17
LAGERSTROEMIA INDICA
L
.
NI VEGETATIV KO’PAYTIRISHDA
GETROAUKSINNI QO’LLANILISHI
Rahmatov Xudoyqul Chorievich
Toshkent davlat agrar universiteti, doktorant
Berdiev Erkin Turdalievich
Toshkent davlat agrar universiteti, professor
https://doi.org/10.5281/zenodo.15379658
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Toshkent vohasida uch yillik davrda (2022–2024)
getroauksin bilan ivitilgan qalamchalarmimg unishi va nihollarini rivojlanishiga taʼsirini
oʼrganish boʼyicha oʼtkazilgan tajribalar natijalari keltirilgan. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi –
qalamchalarning unish biologiyasini oʼrganish va nihollarini dastlabki davrlarda rivojlanishini
tadqiq etish edi. Tadqiqotlarda eng yaxshi ko’rsatgich. 2023-yilda ekish qalamchalar qolgan
yillarga nisbatan ba’zi bir fenologik o'zgarishlarni oldinroq namoyon etdi. Daslabki kurtaklar
bo’rtishi 17-martda va sosiy barglarining chiqishi esa 20-martda kuzatildi. Umumiy
qalamchalarning 83 donasi barg chiqardi qolgan qismi qurib qoldi. Keyin asosiy o’zgarishlar bu
poya rivojlanishi 7-aprelda va ilk ildiz rivojlanishi 26-aprelda sodir bo’ldi. Vegetatsiya yakunida
ildiz uzunligi 16 sm ni tashkil etgan bo’lsa, umumiy qalamchalring 74 % saqlabib qoldi.
Kalit soʼzlar
:
Lagerstroemia indica
, qalamcha, getroauksin, kurtak, unishi, nihollar,
gullash va ildiz.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ГЕТЕРОАУКСИНА ПРИ ВЕГЕТАТИВНОМ
РАЗМНОЖЕНИИ LAGERSTROEMIA INDICA L.
Рахматов Худойкул Чориевич
Ташкентский государственный аграрный университет, докторант
Бердиев Эркин Турдалиевич
Ташкентский государственный аграрный университет, профессор
Аннотация:
В статье представлены результаты экспериментов, проведенных в
Ташкентском оазисе в течение трех лет (2022–2024 гг.) по изучению влияния
обработанных гетероауксином черенков на всхожесть и развитие сеянцев. Основной
целью исследования было изучение биологии прорастания черенков и исследование
развития сеянцев на ранних стадиях. Лучший показатель в исследованиях. У черенков,
посаженных в 2023 году, некоторые фенологические изменения проявились раньше,
чем в другие годы. Распускание первых почек наблюдалось 17 марта, а появление
вторичных листьев — 20 марта. Из общего числа черенков 83 дали листья, остальные
засохли. Затем произошли основные изменения: развитие стебля 7 апреля и развитие
первых корней 26 апреля. В конце вегетации длина корней составила 16 см, а общее
количество черенков – 74%.
Ключевые слова:
Lagerstroemia indica, черенкование, гетероауксин, почка,
прорастание, побеги, цветение и корень.
THE USE OF HETEROAUXIN IN VEGETATIVE PROPAGATION OF
LAGERSTROEMIA INDICA L.
Rahmatov Khudoykul Chorievich
Tashkent State Agrarian University, PhD student
Berdiev Erkin Turdalievich
18
Tashkent State Agrarian University, Professor
Abstract.
This article studies the growth parameters of Lagerstroemia indica under
different ages of introduction in the Tashkent oasis. The main research was conducted on one,
two-, three-, mature and old-aged bushes. The results show that mature plants showed stable
and steady growth throughout the growing season. In April, the monthly growth was 8.9 cm,
and by November the plants had a monthly growth of 131 cm. It is noteworthy that the growth
from May (31.8 cm) to August (90.8 cm) indicated the plant's ability to maintain high
productivity, perhaps by beginning to allocate resources for reproduction.
Keywords:
Lagerstroemia indica, growth, dynamics, seedlings, ontogeny, height and
productivity.
Kirish.
This article presents the results of experiments conducted in the Tashkent oasis
over a three-year period (2022–2024) to study the germination and seedling development of
cuttings inoculated with heteroauxin. The main goal of the research was to study the
germination biology of cuttings and the development of seedlings in the early stages. The best
indicator in the research. Cuttings planted in 2023 showed some phenological changes earlier
than in other years. The initial budding was observed on March 17, and the emergence of
secondary leaves on March 20. Of the total cuttings, 83 developed leaves, the rest withered.
Then the main changes occurred on April 7 and the first root development on April 26. At the
end of the vegetation period, the root length was 16 cm, and the total number of cuttings was
74%.
Keywords
: Lagerstroemia indica, cutting, heteroauxin, bud, germination, shoots,
flowering and root.
Kirish.
Hind nastarini (
Lagerstroemia indica
L.) butasi
Lythraceae
oilasiga,
Lagerstroemia
turkumi mansub bo’lib, bu turkum 50 turni o’z ichiga oladi. Turkum ichida Hind nastarini
(
Lagerstroemia indica
L.) butasi o'ziga xos xususiyatlari va keng moslashuvchanligi tufayli eng
keng tarqalgan turlardan biridir va birinchi marta 18-asrda Karl Linney tomonidan umumiy
ta’rif berilgan. [1, 7]. Hind nastarini (
Lagerstroemia indica
L.) butasi tabiiy holda Sharqiy
Osiyoning issiq-mo'tadil va subtropik mintaqalaridan kelib chiqan. Uning mahalliy tarqalishi
markaziy va janubiy Xitoy, Koreya yarim oroli, Yaponiya, Shimoliy va Sharqiy Hindistonning
katta qismini keng tarqalgan[1, 7]. Bu hududlarda u odatda ochiq o'rmonlarda, vodiylarda,
daryo qirg'oqlarida va o'rmonlarning chekkalarida o'sadi.
Oʻzining ajoyib manzarali ko’rinishi va moslashuvchanligi tufayli hind nastarini
(
Lagerstroemia indica
L.) butasi turli qitʼalarda, jumladan, Shimoliy va Janubiy Amerika,
Yevropa, Afrika va Okeaniyada keng tarqalgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida janubi-sharqiy
shtatlarda, masalan, Jorjiya, Florida, Texas va Janubiy Karolina [8] obodonlashtirish va
landshaft o’simliklarni ichida eng ko’p ekiladigan tur hisoblanadi. Hind nastarini
(
Lagerstroemia indica
L.) butasi introduksiyasi 18-asrda Evropa bog'dorchilik savdo tarmoqlari
orqali boshlangan. Janubiy Evropada bu tur odatda O'rta er dengizi havzasida, jumladan
Ispaniya, Italiya, Gretsiya va janubiy Fransiyaning dengiz bo’yi mintaqalarida uchraydi.
Avstraliyada bu tur asosan ikki mintaqasiga Yangi Janubiy Uels va Kvinslendda joriy
qilingan. Xuddi shunday, u Janubiy Afrika, Braziliya, Argentina va Chilida uchraydi. Keng
oʻstirilishiga qaramay, hind nastarini (
Lagerstroemia indica
L.) butasi
mahalliy boʻlmagan
19
ekotizimlarda tabiiy iqlimning cheklanganligi sababli kamdan-kam hollarda invaziv
hisoblanadi, ammo qulay sharoitlarda u oʻziga hos rivojlanish namayon etadi[10].
O'zbekistonda hind nastarini (
Lagerstroemia indica
L.) butasi 1935-yilda Denov shahri
introduksiya qilingan [11]. Hozirgi kunda deyarli respublikamizning hamma mintaqalaridagi
turli xil atrof-muhit sharoitlarida o'smoqda. U to'liq quyoshli va yaxshi qurigan tuproqlarni
afzal ko'radi[5]. Ekilgandan keyin nisbatan qurg'oqchilikka chidamli, ammo uzoq vaqt
qurg'oqchilik davrida qo'shimcha sug'orish talab etiladi.
Hind nastarini (
Lagerstroemia indica
L.) butasi odatda 2 dan 8 metrgacha o'sadigan bargli
buta yoki kichik daraxtdir. U silliq po‘stlog‘iga ega bo‘lib, och pushti rangda bo‘lgani uchun
manzarali ko’rininadi[2]. Barglari oddiy, qarama-qarshi, uzunligi 2-8 sm gacha bo'lgan
tuxumsimondan ellipsimongacha o'zgaradi. Barglarning chetlari butun, yaltiroq to'q yashil
rangga ega, xazonrezgilik boshlanishi bilan to'q sariq rangga aylanadi.
Hind nastarini (
Lagerstroemia indica
L.) butasi har birining diametri 1,5 dan 5,0 sm gacha
bo'lgan qizil, oq, pushti yoki binafsha rangdagi gullari 12 dan 44 sm gacha uzunlikda bo’lib,
konusli panikulalarda joylashgan bo’ladi. Ularning har biri 25 dan 500 gacha guldan iborat.
Gullar murakkab 6 gulkosachadan tashlik topgan va o'ziga xos ko’rinishga ega. Tuxumdonlari
juda ko'p - [11]. Gullari10 dan 30 sm gacha bo'lgan katta murakkab to’pgul hosil qiladi. Gullari
ikki jinsli, gulbarglari ko'pincha qog'ozsimon yoki nozik, chetlari qirrali yoki jingalak
ko’rinishga ega [4]. Rang o'zgarishlari naviga qarab yorqin pushti, qizil, binafsha va oq
ranglarda ochiladi. Har bir gul gulbarg rangi bilan yorqin farq qiluvchi yorqin sariq
changchilardan tashkil topgan. Urug’chilari juda ko’p bo’lib, nisbatan kaltaroq. Tuxumdon
yuqori, uchdan olti burchakli bo'ladi.Gullash odatda may oyining oxirida yoki iyun oyining
boshida boshlanadi va mos iqlim sharoitida oktyabrgacha davom etishi mumkin. Gullaring
ochilishi atigi ikki-uch kun davom etadi, yozning eng issiq paytida yarim kun ochil turishi
kuzatildi [2, 5].
Changlanishdan so'ng, gullar oval yoki ellipsoid kapsulalarga aylanadi, ular dastlab yashil
rangga ega bo'lib, keyinchalik ular pishganida jigarrang va yog'ochga aylanadi. Uzunligi
taxminan 1-2 sm gacha bo'lgan har bir kapsula oltita bo'lakka bo'linadi va shamolning
tarqalishiga moslashgan ko'plab mayda qanotli urug'larni chiqaradi. Bu urug'lar tekis va
qog'ozsimon bo'lib, qulay shamol sharoitida qisqa masofalarda harakatlanishini osonlashtiradi
[4].
Tadqiqot obyekti va uslublari.
Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonga introduksiya
qilingan yuqori manzarali buta o‘simlik – hind nastarini (Lagerstroemia indica L,) turi tanlandi.
Hind nastarinini qalamchalaridan ko‘paytirish bo‘yicha tadqiqotlar uch yil davomida (2022-
2024-yy) Toshkent shahrida joylashgan "Green zone of world" MCHJ hududidagi ko‘chatzorda
o‘tkazildi.
Hind nastarini qalamchalari Toshkent shahri sharoitida o‘sadigan butalardan kesib
olingan. To‘plangandan so‘ng, qalamchalar darhol saralangan va ekish usuliga qarab
eksperimental guruhga bo‘lindi: Xamma qalamchalar 100 dona ajratilib ekishdan avval 12-soat
davomida getroaukisin bilan ivitilgan.
Har bir ekish sanasi uchun besh marta takrorlanish olindi. Ekishdan oldin tuproqqa ishlov
berish va tekislash orqali uchastkalar tayyorlandi. Eksperiment uchastkalar bo‘ylab atrof-
muhit o‘zgarishini minimallashtirish uchun mahsus to‘siqlar tashkil etildi.
20
Nihol davrida tuproq namligini barqaror ushlab turish uchun maydonlar tomchilatib
sug‘orish tizimi yordamida sug‘orildi. Tomchilatib sug‘orilganda mahsus suv taymerlardan
foydalanildi. Bunda taymerlar fevral-mart oylarida kuniga bir marta 20- minut davomida
sug‘orildi (qorli va yomg‘irli kunlarda taymer o‘chirilib qo‘yildi). Aprel va may oylaida kuniga
uch marta ertalab va kechqurunlari 15-minut davomida sug‘orildi. Iyun-iyul oylarida uch kunda
bir marta 10 daqiqadan sug‘orildi. Qolgan sug‘orishlar yerdagi namlik hisobiga nazorat qilindi.
Tuproq namligi 10-20 sm oralig‘idagi chuqurlikda joylashgan tuproq namligi sensorlari
(gullar uchun mo‘ljallangan tuvaklardagi namlikni o‘lchovchi sensorlar) yordamida nazorat
qilindi. Sug‘orish namlik darajasi har bir ekish guruhiga mos kelishini ta’minlash uchun sensor
ko‘rsatkichlari asosida oylar kesmida o‘zgartirildi.
Resurslar uchun raqobatni oldini olish uchun begona o‘tlarga qarshi kurash qo‘lda amalga
oshirildi. Tabiiy o‘sish jarayoniga aralashmaslik uchun tadqiqot davomida kimyoviy o‘g‘itlar
yoki pestitsidlar ishlatilmadi (faqat shira uchun har 21-kunda insektisitlar bilan ishlov berildi).
Natija va muhokamalar.
Vegetativ usul bilan o‘rmon daraxtlari ko‘chatlarini ko‘paytirish asosan urug‘lar
bo‘lmagan, yoki ular kam miqdorda tayyorlangan yillari, hamda ushbu usul qo‘llanilganda
yaxshi natija olinishi mumkin bo‘lgan taqdirda tatbiq qilinadi. Vegetativ ko‘paytirish–daraxt va
buta turlarini jinssiz ko‘paytirish bo‘lib, bularga qalamchalar orqali ko‘paytirish, parxish yo‘li
bilan ko‘paytirish, payvand orqali ko‘paytirishlar misol bo‘la oladi. Ko‘chatlarni vegetativ usul
bilan ko‘paytirishda onalik o‘simlikning barcha xususiyatlari va uning xo‘jalik-qiymat belgilari
to‘la saqlanib qoladi. Bunday usul bilan ko‘chat yetishtirish ishlari tezlashadi va bundan
tashqari urug‘lar hosildorligi bilan bog‘liq bo‘lmaydi Hind nastarini (
Lagerstroemia indica L)
ning qalamchalaridan ko’paytirish - tuproq sharoitida, daryo qumi va torfda ekish bo'yicha
ishlar 5 takrorlashishda amalga oshirildi. Ushbu dastlabki ekish davrida har bir navning 100 ta
qalamchalari oddiy tuproqqa, daryo qumiga va torfga ekilgan. Bunda hamma boshqich uchun
uch yil davomida jami 4500 dona qalamcha olingan.
Hind nastarini
(lagerstroemia indica)
ning geteroauksin bilan ishlov berilgan qalamchalar
tajribasi har yili beshta ekish davri bo’lingan. I, II, III, IV va V deb raqamlangan ekish muttadi
esa - fevraldan aprelgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Tajribalar uch yil davomida o'tkazildi:
2022, 2023 va 2024. Har bir ekish davri rivojlanishning bir qator asosiy bosqichlari bo'yicha
diqqat bilan kuzatildi: kurtakning bo’rtishi, barg hosil bo'lishi, qalamchlarning necha foizi barg
chiqardi, poyaning asosiy chiqishi, ildiz otishi, g'unchalashi, gullashi va yil oxirida saqlangan
o'simliklar.
Har yili 20-fevralda dastlabki ekish ishlari boshlanadi. 2022-yil 10-aprelda ilk
kurtaklarning bo’rtishi kuzatildi, keyin esa 16-aprel kelib barg shakllanishi kuzatildi.
Barglarning qalamchalarda paydo bo'lish foizi 90% ga yetdi. Asosiy poyaning chiqishi 20-
aprelda va ildiz chiqarishi 24-aprelda kuzatildi. Dastlabki gul kurtaklaring g’unchalashi 15-
avgustda qayd etildi va gullash 21-avgustda boshlandi. Umumiy qalamchlardan uch donasida
gullash kuzatildi. Vegetatsiya oxirida o’rtacha ildiz uzunligi 29 sm ga etdi va qalamchalarning
59 foizi yil oxiriga qadr saqlanib qoldi. 2023-yilda ekish qalamchalar qolgan yillarga nisbatan
ba’zi bir fenologik o'zgarishlarni oldinroq namoyon etdi. Daslabki kurtaklar bo’rtishi 17-martda
va sosiy barglarining chiqishi esa 20-martda kuzatildi. Umumiy qalamchalarning 83 donasi
barg chiqardi qolgan qismi qurib qoldi. Keyin asosiy o’zgarishlar bu poya
6-jadval
21
Hind nastarini (Lagerstroemia indica L.) vegetativ ko’paytirishda getroauksinni
qo’llanilishda qalamchalarning unishiga va rivojlanishiga ta’siri.
Muh
it
nom
i
Yi
llar
T
akror
Eki
sh
m
uddat
i
Ku
rtak
b
o'
rt
is
hi
Barg
ch
iq
ari
sh
i
Barg
ch
iq
ri
shi
%
A
sos
iy
p
oya
chi
qi
shi
Ildi
z
ch
iq
is
hi
G'unc
hals
hi
Gullas
h
Gullagan
n
ih
oll
ar
soni
Ildi
z
uz
unl
ig
i
Yi
l ox
iri
da s
aql
anib
qolgan
lig
i %
Get
roauk
sin
20
22
I
20.02 10.04 16.04 90
20.04 24.04 15.08 21.08
3
29
59
II
02.03 14.04 21.04 73
25.04 29.04 18.08 23.08
1
27
61
III
12.03 18.04 24.04 84
27.04 30.04
-
-
-
19
51
IV
22.03 22.04 27.04 50
29.04 01.05
-
-
-
36
49
V
01.04 29.04 01.05 37
02.05 14.05
-
-
-
38
19
20
23
I
20.02 17.03 20.03 83
07.04 26.04
-
-
-
16
74
II
02.03 22.03 26.03 88
09.04 21.04
-
-
-
18
67
III
12.03 24.03 28.03 91
13.04 01.05
-
.
-
17
65
IV
22.03 29.03 01.04 63
06.05 01.05
-
-
-
27
53
V
01.04
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
20
24
I
20.02 07.04 11.04 92
20.04 16.04 19.08 24.08
2
25
63
II
02.03 12.04 19.04 87
27.04 24.04
-
-
-
33
56
III
12.03 16.04 22.04 80
01.05 27.04
-
-
-
24
69
IV
22.03 20.04 27.04 51
04.05 30.04
-
-
-
23
47
V
01.04 27.04 01.04 39
10.05 07.05 -
-
-
31
23
rivojlanishi 7-aprelda va ilk ildiz rivojlanishi 26-aprelda sodir bo’ldi. Vegetatsiya yakunida
ildiz uzunligi 16 sm ni tashkil etgan bo’lsa, umumiy qalamchalring 74 % saqlabib qoldi. 2024-
yilda yana ekilgan qalamchalarda kurtaklarning bo’rtishi 7-aprel kuzatildi bu oldinga
natijalarga qaraganda biroz kechikdi va barg hosil bo'lishi 11- aprelda kuzatildi. Shunisi
e'tiborga loyiqki, bahor oyining kechroq klishi qalamchlarning unish qobiliyatiga sezilari ta’sir
ko’rsatdi va barglarning paydo bo'lishi 92% gacha ko'tarildi. Bu uch yillik tadqiqot davomida
eng yuqori ko'rsatkichlardan biri. Asosiy poya chiqishi 20-aprelda qayd etilgan bo'lsa, ildiz
otish o'tgan yillarga qaraganda ertaroq, 16-aprelda boshlangan. Mavsum ilk boshlangan
bo’lsadan gullash fazalari oldingilarga yaqinroq bolib, 19-avgustda g'unchalshi kuzatilgan. 24-
avgustda gullashi qayd etilgan va 100 ta nihollardan bor 2 donasida gul hosil bo’lgan. Ildiz
uzunligi 25 sm, ko'chatlarning 63% yil oxirigacha saqlanib qolgan.
II-ekish muddati 2022-yildagi qalamchalarda quyidagicha natijalarga erishildi. 14-
aprelda dastlabki kurtaklarning bo’rtishi va 21-aprelda ilk barglarning hosil bo'lishi kuzatildi.
Barglarning chiqishi qalamchalardan 73% dagina namoyon bo’ldi. Asosiy poya chiqishi va ildiz
otishi mos ravishda 25 va 29-aprelda kuzatildii. G‘unchalashning boshlanishi 18 avgustda sekin
astalik bilan rivojlana boshladi va ilk gullar 23-avgusga kelib ochildi. Umumiy qalamchalardan
bor yo’gi 1 donasida gul ochilishi kuzatildi. Yil yakunida ildiz uzunligi 27 sm ga yetdi va
22
qalamchlarning 61% saqlanib qolindi. 2023-yilda qalamchalarning rivojlanishi qolgan yillarga
nisbatan ertaroq boshlandi. Bunga asosiy sabab bahorning ertaroq kelishi bilan bog’liq. Ilk
kurtaklarning bo’rtishi 22-martda qayd etildi. Barglarning hosil bo'lishi 26-martda kuzatildi, bu
jarayon rivojlanish tezligining sezilarli o'sishini ko'rsatdi. Qalamchalaring barg hosil qilishi 88
% gacha ko’tarildi. Asosiy poyaning chiqishi 9-aprelda namyon bo’ldi va ildiz olish jarayoni 21-
aprelgacha cho’zilib ketti. Vegetatsiya oxirida ildiz uzunligi 18-sm ga yetdi bu qolganlari bilan
hisoblaganda o’rtacha ko’rsagichdir. Ekilgan qalamchalaring yil oxirida saqlanishi 67% tashkil
edi. 2024-yilga ekilgan qalamchalarda kurtaklarning bo’rtishi 12-aprelda kuzatildi. Ilk
barglaring shakllanishi 19-aprelda sodir bo'ldi va qalamchalar bargning chiqishi 87% ni tashkil
etdi. Asosiy poya chiqishi 27-aprelda kuzatildi va ildiz olish jarayoni esa 24-aprelda biroz
oldinroq sodir kuzatildi. Vegetatsiya tugaganda ildizlarad kuzatishlar olib borlganda,
ildizlarning rivojlanishi juda yaxshi bo’lib uning uzunligi 33 sm ga yetdi. Qalamchalardan 56%
qismi yil oxirigacha saqlanib qoldi.
III ekish muddati qolganlariga nisbat izchil o’sish va rivojlanishi ko’rsatdi. 2022-yilda
ekilgan qalamchlarda kurtaklar bo’rtishi 18-aprelda sodir bo'ldi va yangi barglarni hosil bo'lishi
24-aprelda kuzatildi. Umumiy qalamchalarning barg hosil qilishi 84% yetdi, bu ikkinchi ekish
muddatidan nisbatan yuqoriroqdir. Qalamchalarda asosiy poyaning chiqishi 27-aprelda va ildiz
olish jarayonlari 30-aprelda kuzatildi. Yil oxirida qalamchlarda o’tkazilgan tekshiruvlar
natijasida ildiz uzunligi 19-sm va qalamchlarining saqlanib qolish ko’rsatgichi 51 % yetdi.
2023-yilda ekilgan qalamchalar 24-mart sanisida ilk kurtaklarning bo’rtishi va 28-mart
sanasida esa yangi yosh barglarni chiqishi kuzatildi. Ekilgan qalamchalarda 91 % da barg xosil
bo’ldi va rivojlanish uchun muhim hisoblangan asosiy poyaning chiqishi 13-aprelda namoyon
bo’ldi. Ilk qalamchlarda ildiz shakllanishi 1-may kuni qayd etildi. Vegetatsiya yakunida
ildizlaring uzunligi o’rtacha 17 sm va qalamchalring saqlanib qolish darajasi 65 % ni tashkil
etdi. 2024-yilda ekilgan qalamchalarda kurtaklarning bo’rtishi 16-aprelda namoyon bo’ldi.
Ekilgan qalamchalarning barg chiqarishi 22- aprelda va bu umumiy qalamchalaring 80 % da
amalga oshdi. Asosiy poya shakllanishi 1-may sanasida kuzatilgan bo’lsa, yosh ildizlar
rivojlanishi 27-aprelda namayon bo’ldi. Vegetatsiya oxirida ildizlarda o’tkasilgan kuzatuvlarda
ildiz uzunligi 24 sm va uning nisbatan kuchli rivojlanganligi bilan ajralib turdi. Qalamchlaring
saqlanishi 69% bilan qolgan natijlarga nisbat eng yuqori rentabillinki qayt etildi.
IV ekish ekish muddati qolgan ekish muddatiga nisbatan sust rivojlanish qayt etdi. Bunga
asosiy sabab qalamchalaring uyg’onib ketishi bilan izohlash mumkin. 2022-yilda ekilgan
qalamchalaring kurtaklarning bo’rtishi 22-aprelda qayt etildi. Qalamchalaring barg chiqarishi
nisbatan kechroq ya’ni 27-aprelda kuzatilgan va umumiy qalamchalarining bor yo’g’i 50 % gina
barg hosil qildi. Qalamchlarda asosiy poyaning chiqishi 29-aprelda va daslabki ildiz 1-may
sanasida qayt etildi. Yil oxiriga kelib ildiz uzunligi 36 smni va qalamchlaring 49 % saqlanib
qoldi. 2023-yilda ekilgan qalamchalarda kurtaklarning bo’rtishi 29-mart sanasida va yangi
barglarni hosil bo’lishi 1-aprelda kuzatildi. Qalamchalardan 63 % yangi barg chiqardi. Asosiy
poya chiqishi nisbatan biroz kechroq 6-mayda, yangi ildiz chiqarishi esa 1-mayda kuzatildi.
Vegetatsiya oxirida ildiz uzunligi 27 sm ga yetdi va qalamchalringlarning 53 foizi saqlanib qoldi.
2024-yilda ekilgan qalamchalarda kurtaklarning bo’rtishi 20-aprelda, yangi barglari chiqishi
27-aprelda sodir bo'ldi. Umumiy qalamchalardan yangi barg paydo bo'lishi 51% tashkil etdi.
Qalamchalarda asosiy poya chiqishi 4-mayda kuzatidi va yangi ildiz chiqarishi esa 30-aprelda
23
boshlangan. Vegetatsiya oxirida ildiz uzunligi 23-sm yetdi va qalamchalring saqlanib qolish
darajasi 47 % tashkil etdi. Bu ko’rsatgich tajribalar davomida eng past ko’rsatgichlardan biridir.
V ekish muddati bu qalamchlar ekish uchun oxirgii muddati sifatida taqiqot uchun olingan
va ekish muddati 1-aprelda amalga oshirilgan. 2022-yilda ekilgan qalamchlarning
kurtaklarning bo’rtishi 29-aprelda, yangi barg hosil qilishi 1-mayda kuzatildi. Qalamchlaring
atiga 37% barg chiqardi va bu ekish uchun eng yomon vaqt ekanligini anglatadi. Qalamchlarda
yangi asosiy poya 2-mayda paydo boʻldi va ilk ildiz chiqarish 14-mayda boshlandi. Vegetatsiya
oxirida ildizlar uzunligi 38 sm tashkil etdi bu siyrak qalamchalar orasida yaxshi rivjlanganligi
bilan ifodanaladi. Lekin qalamchalarning saqlanib qolish ko’rsatgichlari ancha past darajaga
tushib keyti va bu ko’rsatgich 19 % tashkil etdi. 2023-yilda o’simlik uyg’onib ketganligi sababli,
olingan qalamchalardan hech qanday natijaga erishilmadi. 2024-yilda ekilgan qalamchalar 27-
aprelda kurtaklarning bo’rtishi va 1-aprelda barglarning hosil bo'lishi kuzatildi. Yangi hosil
bo’lgan burglar qalamchalring 39 % dagina namyon bo’ldi. Asosiy poya chiqishi 10-mayda qayd
etildi va ildiz chiqarish bosqichi 7-mayda kuzatildi. Yil oxirida o’tkazilgan kuzatuvlar natijasida
ildiz uzunligi 31 sm ga yetkanligi va boshqa natijalarg qaraganda ancha kuchli rivojlangaligi
bilan ajralib turadi. Qalamcha olinadigan ona o’simliklar erta kurtak yozgani uchun
qalamchalarda unuvchalik va yashovchanlik qolganlarg nisbatan pastroq ko’rsatgichlar har bir
bosqichda kuzatildi. Qalamchalarning yashovchanligi 23 % namoyon etdi.
Xulosa.
Ushbu uch yillik getroauksin bilan ishlov berilgan qalamchalarning unish
biologiyasi va nihollarning rivojlananish ko’rsatgichlari aniqlandi. Bunda eng yaxshi natija
quyidagicha; II-takrorlanish boshqichida urug‘lar hammasi 1-mart sanasi ekilgan. 2023-yilda
ekish qalamchalar qolgan yillarga nisbatan ba’zi bir fenologik o'zgarishlarni oldinroq namoyon
etdi. Daslabki kurtaklar bo’rtishi 17-martda va sosiy barglarining chiqishi esa 20-martda
kuzatildi. Umumiy qalamchalarning 83 donasi barg chiqardi qolgan qismi qurib qoldi. Keyin
asosiy o’zgarishlar bu poya rivojlanishi 7-aprelda va ilk ildiz rivojlanishi 26-aprelda sodir bo’ldi.
Vegetatsiya yakunida ildiz uzunligi 16 sm ni tashkil etgan bo’lsa, umumiy qalamchalring 74 %
saqlabib qoldi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Павлов Н.В. Деревья и кустарники СССР. — М.: Наука, 1961. — 498 с.
2.
Liu X., Zhang H., Chen Y. Morphological studies on
Lagerstroemia indica
in Eastern China
// Botanical Journal. — 2015. — Vol. 89, № 3. — P. 212–219.
3.
Zhao Y. Pollination biology of
Lagerstroemia indica
in a subtropical zone // Journal of
Plant Ecology. — 2016. — Vol. 27, № 2. — P. 104–110.
4.
Kim S., Choi J. Seed dispersal mechanisms of ornamental trees in Korea // Korean Journal
of Ecology. — 2014. — Vol. 33, № 1. — P. 56–63.
5.
Smith L., Turner J. Adaptability of
Lagerstroemia indica
to urban soils // Urban Forestry
& Greening. — 2017. — Vol. 21. — P. 89–95.
6.
Иванова Т.А. Тли на
Lagerstroemia indica
и меры борьбы с ними // Защита растений.
— 2019. — Т. 45, № 4. — С. 120–125.
7.
Wang L. Distribution of native
Lagerstroemia
species in East Asia // Journal of Asian
Botany. — 2013. — Vol. 58, № 5. — P. 324–330.
24
8.
Thompson R., Green D. Horticultural performance of crape myrtle in the southeastern U.S.
// HortScience. — 2011. — Vol. 46, № 8. — P. 1080–1086.
9.
Kadirov S., Mamatkulov B. Introduction of
Lagerstroemia indica
in Uzbekistan: A
preliminary assessment // Uzbek Journal of Botany. — 2020. — Vol. 44, № 1. — P. 33–40.
10.
Gomez A., Liao Y. Environmental risks and management practices for ornamental exotics
// Landscape Ecology. — 2018. — Vol. 19, № 2. — P. 154–162.
11.
Orwa C. et al. Agroforestree Database: a tree reference and selection guide. Version 4 //
4. – 2009.
12.
Бердиев Э.Т. Рахматов Х.Ч
.
The use of Lagerstroemia indica in process of landscaping the
area.// Актуальные вопросы современных научных исследований; Сборник статьей IV
Международной научно-практической конференции, состоявшейся 10 мая 2023 г. в г.
Пенза.– Пенза, МЦНС “Наука и просвещение”. –С.131-133.
13.
Berdiyev.E.T. Manzarali dendrologiya (darslik).– Toshkent ЎзР ФА Бош кутубхонаси
босмахонаси, 2022. –Б.188-189.
14.
Berdiyev. E.T. , Х.Х. Raxmatov X.X. The Morphology of Fruits and Seeds of Lagerstremia
Indica L.// International Journal of Current Science Research and Review Volume 06 Issue 05
May 2023/ DOI: 10.47191/ijcsrr/V6-i5-36, Impact Factor: 6.789. –Р. 2976-2978.