
433
что учитель не может спросить у каждого, как усвоен материал. Ученики тоже должны
думать о себе и максимальном получении знаний;
Если родители занимаются с будущим школьником самостоятельно, беспокоиться не о
чем. Постепенная тренировка навыков, необходимых для обучения на начальном этапе,
позволит вашему сыну или дочке не только чувствовать себя уверенно среди других
ребят, но и поможет развить интерес к учѐбе.
Разговаривайте с детьми. Обязательно спрашиваете, как прошѐл каждый школьный
день. Обратите внимание, что беседа не должна сводиться к перечислению полученных
оценок и обсуждению меню столовой. Спрашивайте, что понравилось на уроках, а что
нет, что запомнилось и что заинтересовало. Если вам некогда, лучше перенесите разговор
на вечер или выберите другое свободное время, но не прерывайте его на полуслове. Дети
говорят о том, что кажется им важным, поэтому умение слушать и слышать своего
малыша необходимо каждому взрослому. В подростковом возрасте родители начинают в
голос твердить: «Он/она ничего нам не рассказывает, на все вопросы отмахивается».
Замкнутость и недоверие ко взрослым развивается у школьников в первые годы обучения,
если они чувствуют, что у мамы с папой нет времени на их проблемы и переживания.
Чтобы такого не случилось в Вашей семье, помните, что дитя будет доверять Вам
секреты, только если увидит заинтересованность в них.
Не оценивайте учебную деятельность. Оставьте это преподавателям. Вы должны
помогать и поддерживать юного ученика, а не брать на себя роль надзирателя. Если
ребѐнок не справляется с каким-то предметом, начните заниматься с ним, а не ругайте за
плохие оценки.
Помните о темпераменте. Выбирая школу, обратите внимание на тип нервной
системы того, кому предстоит там учиться. Холерики активны и неусидчивы, тяжело
воспринимают критику. Для них и для сангвиников подойдут программы повышенной
сложности. Большое разнообразие заданий позволит не только удерживать их внимание
на учебе, но и поспособствует повышению интереса к школьной жизни. Для флегматиков
и меланхоликов быстрый темп урока будет тяжѐлым испытание. Они включаются в
работу постепенно, долго думают над одним заданием. Выберите для них обычную
школу, со стандартными требованиями или уклоном в одну область.
Список литературы:
1. Салихова Н.Р. Психология развития и возрастная психология. Раздел 1: основные
теоретические проблемы и подходы в психологии развития и возрастной психологии. -
Режим доступа: http://tulpar.kfu.ru/enrol/index.php?id=983
2. Батюта М.Б. Возрастная психология: учебное пособие / М.Б. Батюта, Т.Н. Князева
- М.: Логос, 2014 - 306 с. - Режим доступа: http://znanium.com/bookread.php?book=468148
3. Возрастная психология : учеб. пособие / Б.Р. Мандель. ? М. : Вузовский учебник :
ИНФРА-М, 2019. ? 352 с. - Режим доступа: http://znanium.com/catalog/product/1002742
4. Нартова-Бочавер, С. К. Введение в психологию развития [Электронный ресурс] :
учеб.пособие [Электронный ресурс] / С. К. Нартова-Бочавер. - 3-е изд., стереотип. - М.:
Флинта:
НОУ
ВПО
'МПСИ',
2011.
-
216
с.
Режим
доступа:
http://znanium.com/bookread2.php?book=454238.
OILADA BOLALARNI KASBGA YOʻNALTIRISHNING AFZALLIKLARI
Toshtemirova Dilnura Soxib qizi
JDPI Maktabgacha ta‘lim metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi
Keldiyorova Madinabonu

434
JDPI Maktabgacha ta‘lim yoʻnalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oilada bolalarni kasbga yo`naltirish, bolalarning qaysi
kasbga qiziqishlarini aniqlab ularga shu kasb haqida tushunchalar berish.Oilada bolalarni
kasb-xunarga yo`naltirishdan maqsad haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar:
Oila, kasb-xunarga o`rgatish, ota-ona, ijtimoiylashish, talim-tarbiya.
Bugungi kunda kasb tanlashning asosi – insonning kelajak haqidagi tasavvurlari, uni hozirgi
vaziyatdan tashqariga olib chiqadi va uni rivojlantirish dasturidir. Avtonom shaxs o'zini kasblar
olamiga yo'naltiradi: u kasbiy faoliyatning ma'nosini tushunadi, kasblar talablari va ularning
rivojlanish istiqbollarini biladi, kasbiy faoliyatini boshqa muhim hayotiy kontekstlar bilan
muvofiqlashtirishga qodir. Oilaviy hayot, sevimli mashg'ulotlari va boshqalar)
Oila - nafaqat bir yurt, balki umuminsoniyat miqyosidagi katta ijtimoiy institutdir. SHuning
uchun ham dunyoda turli xil xalq, turli xil millat, turli xil mamlakat bo‘lsa, ular yaratgan
adabiyotlar ichida oila, oilaviy munosabatlar, oilaning jamiyatdagi tutgan o`rnini alohida
ta‘kidlash lozim. Oilaning barqaror va baxtli xayoti - shu mamlakatning yuzi, obro`si
hisoblanadi.
[2]
Oilada ota-ona farzandlari kelajagi uchun qayg`urishi, tugilgandan jismonan sog`lom va ruhan
tetikligini ta`minlashi bolaning o`z meyyorida o`sishiga zamin yaratadi.
Hozirgi kunda kasb-hunarga yo‘naltirishdan maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni kasbni
ongli ravishda tanlashga tayyorlashdir.
O‘zbek ma‘rifatparvarlarining taniqli namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy yoshlarning biror
kasb bilan mashg‘ul bo‘lishini birinchi galdagi muhim ish deb hisoblagan. U ―Turkiy guliston
yoxud axloq‖ asarida dangasalik va yalqovlikni qoralab, harakatchanlikni olqishlab shunday
yozgan: ,,Sihatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, qanoatimiz, sabrimiz, fazilatimiz, butun hayotimiz
harakatimizga bog‘liqdir.
[3]
Harakatsiz ya‘ni mehnatsiz kishilar har narsadan mahrum, doim
boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘lib, xorlikda qolurlar. Shuning uchun bolalarni hunar
o‘rgatishga chaqirib, kishilarni biror kasb bilan shug‘ullanishga undagan.
Yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish doimo davlatimizning diqqat markazida bo‘lib, ularni baxtli,
barkamol avlod qilib tarbiyalash, o‘z iste‘dodlarini to‘la namoyon etish uchun zarur bo‘lgan
barcha sharoitlar yaratilgan. Keng qamrovli, zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarning
hayotda o‘z-o‘rnini topishiga yordam berish ham muhim masalalardan biridir.
[1]
Bu o‘z
navbatida kasb tanlashlarini tubdan yaxshilashni, yoshlarni kasbga yo`naltirish, kasblar haqida
aniq va yetarli ma‘lumotga ega bo`lishlariga alohida e‘tibor qaratishni taqozo etadi. Chunki
inson o‘zi sevgan kasbi bilan mashg`ul bo`lsa, u inson o`z ishidan xursand bo‘ladi, qanoat hosil
qiladi, tashabbus ko‘rsatadi, g‘ayrat bilan ishlaydi.
O‘zbek oilalarining e‘tiborga loyiq yaxshi udumlaridan biri shundaki, ular bolalarni yoshligidan
hunarga, ma‘lum bir kasbga, umuman olganda mehnatga o‘rgatib boradilar.Deyarli barcha
oilalarda yoshlarni birinchi navbatda biron hunarli bo‘lishiga harakat qilinadi. Bugungi kunda
oilalarda bolalarning maktabda yaxshi o‘qishiga, kelajakda oily o‘quv yurtlarida tehsil
olishlariga ko‘proq e‘tibor qaratilmoqda. Lekin shunday oilalar ham borki, ularda avloddan–
avlodga o‘tib kelayotgan an‘anaviy hunarlari, kasblari mavjud: zargarlik, misgarlik, kulolchilik,
naqqoshlik, zardo‘zlik, kosibchilik. Bunday oiladagi bolalarning barchasi bilimli, oily ma‘lumot
egasi bo‘lsalarda, oilaning an‘anaviy hunarini ham yaxshi egallab davom ettiradilar.
Kasb qanday tanlanadi?
Bu muhim hayotiy masalani hal etishda yoshlarga oila a`zolari yordam berishi kerak. Bunda
oiladagilarning mehnat an‘analari, ota –onalarining shaxsiy namunasi katta ahamiyatga egadir.
Bunda birinchi navbatda yoshlarning qiziqishi, qobiliyati, uquvi, oila imkoniyatlari, jamiyat
ehtioyoji nazarda tutilmog‘i kerak.
[7]
Biroq bolalarning kelajakda qanday kishilar bo‘lib yetishishi, qanday kasb egasi bo‘lishini o‘z
bilganicha hal qilishga intiladigan oilalar ham ko‘p. Ular o‘gil –qizlarining qiziqishi, layoqati
bilan hisoblashmaydilar.

435
Oilada farzndlarni kasb tanlashga o‘rgatishda nimalarga e‘tibor berish lozim?
Ko‘p oilalarda kechki dam olish soatlarida ota-onalar bolalarga o‘z kasbi, uning mazmuni ,
mohiyati haqida zavq-shavq bilan so‘zlab to‘g‘ri qiladilar. Odatda, mehnatda baxt topgan
kishilarning o‘z kasbi, kasbdoshlari, o‘z mehnatlari orqali kishilarga keltirayotgan yaxshiligi
haqidagi suhbati maroqli va samimiy bo‘ladi. Ana shu samimiyat bolalarda ota-onalari,
shuningdek, kasb-koriga qiziqish uyg‘otadi, ular kabi o‘z mehnatlari orqali elga, xalqimizga
tanilish ishtiyoqi tug‘iladi. Bu ishtiyoq bora-bora orzuga, maqsadga aylanadi.
Ota-onalar farzandlaridagi qiziqishlarini ertaroq aniqlashlari va shu qiziqishlari bo‘yicha amaliy
yordam berishlari zarur. Masalan, qiziqishlarga ega bo‘lgan farzandlarda o‘ziga ko‘proq yoqqan
sohani, to‘garakni tanlashga yordam berish. Shuningdek, ota-onalar farzandlari tanlagan kasbi
haqida yetarlicha kasbiy ma‘lumotlarni ham berib borishlari zarurdir.
[4]
Bugungi kunda kasb tanlash masalalarining to`la va oqilona hal qilinishi ota- onalarning
maktab bilan hamkorligi qay darajada ekanligiga ham bog‘liqdir. Ota- onalar maktab bilan
mustahkam aloqa bog‘lasalar, o‘z bolalari qalbida biron- bir kasbga qiziqish uyg‘otib, uni
maktabdagi kasb tanlashi bilan bog‘lay olsalar, uni ta‘lim jarayoni, darsda fan asoslarini chuqur
o‘rganish, amaliy mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tashkil qilish va o‘tkazish bilan uyg‘unlashtira
olsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Maktab ota- onalar bilan birgalikda xalq xo‘jaligida
namunali mehnat qilib, hurmat orttirgan va mehnatdan baxt topgan qariyalar bilan
o‘quvchilarning uchrashuvini uyushtirib tursalar, o‘quvchilarning o‘zlari qiziqqan kasbga mehri
yanada ortadi.
Mustaqil jamiyatimiz kelajagi yosh avlodni qanday tarbiyalashimizga bog`liq. Shuning uchun
biz yosh avlodni, O‘zbekistonni, tug‘ilib o‘sgan vatanini, o‘z ota-bobolari yashagan yurtini
sevib, ardoqlash, bu vatanning baxt- saodati, ravnaqi yo‘lida fidoiylik ko‘rsatish ruhida
tarbiyalashimiz zarur. Ayniqsa iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ularga chet tillarni mukammal
o‘rgatish, xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgana oladigan qilib tarbiyalash mustaqil
O‘zbekistonimiz ravnaqi uchun g‘oyat muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Sh.Mirziyoyevning ―2017-2021 yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada
takomillashtirish chora tadbirlari to‗g‘risida‘‘gi qarori 2016-yil 29-dekabr
2. ―2017-2021 yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish chora
tadbirlari to‗g‘risida‘‘gi qarori 2017 yil 9 sentyabr.
3. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat.– T.: O‗zbekiston,
2006
4. B. Shoumarov, I. 0 . Haydarov, N. A. SogUnov,F. A. Akramova , G. Solihova,
G. Niyozmetova ―Oila psixologiyasi‖ , ―Sharq‖ nashriyoti 2008 y
5.Toshtemirova,
D.
(2021).
NODAVLAT
MAKTABGACHA
TA‘LIM
TASHKILOTLARIDA
TALIMNI
TASHKIL
ETISHNING
MAZMUN
MOHIYATI.
Мактабгача таълим журнали.
6.Toshtemirova, D. (2022). TARBIYACHINING MAKTABGACHA TA‘LIM
TASHKILOTIDA TA‘LIM TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISHDAGI O‘RNI.
Мактабгача таълим журнали, 1(Preschool education journal).
7.Toshtemirova, D. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantiruvchi o‘yin
turlarining xususiyatlari. Мактабгача таълим журнали, 1(Preschool education journal).
VIRTUAL IJTIMOIY MAKONDA RAQAMLI AXBOROT VOSITALARINING
BOLALAR VA YOSHLARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XAVFSIZLIGINI
TA'MINLASHNING MOHIYATI
Muxiddinova Dilnoza Shavkat qizi
Guliston davlat universiteti ―Psixologiya‖ kafedrasi oʻqituvchisi