Авторы

  • Nazokat Shokirova
    2-son Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
  • Tursunoy Asqarova
    2-son Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.90259

Аннотация

Ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklar juda jiddiy muammo hisoblanadi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun ayollarimizga bir yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tish tavsiya qilinadi.


background image

59

AYOLLARDA KO’KRAK BEZI ONKOLOGIK KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI

Shokirova Nazokat Inomjonovna

Asqarova Tursunoy Maribjon qizi

2-son Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15468993

Dolzarbligi.

Ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklar juda jiddiy muammo

hisoblanadi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun ayollarimizga bir yilda bir marta tibbiy
ko‘rikdan o‘tish tavsiya qilinadi.

Barchamizga ma'lumki onkologik kasalliklar hech qanday sipmtomplarsiz, birorta

belgilarsiz vujudga keladi. Oqibatda ularni aniqlash imkoni judayam qiyinlashadi. Kasallik
qancha kech aniqlansa, kasallik darajalariga qarab ularni davolash imkoniyati ham ancha
pasayadi. Onkologik kasalliklar qancha tez tashxis qo‘yilib, erta aniqlansa ularga qarshi
kurashish shuncha osonlashadi.

Bugungi kunda dunyoda ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda bachadon bo‘yni va

bachadon tanasi raki judayam ko‘p uchraydi. Ko‘p hollarda ayollar kechikib murojaat
qilishadi. Buning sababi ham bor. Kasallik belgilarsiz rivojlanadi

Tadqiqot maqsadi.

Bir yilda bir marta marta ayollarni ginekolog ko‘rikdan,

tekshirishdan o‘tish kasallikni erta aniqlashda yordam beradi. Bu tekshiruvlarning samarali
jihati shundaki, hujayralardagi eng kichik o‘zgarishlargacha oldindan aniqlab, vaqtliroq
muolajalarni olib borish orqali ayollarda hech qanday asoratlar qoldirmasdan, bu kasallikni
qaytalanishining oldini olish imkonini beradi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari bo‘yicha
nazariyalar judayam keng qamrovli bo‘lib, aniq bir sababni keltirish qiyin. Gormonal
statusning o‘zgarishi, stress holati, ortiqcha vazn va moddalar almashinuvi buzilishlari
onkologik kasalliklarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari nasliy
omillar, tashqi muhitning o‘zgarishi, ekologik holat hamda ko‘pgina yuqumli kasalliklar ham
kasallik rivojlanishiga ta'siri bor degan nazariyalar mavjud. Bugungi kunda O‘zbeksitonda
onkologik kasalliklarni oldini olish bo‘yicha katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Kasallikni
erta aniqlash uchun ayollardan bir yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tib, o‘zlarining
sog‘liqlariga befarq bo‘lmasliklarini iltimos qilardik. Chunki onkologik kasalliklarni davolash
judayam qiyin hamda katta mablag‘talab qilinadi. Shuningdek, samara olish uzoqqa cho‘zilib,
oqibatda ayanchli holatlarga olib kelishi mumkin.

Materiallar va usullar.

Tahlillarga ko‘ra, jami onkologik kasalliklarning o‘rtacha 20−25

foizi ayollardagi ko‘krak bezi va bachadon saratoniga to‘g‘ri keladi. Ko'krak saratoni o'pka
saratonidan keyin ikkinchi eng keng tarqalgan saraton turi bo'lib, ayollar orasida birinchi
o'rinda turadi. JSST ma'lumotlariga ko'ra, har yili 1,5 million ayolga ko'krak bezi saratoni
tashxisi qo'yiladi. Ushbu kasallik 13 yoshdan 90 yoshgacha bo'lgan ayollarning taxminan 10
foizida uchraydi. Erkaklar ushbu kasallikka kamroq chalinadilar (1%). Kasallikdan o'lim
holatlari taxminan 50% ni tashkil qiladi. Agar sizda ko'krak bezi saratoniga shubha yoki
alomatlar

bo'lsa,

professional

tekshiruv

uchun

shifokorga

murojaat

qilish

lozim. Mammolog dastlabki tekshiruvni o'tkazadi va quyidagi diagnostika tekshiruvlaridan
so'ng aniq tashxis qo'yadi:

mammografiya;

qondagi CA 15-3 onkomarkerlar tahlili;

sut bezlari, qorin bo'shlig'i organlari, limfa tugunlarining ultratovush tekshiruvi;


background image

60

biopsiya (Bu usul o'simta turini aniqlashga yordam beradi. Xavflilik o'sma

to'qimalarining bo'laklarini mikroskop ostida tekshirish orqali aniqlanadi);

duktografiya (kontrastli mammografiya);

immunogistixomik tekshiruv (o'simtaning ayrim gormonlarga - estrogen, progesteronga

sezgirligini aniqlash).

Natijalar.

Davolash usulini tanlash ko'plab omillarga bog'liq: kasallikning bosqichi,

ayolning yoshi, o'simtaning tuzilishi va hajmi, o'sish tezligi. Davolashning zamonaviy usullari
jarrohlik, radiatsiya va kimyoterapiya usullarining eng maqbul kombinatsiyasidan, ya'ni
kompleks yondashuvdan foydalanadi. Terapiyada mutaxassislar har bir bemorga individual
yondashishlari kerak. Mutaxassislar guruhi ayolga davolashning onkologik va estetik nuqtai
nazardan muvaffaqiyatli bo'lishi uchun o'ziga xos davolash usullarini taklif qilishi kerak.
Bugungi kunda ko'krak bezi saratonini davolashning eng samarali usullari quyidagilardir:

lampektomiya (o'smaning o'zini olib tashlashni o'z ichiga oladi);

mastektomiya (ko'krak va boshqa to'qimalarni to'liq olib tashlashni o'z ichiga oladi);

radiatsion terapiya (agar bemor klimaks davridan o`tgan bo`lsa) - saraton radioaktiv

nurlanish bilan nurlanadi;

kimyoterapiya (agar bemor klimaks davridan o`tmagan bo`lsa) - saraton hujayralarining

o'limini ta'minlaydigan sitostatiklar qo'llaniladi;

gormon terapiyasi - o'simtaning gormonlarga sezuvchanligini blokirovka qiluvchi

dorilar qo'llaniladi;

immunoterapiya.
Operatsiyadan keyin organizmning xususiyatlariga, davolash sifatiga, kasallikning

bosqichiga qarab, bemorlarning bir qismi bir necha yil, ba'zilari esa keksalikka qadar
yashaydi. Statistikaga ko'ra, operatsiyadan keyingi yangi metastazlar birinchi 3-5 yil ichida
paydo bo'ladi, keyinchalik yangi shakllanish xavfi keskin kamayadi.

Ko'krak bezi saratonini xalq tabobati bilan davolash samarasizdir. Dorivor giyohlar va

xalq retseptlari saraton bilan samarali kurasha olmaydi. O`zboshimchalik bilan davolanish
odatda shifokorga tashrifni kechiktiradi va bemorning umrini qisqartiradi.

Xulosa.

Ushbu kasallikni xotin qizlarga to’g’ri tushuntirish berish tibbiy

savodhonliklarini oshirish kasallikni ertaroq aniaqlash imkonini beradi.

Ko‘krak bezi saratoni

kasalliklarini erta aniqlashda raqamli mammografiya tekshiruvi o‘rni yuqori bo‘lib, ushbu
tekshiruv usuli saraton kasalligida 94,3% to‘g‘ri maʼlumot berishi aniqlandi. Ushbu tekshiruv
usuli nafaqat saraton kasalligi balki saraton oldi kasalliklarini ham erta aniqlash va ularni
oldini olishda ahamiyati katta ekanligi aniqlandi. Onkomarkerlarga tekshirilgan bemorlarning
tekshiruv natijalari tahlil qilinganda kasallik erta bosqichlarida (I-IIA, IIB) kelgan bemorlarga
nisbatan onkomarkerlar ko‘rsatkichi kechki bosqichlarda (III, IV ) kelgan bemorlarda 5 va 6
barobargacha yuqori ko‘rsatkichlarda ekanligi aniqlandi. Bu kasallikning zo‘rayganligi hamda
atrofidagi to‘qimalarga tarqalib ketganligini ko‘rsatdi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Парпиева, О. Р., Эрматова, Г. А., Камалова, Д. А., & Якубов, А. (2024).


background image

61

КОРРЕЛЯЦИОННАЯ СВЯЗЬ МЕЖДУ ПИТАНИЕМ И СОСТОЯНИЕМ ЗДОРОВЬЯ ЖЕНЩИН
РЕПРОДУКТИВНОГО ВОЗРАСТА. JOURNAL OF MEDICINE AND PHARMACY, 7(6), 4-10.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11634575

2.

Парпиева, О. Р. (2023). КЎКРАК БЕЗИ САРАТОНИ ҲАҚИДА ТУШУНЧА. Finland

International Scientific Journal of Education. Social Science & Humanities, 11(3), 446-454.
3.

Parpieva Odinaxon Rakhmanovna. (2022). Nutrition and diet in breast cancer.

Texas

Journal of Medical Science

,

7

, 27–30.

https://doi.org/10.62480/tjms.2022.vol7.pp27-30

4.

Parpiyeva O.R. - ASSESSMENT OF THE MAIN INDICATORS OF BREAST CANCER IN THE

TERRITORIES OF THE FERGANA REGION//New Day in Medicine 4(78)2025 1121-1126

https://newdayworldmedicine.com/en/new_day_medicine/4-78-2025

5.

Parpiyeva, O. R., & Mirzajonova, E. T. (2022). The role of psycho-oncology in the

treatment of cancer patients. Texas Journal of Medical Science, 9, 14-17.
6.

Normatova, S. A., & Parpiyeva, O. R. (2024). ASSESSMENT OF THE ROLE OF RISK

FACTORS IN THE DEVELOPMENT OF BREAST CANCER. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS
OF

RECENT

RESEARCH,

2(21),

74-78.

https://interonconf.org/index.php/taare/article/view/10467

7.

Parpiyeva, O. (2023). KO‘KRAK BEZI SARATONI BILAN KASALLANGAN AYOLLAR

OVQATLANISHINI KORREKTSIYALASHNI ILMIY ASOSLASH. MAVZUSI BO ‘YICHA
ADABIYOTLAR TAHLILI. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 3(12),
168-177.
8.

Normatova Sh.A., & Parpiyeva O.R. (2023). AYOLLARDA KO'KRAK BEZI SARATONINI

ERTA ANIQLASHDA ZAMONAVIY YONDASHUV. В actacamu: Тт. 2 2023 (Выпуски 2181-4155,
с. 116). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7924839

9.

Абдукаримова, Н. У., Муйдинова, Ё. Г., Парпиева, О. У., & Мухамедиева, И. Б. (2015).

ОЦЕНКА РЕПРОДУКТИВНОГО ЗДОРОВЬЯ ЖЕНЩИН ГОРОДСКОЙ И СЕЛЬСКОЙ
МЕСТНОСТИ ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ. In Актуальные проблемы медицины в России и за
рубежом (pp. 102-104).
10.

Parpiyeva, O. R., & Dzhaloldinova, O. O. (2022). The role of Valeology in raising a healthy

generation. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 13, 1-3.
11.

Parpiyeva, O., & Musayeva, I. (2024). AYOLLARDA REPRODUKTIV SALOMATLIKNI

TA'MINLASHNING

ZAMONAVIY

METODLARI. O'ZBEKISTONDA

FANLARARO

INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 3(35), 491-493.
12.

Parpieva, O. R., & Djalalidinova, O. O. (2022). Reproductive Health Issues. Texas Journal

of Medical Science, 14, 58-61.
13.

Парпиева, О. Р., & Хайриллоев, Х. И. (2023). ОНКОЛОГИК БЕМОРЛАР

ПАТРОНАЖИНИ

ОЛИБ

БОРИШДА

ТИББИЁТ

ХОДИМЛАРИ

ФАОЛИЯТИНИНГ

АҲАМИЯТИ. Scientific Impulse, 1(10), 936-940.
14.

Parpiyeva, O. R., & Ro’ziboyeva, O. (2024). REPRODUKTIV SALOMATLIKNI MUHOFAZA

QILISH MASALALARI. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(23), 28-33.
15.

Odinaxon Raxmanovna Parpiyeva, & Eleonora Topvoldievna Mirzajonova. (2022). The

role of psycho-oncology in the treatment of cancer patients.

Texas Journal of Medical

Science

,

9

, 14–17. https://doi.org/10.62480/tjms.2022.vol9.pp14-17

16.

Parpiyeva, O. (2023). “KO‘KRAK BEZI SARATONI BILAN KASALLANGAN AYOLLAR

OVQATLANISHINI KORREKTSIYALASHNI ILMIY ASOSLASH” MAVZUSI BO‘YICHA


background image

62

ADABIYOTLAR TAHLILI.

Евразийский журнал медицинских и естественных наук

,

3

(12),

168–177. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/25174

Библиографические ссылки

Парпиева, О. Р., Эрматова, Г. А., Камалова, Д. А., & Якубов, А. (2024). КОРРЕЛЯЦИОННАЯ СВЯЗЬ МЕЖДУ ПИТАНИЕМ И СОСТОЯНИЕМ ЗДОРОВЬЯ ЖЕНЩИН РЕПРОДУКТИВНОГО ВОЗРАСТА. JOURNAL OF MEDICINE AND PHARMACY, 7(6), 4-10. https://doi.org/10.5281/zenodo.11634575

Парпиева, О. Р. (2023). КЎКРАК БЕЗИ САРАТОНИ ҲАҚИДА ТУШУНЧА. Finland International Scientific Journal of Education. Social Science & Humanities, 11(3), 446-454.

Parpieva Odinaxon Rakhmanovna. (2022). Nutrition and diet in breast cancer. Texas Journal of Medical Science, 7, 27–30. https://doi.org/10.62480/tjms.2022.vol7.pp27-30

Parpiyeva O.R. - ASSESSMENT OF THE MAIN INDICATORS OF BREAST CANCER IN THE TERRITORIES OF THE FERGANA REGION//New Day in Medicine 4(78)2025 1121-1126 https://newdayworldmedicine.com/en/new_day_medicine/4-78-2025

Parpiyeva, O. R., & Mirzajonova, E. T. (2022). The role of psycho-oncology in the treatment of cancer patients. Texas Journal of Medical Science, 9, 14-17.

Normatova, S. A., & Parpiyeva, O. R. (2024). ASSESSMENT OF THE ROLE OF RISK FACTORS IN THE DEVELOPMENT OF BREAST CANCER. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 2(21), 74-78. https://interonconf.org/index.php/taare/article/view/10467

Parpiyeva, O. (2023). KO‘KRAK BEZI SARATONI BILAN KASALLANGAN AYOLLAR OVQATLANISHINI KORREKTSIYALASHNI ILMIY ASOSLASH. MAVZUSI BO ‘YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 3(12), 168-177.

Normatova Sh.A., & Parpiyeva O.R. (2023). AYOLLARDA KO'KRAK BEZI SARATONINI ERTA ANIQLASHDA ZAMONAVIY YONDASHUV. В actacamu: Тт. 2 2023 (Выпуски 2181-4155, с. 116). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.7924839

Абдукаримова, Н. У., Муйдинова, Ё. Г., Парпиева, О. У., & Мухамедиева, И. Б. (2015). ОЦЕНКА РЕПРОДУКТИВНОГО ЗДОРОВЬЯ ЖЕНЩИН ГОРОДСКОЙ И СЕЛЬСКОЙ МЕСТНОСТИ ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ. In Актуальные проблемы медицины в России и за рубежом (pp. 102-104).

Parpiyeva, O. R., & Dzhaloldinova, O. O. (2022). The role of Valeology in raising a healthy generation. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 13, 1-3.

Parpiyeva, O., & Musayeva, I. (2024). AYOLLARDA REPRODUKTIV SALOMATLIKNI TA'MINLASHNING ZAMONAVIY METODLARI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 3(35), 491-493.

Parpieva, O. R., & Djalalidinova, O. O. (2022). Reproductive Health Issues. Texas Journal of Medical Science, 14, 58-61.

Парпиева, О. Р., & Хайриллоев, Х. И. (2023). ОНКОЛОГИК БЕМОРЛАР ПАТРОНАЖИНИ ОЛИБ БОРИШДА ТИББИЁТ ХОДИМЛАРИ ФАОЛИЯТИНИНГ АҲАМИЯТИ. Scientific Impulse, 1(10), 936-940.

Parpiyeva, O. R., & Ro’ziboyeva, O. (2024). REPRODUKTIV SALOMATLIKNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(23), 28-33.

Odinaxon Raxmanovna Parpiyeva, & Eleonora Topvoldievna Mirzajonova. (2022). The role of psycho-oncology in the treatment of cancer patients. Texas Journal of Medical Science, 9, 14–17. https://doi.org/10.62480/tjms.2022.vol9.pp14-17

Parpiyeva, O. (2023). “KO‘KRAK BEZI SARATONI BILAN KASALLANGAN AYOLLAR OVQATLANISHINI KORREKTSIYALASHNI ILMIY ASOSLASH” MAVZUSI BO‘YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 3(12), 168–177. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/25174