Авторы

  • Jamilaxon Ermakova
    Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.91929

Ключевые слова:

olxo’ri olxo’ri navlari quruq mahsulot saqlash.

Аннотация

Maqolada olxo’ri quritish hamda quritilgan olxo`rini saqlash tartibi haqida adabiyotlardan olingan ma’lumotlar berilgan. SHu jumladan, saqlashga keltirilgan quritilgan olxo`rini joylashtirish hisobi, zararkunandalar bilan zararlanmaganligi va boshqa bir qator xususiyatlarini nazorat qilish  kerak.


background image

89

OLXO’RINI QURITISH USULLARI VA QURITILGAN OLXO’RINI SAQLASH

Ermakova Jamilaxon Muxammadovna

Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15496452

ANNOTATSIYA

Maqolada olxo’ri quritish hamda quritilgan olxo`rini saqlash tartibi haqida

adabiyotlardan olingan ma’lumotlar berilgan. SHu jumladan, saqlashga keltirilgan quritilgan
olxo`rini joylashtirish hisobi, zararkunandalar bilan zararlanmaganligi va boshqa bir qator
xususiyatlarini nazorat qilish kerak.

Kalit so’zlar:

olxo’ri, olxo’ri navlari, quruq mahsulot, saqlash.

Olxo’rining “Samarqand qora olxo’risi”, “Berton”, “Arton”, “Osennyaya”, “Vengerka

fioletovaya”, “Ispolinskaya”, “Qora olu”, “Anna shpet” va “Kirke” navlaridan juda yaxshi qoqi
olinadi.

Olxo’ri qoqisi inson organizmi uchun parxezli davolovchi yaxshi maxsulotdir. Olxo’rini tuk

tusli Berton, Ispolinskiy, Sogdiana, Kora olu, Samarkandskaya, Vengerka ajanskaya, Vengerka
fioletovaya navlari quritish uchun eng yaxshi xisoblanadi.

Ishlab chiqarish texnologiyasi uzish, tashish, saqlash, navlarga ajratish, inspeksiya,

yuvish, qaynoq suvga pishish, quritish, namini baravarlash, qutilarga joylash va saqlashdan
iborat. Quritiladigan olxo’ri yaxshi pishgan b’lishi kerak. SHu sababli u obdon pishib, qandi,
kislotasi va boshqa moddalari tegishli darajaga yetgach, uziladi.

Olxo’rini katta-kichikligi, yetilganlik holatiga xamda sifatiga qarab saralanadi. Ezilgan,

chirigan, kasallangan va xashoratlardan zararlangan mevalar ajratiladi.

Olxo’ri navlarini kech pishishi (avgust-sntyabr) hisobga olingan xolda quritishdan oldin

uni ishkor aralashmasida ishlov (blanshirovka) beriladi. Olxurini 10-15 sentyabrdan keyin
quritish tavsiya etilmaydi, chunki mevalar to kuzgi yomg’ir yog’ishigacha qurimaydi. SHuning
uchun maxsulot ertaroq 0,5% li ishqor aralashmasida ishlov berib quritiladi. Ishlov berishdan
maqsad meva etlarida kichik yoriqchalar xosil qilish va kurish jarayonini tezlashtirishdir.

Olxo’ri mevalariga ishlov berish uchun qozonga toza suv quyib qaynoq holga keltiriladi,

undan keyin 100 litr suv xisobiga 500 gr ishqor (kaustik soda) solib qaynatiladi, undan keyin
mevalar kichik (2-3 kg li) savatchalarga solib qaynayotgan ishqor aralashmasiga (mahsulot
yetilganligi, naviga qarab) 10-30 soniya mobaynida botirib olinadi va ochiq maydonda
quritiladi.

Olxo’rini och tusli navlari ishqor bilan ishlov berilib, oltingugurtda dudlash usulida

quritiladi. Mevalar ishqor bilan ishlov berilgandan keyin, darxol oltingugurtda dudlanadi,
bunda bir kilogramm meva uchun bir grammgacha oltingugurt sarflanib, bir soat mobaynida
dudlanadi. So’ng uni «shtabel» (taxlash) usulida quritiladi va tovar sifati yuqori bulgan
maxsulot olinadi.

Tayyor mahsulot namligi 20-22% dan oshmasligi kerak. Ob-xavo sharoitiga qarab

quritish 14-20 kun davom etadi. Bunda 24-36 % gacha quruq mahsulot olinadi.

1-jadval. Olxo’ri mevalarining quritiladigan navlaridan butun va ikkiga bo’lingan

quruq mahsulot olish miqdori

Olxo’ri navlari

Quruq mahsulot

chiqishi (butun),%

Quruq mahsulot chiqishi

(ikkiga bo’lingan), %

1

Anna shpet

23,5

17,5


background image

90

2

Arton

31,2

-

3

Berton

25,4

23,3

4

Ispolinskaya

23

19,5

5

Qora olu

30

20

6

Samarqand qora olxo’risi

32,6

-

Quritilgan olxo’rini saqlash uchun maxsus qutilarga yoki kraft qoplarga solinadi. Og’zi

yaxshilab berkitiladi va toza quruq tokchalarga qo’yiladi. Birinchi tokcha yerdan 10 sm
balandlikda bo’ladi. Devor va tokchalar orasida 0,5 metrli yo’l qoldiriladi va qatorlar orasiga
bitta markaziy 1,5-1,8 metrli yon yo’llar qoldiriladi.

Keltirilgan mahsulot taxlash va olish oson bo’lishi uchun tokchalarni eng balandi 2,5 metr

bo’lishi kerak. Mahsulot tokchalarga partiya va navlarga ajratib qo’yiladi. Har bir mahsulot
partiyasiga etiketka bo’lishi kerak. Unda mahsulotning nomi, tovar navi, og’irligi, tayyorlangan
va qabul qilingan muddatdlari yozilgan bo’lishi kerak.

O’rta hisob bilan 1m

3

joyga 600 kg olxo’ri qoqisini joylash mumkin.

Saqlash uchun qabul qilinayotgan quruq mahsulot albatta yaxshilab tekshiriladi.

Kasallangan, zararkunandalar yoki ularni tuxumi bilan zararlangan qurigan mahsulot saqlash
uchun qabul qilinmaydi.

Saqlash xonalarida elektr chiroqlari, yong’inga qarshi anjomlar bo’lishi kerak. Mahsulot

saqlanayotgan tokchalar va xonalar toza bo’lib, tez-tez shamollatib changini artib turilishi
kerak, lekin ho’l lattalar bilan pol va devorlarni tozalash ma’n etiladi.

Qurigan olxo’rini saqlash davrida xonalardagi havoning harorati va nisbiy namligini

kuzatib turish lozim. Buning uchun termometr va psixrometrlar xonada 1,3-1,5 metr
balandlikda turishi kerak. Qurigan olxo’rini saqlash uchun harorat +10-12

o

S gacha va nisbiy

namlik 65-70 % bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Mevalar o’ta quritilib yuborilsa, mahsulot sifatsiz bo’lib, kamayib ketadi. yetarli darajada

quritilmagan mevalar esa saqlashga yaramaydib tez buzilib qoladi. SHu sababli tayyor bo’lgan
mahsulotni quritish maydonchasidan o’z vaqtida olish kerak. Olxo’ri qoqisi tayyor bo’lganligini
tong paytida qo’lga olib aniqlanadi.

Yaxshi qurimagan mevani uzoq saqlab bo’lmaydi, chunki tezda mog’orlaydi, chiriydi, bu

uning iste’mollik qiymati pasayishiga sabab bo’ladi. Juda qurib ketgan mevalarning rangi
xiralashadi, mazasi buziladi, vitaminlari kamayadi. Namligi bir xil bo’lishi uchun quritilgan
mahsulot omborga 10-12 kun qo’yiladi. Bu muddat o’tgandan keyin quruq mevalar sifati
bo’yicha navlarga ajratiladi, turli aralashmalardan tozalanadi va zararkunandalardan saqlash
maqsadida idishlarga joylanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

SHoumarov X.B., Islamov S.YA. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta

ishlash texnologiyasi. – Toshkent, 2011.

2.

R. Oripov, I.Sulaymonov, E.Umurzaqov “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta

ishlash texnologiyasi”. Toshkent, “Mehnat”, 1991.

3.

M.M. Mirzaev, V.V.Kuznetsov “Pomologiya Uzbekistana”. Uzbekistan, 1983.


background image

91

4.

X. Bo’riyev, R.Rizaev. “Meva-uzum mahsulotlari biokimyosi va texnologiyasi”. Toshkent,

1966.
5.

X. Bo’riyev, R. Jo’raev, O. Alimov “Meva sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov

berish”. Toshkent, 2002.
6.

R.J. Jo’raev, M.M.Adilov “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash

texnologisi”. Toshkent, 1999.
7.

Ostonaqulov T.E., Narziyeva X. va B.G’ulomov “Mevachilik asoslari” Toshkent, 2011.

8.

J.M. Ermakova “Mеваларни очиқ ҳавода – офтобда қуритиш тартиби”. Life Sciences

and Agriculture электронный нучно-практический журнал 2.2-2020.
9.

J.M. Ermakova “The process of drying plums and taking precautions in their storage”.

Impact Factor 5.312. The American journal of agriculture and biomedical engineering. Volume
2, Issue 10, 2020

Библиографические ссылки

SHoumarov X.B., Islamov S.YA. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. – Toshkent, 2011.

R. Oripov, I.Sulaymonov, E.Umurzaqov “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi”. Toshkent, “Mehnat”, 1991.

M.M. Mirzaev, V.V.Kuznetsov “Pomologiya Uzbekistana”. Uzbekistan, 1983.

X. Bo’riyev, R.Rizaev. “Meva-uzum mahsulotlari biokimyosi va texnologiyasi”. Toshkent, 1966.

X. Bo’riyev, R. Jo’raev, O. Alimov “Meva sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish”. Toshkent, 2002.

R.J. Jo’raev, M.M.Adilov “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologisi”. Toshkent, 1999.

Ostonaqulov T.E., Narziyeva X. va B.G’ulomov “Mevachilik asoslari” Toshkent, 2011.

J.M. Ermakova “Mеваларни очиқ ҳавода – офтобда қуритиш тартиби”. Life Sciences and Agriculture электронный нучно-практический журнал 2.2-2020.

J.M. Ermakova “The process of drying plums and taking precautions in their storage”. Impact Factor 5.312. The American journal of agriculture and biomedical engineering. Volume 2, Issue 10, 2020