50
TO‘G‘RI OVQATLANISH SALOMATLIK GAROVI
Ulug‘bekova Feruza Raxmatovna
Qosimov Sardorbek Boxodirjon o‘g‘li
2-son Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15468969
Ovqatlanish har bir tirik mavjudotning doimiy ehtiyoji bo‘lib, uning hayot kechirish bilan
bog‘liq barcha hatti-harakatlari, jismoniy va aqliy mehnat qilishi hamda barcha tizim va
a’zolarining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur energiya (quvvat) faqat oziq-ovqat mahsulotlari
bilan qabul qilinadi. Bundan tashqari, to‘qima va hujayralarning doimiy yangilanib turishi,
yosh organizmlarda esa yana o‘sish va rivojlanish uchun kerak bo‘lgan qurilish yoki plastik
material ham ovqatlanish bilan vujudga kiradi. Masalaning yana bir tomoni shundan iboratki,
iste’mol qilinadigan taomlar ayni olingan organizm uchun me’yoridan kam bo‘lsa ham, ko‘p
bo‘lsa ham tegishli holdagi xastaliklarni keltirib chiqaradi. Chunonchi, to‘yib ovqatlanmaslik
yoki och qolish aksariyat hollarda yuqumli xastaliklarga olib kelsa, ehtiyojdan ko‘p ovqat
yeyish o‘ziga xos surunkali kasalliklarga olib keladi. Har ikkala holatda ham kishilarning
kasalliklarga chalinishi bois vaqtincha ishga chiqmasligi yoki yaroqsizligi, dori-darmonlarga
bog‘liq oshiqcha xarajatlardan avvalo oila, keyin davlat, jamiyat umumiy budjeti sezilarli
darajada zarar ko‘radi. Shuning uchun ham ovqatlanish masalasiga insoniyat paydo
bo‘lganidan boshlab uning sihat-salomatligi, o‘sib-ulg‘ayishi, serunum mehnat qilishi hamda
uzoq umr ko‘rishiga ta’sir qiluvchi eng muhim tashqi muhit omili sifatida qaralgan.
Tadqiqot maqsadi.
To‘g‘ri ovqatlanishning tartib tamoyili bir kecha-kunduzda necha
marta va qachon ovqatlanish maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. Oldingi davrda yaratilgan
qo‘llanmalar, qabul qilingan me’yorlarda ko‘rsatilishicha, odam bir kunda to‘rt yoki besh
marta ovqatlanishi lozimligi va kechki ovqatga juda kam miqdorda o‘rin berilganligi qayd
qilingan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bunday tartibda ovqatlanish barcha xalqlarning
o‘ziga xos yashash sharoitlarini, milliy an’analarini, urfodatlarini hisobga olmasdan
belgilangan desak, xato bo‘lmaydi. Masalan, Respublikamizning ko‘pgina qishloqlarida
yozning jazirama issiq kunlari tushlik eslab o‘tilgan me’yorlardagidek kunlik ovqatning asosiy
qismini egallamaydi, odamlar bunday paytlari ko‘pincha qovun-tarvuz, meva-cheva yoki qatiq
mahsulotlarini (masalan, chalop, ayron) non bilan tanavvul qilishadi, issiq ovqat esa salqin
tushishi bilan kechga yaqin iste’mol qilinadi. Ertalabki nonushta ham issiq ovqat o‘rniga yengil
taomlardan (uzum, meva-chevalar bilan choy ichish kabi) iborat bo‘lgan. Bunday ovqatlanish
tartibi avloddanavlodga davom etib, xalqimiz turmush tarziga singib ketgan.
Materiallar va usullar.
To‘g‘ri ovqatlanish menyusini tuzish sog‘lom bo‘lish uchun
muhim qadamdir. Buni qanday qilish bo‘yicha ba'zi tavsiyalar:
Nonushta: Kunni murakkab uglevodlar (kasha, donli non), oqsillar (tuxum, tvorog) va
mevalarni o‘z ichiga olgan to‘liq nonushta bilan boshlang.
Tushlik: Tushlik taqsimlangan bo‘lishi kerak va tarkibida oqsillar (go‘sht, baliq,
dukkakli), uglevodlar (don, kartoshka) va sabzavotlar bo‘lishi kerak.
Kechki ovqat: Oqsillar (baliq, tovuq), sabzavotlar va ozgina uglevodlar bilan engil kechki
ovqat.
Gazak qilish: Yong‘oq, meva, yogurt kabi sog‘lom oziq-ovqatni gazak menyusiga kiriting.
Oziq-ovqat uchun ishlatadigan barcha mahsulotlarni shartli ravishda “foydali” va “zararli”
turlarga bo‘lish mumkin. Foydali mahsulotlarni kundalik ratsionga kiritish tavsiya etiladi: ular
51
aminokislotalarga, vitaminlarga, mikro- va makroelementlarga, yog‘ kislotalariga,
kletchatkaga boy. Bundan tashqari, ular oson hazm bo‘ladi, metabolizmni sekinlashtirmaydi
va sog‘liqqa zararli ta’sir ko‘rsatmaydi. Ratsiondagi kaloriya miqdorini hisoblash uchun ruxsat
etilgan me’yorni va kundalik kaloriya miqdorini bilish, shuningdek, turmush tarzini hisobga
olish kerak: faol sport bilan shug‘ullanadiganlar uchun kaloriya qiymati ofisda o‘tirib
ishlaydiganlarnikiga nisbatan yuqori bo‘lishi mantiqqa mos keladi.
Erkaklar uchun o‘rtacha kunlik kaloriya iste’moli yoshi va turmush tarziga qarab 2000–
2400 kkal, ayollar uchun — 1800–2400 kkal`ni tashkil etadi. Oqsillar, yog‘ va uglevodlar
balansi odatda quyidagicha bo‘lishi zarur:
Oqsillar — 30-40%;
Uglevodlar — 40-50%;
Yog‘lar — 20-25%.
Natijalar.
Insonning necha yil umr ko‘rishi uning genlarida dasturlangan bo‘ladi, mana
shu tartibning buzilmasdan davom etishida to‘g‘ri ovqatlanish muhim o‘rin egallaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining e’tirof etishicha, agar odam to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga
to‘liq amal qilib borsa, o‘z sog‘ligini 80% kafolatlar ekan. Shuning uchun ham ushbu nufuzli
tashkilotning ta’kidlashicha, sog‘lom turmush tarzining birinchi va eng muhim tamoyili qilib
to‘g‘ri ovqatlanish belgilangan. Ovqatlanish bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishi
dastavval oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi, ya’ni ocharchilik tufayli bo‘lgan. Ushbu
muammo insoniyat tarixida doim bo‘lgan, yer sharining ayrim hududlarida hozir ham mavjud,
bundan keyin ham bo‘lishi mumkin. Chunki dunyo bo‘yicha aholi sonining jadal o‘sib borishi
(hozirgi paytda dunyo aholisi 8 milliard 80 million kishiga yetdi) bilan iste’mol uchun kerakli
oziq-ovqatlarning yetkazib berilishi o‘rtasida ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra
(qurg‘oqchilik, urushlar, iqtisodiy tanazzul, mahsulotlarning notekis taqsimlanishi va
boshqalar) uzilish bo‘lib turadi. Bunday holatga barham berish maqsadida qishloq xo‘jalik
ekinlari va chorva mollari mahsulotlarini ko‘paytirish, ozuqabop o‘simliklar va hayvonlar,
sun’iy oqsil, yog‘, uglevodlar ixtiro qilinishi ustida olib borilgan va borilayotgan ishlar tufayli
ko‘pgina muvaffaqiyatlarga erishildi.
Xulosa.
To‘g‘ri ovqatlanish sog‘liq va uzoq umr ko‘rishning asosidir. To‘g‘ri ovqatlanish
nima ekanligini tushunish va uning tamoyillariga rioya qilish umumiy salomatlikni
yaxshilashga va ko‘plab kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. To‘g‘ri, ovqatlanishni
tashkil qilish va to‘g‘ri taqsimlangan menyu tuzish kuch talab qiladi, ammo natijasi kuch
sarflashga arziydi. Esingizda bo‘lsin, sog‘lom ovqatlanish vaqtinchalik parhez emas, balki
doimiy ravishda saqlanishi kerak bo‘lgan turmush tarzidir. Hozirgi zamon kishilarining
ovqatlanishi 100-200 yil oldin o‘tgan avlodlarimiznikidan ancha farq qilishi sir emas. Shunday
ekan, ularning ovqatlanishi, ya’ni oqilona taomlanishda yuqorida aytib o‘tilgan
qonunqoidalarga rioya qilish, sihat-salomatlikni ta’minlashda, noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli
kelib chiqadigan xastaliklarni bartaraf qilishda, uzoq umr ko‘rishda, qolaversa, taomlanish
tejamkorligini amalga oshirish kerak.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Parpiyeva, O. R., & Ostanaqulov, A. D. (2019). Health theory. Форум молодых ученых,
52
(6 (34)), 26-28.
2.
Parpieva, O. R. (2023). HEALTH IS THE HIGHEST VALUE. Новости образования:
исследование в XXI веке, 1(11), 760-763.
3.
Parpiyeva, O. R., Nazarova, D., Ro’ziboyeva, O., & Jumaboyeva, M. (2024). SALOMATLIK–
OLIY QADRIYAT SIFATIDA. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION
SYSTEM, 3(27), 79-81.
4.
Парпиева, О. Р., Эрматова, Г. А., Камалова, Д. А., & Якубов, А. (2024).
КОРРЕЛЯЦИОННАЯ СВЯЗЬ МЕЖДУ ПИТАНИЕМ И СОСТОЯНИЕМ ЗДОРОВЬЯ ЖЕНЩИН
РЕПРОДУКТИВНОГО ВОЗРАСТА. JOURNAL OF MEDICINE AND PHARMACY, 7(6), 4-10.
5.
Эрматова, Г. А., Парпиева, О. Р., Якубов, А., & Камалова, Д. А. (2024). ПРИВЫЧКИ
ЗДОРОВОГО
ПИТАНИЯ
В
КОНТЕКСТЕ
ПОВСЕДНЕВНОЙ
ЖИЗНИ
НАСЕЛЕНИЯ. International Journal of Education, Social Science & Humanities, 12(5), 1221-
1228.
6.
Raxmanovna, P. O. (2024). BOLALAR OZIQLANISHI UCHUN MO’LJALLANGAN YANGI
TURDAGI
MAHSULOTLAR
ISHLAB
CHIQARISHDA
QOVOQ
MEVALARINING
AHAMIYATI. SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 7(1), 341-346.
7.
Raxmanovna, P. O. (2024). BOLALAR OZIQLANISHI UCHUN MO’LJALLANGAN
MARMELAD ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. In INTERDISCIPLINE INNOVATION AND
SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 2, No. 16, pp. 134-138).
8.
Odinaxon Raxmanovna Parpiyeva Djalalova Nigora Xusanovna. (2024). OZIQ-OVQAT
XAVFSIZLIGI,
OVQATLANISH
SIFATI
VA
KO'KRAK
SARATONI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11242640
9.
Parpiyeva, O. R., & Davlatov, H. (2024). HEALTHY NUTRITION FOR
SCHOOLCHILDREN.
Академические исследования в современной науке
,
3
(45), 197-200.
10.
Парпиева, О. Р., & Назарова, Д. (2024). ПРИНЦИПЫ ДИЕТИЧЕСКОЙ
ПРОФИЛАКТИКИ ОНКОЗАБОЛЕВАНИЙ.
SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
,
7
(12),
82-85.