
440
10.
Abdulla, S., & Zulxaydar o‗g‗li, Q. M. (2022). Psychological Characteristics of
DecisionMaking in Management.
Global Scientific Review
,
1
, 14-18.
11.
Sharofitdinov, A., & Umidjon, Y. (2022). SHAXSIY KAMOLOTDA ART-
TERAPEVTIK
MASHQLAR.
Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании
,
2
(3).
12.
Shovxiyev L.(2021). Ursachen der Entstehung von psychischen Krisen.
"International Simposium of Young Scholars"
Xalqaro Amerika konferensiyasi.
(
514-516
betlar)
13.
Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li, Murotmusaev Komiljon Buriboyevich,
Yuldashev Sheryigit Ergashovich. ―PSCHOLOGY OF MODERN LEADERSHIP AS AN
IMPORTANT PHENOMENON OF EFFECTIVE MANAGEMENT‖
Intenational Journal of
Early Childhood Special Education ISSN:1308-5581
2022 yil
14.
Abdurazzoqov. N.K. ―O‗smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning
ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari‖- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences- 2021.15-iyun. 433.bet.
15.
Shafieva E.I., Murotmusaev K.B., Yusupova Sh.Sh. Deviant behavior: psychological
factors of study. Frontline social sciences and history journal (ISSN – 2752-7018) Volume 02
Issue 03 pages: 32-38 SJIF impact factor (2021: 5. 376) (2022: 5. 561) 32p
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING OILADA BOLALAR SHAXSIDA
ETNOPSIXOLOGIK XUSUSISYATLARNI TARBIYALASH HAQIDAGI
QARASHLARI
B.Norbekova
O‗zMU Jizzax filiali ―Psixologiya‖ kafedrasi katta oʻqituvchisi
M.Oʻroqboyeva
O‗zMU Jizzax filiali ―Oila psixologiyasi‖ yoʻnalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
sharq mutafakkirlarining oilada bolalar shaxsida
etnopsixologik xususisyatlarni tarbiyalash haqidagi qarashlari bayon qilingan.
Tayanch iboralar:
Sharq xalqlari, islom tarbiyasi, buyuk allomalar va mutafakkirlar,
ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ahloqiy, pedogogik-psixologik, moddiy qadriyatlar.
―Agar mendan sizni nima qiynaydi?-
deb so‘rasangiz , farzandlarimizning
ta‘lim -tarbiyasi‖- deb javob beraman.
Sh.MIRZIYOYEV
Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda tarbiya borasida to‘plangan tarbiya uslublari
kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasida yuksak ma‘rifiy ahamiyatga ega. O‘zbek xalqi barcha
Sharq xalqlari kabi oilaga, bola tarbiyasiga juda katta ahamiyat bergan. Bu an‘ana avloddan-
avlodga xalq donishmandligining timsoli sifatida o‘tib kelgan va milliy madaniyatimizda o‘ziga
xos o‘rin tutadi. Islom ilmi bo‘yicha bolalar ota-onalar qo‘lida aziz va omonatdirlar. Shuning
uchun ularga go‘zal tarbiya, yaxshi xulq o‘rgatmoq va ko‘rkam odatlarni tushuntirmoq
lozimligi uqtiriladi.
Islom tarbiyasida ota-onaning o‘rni haqida ko‘p gapirilgan. Ayniqsa, ota fe‘li atvorining
bola tarbiyasiga ta‘siri haqida alohida uqtiriladi. Xususan, nafaqat o‘zbek, balki butun islom
mamlakatlariga mashhur bo‘lgan din peshvosi Shayx Muhammadsodiq Muhammad Yusuf
janoblari o‘zining bola tarbiyasi haqidagi fikrlarini quyidagicha bayon etgan: ―Bizning islomiy

441
kitoblarimizda aytilishicha, bola o‘ng qo‘li bilan chap qo‘lini ajratadigan bo‘lganda, uni jiddiy
tarbiyalash boshlanadi. Uning ko‘nglini qoldirmasdan, qo‘pollik qilmasdan, bolaligini e‘tiborga
olib, ruhlantirib tarbiyalanaveradi‖[1].
O‘zbek xalqi azaldan bolajon xalq hisoblanadi. Shu bilan birgalikda ular farzandlarga
to‘g‘ri tarbiya berishni ham o‘z zimmalariga oladidlar . Bunda ular ezgulik, mehr-shavqat ,
rostgo‘ylik, to‘g‘rilik , imon-e‘tiqod, odob-axloq, samimiyat kabi xayrli xususiyatlarni farzandlar
ongiga yoshlikdan singdirib boradi. Yoxud, bu borada Abdulla Avloniyning : ―Tug‘ish tashlash
bilan bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa bo‘lur ul rahnamo sizga .
Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim, buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa bo‘lg‘usi
zolim‖[2] – degan o‘gitini bilish barcha ota-onalar uchun foydadan holi bo‘lmaydi. Qadimda
O‘rta Osiyo hududida yashab ijod etgan mutafakkirlar farzand tarbiyasi borasidagi fikrlarini o‘z
asarlarida bayon etishgan.
Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan
mehnat qilishga o‘rgata borish , kattalar mehnatini e‘zozlaydigan qilib tarbiyalash , bolani ilm
va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligihaqida fikr bildirgan. Alloma
oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab
davom ettirish lozimligi haqida alohida ta‘kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb -hunar
vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va
insonlarning hunarmandchilik faoliyatini yuqori baholagan .
O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish
barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.
Mahmud Koshg‘ariy ―Devonu lug‘at at -Turk‖ asarida ilmli, aqlli odamlarga xizmat qilib,
so‘zlarini tingla ilmlarni, hunarlarni o‘rganib amalga oshir‖, deydi. Allomaning ushbu fikri
kishilarni insonlarga yaxshilik qilish, ilmli insonlaring ilm nuridan bahramand bo‘lish, hunar
o‘rganib , ularni hayotga tatbiq etish, ilm-u ziyoli kishilarni e‘zozlash hamda ulardan ibrat
olishga chaqiradi.
Sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida mustaqil soha
bo‘lib ajralib chiqqan hunarmandchilik – to‘qimachilik, yog‘och o‘ymakorligi, gilam to‘qish,
sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada rivojlantirishga hamda dehqonchilik,
chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. Shu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi
kasb -hunarlarning paydo bo‘lishiga imkon yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘yilmagan.
Ajdodlarimiz o‘z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta‘limi va tarbiyasiga juda katta
e‘tibor berganlar. Ular kasb-hunar ta‘limiga ta‘lim – tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida
yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va ma‘naviy tarbiya bilan birga olib borish zarur deb
hisoblagan. Yoshlarning qobiliyatlari va moyilliklarini hisobga olib, mehnat tanlash jarayonida
jiddiy tarzda o‘ylash haqida bergan pand-nasihatlarini ko‘rishimiz mumkin.
Chunonchi, Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini
hisobga olish zarurligini ta‘kidlab: ― -Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham , ammo ularga turli
fazilatlar berilgan deydi.Alisher Navoiyning ―Xazoyin-ul-maoniy‖, ―Maxbub-ul-qulub‖ va
boshqa shu singari asarlarida yetuk, barkamol insonning ahloqi, manaviyati, o‘zgalarga
munosabati, iste‘dodi va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu
psixologik me‘zonlar ijtimoiy adolatning qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani
ta‘kidlangan[3].
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, buyuk allomalar va mutafakkirlar kasbga
yo‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ahloqiy, pedogogik-psixologik jihatlariga, ota-ona,
maktabning roli, kasb tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo‘lini mustaqil tanlashga alohida
e‘tibor bilan qrashgan. Bolani hunarga yo‘llashda qiziqishi, moyilligi, qobiliyatini o‘rganish,
bunday holatda ularning onglilik, izchillik, yosh va boshqa individual xususiyatlariga e‘tibor
qaratish lozimligini ta‘kidlashgan.
Shunday asarlardan biri Kaykovusning ―Qobusnoma‖ asaridir. Ming yilga yaqin
davrlardan beri 49 xalqni ayniqsa, yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda qo‘llanma

442
bo‘lib kelayotgan asar hozirgi o‘zgarishlar davrida insonni ma‘naviy kamolotga yetkazishda
muhim o‘rin kasb etmoqda.
Ma‘naviy meroslarning moddiy qadriyatlar bilan hamohang rivojlanishi juda ko‘p
mutafakkirlarning tarixiy va adabiy asarlarida yuksak mahoratlar bitilgan, hamda jahonning
madaniyat xazinasiga abadiy hissa bo‘lib qo‘shilgan. Turli ijtimoiy -iqtisodiy davrlarda
yaratilgan hadis, pandnoma, hikoyat, doston, maqol, masal, g‘azal, ruboiy, masnaviy va boshqa
ko‘rinishlarda ta‘lim-tarbiya va kasb-hunar o‘rganishning afzalligi, halol mehnat bilan
yashashning zarurligi to‘g‘risida fikrlari bizning zamonimizgacha yetib kelgan. Bunday yozma
manbalarga 6-7-asrlarda yaratilgan Avesto, 11-asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan
―Qobusnoma‖, Farobiyning ―Fozil odamlar shahri asarlari, hind faylasufi Beydabo (Bedpoy)
tomonidan yozilgan ―Klaila va Dimna‖, Al- Xorazmiyning o‘gitlari, Beruniyning
―Mineralogiya‖ asari , Imoil al-Buxoriy tomonidan to‘plangan sahih Hadislar, Lutfiyning ―Gul
va Navro‘z‖, Navoiyning ―Xamsa‖, ―Mahbub ul-qulub‖, Boburning ―Boburnoma‖ va boshqa
ko‘plab adabiy, tarixiy, madaniy-ma‘rifiy meroslari namunalarini misol keltirish mumkin. Ushbu
asarlarda sog‘lom, barkamol va har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash borasidagi olimlarning
chuqur mulohazalari yoritilgan. Bolaning qanday shaxs bo‘lib yetishishi albatta, uning
tarbiyasiga va olgan bilimlariga bog‘liq ekanligini ta‘kidlab o‘tishgan. Bu haqida Abdulla
Avloniy o‘z fikrini quyidagicha bildiradi:Ahloqimiz binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga
tarbiyaning zo‘r ta‘siri bordur, ba‘zilar ― tarbiyaning ahloqqa ta‘siri yo‘q, insonlar asl
yaratilishida qanday bo‘lsalar, shunday o‘sarlar, tabiat o‘zgarmas‖- demishlar [4].
Ko‘rib turganimizdek shu vaqtgacha bo‘lgan davrlarda ham, hozirgi kunda ham tarbiyaga,
ahloqqa va go‘zal xulqqa bo‘lgan talab zarracha o‘zgargani yo‘q.
Kimki, o‘z hayotining go‘zal, farovon, tinch va hotirjam bo‘lishini istasa, buning uchun
dastavval, go‘zal tarbiya va xulq egasi bo‘lish uchun harakat qilishi kerak. Zero bu yo‘lda
ko‘plab mashaqqatlar mavjud bo‘lsada. Bu so‘zlarimga isbot sifatida Yusuf Xos-Hojibning
―Baxtga eltuvchi bilim‖ asaridagi –―Yoshlikda qatig‘lansa, ulg‘ayganda suynur‖,-degan
purhikmat so‘zlarini eslashni joiz ko‘rdim. Bu so‘zlardan shuni anglashimiz mumkinki,
yoshligida qiynalib bo‘lsada bilim egallagan kishi ulg‘aygan vaqtda shod-hurram yashaydi.
Shunday ekan hozirgi fan-texnika zamonida har bir ota-ona o‘z farzandiga bilim olishda
ko‘maklashmog‘i lozim. Yoshlar esa qo‘llaridagi bor imkoniyatlarini ishga solgan holda bilim
egallashga kirishmoqlari lozim. Zeroki, ―Yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqsh‖
kabidir.
Qachonki, millat yoshlari ilmli, bilimli, yuqori saviyali, go‘zal xulqli, intiluvchan bo‘lar
ekan, bu millat dunyo yuzini ko‘radi va uni hech qanday yovuz kuch yenga olmaydi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni umumlashtirgan xolda yagona xulosaga keladigan bo‘lsak,
olingan bilim va ta‘lim-tarbiya insonning kim bo‘lishini belgilab beradi. Bu borada esa
o‘tmishda yashab ijod etgan buyuk bobokalonlarimizning o‘gitlari katta maslakdosh bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Shayx Muhammadsodiq Muhammad Yusuf ―Shoyadki taqvodor bo‘lsak‖ ma‘ruzalar,
maqolalar va suhbatlar to‘plami, TOSHKENT ‗Cho‘lpon‖ 62-bet.
2.
https://play.google.com/store/apps/details?id=com
. iqtiboslar _olami.aforizmlar.
3.
Z.T.Nishonova ―Rivojlanish psixologiyasi. Pedogogik psixologiya‖ TOSHKENT-2018.
44-bet
4.
4. Abdulla Avloniy ―Turkiy guliston yoxud axloq‖ 3-bet.
BOLADA AXLOQIY VA MADANIY MALAKALARNI SHAKLLANTIRISHDA
OILANING ROLI
Yusupov Umidjon Salim o‗g‗li
O‗zMU Jizzax filiali psixologiya kafedrasi stajyor o‗qituvchisi
Ergasheva Muhlisa Farhodjon qizi