Авторы

  • Malika Egamnazarova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Biologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi
  • Dilinur Xoʻjaqulova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Biologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi
  • Aziza Turdiyeva
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Biologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.98800

Ключевые слова:

Yurak qon aylanish tizimi anatomiya fiziologiya bo‘lmacha qorinchalar klapanlar qon tomirlari arterial qon venoz qon kapillyar yurak sikli sistola diastola yurak ritmi qon bosimi limfa tizimi.

Аннотация

Mazkur mavzu "Yurak va qon aylanish sistemasi anatomiyasi, fiziologiyasi" yurak tuzilishi, uning qismlari, qon aylanish yo‘llari va qon aylanish tizimining ishlash mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Unda yurakning anatomik jihatdan bo‘linishi – bo‘lmachalar va qorinchalar, klapanlar tizimi, yurak mushaklarining xususiyatlari hamda yurakning elektr impulslarini uzatish tizimi yoritiladi. Qon aylanish sistemasi tarkibiga arterial va venoz qon tomirlari, kapillyarlar va limfa tizimi kirib, ularning organizmda kislorod, oziqa moddalari va moddalar almashinuvi mahsulotlarini tashishdagi roli tushuntiriladi.


background image

22

YURAK VA QON AYLANISH SISTEMASI ANATOMIYASI, FIZIOLOGIYASI

Egamnazarova Malika Shonazar qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti

Biologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Xoʻjaqulova Dilinur Fozil qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti

Biologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Turdiyeva Aziza Homid qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti

Biologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15559996

Annotatsiya:

Mazkur mavzu "Yurak va qon aylanish sistemasi anatomiyasi,

fiziologiyasi" yurak tuzilishi, uning qismlari, qon aylanish yo‘llari va qon aylanish tizimining
ishlash mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Unda yurakning anatomik jihatdan bo‘linishi –
bo‘lmachalar va qorinchalar, klapanlar tizimi, yurak mushaklarining xususiyatlari hamda
yurakning elektr impulslarini uzatish tizimi yoritiladi. Qon aylanish sistemasi tarkibiga
arterial va venoz qon tomirlari, kapillyarlar va limfa tizimi kirib, ularning organizmda
kislorod, oziqa moddalari va moddalar almashinuvi mahsulotlarini tashishdagi roli
tushuntiriladi.

Kalit soʻzlar:

Yurak, qon aylanish tizimi, anatomiya, fiziologiya, bo‘lmacha, qorinchalar,

klapanlar, qon tomirlari, arterial qon, venoz qon, kapillyar, yurak sikli, sistola, diastola, yurak
ritmi, qon bosimi, limfa tizimi.

Kirish:

Katta odamda yurak konus shaklida boʻlib, koʻkrak qafasida uchdan bir qismi

chap tomonda uchdan ikki qismi oʻng tomonda joylashgan muskulli organdir. U uch qavatdan
tashqi - seroz, epikard - oʻrta muskul - miokard va ichki yassi epiteliy -endokarddan tuzilgan.
Epikard yurak xaltasiga tutashib ketgan. Yurakning muskul qavati koʻndalang targʻil muskul
tolalaridan tuzilgan. Lekin yurak muskullarining funksiyasi silliq muskullarinikiga oʻxshab
ketadi.

Odam yuragi 4 kamerali boʻlib, bir biridan ajralgan oʻng va chap boʻlaklarga, ular oʻz

navbatida oʻng va chap boʻlmacha va qorinchalarga boʻlinadi.

Boʻlmachalar bilan qorinchalar oʻrtasida chodirsimon qopqoqlar (klapanlar), yurak

qorinchalari bilan qon tomirlari orasida ham yarim oysimon qopqoqlar (klapanlar) boʻlib, ular
faqat bir tomonga ochiladi.Bu klapanlar yurak ichida qonning bir yo‘nalishda harakatlanishini
taʼminlaydi. Chodirsimon klapanlar yurakning o‘ng tomonida – o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng
qorinchani ajratib turuvchi uchta tirqishli (trikuspidal) klapan va chap tomonida – chap
bo‘lmacha bilan chap qorinchani ajratib turuvchi ikkita tirqishli (bikuspidal yoki mitral)
klapanlardir.


background image

23

1-rasm. Yurak kameralari

Yurakning oʻng boʻlagiga tanadan kelayotgan vena qon tomirlari, chap boʻlagiga

oʻpkadan kelayotgan arteriya qoni boʻlgan oʻpka venalari quyiladi. Yurakning asosiy ishi qonni
qon tomirlariga bosim ostida haydab berishdir. Qon arteriya tomirlari orqali yurakdan
chiqadi, vena tomirlari orqali yurakka quyiladi. Bola tugʻilgan kunidan boshlab, yuragi oʻsib,
vazni orta boradi va funksiyasi oʻzgaradi. Bu jarayon bola hayotining birinchi yilida, qisman
bogʻcha va jinsiy balogʻat yoshida juda tez sodir bo'ladi.Yurakning o‘sishi bola organizmining
umumiy o‘sishiga mos ravishda kechadi. Tug‘ilgan chaqaloqda yurak massasi taxminan 20–25
grammni tashkil etadi. Bir yoshga kelib, yurak vazni ikki barobarga, 6–7 yoshda uch
barobarga, balog‘at yoshiga kelib esa taxminan yetti barobarga ortadi.

2-rasm. Yurakning tuzilishi:

1-o'ng bo'lmacha; 2- o'ng qorincha; 3- chap bo'lmacha; 4-

chap qorincha; 5-6- yuqorigi va pastki kovak venalar; 7- yurakning tojsimon venasi
quyiladigan joy; 8- o'pka arteriyasi; 9- o'pka venalari; 10- aorta; 11- perikard qavati; 12-
epikard; 13- muskul qavat; 14- endokard qavat.

Yangi tugʻilgan bolaning yuragi daqiqasiga 120-140, 1-2 yoshda 110-120, 5 yoshda 95-

100, 10-14 yoshda 75-90, 15-18 yoshda 65-75-marta qisqaradi va hokazo. Yurak bir marta
qisqarganda qon tomirlarga haydab chiqargan qon miqdori yurakning sistolik hajmi deyiladi.


background image

24

O’rta hisobda u yangi tugʻilgan bolada 2,5 sm ni, 1 yoshda 10 sm ni, 5 yoshda 20 sm ni, 15
yoshda 40-60 sm ni, katta odamda 65-75 smni tashkil etadi. Yurak bir daqiqada qon
tomirlarga haydagan qon miqdori yurakning daqiqalik hajmi deyiladi. Yangi tugʻilgan bolada
bu 350 sm ga, 1 yoshda 1250 sm ga, 5 yoshda 1800-2400 sm ga, 10 yoshda 2500-2700 sm ga,
15 yoshda 3500-3800-sm ga, katta odamda 3500-4000 sm ga teng boʻladi. Bolalarda yurak
tonining oʻrtacha davomiyligi katta odamnikidan ancha kam boʻladi. Yurakning birinchi
tonining davomiyligi 1-3 yoshda 0,07 soniya; 3-6 yoshda 0,09 soniya; 6-10 yoshda 0,10
soniya; 10-12 yoshda 0,13 soniya; katta odamda esa 0,15 soniya boʻladi. Yurakning ikkinchi
tonining davomiyligi 1-3 yoshda 0,065 soniya; 3-6 yoshda 0,073 soniya; 6-10 yoshda 0,1
soniya; katta odamda 0,12 ga teng.Yurak faoliyatining boshqarilishi. Bolaning va katta yosh
odamning yuragini organizmdan ajratib olib, oziq modda va kislorodli eritma bilan
oziqlantirib turilsa, u bir necha soat qisqarib turadi. Yurakning bu xususiyati yurak
avtomatiyasi deyiladi. Organizmda yurak avtomatiyasi ichki muhit oʻzgarishiga qarab nerv va
gumoral yoʻl bilan boshqariladi.

Puls (tomir urishi). Qorinchalar qonni bosim ostida tomirlarga haydaganda qon

tomirlarning tebranishi puls deyiladi. Pulsni teri ostida yuza joylashgan arteriya qon
tomirlaridan yelka arteriyasi bilakda ikkiga shoxlangan joyda, chekkada va boshqa yerlarda
sezish va sinash mumkin. Qon tomirining har bir tebranishi yurakning har galgi qisqarishiga
toʻgʻri keladi. Yangi tug’ilgan bolada bir daqiqada puls 120-140-marta bo’lib, yoshi ortishi
bilan puls kamaya boradi. Puls odamning holatiga, tashqi muhit haroratiga, odamning yoshi va
moddalar almashinuvining borishiga bogʻliq boʻladi. Bir yoshdagi bolalarda pulsning har xil
bo’lishi yurakning tuzilishi, funksiyasi, nervlar bilan taʻminlanish darajasiga, bolaning
tipologik xususiyatlariga bogʻliqdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarda puls turgʻunlasha
boradi. Mehnat jarayonida, jismoniy mashgʻulotlar vaqtida, oʻta hayajonlanishda bolalarda
puls ancha tezlashadi. Qon bosimi. Yurak qisqarishi tezlashib, sistolik hajmi ortganda qon
bosimi ko’tariladi, yurak ishi sekinlashib, sistolik hajmi kamayganda qon bosimi pasayadi.
Arteriya qon bosimi qon tomirlar diametrining umumiy yigʻindisiga bogʻliq.

Arterial va kapillyar tomirlar devori torayganda qon bosimi ortadi, kengayganda

aksincha boladi, yaʻni pasayadi. Sogʻlom odamda qon tomirlar muskulli devorining harakati
nerv gumoral mexanizmi bilan boshqarilib turishi tufayli qon bosimi bir meʻyorda saqlanadi.
Bu mexanizm buzilsa, qon bosimi oʻzgaradi.

Katta odamda aortada maksimal, yaʻni sistolik bosim simob ustunida 120-140 mm, yelka

arteriyasida 110-125 mm, minimal, yaʻni diastolik bosim 90-80mm, mayda arteriyalarda 70-
80 mm, arteriyalarda 40-60 mm, kapillyarlarda 20-40 mm, yirik venalarda 2-5 mm boladi.

Maksimal qon bosimi bilan minimal qon bosimi oʻrtasidagi farqqa puls bosimi deyiladi.

Puls bosimi oʻrta hisobda simob ustunida 30-40 mm boʻladi. Bolalarda arterial qon bosimi
kattalardagiga qaraganda ancha past. Yangi tugilgan bolada maksimal qon bosimi simob
ustunida 60-65 mm, bir yosh oxirida 90-105 mm, minimal qon bosimi 50 mm boʻladi. Oʻgil va
qiz bolalarning qon bosimi 5 yoshgacha bir xil bo'ladi. 5 yoshdan 9 yoshgacha oʻgʻil bolalarda
simob ustunida 1-5 mm, yaʻni qizlarnikiga nisbatan yuqori boʻladi. 9 yoshdan 13 yoshgacha
qizlarda 1-5 mm boʻladi. Jinsiy balogʻat yoshida oʻgʻil bolalarda qon bosimi bir oz koʻtariladi.
Bolaning yoshi ortishi bilan qon tomirlar devorining torayishi, tana vazniga nisbatan yurak
massasi va hajmining sekin ortishi hisobiga qon bosimi ham, puls bosimi ham ortib boradi,


background image

25

biroq qizlarda ancha sust ortadi. Bu esa oʻgʻil bolalarda yurak sistolik hajmining yuqori
bo'lishi bilan izohlanadi.

Qon bolalarda kattalarga nisbatan tomirlarda ancha tez oqadi. Yangi tug’ilgan bolada

qon organizmdan 12 soniyada, 3 yoshda 15 soniyada, katta odamda esa 22 soniyada aylanib
chiqadi. Bolalarda qonning aylanib chiqishi uchun kam vaqt sarflanishiga sabab shuki,
ularning qon tomirlari kalta bo’ladi, yuragi tez ishlaydi.Aqliy va jismoniy mehnat vaqtida
yurak-tomir sistemasining funksiyalari Bolalar ulgʻaygan sayin jismoniy ish bajarganda puls
soni ortib boradi. 8-9 yashar bolada jismoniy ish vaqtida maksimal puls 184 boʻladi. 16-18
yashar oʻsmirda jismoniy ish vaqtida maksimal puls bir oz siyraklashib 196, qizlarda esa 201
bo’ladi. Jismoniy ishdan soʻng 8 yashar bolalarda puls tezroq va 16-18 yashar oʻsmirlarda
sekinroq bo’lib, asli holiga keladi. Bolalar charchaganda oʻrtacha puls siyraklashadi.
Oʻquvchilar oʻquv yili oxiriga borib, charchab qoladi, shunda yurak qisqarishi ortadi. Bola
jismoniy mashq bilan muntazam ravishda shugʻullanib tursa, yuragining massasi va sistolik
hamda daqiqalik hajmi ancha ortadi. Chang’ida yurganda, velosiped uchganda, futbol
oʻynaganida, yengil atletika va boshqalar bilan shugʻullanganda bolalar yuragining massasi,
sistolik va daqiqalik hajmi ortadi. Yuraking sistolik hajmi muskul ishi vaqtida 12 yashar
bolalarda 104 sm, 13 yoshda 112 sm, 14 yoshda 116 sm boʻladi. Yurak-tomir sistemasiga turli
his-hayajon (xursandchilik, gʻam, ogʻriq, qoʻrquv va boshqalar) kuchaytiruvchi yoki
susaytiruvchi taʻsir etadi.

Xulosa:

Yurak va qon aylanish tizimi inson organizmida hayot uchun zarur bo‘lgan

moddalar almashinuvini ta’minlovchi markaziy tizimlardan biridir. Yurakning tuzilishi va
uning ritmik qisqarishlari orqali butun organizm bo‘ylab qon harakatlanadi, hujayralar
kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanadi. Qon tomirlari — arteriyalar, venalar va
kapillyarlar esa bu moddalarni to‘g‘ri va samarali yetkazish vazifasini bajaradi. Yurak
faoliyatining fiziologik mexanizmlarini tushunish, qon bosimi va yurak ritmini boshqaruvchi
omillarni o‘rganish kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan ham
ushbu tizimning anatomik va fiziologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish tibbiyot sohasida
tahsil olayotganlar uchun zaruriy bilimlardan hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qodirov E. Odam anatomiyasi.- Toshkent :"Universitet" 2007

2.

Ahmedov N. Normal anatomiya va fiziologiya. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2019.

– 320 bet.
3.

Nazarov S. Anatomiya va fiziologiya asoslari. – Samarqand: SamDUKF nashriyoti, 2022. –

276 bet.
4.

Tibbiyot

ensiklopediyasi.

1–5

jildlar.

Toshkent:

Fan

nashriyoti,

2015.

Maktablarningbiologiya darsliklari va qo’llanmalari.
5.

www.medicalnewstoday.com – Yurak va qon aylanish tizimi bo‘yicha yangilik va

maqolalar.
6.

https://www.mpka.uz

7.

Raxmatov, Sherqo‘Zi Olimovich. "masofaviy ta’lim dasturlarining ta’lim tizimida

afzalliklari va amaliy ahamiyati (moodle, scorm, tutor dasturlari misolida)." Oriental


background image

26

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.11 (2021): 1263-1270.
8.

Berdiyeva, Gulnoza. "O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO TIZIMIDA MUAMMOLAR VA

TAKLIFLAR." Science and innovation in the education system 3 (2024): 16-22.
9.

Berdiyeva, Gulnoza. "RAQAMLI IQTISODIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING

O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI." Педагогика и психология в современном мире:
теоретические и практические исследования 3 (2024): 11-14.
10.

Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, Raimbek Muzaffarov. ELЕKTRON

TIJORATNING AN'ANAVIY SAVDO TURLARI BILAN XARAKTERLI XUSUSIYATLARI.
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. 2024/4/8. ст
14-18
11.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan

foydalanishning samaradorligi. Pedagogis Internatsianal researcg. 2023/5/15. ISSN:281-
4027_SJIF:4.995. ст-69
12.

Berdiqulov, Bektosh, and Shohboz Musirmanov. "WEB SAHIFA BO ‘LIMINI O ‘QITISH

METODIKASI." Молодые ученые 3.6 (2025): 42-45.
13.

Abdinazarov, Asadbek, and Shohboz Musirmanov. "EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA

TASODIFIY HODISALAR." Молодые ученые 3.6 (2025): 29-31.
14.

Usmon o‘g‘li, Musirmanov Shohboz. "IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI TURISTIK

JOYLARNI REKLAMA QILISH VA MIJOZLAR BILAN SAMARALI ALOQA O ‘RNATISH." Scientific
Journal of Actuarial Finance and Accounting 4.10 (2024): 369-374.
15.

Jo’rayeva, Feruza, and Aziza Normataova. "KATTA MA’LUMOTLAR (BIG DATA) UCHUN

DBMS TIZIMLARI." Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика 3.14 (2024): 31-35. Feruza Jo’rayeva. TA’LIM JARAYONIDA AQL XARITALARIDAN
FOYDALANISH VA ULARNING AHAMIYATI. Молодые ученые. 2024/4/8. ст-159-166
16.

Feruza Jo‘rayeva, Shahrizoda Pardayeva. KOMPYUTER O ‘YINLARI-MANQURTLIK

VOSITASI. Current approaches and new research in modern sciences. 2024/4/5. ст-12-18
17.

Feruza Jo‘rayeva, Gulhayo Hamdamova. MEDIA SAVODXONLIK TUSHUNCHASI VA

UNING JAMIYATIMIZ HAYOTIDAGI AHAMIYATI. Педагогика и психология в современном
мире: теоретические и практические исследования. 2024/3/31. ст-31-35
18.

Sevinch Maslaitdinova Jo'rayeva Feruza. VIRTUAL LABORATORIYALAR VA ULARNING O

‘QITISH JARAYONIDAGI AHAMIYATI. PEDAGOGS. Ст-196-200
19.

Tuxtanazarova N. A Davletov A. J. , Mavlanberdiyev S. F., Norqulova Z. N., Jurayeva F. B.,

Jurayeva D. Sh. STUDY RATIO OF MOISTURE AND BIOME FOR EXTREME SITUATION.
ВЫСШАЯ ШКОЛА• №23 / 2021. 2021/12/23. ст-34-36
20.

J.Toshpo‘lotova M.O‘ktamov, Sh.Aliqulov. Iqtidorli talabalarni fan, ta’lim va ishlab

chiqarish korxonalari bilan integratsiya qilishning zamonaviy usullari. Fan va texnika
taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rn. 2024/4/29. ст-54-57
21.

J.Toshpo‘lotova M.O‘ktamov, Sh.Aliqulov. Hozirgi globallashuv jarayonida intellektual

yoshlarning ijtimoiy rivojlanish davridagi roli. Fan va texnika taraqqiyotida intellektual
yoshlarning o‘rn. 2024/4/29. ст-40-43
22.

Aliqulov Shukurullo Fayzullo o‘g‘li. TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO‘LLASH. PEDAGOGS. 2024/2/8. Ст-51-55
23.

Shukurullo Fayzullo o‘g‘li. Aliqulov.". TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO ‘LLASH." PEDAGOGS. 2024. ст-51-55


background image

27

24.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "KLIENT-SERVER

ARXITEKTURALARI."

Наука и инновация

3.6 (2025): 113-119.

25.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "VIRTUAL BORLIQ

VA UNING ASOSIY TUSHINCHALARI."

Наука и инновация

3.6 (2025): 52-58.

26.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

USULLARI

VA

AFZALLIKLARI."

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

3.10 (2024): 39-41.

27.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT

HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI."

Решение социальных проблем в

управлении и экономике

3.4 (2024): 45-57.

Библиографические ссылки

Qodirov E. Odam anatomiyasi.- Toshkent :"Universitet" 2007

Ahmedov N. Normal anatomiya va fiziologiya. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2019. – 320 bet.

Nazarov S. Anatomiya va fiziologiya asoslari. – Samarqand: SamDUKF nashriyoti, 2022. – 276 bet.

Tibbiyot ensiklopediyasi. 1–5 jildlar. Toshkent: Fan nashriyoti, 2015. Maktablarningbiologiya darsliklari va qo’llanmalari.

www.medicalnewstoday.com – Yurak va qon aylanish tizimi bo‘yicha yangilik va maqolalar.

Raxmatov, Sherqo‘Zi Olimovich. "masofaviy ta’lim dasturlarining ta’lim tizimida afzalliklari va amaliy ahamiyati (moodle, scorm, tutor dasturlari misolida)." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.11 (2021): 1263-1270.

Berdiyeva, Gulnoza. "O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO TIZIMIDA MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR." Science and innovation in the education system 3 (2024): 16-22.

Berdiyeva, Gulnoza. "RAQAMLI IQTISODIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3 (2024): 11-14.

Gulnoza Raxmatov Sherqo'zi Olimovich, Berdiyeva, Raimbek Muzaffarov. ELЕKTRON TIJORATNING AN'ANAVIY SAVDO TURLARI BILAN XARAKTERLI XUSUSIYATLARI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. 2024/4/8. ст 14-18

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan foydalanishning samaradorligi. Pedagogis Internatsianal researcg. 2023/5/15. ISSN:281-4027_SJIF:4.995. ст-69

Berdiqulov, Bektosh, and Shohboz Musirmanov. "WEB SAHIFA BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Молодые ученые 3.6 (2025): 42-45.

Abdinazarov, Asadbek, and Shohboz Musirmanov. "EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA TASODIFIY HODISALAR." Молодые ученые 3.6 (2025): 29-31.

Usmon o‘g‘li, Musirmanov Shohboz. "IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI TURISTIK JOYLARNI REKLAMA QILISH VA MIJOZLAR BILAN SAMARALI ALOQA O ‘RNATISH." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting 4.10 (2024): 369-374.

Jo’rayeva, Feruza, and Aziza Normataova. "KATTA MA’LUMOTLAR (BIG DATA) UCHUN DBMS TIZIMLARI." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 3.14 (2024): 31-35. Feruza Jo’rayeva. TA’LIM JARAYONIDA AQL XARITALARIDAN FOYDALANISH VA ULARNING AHAMIYATI. Молодые ученые. 2024/4/8. ст-159-166

Feruza Jo‘rayeva, Shahrizoda Pardayeva. KOMPYUTER O ‘YINLARI-MANQURTLIK VOSITASI. Current approaches and new research in modern sciences. 2024/4/5. ст-12-18

Feruza Jo‘rayeva, Gulhayo Hamdamova. MEDIA SAVODXONLIK TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYATIMIZ HAYOTIDAGI AHAMIYATI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования. 2024/3/31. ст-31-35

Sevinch Maslaitdinova Jo'rayeva Feruza. VIRTUAL LABORATORIYALAR VA ULARNING O ‘QITISH JARAYONIDAGI AHAMIYATI. PEDAGOGS. Ст-196-200

Tuxtanazarova N. A Davletov A. J. , Mavlanberdiyev S. F., Norqulova Z. N., Jurayeva F. B., Jurayeva D. Sh. STUDY RATIO OF MOISTURE AND BIOME FOR EXTREME SITUATION. ВЫСШАЯ ШКОЛА• №23 / 2021. 2021/12/23. ст-34-36

J.Toshpo‘lotova M.O‘ktamov, Sh.Aliqulov. Iqtidorli talabalarni fan, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiya qilishning zamonaviy usullari. Fan va texnika taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rn. 2024/4/29. ст-54-57

J.Toshpo‘lotova M.O‘ktamov, Sh.Aliqulov. Hozirgi globallashuv jarayonida intellektual yoshlarning ijtimoiy rivojlanish davridagi roli. Fan va texnika taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rn. 2024/4/29. ст-40-43

Aliqulov Shukurullo Fayzullo o‘g‘li. TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH. PEDAGOGS. 2024/2/8. Ст-51-55

Shukurullo Fayzullo o‘g‘li. Aliqulov.". TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS. 2024. ст-51-55

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "KLIENT-SERVER ARXITEKTURALARI." Наука и инновация 3.6 (2025): 113-119.

Shamsiddinov, G’iyosjon, Gulandom Raxmatova, and Zilola Rajapova. "VIRTUAL BORLIQ VA UNING ASOSIY TUSHINCHALARI." Наука и инновация 3.6 (2025): 52-58.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Решение социальных проблем в управлении и экономике 3.4 (2024): 45-57.