabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash,
ularningijobiy va salbiy jihatlarini ko`ra va baholay olishga imkon beradi.

Aqliy tarbiya o`quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish

sohalarida qo`lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil
fikrlash ko`nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi.

Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:

1.

Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.

2.

Ularda ilmiy bilimlarni o`zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.

3.

Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko`nikma va malakalarini tarkib toptirish.

4.

Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg`usini shakllantirish.

5.

Bilimlarni o`zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira,

tafakkur, ijodiy xayol) vaxususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik,
mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o`z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni
umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirish.

Aqliy ta’lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning

ongda to`laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi. Manbalarning
ko`rsatishcha, aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar murakkab bo`lib,
quyidagi belgilarga ko`raaniqlanishi mumkin:

1.Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.
2.Mavjud ilmiy bilimlarni o`zlashtirib olish jarayoni.
3.Fikrlash ko`nikmasiga egalik.
4.Bilimlarni egallashga bo`lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi.
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Uning

shakllanishida ilmiy qarash va e’tiqod o`zigaxos o`rin tutadi.

Ilmiy qarash (yunoncha «idea»- g`oya, tasavvur, tushunchalar yig`indisi) - muayyan

hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g`oya bo`lib, u shaxs
tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o`zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan
taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga
keladi. O`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish, ixtirochilik ko`nikmalarini shakllantirishular
tomonidan ilmiy izlanishlarni olib borish va ma’lum ilmiy qarashlarni ilgari surilishiga zamin
yaratadi.

Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini

ta’minlaydi. Ilmiy tafakkur –inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-
hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.


background image

30

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya. BMT.20.11.1989 YIL

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 25-sonli “Pedagog

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Qarori
4.

Egamberdieva N.M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik.T.2009

5.

Pedagogik atamalar lug‘ati.. – Т.: “Fan”, 2008. – B. 47.

6.

Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлл. -Т.:

Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси, 2006.

7.

Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni

Oshirish.

Miasto Przyszłości

,

51

, 146-148.

8.

Kalandarova F.T. KOMPETENTSIYAGА АSOSLАNGАN YONDАSHUV BOʼLАJАK

BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI
SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА.

https://www.iupr.ru/5-120-2024

9.

Kalandarova,

F.

(2024).

O‘QITUVCHILARNING

KASBIY

KOMMUNIKATIV

QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat
Universiteti.

10.

Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo
‘rayevna pfd, professor.

O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR

VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI

, 120.

Библиографические ссылки

Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya. BMT.20.11.1989 YIL

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori

Egamberdieva N.M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik.T.2009

Pedagogik atamalar lug‘ati.. – Т.: “Fan”, 2008. – B. 47.

Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлл. -Т.: Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси, 2006.

Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni Oshirish. Miasto Przyszłości, 51, 146-148.

Kalandarova F.T. KOMPETENTSIYAGА АSOSLАNGАN YONDАSHUV BOʼLАJАK BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА. https://www.iupr.ru/5-120-2024

Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.

Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo ‘rayevna pfd, professor. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI, 120.