
87
INDUVIDUAL TA‘LIM TRAYEKTORIYASI - TALABANING TA‘LIM SOHASIDAGI
SHAXSIY IMKONIYATLARINI AMALGA OSHIRISHNING INDIVIDUAL
YO‗NALISHI
Mustafoyeva Munojat Oltinbekovna
Tayanch doktorant, O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
Annotatsiya:
Induvidual ta‘lim trayektoriyasini loyihalashda tashkiliy jihatlaridan
o‘zaro hamkorlik muhim hisoblanadi. Induvidual ta‘lim trayektoriyasida o‗qituvchi har bir
talabaning ta‘lim faoliyati, qobiliyati, imkoniyatlaridan kelib chiqib faoliyatni muvofiqlashtirish,
tashkil etish nazarda tutiladi.
Kalit so‗zlar:
induvidual ta‘lim trayektoriyasi, hamkorlik, o‘quv faoliyat.
Induvidual ta‘lim trayektoriyasini loyihalashda asosiy yo‗nalishlardan biri sifatida uning
tashkiliy jihatlari hisoblanadi. Bu talaba, o‗qituvchi va ota-ona hamkorligidir. Induvidual ta‘lim
trayektoriyasida o‗qituvchi har bir talabaning ta‘lim faoliyati, qobiliyati, imkoniyatlaridan kelib
chiqib faoliyatni muvofiqlashtirish, tashkil etish nazarda tutiladi. Shu bilan birga ota-onalar bilan
hamkorlikda o‗quv faoliyatini davom ettirish mumkin. Ta‘lim va tarbiya bir-biri bilan ajralmas
jarayondir. Talaba o‗zini inson sifatida namoyon qilishi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish
kerak va bu albatta ta‘lim beruvchiga bog‗liq bo‗ladi. Asosiy maqsad har bir o‗qituvchi uchun
talabaning mustaql fikrlashi va javobgarlikni his qila olishidir. Hech shubha yo‗qki, har bir dars
talabani shakllantirishga qaratilgan bo‗lishi, nafaqat reproduktuv, balki ijodiy fikrlash, tashakkur
tuyg‗usini uyg‗otish shaxs rivojlanishiga bir omil bo‗ladi. O‗qituvchidan ikkita shart talab
qilinadi:
- Har bir talabaning rivojlanishi qobiliyatiga qarab tegishli munosabatda bo‗lish;
- Har bir talabaning kuchli va zaif tomonlari, muommolari, moyilliklari va manfaatlarini
o‗rganishga harakat qilish[1].
Bu albatta bitta darsga o‗qituvchi uchun qiyinlik qilishi mumkin. Talaba dunyosida
o‗qituvchi yaxshi imkoniyatlarga ega individual shaxs sifatida namoyon bo‗ladi. Har bir darsda
iloji bo‗lsa har bir talabaga yondashishi uchun turli xil imkoniyatlar mavjud:
-
Har bir dasrda har bir talaba uchun yetarli motivatsiyani ko‘rib chiqsa, har bir Talabani
qamrab olish mumkin;
-
Har bir dars jarayonida darsga ishtirok etgan har bir talaba bilan suhbatlashish mumkin.
Bunda eng faol talaba ham eng ―kuchsiz‖ talaba ham chetda qolmasligi kerak;
-
Mustaqil ish vaqtida talabalar ishini olib borib topshirganda (tabiiyki talaba xato qilishi
mumkin) har bir talaba bilan to‗g‗ridan to‗g‗ri do‗stona aloqa qilishiga harakat qilishi mumkin.
Bunda unga ko‗rsatmalar, maslahat berishi yoki savol ko‗rinishida yo‗nalish berish mumkin.
Xususiyatlardan to‗laligicha foydalanishning har doim ham imkoni yoqdir.
Tajribali pedagog so‗z, qarash, yuz ifodalari orqali talaba topshiriqni tushundimi,
muammoni tushundimi yoki tushinishni istamadimi, muammo pasaydimi, masala yechimini
topdimi bularni aniqlashi mumkin. Birgina qo‗pol munosabat bilan o‗zidan itarishi mumkin.
Biroz rag‗batlantirish orqali muammo yechimini yengillashtirish ham mumkin. Eng asosiysi
bilimlarni baholashda yaxshi izoh va adolat talab etiladi. Talaba tomonidan adolatli va tegishli
bilim sifatida qabul qilinsa, shaxs sifatida rivojlanishiga ham bilimni yanada oshirishga
intilishini ham yuksaltiradi. Talabaning qobiliyatiga, uning imkoniyatlarini hisobga olgan holda
rag‗batlantirib borish zarur. Ayniqsa bo‘lajak fizika o‘qituvchisi tabiatdagi jarayon va
hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini, shu bilan birga talabalar faolligini saqlash uchun ham
pedagogic ham psixologik metodlarning eng faol usullarini qo‘llay olish talab etiladi[2]. Shu
qatorda dars jarayonida diqqatni jamlash uchun xizmat qiluvchi vositalardan foydalanish,
talabanng ong ostiga ta‘sir qiluvchi yondashuvlar orqali masala mohiyatini tushuntirish,
belgilangan maqsadga erishishning samarali usulidir. Amaliyot vaqtida ―kuchli‖ va ―kuchsiz‖
talabani hamkorlikda ishlashga undash kerak. Qobiliyatli shogird bilan dars davomida
qo‗shimcha ishlashga imkon beradi hamda qolganlarni dam olishiga yo‗l qo‗ymaydi. Vazifalarni
farqlash, birinchi navbatda materialni o‗zlashtirish darajasidagi farqlarni hisobga olish zarur.

88
Darsning vaqtincha farqlanishi va talabalarga individual yondashish, masalan, sherik yoki guruh
bilan birgalikda hamkorlikning maxsus shakllarini qo‗llash orqali erishiladi.
―Induvidual ta‘lim trayektoriyasi‖ tushunchasi va shaxsiy yo‗naltirilgan ta‘lim
pedagogikasi orqali faol muhokama qilinadi. Buning aniq va sodda shakliga tayanamiz.
Adabiyotlardan ma‘lumki
―Induvidual ta‘lim trayektoriyasi – har bir talabaning ta‘lim
sohasidagi shaxsiy imkoniyatlarini amalga oshirishning individual yo‗nalishidir‖. Ta‘rifga
asosan nafaqat ob‘yektlar va bilim sohasi, balki talabaning shaxsiy imkoniyatlari bilan
aniqlanadi.
Induvidual o‗quv dasturini ishlab chiqishda quyidagilarga etibor qaratish zarur:
-
Maqsadli va moslashuvchan bo‗lishi;
-
Ijtimoiy buyurtmani amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan talablarga erishish va zarur
bo‗lgan talablar darajasiga erishish imkoniyatini ta‘minlash;
-
Talabaning ta‘lim va undan tashqari faoliyatini integratsiyalashuviga ko‗maklashish
(loyiha, ilmiy tadqiqot, o‗quv va ijodiy);
-
Kasbiy ta‘lim integratsiyasini targ‗ib qilish;
-
Talabaning individual ehtiyojlari va xususiyatlari bilan tanishadigan texnologiyalarni
aks ettirish;
-
Talabani rivojlantirish uchun resurslarning eng yuqori darajasida jalb qilinishini
ta‘minlash;
-
O‗quv jarayonini tashkil etish to‗g‗risidagi talabalarning to‗liq ma‘lumotini berish.
Induvidual o‗quv dasturi normativ-huquqiy , axborot motivatsion, tashkiliy, tashkiliy
funksiyani va o‗zini o‗zi belgilash funksiyasini bajaradi. Induvidual o‗quv dasturining dizayni
talabalar va o‗qituvlarning o‗zaro ta‘siri asosida olib boriladi va yaqin hamkorlik yaratishni o‗z
ichiga oladi. Talabalarning talabi o‗zgarmoqda, shu bilan o‗quv jarayonini tashkil etishning
tashqi sharoitlari o‗zgaradi, bu yangi ta‘lim resuruslari paydo bo‗lishiga olib keladi.
Xulosa o‗rnida induvidual ta‘lim trayektoriyasi mustaqil va umumiy muommolar va
ixtisoslashgan vazifalarni bajarish zarurligini bilgan holda amalga oshirilmoqda. Talabaning
shaxsiy xususiyatlari samarali tadbirlar orqali o‗rganiladi. Har bir talabani noyob shaxs sifatida
ko‗rish va uni rivojlantirishda tajribali pedagog barchasini turli xil mashq va topshiriqlar orqali
amalga oshiriladi. Shu bilan birga individual trayektiriyaga ko‗ra jarayonni tashkil etish barcha
ishtirokchilarning o‗zaro aloqada bo‗lishlarini talab qiladi. O‗quv dasturining bir qismi sifatida
talaba o‗rganishi, o‗z bilimlariga erishish uchun shaxsiy qadamlarini qanday tashlash kerakligini
bilib olishi zarur hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Методические
рекомендации
по
проектированию
индивидуального
образовательного маршрута Санкт – Петербург 2019 Государственное бюджетное
общеобразовательное учреждение
2.
Mustafoyeva Munojat Oltinbekovna. (2022). PSYCHOLOGICAL APPROACH TO
TEACHING A FUTURE PHYSICS TEACHER. Journal of Academic Research and Trends in
Educational
Sciences, 1(5),
86–92.
Retrieved
from
http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/63
TALABALARNI INDUVIDUAL TA‘LIM TRAYEKTORIYASI ORQALI
O‗QITISHNING SAMARADORLIGI
Mustafoyeva Munojat Oltinbekovna
Tayanch doktorant, O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
Annotatsiya:
Ushbu maqolada induvidual ta‘lim trayektoriyasi, moslashtirilgan o‘quv
dasturi, individual ta‘lim trayektoriyasini amalga oshirish shartlari va sohalari to‗g‗risida
ma‘lumotlar keltirilgan.
Kalit so‗zlar:
induvidual ta‘lim trayektoriyasi, moslashtirilga o‘quv dasturi.