Buzgʻunchilikdan bunyodkorlikka

Поделиться
Равшанов, О., & Каршибоева, М. (2022). Buzgʻunchilikdan bunyodkorlikka. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 445–448. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5170
Олим Равшанов, Psixologiya kafedrasi

katta oqituvchi

Мафтуна Каршибоева, Psixologiya fakulteti

321-21- guruh talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada insonning bolalaik davridagi oʼziga xos boʼlgan xislatlaridan biri, buzgʼunchilik va bunyodkorlik tabiatining vujudga kelishi, faol namoyon boʼlishi va bunyodkorlikni shakllantirish yoʼllari haqida fikr yuritiladi.

Похожие статьи


background image

445

shug‗ullanuvchi ba‘zi yolg‗onni ko‗p gapiradigan kattalar orasida ulg‗ayib borayotgan yoshlar,
ulardan yolgonchilik kasalligini yuqtiradi. Bu kasallikning oldi olinib, tarbiyaviy ta‘sir
ko‗rsatilmasa, bu illat niholdek nozik bo‗lgan bola xarakteriga o‗rnashib qoladi va yomon
oqibatlarga olib keladi.
Bola tarbiyasi hamma uchun ahamiyatli masalalardan. Chunki, bolani yoshlikdan qayoqqa
yetaklasang o‗sha tomonga ketaveradi. Shuning uchun ularning fikrlash qobiliyatini ustirish
uchun ibratli hikoyalardan aytib, o‗qib berish kerak. Avvalo bunday ishlarda bola qalbiga yo‗l
topa olishlik eng asosiy vazifa hisoblanadi.
Bola yoshligida hamma narsaga havas qiluvchi, o‗zidan kattalarga taqlid qiluvchi bo‗ladi.
Ba‘zan kattalarning yomon qiliqlarini o‗zlashtirishga ulgurgan bo‗ladilar. Bola xarakteriga xos
bunday xususiyatlar tarbiyada keng ildiz otgan, uni ko‗proq oiladagi to‗g‗ri tarbiya va o‗rinli,
asosli tanbehlar, ibratomuz ugitlar zamirida ulg‗aytirsak, bu illatni asta-sekin yo‗qotish mumkin.
Ammo biz kattalar ba‘zida erkalanib yolgon gapirib kelgan bolalarga befarq qaraymiz: bunday
qusurlarga «shunchaki kamchilik» yoki «hali bola- ku» degan tushuncha bilan
yondashmasligimiz kerak. Aks holda ana shu yuqoridagi «shunchaki kamchilik»lar qimmatga
tushadi[2].
Oila a‘zolari o‗rtasida nutq odobi masalasi g‗oyat muhim masaladir. Biroq bu ishni amalga
oshirishda, birinchi galda ota-onalarning o‗zlari namuna ko‗rsatib, sof ona tilida so‗zlashishlari
lozim. Ma‘lumki, «sen» va «siz» so‗zlari ham bir og‗izdan chiqadi. Baliq suv bilan tirik
deganlaridek, odam odam bilan hayotdir. Buning asl ma‘nosida odamlarning o‗zaro
muloqotidagi aloqa qurolining ijtimoiy sifatlari yotadi. Binobarin, muomala-munosabatda nutq
madaniyatiga rioya qilgan holda, mazmunli hamda ravon so‗zlay olish naqadar ulug‗vorlikdir.
O‗z navbatida, har bir odam muloqotda sezgirlik, ziyraklik, hozirjavoblik, ibolilik, iffatlilik
namunasini ko‗rsata olishi boshqalar nigohi qarshisida xushsurat timsol yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Sharaffitdinov, A., & Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality for

children through samples of folklore. Eurasian Scientific Herald, 5, 65-68.

2. Sharofitdinov, A., & Umidjon, Y. (2022). SHAXSIY KAMOLOTDA ART-

TERAPEVTIK MASHQLAR. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, 2(3).

BUZGʻUNCHILIKDAN BUNYODKORLIKKA

Ravshanov Olim Ahmedovich

Psixologiya kafedrasi katta oʼqituvchi:

Qarshiboyeva Maftuna Togʼay qizi

Psixologiya fakulteti 321-21- guruh talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada insonning bolalaik davridagi oʼziga xos boʼlgan

xislatlaridan biri, buzgʼunchilik va bunyodkorlik tabiatining vujudga kelishi, faol namoyon
boʼlishi va bunyodkorlikni shakllantirish yoʼllari haqida fikr yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

Buzgʼunchilik, bunyodkorlik, intellekt, kreativ, konstruktorlik, dastur,

texnologiya.


Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida Respublika rahbariyati va hukumati olib

borayotgan tinchliksevarlik, xalqparvarlik, siyosati barcha soxalar bilan birga maktabgacha
taʼlim muassasalari faoliyatini tubdan islox qilish ularni rekontruksiyadan chiqarish uchun
ustuvor zamin boʼlib hizmat qilmoqda. Buning isboti sifatida shuni eʼtirof yetish yetarliki,
"2017-2022-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


background image

446

toʼgʼrisida"gi Qarori ayni paytda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish uchun
dasturiamal hisoblanadi [1].

Qarorda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini

mustahkamlash, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʼini kengaytirish, malakali pedagog
kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash darajasini tubdan
yaxshilash, taʼlim-tarbiya dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi koʼzda
tutilgan boʼlib aziz farzandlarimizga boʼlgan munosabatni tubdan oʼzgartirishga amaliy xizmat
qiladi [1]. Shunga koʼra maktabgacha taʼlim tashkilotlarida murgʼak qalblarga taʼlim tarbiya
berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng muhim vazifalaridan biri ham bolalarning
bunyodkorlik hislarini, ijodkorlik va kreativlik koʼnikmalarini tarbiyalash va shakillantirish,
qolaversa tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida rivojlantirishdan iborat
boʼlmogʼi lozim.

Bolalarda insonlarga xos boʼlgan bunyodkorlik tabiyati juda faol namoyon boʼladi. Hali bir

yoshiga toʼlmagan bola shijoat bilan bir-biriga kubiklarni ursa – demak unda quruvchiga xos
boʼlgan xususiyatlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Axir u oʼzicha hech nimadan nimadir
yaratyabdi.

Uning noʼmalum harakatini qoʼllab-quvatlash quruvchilik ijodining chegaralarini

kengaytirish – bu ota-onaning vazifasidir [4].

Albatta nimanidir qurushdan oldin bola atrofida koʼrganlarini buzishga va qulatishga

oʼrganadi eng ―buzgʼunchilik‖ davri bolalarda 1 yoshdan keyin boshlanadi va 2 yoshgacha
davom etadi. Bu davrda bolalar qoʼlidagi hamma narsa huddi ―yonganday‖ [2] boʼladi, onalar
roʼzgʼordagi kerakli narsalarning siniq boʼlaklarini har kuni terib olib, tushkunlikka tushadilar.
Lekin bolalar shu davrda ham oʼzining qarashicha bunyodkor boʼladilar. Siz, bolaingizga tanbex
berishdan oldin yaxshilab oʼylab koʼring! Onasining etiborsizligidan kubiklardan piramida yoki
uycha qurolmagach, u hozircha zoʼr bajarilayotgan buzgunchilik ishi bilan shugʼullanadi, yaʼni –
buzadi va metodik tarzda yerdagi boʼlaklarni toptaydi, kichik mayda qisimlargacha boʼlib
tashlaydi, hozirgina sovgʼa qilingan juda qimmat boʼlgan mashinani, gultuvakda oʼstirilgan
xashamdor palmangizni butalab tashlaydi, bola albatta hech kimga ziyon yetkazishni istamaydi
va yomon niyyatsiz harakat qiladi. Bu vaqtda u bunyod etadi, yangi voqelikni yaratadi, oʼzining
harakatlari bilan narsalarning odatiy joylashuvini oʼzgartiradi [3]. U oʼsha oʼzgarishni sezib hosil
boʼlgan effektdan xursand va magʼrur boʼladi! Va albatta bola oʼziga nisbatan maqtovlarni
kutadi. Nobut boʼlgan gul yoki yirtilgan kitobcha uchun maqtovlarga albatta loyiq emas, lekin
ota-onalar arzimagan buzgʼunchiliklar uchun sabir qilishiga toʼgʼri keladi. Mayda
buzgunchiliklar toʼxtamasa ham ota-onalar baribir sabir qilishlari maqsadga muofiqdir.

Qanchalik bola bu murakkab davrda tinmasa, shunchalik kelajakda uning bunyodkorlik

faolligi baland boʼladi. Sizning farzandingizning bunday izlanishlar va chegarasiz qiziquvchanlik
davrini kam yoʼqotishlar bilan oʼtkazish uchun, avvalo uning oʼyin faoliyatini aniq aniqlab oling
va xavfsiz boʼlgan turli xil predmetlar bilan taʼminlashingiz zarur [3].

Buni amalga oshirish uchun sizda quyidagi savol paydo boʼlishi mumkin: Buning uchun

qanday oʼyinchoqlar va konstruktsiyalar kerak boʼladi? Baʼzida shunday boʼladi-ki, bolaga
kattalarning materiallari bilan ishlash anchagina qiziqroq boʼladi.

Oshxona jixozini oʼrganishi uchun unga qarshilik qilmang. Bu eski kastrulka, kosa,

yogʼochdan boʼlgan yashiklar, keraksiz latta, boʼsh bonkalar, har xil qutilar bilan toldirilgan
boʼlishi mumkin. Bunday buyumlarni bir-biriga kiydirish, ochish, yopish mumkin boʼladi. Faqat
bolalarga hammasini birdaniga taklif qilmang, chunki koʼp buyumlar ichida qaysi biridan
boshlashini bilmay ular oʼzlarini yoʼqotadilar. Har bir ona sezgir boʼlishi kerak, bolalar maxsus
oʼyinchoq toʼplashdan koʼra piramidani kastrulkalardan yoki poyezdni idishlar qopqoqlaridan
osonlikcha qura olishadi. Lekin uyda albatta kubiklar, piramidalar, turli usullar bilan yigʼish
mumkin boʼlgan plastmas konstruktorlar boʼlishi shart.

Qanday va nima uchun bolani konstruktorlikka oʼrgatish kerak?


background image

447

Uch yoshgacha bolalar maqsadi konsturuktorlik qilishni bilishmaydi. Ikki yoshli bolaning

fikrida u qurishni xohlagan predmetning obrazi emas, balki u koʼrib qolgan va oʼynashni
xohlagan obraz boʼladi. Shuning uchun xulosada u aniq hech nima ololmaydi. Uni oddiy
konsturuktorlik yoʼllari bilan tanishtirish kerak: bir detalni boshqasiga qoʼyib, detallarni bir-
biriga yopishtirib, predmetni toʼgʼirlab biron bir koʼrinishni hosil qilishga yordamlashish lozim.

Uch yoshli bola berilgan materialdan yasash kerak boʼlgan narsaning obrazini tasavvur qila

oladi. U oxirida qanday natijaga yerishishini biladi. Masalan, uy yoki samolyot qurishni oʼylab
turib, u fikriga mos keladigan predmetlarni tanlaydi, qoʼllab koʼradi, taʼsavur qiladi, toʼgʼirlaydi,
keraksizlarini tashlab yuboradi bu uning konstruktorligi maqsadliligidan dalolat beradi.

Agar sizning farzandingiz tezroq aqlan harakatlanishni oʼrganishini xohlasangiz, sizning

ishtirokingiz shunchaki zarur. ―Sut tishlarining almashinuviga qadar bola taqlid qilishga urinadi,
- degan edi buyuk faylasuf Rudolf Shteyner. – Bolaning 7 yoshgacha boʼlgan umri atrofdagi
dunyoni tinimsiz takrorlash bilan bogʼliq.‖ [2].

Kubiklarni oʼynayotgan bolaga aniq bir narsani, masalan, moshinchani qurib berishni taklif

qilmang. Bola bunday masalani qabul qilmaydi, chunki u qanday qilib uni bajarishni bilmaydi.
Oʼzingiz u uchun qandaydir qiziqarli boʼlgan narsani qurib berishdan boshlang, va oʼzingizning
hamma harakatlaringizni tushuntirib bering. ―Xohlaysanmi men kattakon minorani qurib
beraman? Uni sen uchun nimadan qurib beray – kubiklardanmi yoki gʼishtlardanmi? Yaxshi
kubiklardan quramiz. Oldin birinchi qavatni quramiz, keyin- ikkinchisini kichikroq qilib mana
bu yeriga derazacha qilamiz. Yeshikchamiz qayerda boʼlishi kerak?‖ Bolangizning koʼz oldida
siz vagonchalar, kabinalar qurishga tayyorsiz, mashinistga, uzoq dengiz sayohatining
yoʼlovchisiga yoki kapitaniga aylanasiz.

Gap shunda-ki, bolalarning har bir yoshidagi eng sevimli konstruktorligi – bu uy qurish.

Uy boʼlganda ham kichkinasi emas, qoʼgʼirchoqlar uchun moʼljallangan kattakon – unga kirib
derazasidan moʼralab va eshiklarni yopib ichida yashirinsa boʼladigan uychani qurishni istaydi.
Yana bu uy ichida sevimli ertaklarini oʼynash qulay.

Bolaning uychasini nimadan qursa boʼladi? Xohlagan qoʼlostidagi buyumlardan – divan

yostiqchalaridan va boʼsh boʼlgan qutilardan, stullardan va choyshablardan ham foydalanish
mumkin ,eng oson boʼlgan usul – asosiy modulni turli-xil detallar bilan toʼgʼirlash, masalan
oddiy stol. Stolning oʼzi – bu uyning asosi faqat eshik va deraza, balkon, ayvonchani va
boshqalarni oʼylab topish qoldi xalos.

Yana oʼyin davomida konstruktorlikni qoʼllash mumkin. Masalan, bolangizga shuni taklif

qiling: ―Kel, ariqchaga choʼmilishga borganday boʼlamizmi? Yoʼlda esa baland togʼni
uchratamiz va undan yumalab tushamiz, endi davom etamiz. Mana daryochadan oʼtish uchun
koʼprikcha‖ [2]. Keyin daryochada choʼmilib oldik va narigi qirgʼoqda quyonchaning uychasini
koʼrib qoldik va h.k… hikoyani boshqa hayvonlarning inini uchratib davom ettirish mumkin.

Oʼzingiz kamroq harakat qiling va yoʼnalish beruvchi savollar bilan bolangizni harakatga

undashingiz lozim.

Qanday qilib kresloni (―divanga‖) surish mumkin, uyni tomi tushib ketmasligi uchun?

Daryochaning koʼprikchasi qanday uzunlikda boʼlishi kerak? Har daqiqada bolani yangi
muammoga duchor qilib, uni oʼylashga chorlaysiz, va uning konstruktiv fikrini rivojlantirasiz.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bola hayotida buzgʼunchilik ham muhim roʼl oʼynaydi

va unda bunyodkorlik, konstruktorlik xususiyatlarini va hatti-harakatini paydo qilish,
rivojlantirish imkoniyati tugʼiladi. Shuning uchun bolaga kichkinaligidan toʼgri yoʼnalish berish
va u oʼynayotgan oʼyinchoqlarini olib qoʼyish emas, aksincha, unga bu predmetlarga nisbatan
munosabatni oʼzgartirish lozim. Mana shunday yondoshuv orqali boladagi buzgʼunchilikni
bunyodkorlikka yoʼnaltirish va unda mavjud boʼlgan qobiliyatlarini, qiziqishlarini shakillantirish
mumkin boʼladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Sh.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizmni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.

T, ―Oʼzbekiston‖, 2017 y.


background image

448

2.Штайнер Р.; "Воспитание ребенка. "М‖. Издательство, 1993.
3. Hasanboev J.X, Toʼraqulov X.А, Ravshanov O.А., Xushvaqtov N.X. Milliy

pedagogikamiz tarixiy ildizlari va barkamol avlod tarbiyasi. Uslubiy qoʼllanma. Sam.Du
bosmaxonasi., 2007 y.

4.V.Karimova. Milliy istiqlol gʼoyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. –

T. ―Ijod dunyosi nashiriyot uyi‖, 2002.


DEVIANT XULQ-ATVOR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK

OMILLARI

Yusupov Umidjon Salim o‗g‗li

O‗zMU Jizzax filiali psixologiya kafedrasi stajyor o‗qituvchisi

Ermamatova Gulbahor Ne‘matulla qizi

O‗zMU Jizzax filiali yoshlar psixologiyasi yo‗nalishi talabasi

Annotatsiya

: Mazkur maqolada devinat xulq-atvor va uning shakllanishining ijtimoiy-

psixologik muammolari, deviant-xulq atvorni oldini olish bo‘yicha oila maktab tizimining
alohida o‗rni ta‘kidlangan.

Kalit soʻzlar:

deviant faoliyat, me'yor va qoidalar, sabablar, omillar, qimmatli

yo'nalishlar, shaxs shakllanishi, oila va maktab ta'limi.


Jamiyatda ro'y berayotgan zamonaviy ijtimoiy-psixologik deformatsiya deviant xulq-

atvorning turli shakllarining o'sishiga va o'smirlarning noqonuniy xatti-harakatlarga jalb
qilinishiga olib keladi. Ko'pgina o'smirlarning ongida me'yor va og'ish o'rtasidagi chegara
xiralashgan, qadriyatlar yo'nalishining ijtimoiy va noqonuniy faoliyatga, umuman, jinoiy
turmush tarziga siljishi kuchaymoqda. O‗smirlarning ijtimoiy disadaptatsiyasi jarayoniga
asoslangan deviant xulq-atvorning har xil turlari sonining o‗sishi tobora keng tarqalib, jiddiy
ijtimoiy muammoga aylanib bormoqda va chuqur ilmiy tushunishni talab qiladi. Axloqiy
me'yorlardan chetga chiqadigan deviant xatti-harakatlar yoki xatti-harakatlar so'nggi o'n
yilliklarda tez o'sib bormoqda va shoshilinch hal qilishni talab qiladi. Shu bilan birga, -
o'smirlardagi xatti-harakatlarning buzilishining tabiati juda xilma-xil bo'lishi mumkin. Ko'pincha
ular qonunga xilof harakatlar, mavjud talab va tartiblarga e'tibor bermaslik, ichkilikbozlik va
ichkilikbozlik, sarsonlik, giyohvandlik va zaharli moddalarni iste'mol qilish, o'z joniga qasd
qilish tendentsiyalarida namoyon bo'ladi. Deviant xulq-atvor shakllari o'zaro bog'liq va o'zaro
bog'liqdir. Shunday bo'ladiki, bir salbiy hodisa boshqasini kuchaytiradi. Masalan, ichkilikbozlik
bezorilik va ba'zi zo'ravonlik jinoyatlarini qo'zg'atsa, giyohvandlik orttirilgan jinoyatlarga olib
keladi. O'smirlarning deviant xulq-atvori muammosi ko'plab ilmiy fanlar - falsafa, pedagogika va
psixologiya, sotsiologiya va ijtimoiy ish nazariyasi, kriminologiya, tibbiyot va boshqalarni
o'rganish chorrahasida joylashgan chegara hududidir. E'tibor bering, deviant xulq-atvor (lotincha
deviatio - og'ish) - ijtimoiy, oilaviy, ta'lim sharoitlari va bolaning rivojlanishi va tarbiyasi, uning
shaxsiy fazilatlari va sharoitlari tufayli jamiyatda qabul qilingan huquqiy yoki axloqiy me'yorlar
va qoidalardan chetga chiqish bilan bog'liq xatti-harakatlar, aloqa sohasi. Og'ish - bu nuqson
emas, balki ijobiy fazilatlarni salbiy fazilatlar bilan almashtirish. «Me'yor» (lot. -norma)
atamasining asosiy ma'nolaridan biri bu o'rnatilgan o'lchov, biror narsaning o'rtacha qiymati.
Insonning asabiy jarayonlarining muvozanati (qo'zg'alish va tormozlash), inson xatti-
harakatlarining jamiyatda o'rnatilgan me'yorlar va an'analarga muvofiqligi, ijtimoiy maqsadlarga
bo'ysunish va ularga rioya qilish, shaxsiy maqsadlarga erishishning huquqiy vositalari va
usullarini tanlash va boshqa bir qator belgilari. Shunday qilib, biz tanlagan yosh davriga oid
me'yorda biz o'smirlarning bunday holatini tushunishimiz kerak, ularda quyidagi ko'rsatkichlar
mavjud: shaxsiyat rivojlanishining barcha shakllarining yosh talablariga va o'z imkoniyatlariga
muvofiqligi,

intellektual

qobiliyatlarning

rivojlanishi,

faoliyatning

yetakchi

turidagi

Библиографические ссылки

Sh.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizmni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T, “O’zbekiston”, 2017 y.

Штайнер Р.; "Воспитание ребенка. "М”. Издательство, 1993.

Hasanboev J.X, To’raqulov Х.А, Ravshanov О.A., Xushvaqtov N.X. Milliy pedagogikamiz tarixiy ildizlari va barkamol avlod tarbiyasi. Uslubiy qo’llanma. Sam.Du bosmaxonasi., 2007 y.

V.Karimova. Milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. -T. “Ijod dunyosi nashiriyot uyi”, 2002.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов