47
QANDLI DIABET KASALLIGI PROFILAKTIKASI
To’xtasinova Sitora Inomjonovna
Mirzadjonova Zilola Anvarovna
2-son Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15468953
Qand kasalligi — organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi
natijasida kelib chiqadigan kasallik. Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan
maʼlum. Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida eʼtibor bergan. “Suv qanday ichilgan boʻlsa, shu
holda chiqadi”, deb yozadi u. Bemorning koʻp suv ichishi boshqa kasalliklarni ham keltirib
chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga toʻxtab tabib: "Bemorga sovuq mizojli
suyuqliklar ichir, sovuqjomga sol, nordon ayron ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, yaʼni
bemorni hoʻlla, sovut", deydi. Bu — kasallik odam badanida issiqlikning oshib ketishi tufayli
paydo boʻlishini bildiradi. Qand kasalligi tarixiy tibbiy manbalarga koʻra, nasliy boʻlishi ham
mumkin. Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin koʻpayib, siydik bilan chiqib turadi
(tarkibida qand moddasi boʻladi), tashnalik, og`iz qurishi, ozib ketish, quvvatsizlik, badan
qichishishi va boshqalar alomatlar kuzatiladi. Kasallikning irsiy yoki hayotda orttirilgan,
shuningdek, insulinga bogʻliq (diabetning 1 turi) va insulinga bogʻliq boʻlmagan (diabetning 2
turi) turi farq qilinadi.
Diabetning 1 turi koʻpincha oʻsmirlik yoshida uchraydi. Bunda bemor organizmida
meʼda osti bezi hujayralari insulin ishlab chiqara olmaydi va ularni davolashda qand
miqdorini pasaytirish maqsadida insulin preparatlari qoʻllanadi.
Qandli diabetning 2 turida meʼda osti bezi orolcha hujayralaridan insulin ishlab
chiqarish saqlanib qoladi, bunda qon tarkibidagi insulin miqdori meʼyorida yoki undan sal
yuqoriroq boʻladi.
Tadqiqotning maqsadi.
Qandli diabetning har ikkala turida ham davolashdan asosiy
maqsad iloji boricha qondagi qand miqdorini kamaytirish, sogʻlom kishilardagi koʻrsatkichga
yaqinlashtirish, yaʼni kompensatsiya holatiga erishishdir. Qondagi qand miqdorini meʼyorida
saqlab turishning asosiy yoʻli qondagi glyukozani iloji boricha tez-tez aniklash; bunday
nazorat Qandli diabetning insulinga bogʻliq 1-turida juda zarur. Uy sharoitida mustaqil holda
qondagi glyukoza miqdorini aniqlashda maxsus reaktiv qogʻozlardan foydalanish mumkin.
Buning uchun ukol igna yordamida barmoqdan bir tomchi qon reaktiv qogʻozga olinadi (qon
qogʻozni bir chetidagi chiziqchalarga tushiriladi). Bir daqiqadan soʻng qogʻozdagi qon paxta
bilan artib tashlanadi va yana bir daqiqa oʻtgach, reaktiv qogʻoz rangi shkala bilan
solishtiriladi. Rangi eng yaqin boʻlgan shkala koʻrsatkichi shu qondagi glyukoza miqdorini
mmol/l (mg%) da ifodalaydi. Xuddi shunday usulda uy sharoitida siydikdagi qand miqdorini
ham bemorlarning oʻzlari mustaqil maxsus reaktiv qogʻozlar yordamida aniqlashlari mumkin.
Agarda qonda yoki siydikda glyukoza miqdori baland boʻlsa, darhol tegishli davo
muolajalarini amalga oshirish lozim. Bulardan tashqari, bemorlar tana vaznlarini ham haftada
bir marotaba nazorat qilishlari hamda uni oʻz boʻyi, yoshi va kasbiga mos boʻlgan meʼyorda
saqlab turishlari kerak.
Materiallar va usullar.
Qandli diabet tashxisi och qoringa qondagi qand miqdori 6,5
mmol/l dan oshganda qo`yiladi. Qandli diabet bilan og'rigan odamlarning siydigida glyukoza
bo`lmaydi, chunki buyraklar uning o'tishiga yo'l qo'ymaydi, ammo qondagi qand miqdori 8,8
mmol/l dan oshganda, glyukoza siydik tarkibida bo`ladi. Agar kasallik borligiga shubha bo'lsa,
48
shifokor bemorga tekshiruvdan o`tishni tavsiya qiladi va quyidagi tahlillarni topshirishga
yo`naltiradi:
kapillyar qondagi glyukoza;
siydikdagi keton tanachalari va glyukoza;
glikolizlangan gemoglobin;
qondagi insulin va C-peptid (1-tipda bu ko'rsatkichlar pasayadi, 2-tipda ular deyarli
o'zgarmaydi).
Yuqoridagi tahlillardan tashqari, bemor maxsus glyukozaga sezuvchanlik sinovidan
o`tadi, och holatda va maxsus shakarli suyuqlik ichgandan keyin ikki soat o’tib qondagi
glyukoza miqdorini solishtiriladi.
Agar suyuqlikni qabul qilishdan oldin glyukoza miqdori 6,5 mmol/l va suyuqlik qabul
qilingandan keyin 11,1 mmol/l yoki undan ko'p bo'lsa, test natijasi ijobiy deb hisoblanishi
mumkin. Agar tekshiruvdan oldin glyukoza miqdori 6,5 mmol/l dan past bo'lsa va keyin 7,7
mmol/l dan kam bo'lsa, test natijasi manfiy hisoblanadi, ya`ni kasallik aniqlanmagan bo`ladi.
Qandli diabet paytida yuzaga keladigan asoratlarni istisno qilish uchun qo'shimcha
ravishda quyidagi tekshiruvlar o`tkaziladi:
oyoqlarning reovazografiyasi;
buyraklarning ultratovush tekshiruvi
bosh miyaning Elektroansefalografiyasi.
Natijalar.
Qandli diabetni davolashning asosini parhez tashkil etadi. Bemorning ratsioni
yoshi, jinsi, jismoniy faolligi va vaznini hisobga olgan holda shifokor tomonidan tanlanadi. 1-
tipdagi diabetda uglevodlar qat'iy ravishda har kuni aynan bir vaqtda iste'mol qilinadi, bu
orqali qondagi shakar darajasini va insulinni kerak paytda yuborishni nazorat qilish mumkin
bo`ladi. Yog'li ovqatlardan voz kechish muhimdir.
Agar bemorda 2-tipdagi diabet bo'lsa, unda u umuman shirinliklardan voz kechish
lozimdir. Ovqatlarning umumiy kaloriya miqdori ham kamaytiriladi, bo`lib-bo`lib ovqatlanish
tavsiya etiladi hamda fruktoza, aspartam va shakar o`rnini bosuvchi moddalarda foydalanish
mumkin.
Parhez yordamida faqat yengil darajadagi qandli diabet davolanadi. Agar bemorda
kasallikning og'irroq shakllari mavjud bo'lsa, dori-darmonlarsiz davolanishning iloji yo`q. 1-
tipdagi diabetda insulin terapiyasi qo'llaniladi, 2-toifa diabetda qondagi qand darajasini
pasaytirish uchun maxsus dorilar qo'llaniladi. Oshqozon osti bezining sog'lig'ini nazorat
qilish, immunitetni oshirish orqali 1-tipdagi diabetning oldini olish mumkin. 2-tipdagi
diabetning oldini olish uchun esa ortiqcha vaznni nazorat qilish va to'g'ri ovqatlanish lozim.
Xulosa.
Endokrinologik kasalliklar profilaktikasi va ularni erta bosqichda aniqlashga oid
chora-tadbirlarni takomillashtirish, shuningdek bunday kasalliklarni erta aniqlash uchun
hududlarda skrining dasturlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
Endokrinologiya muassasalari qurilishi, rekonstruksiyasi va kapital ta'mirlovi, tibbiy
asbob-uskunalar
bilan
jihozlanishi
asosida
ularning
moddiy-texnik
bazasini
modernizatsiyalash;
Aholining zamonaviy yuqori samarali diagnostika va davolash usullaridan foydalanish
imkonini yaxshilash, endokrin kasalliklarni davolashda yuqori samaradorlikka erishish,
49
endokrinologiya muassasalarining dori vositalari va reagentlari bilan ta'minlanish darajasini
oshirish;
Kadrlar salohiyatini mustahkamlash va endokrin kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi
va terapiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar spektrini kengaytirish, shuningdek xalqaro hamkorlik
aloqalarini kengaytirish va ilmiy ishlarga doir xalqaro tajribani sog‘liqni saqlash tizimida
amaliy tatbiq etish.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Parpiyeva, O. R., & Ostanaqulov, A. D. (2019). Health theory. Форум молодых ученых,
(6 (34)), 26-28.
2.
Parpieva, O. R. (2023). HEALTH IS THE HIGHEST VALUE. Новости образования:
исследование в XXI веке, 1(11), 760-763.
3.
Parpiyeva, O. R., Nazarova, D., Ro’ziboyeva, O., & Jumaboyeva, M. (2024). SALOMATLIK–
OLIY QADRIYAT SIFATIDA. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION
SYSTEM, 3(27), 79-81.
4.
Парпиева, О. Р., Эрматова, Г. А., Камалова, Д. А., & Якубов, А. (2024).
КОРРЕЛЯЦИОННАЯ СВЯЗЬ МЕЖДУ ПИТАНИЕМ И СОСТОЯНИЕМ ЗДОРОВЬЯ ЖЕНЩИН
РЕПРОДУКТИВНОГО ВОЗРАСТА. JOURNAL OF MEDICINE AND PHARMACY, 7(6), 4-10.
5.
Эрматова, Г. А., Парпиева, О. Р., Якубов, А., & Камалова, Д. А. (2024). ПРИВЫЧКИ
ЗДОРОВОГО
ПИТАНИЯ
В
КОНТЕКСТЕ
ПОВСЕДНЕВНОЙ
ЖИЗНИ
НАСЕЛЕНИЯ. International Journal of Education, Social Science & Humanities, 12(5), 1221-
1228.