Shomon marosimi morfologiyasiga doir

CC BY f
523-527
134
14
Поделиться
Каюмов, О. (2022). Shomon marosimi morfologiyasiga doir. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 523–527. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5232
Олим Каюмов, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti

dotsenti, filologiya fanlari doktori 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Ushbu maqolada ozbek urf-odatlari folkloridagi shamanlik inisiatsiya marosimining xususiyatlari, shamanlik urf-odatlari va uning nutqiy xususiyatlari korib chiqiladi. Oʻzbek shomanlarining etnofolkloristik jihati Surpa yangilash‖ga bagʻishlash anʼanalarining alohida shakli sifatida oʻrganildi. Yangi dala materiallari asosida inisiatsiya marosimlarining turlari, oʻzbek shomanlarining shaman homiylari oʻrganilgan. Marosimning morfologik tabiati, nutqiy jihatlari, shuningdek, badiiy tafakkurning bosqichma-bosqich rivojlanishidagi roli haqida fikr-mulohazalar bildiriladi


background image

523

5-SHO‗BA. OLIY TA‘LIM TIZIMIDA GUMANITAR FANLARNI OʻQITISHNING

DOLZARB MASALALARI

SHOMON MAROSIMI MORFOLOGIYASIGA DOIR

Olim Qayumov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‗zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori

Annotatsiya:

ushbu maqolada o‗zbek urf-odatlari folkloridagi shamanlik inisiatsiya

marosimining xususiyatlari, shamanlik urf-odatlari va uning nutqiy xususiyatlari ko‗rib
chiqiladi. Oʻzbek shomanlarining etnofolkloristik jihati ―Surpa yangilash‖ga bagʻishlash
anʼanalarining alohida shakli sifatida oʻrganildi. Yangi dala materiallari asosida inisiatsiya
marosimlarining turlari, oʻzbek shomanlarining shaman homiylari oʻrganilgan.

Marosimning morfologik tabiati, nutqiy jihatlari, shuningdek, badiiy tafakkurning

bosqichma-bosqich rivojlanishidagi roli haqida fikr-mulohazalar bildiriladi.

Kalit so‗zlar:

marosim, shaman, ektaz, Surpa, shaman homiysi.


Shomon marosimlari o‗zining mazmun mohiyati bilan badiiy tafakkurning betakror

in‘ikosi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiy qavmlarning shomoniylik e‘tiqodi rus
olimlari tomonidan o‗rganilgan [Chistov K.V. 1975; Zaliznyak A.A., Ivanov Vyach. V.S.,
Toporov V.N. 1962; Bogatirev P.G. 1971.; Gracheva G.N. 1983: Gemuyev I.N., Sagalayev A.M.
1986;] Meletinskiy Y.M

.1970;

Meletinskiy Ye.M. 1972; Smolyak A.V. 1976; Tokarev S.A. 1959;).

Tokarev S.A. 1964; Toporov V.N. 1987.] P.G.Bogatirov tadqiqotida Sibir shomonlari marosim
jarayonini ―bir kishilik teatr‖ deb atagan [Bogatiryev P.G/.1971s.192.] bo‗lsa, Sibir shomonlari
marosimi folklorining taniqli tadqiqotchisi Y.S.Novik shomon marosimi koinotning drammatik
tarifi sifatida‖ [Novik ye.S.1973.s.2025.] nomli maqolasini e‘lon qilgandi. Maqolada tadqiqotchi
marosimga semiotik yondashib, marosimni etnografiya va e‘tiqodni bog‗lovchi matn degan
xulosaga keladi.

Haqiqatdan ham shomon marosimlarida so‗z san‘ati bilan bir qatorda raqs, harakat, ishora,

musiqa, rasm va haykalchalar, marosim taomlari, shomon marosimi uchun zarur predmetlardan
foydalananiladi. Elshunoslar tomonidan shomon marosimlari jarayoni va detallari atroflicha
o‗rganilgan. Ilohlar bilan ruhiy bog‗lanishga qaratilgan bunday marosimlarning ta‘sirida xalq
dramasi shakllangan bo‗lishi mumkin. Shomon marosimlari dramatik asarni maydonga kelishiga
asos bo‗lgan degan fikrni Y.S. Novik olg‗a suradi. Olimaning fikriga tayangan holda masalaga
yondoshadigan bo‗lsak, o‗zga olam vakillarining g‗ayri tabiiy ko‗magi ular tomonidan tanlangan
kishilargagina tegadi. Demak, san‘at sohasidagi iqtidorli noyob iste‘dod egalari g‗ayb olami
vakillari tomonidan tanlangan va ularning madadidan foylanishi borasidagi xalq qarashlari, so‗z
san‘ati, musiqa san‘ati raqs va boshqa san‘atning ko‗pgina turlari ajdodlarimizning shomoniy
qarashlari, ruhlar va g‗ayb olami vakillari to‗g‗risidagi e‘tiqodiy qarashlari natijasida maydonga
kelgan degan xulosaga kelamiz. Musiqa san‘ati bilan shug‗ullanadigan aksariyat san‘at ustalari
bilan yaqindan tanishsangiz ularning ―orqasi bor‖ligini sezish qiyin emas. Buryat xalqida
qo‗shiq ruhi

duun

ko‗kdan yerga tushib odamlarni qo‗shiq kuylashga majburlaydi. Odamlar

qo‗shiqni shu qadar berilib kuylarkanki, oqibatda shomonning trans holatiga tusharkan.
[Bolxosev S.B.2005. S.196

.

] Homiy ruhlarning madadi bilan ular boshqalar ijro qilaolmaydigan

avj nuqtada ashula ijro etadilar yoki boshqalar eplay olmaydigan tezlik va chaqqonlikda raqs
harakatlarini bajaradilar. Umuman, ijodiyot, xayolot, betakror tasvirlar yaratish muayyan san‘at
turiga kiradi. Uning ibtidosi shomoniylik e‘tiqodi bilan bog‗liqligini inobatga olsak, shomon
folklorini o‗rganish ma‘naviyatimiz mohiyati va tafakkurimiz taraqqiyoti uchun nechog‗li
muhim ahamiyat kasb etishini anglaymiz.


background image

524

O‗zbek xalqida har bir kasb-hunarning piri bor degan qarash mavjud. Masalan, Hazrati

Dovud alayhissalom temirchilarning piri, Hazrati Nuh alayhissalom duradgorlarning piri, Hazrati
Yusuf asalarichilarning piri sanaladi. Demak, kasbni egallashda piriga atab qurbonlik berish,
pirini yod etish an‘anasi Shomoniylikka xosdir. Qozoqlarda Korkut ota hofizlar va shomonlar
piri sanalishi V.N.Basilov tomonidan qayd etilgan edi. [Basilov V.N.1970S.41] Shomon o‗z
pirlari ruhidan madad oladi. Pirlar ruhi vositasida o‗z faoliyatini amalga oshiradi.

Shomon marosimini bir butunlikda o‗rganadigan bo‗lsak, shomonning ruhlar olamiga

ramziy sayohat qilishining guvohi bo‗lamiz. Shomonning raqsga tushushi, kuylashi, g‗alati
harakatlar qilishi, yiqilib qolishi va yana joyidan turishi, ekstaz holatda ruhlar bilan gaplashishi,
marosim ishtirokchilarining shomon bilan bir xil muhitda uni kuzatishi haqiqiy teatr sahnasini
eslatadi. Qizig‗i shundaki, teatr tomoshosida aktyor voqelikning kechinmalari qorishig‗ida
bo‗lishi mumkin, ammo tomoshobinlarning hammasi ham bunday kechinmani boshidan
kechirgandek samimiy qabul qilmaydi. Shomon marosimlari ishtirokchilarining barchasi ruhan
shomonga ergashadi.

2006-yilda

Jang‗il

baxshi Axmedova xonadonida ―Momo oshi‖ marosimini

kuzatganimizda ishtirokchilar marosim boshida xonaning yuqorisiga qarab ―Assalomu alaykum,
xush kelibsiz‖ deb takrorlashdi. Keyin shomon doirasini chalib hasbu holini bayon qildi.
Kutilmaganda doiraning ritmi tezlashdi va yig‗ilgan ayollar birdan o‗rinlaridan turib, jazavaga
tusha boshladilar. Kimlardir yig‗ladi, kimlardir o‗zi sezmagan holda g‗alati qiliqlar qilib raqsga
tushdi. Qizig‗i shundaki, shomonlar xona o‗rtasida yozilgan dasturxon ustida raqs tushardi,
ammo raqs tugaganda dasturxondagi noz-u ne‘matlarga ziyon yetmagan, hatto biror piyola
joyidan siljimagan edi. Bu holat shomonlarning retual jarayonida uchish ‒ parvoz qilishini
anglatadi. Shomonlar raqsi bu zikrdir. Zikr payti ularning oyoqlari yerdan uziladi. Men eshikdan
tashqarida, dahlizda, videokamera bilan tasvirga olayotgan edim. Baxshi va ishtirokchilarning
ekstaz holatiga kirish oldidan kamera tablosida ―Omin‖ degan yozuv paydo bo‗ldi va kamera
tasvirga olishdan to‗xtadi. Mazkur marosim jarayonida ishtirokchilar ruhan Shomonga itoat
qilishlari, o‗zlarini bilmasdan turli harakatlarni bajarishlari g‗ayb olami vakillarining ta‘siri deb
baholanmog‗i maqsadga muvofiqdir.

Marosim o‗tkazish uchun tayyorgarlik, maxsus taomlar (shirgurunch, halvoytar,

bo‗g‗irsoq, kosada qurbonlik qilingan qo‗yning qoni, suv, non, shirinliklar)ning dasturxonga
qo‗yilishi, lukcha chiroqlarning yoqilishi xuddi teatr sahnasidagi bezaklarni eslatadi.
Folklorshunos Y.S.Novik shomon marosimining ayni shu jihatlarini hisobga olib, uni xalq
teatrining paydo bo‗lishiga asos bo‗lgan marosim sifatida baholagan. Shomon marosimlarida
teatrga xos barcha komponentlar(ssenariya, sahna, sahna bezaklari, aktyor-shomon va bemor,
tomoshobin) mavjud. Marosim jarayonida qo‗shiq kuylanadi, musiqa-doira chalinadi, baxshining
raqsga tushish hollari ham mavjudki bu holatni marosimning ilohiy mohiyatini inobatga
olmasdan tashqaridan kuzatganda tom ma‘nodagi xalq teatri deyish mumkin.

Shomon har bir marosim jarayonida ruhlar olamiga sayohat qiladi. Ular bilan muloqotga

kirishadi. Ulardan qaysidir mushkul yumushni bajarishda madad so‗raydi va foydalanadi.
Bizningcha, qadimgi odamlarning shomoniy qarashlari ta‘sirida xalq og‗zaki badiiy ijodiyotida
sehrli ertaklar syujetida mifologik obrazlarning o‗rinlashuvi va qahramonning safarga chiqish,
og‗ir dardga chalingan malikaga sog‗lom bo‗lishi uchun ilohiy qudratga ega sehrli predmetni
olib kelish motivlari shakllangan. Sehrli ertaklarning tarixiy o‗zagini o‗rgangan olim V.Ya.Propp
ham mifologik tasavvurlar sehrli ertaklar tadrijiy takomilida muhim o‗rin tutishini qayd etgan edi
[Propp V.Ya. 1946.S.14.]

Ma‘lumki, marosim o‗zining verbal jihati bilan folklorshunoslikning o‗rganilish ob‘ekti

sanaladi. Marosim jarayonida ijro etiladigan aytimlar harakatlar, predmetlar va musiqa
uyg‗unligida marosimning mazmunini ifodalovchi ramziy hodisa bo‗lsa, marosim aytimlari ijro
o‗rni, ijro uslubi va badiiy xossalariga ko‗ra og‗zaki badiiy ijodiyotning muayyan janriga
mansub bo‗ladi. Marosim verbal va noverbal komponentlardan tashkil topadi. Har qanday
marosimda so‗z ishtirok etadi. Shomon marosimlari ruhlarni chorlash, ruhlar vositasida bemorni


background image

525

davolash, yo‗qolgan predmet, biror kishining kelajak taqdiri haqidagi ma‘lumotlarni bashorat
qilish, muayyan obyektni yovuz ruhlardan tozalash kabilarni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi.

―Momo oshi‖ marosimi Shomonning qo‗l olish yoki qo‗lni yangilash munosabati bilan

o‗tkaziladi. Ba‘zi joylarda ―Surpa yangilash‖ ham deb yuritiladi.

Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Sevrni qishlog‗ida istiqomat qiluvchi 70

yoshli Oydin momodan 2006-yilda biz tomonimizdan yozib olingan marosim tahliliga e‘tiborni
qaratsak.

Surpa yangilash baxshining qo‗lini yangilashi munosabati bilan o‗tkaziladigan marosimdir.

E‘tiqodga binoan, marosimga atab so‗yilgan molning qoni yerga to‗kilmasligi lozim. So‗yilgan
molning o‗ng tomoni pishiriladi. Taomiga achchiq mahsulotlar (piyoz qalampir, sarimsoq piyoz)
solinmaydi. Qo‗l oluvchi kishiga so‗yilgan molning kallasi, jag‗i, tili, o‗ng oyog‗i beriladi.

Momolarni chaqirishda quyidagi aytim aytiladi:
Kuldan bo‗lsang, suvdan bo‗lsang,
Sulaymondan kirib chiq.
Arvoh bo‗lsang go‗rga bor,
Simyon bo‗lsang suvga bor
Momo bo‗lsang bizga kel.
– deb chiroq yoqiladi. (Yoqiladigan chiroqlar ikki xil bo‗ladi. ―Poy chiroq‖ momolarning

chirog‗i, ―eshma chiroq‖ esa, turli joylarga yoqiladigan chiroqdir. Masalan, kulga, qon to‗kilgan
joyga va hakozo.) Poy chiroq yoqilib surpa ustiga qo‗yiladi. Baxshi qushnochlarni surpa atrofiga
davra qurib o‗tirishlarini buyuradi. Qushnochlar surpa atrofida o‗tirishgach, yig‗ilganlarning
barchasi eshik tepasiga qarab salom berishdi. Marosim tugagach, aniqlanishicha baxshining
chorlovni boshlashi bilan momolar-ruhlar kirib kelishar ekanlar. Parilar va ruhlarning tashrifini
faqat qushnoch ayollargina ko‗ra olarkan. Qushnoch momolarning surpa atrofida yig‗ilishganda
parilar doira o‗ynatishar ekanlar. Shunda ba‘zi qushnochlar ko‗taraolmay yiqilib qolarkan.
Qushnochlarning ma‘lumot berishicha, momolar va parilar dahl qilgan kishilargina qushnoch
yoki baxshilikni qo‗l olar ekan. Parilarning dohil bo‗lishi ba‘zan tushda, ba‘zan yolg‗iz qolganda
sodir bo‗ladi. Parilar dohil qilgan kishi turli og‗ir kasallikka duchor bo‗ladi. Har qanday tabib
bunday kasal kishining dardiga davo topolmaydi. Bu kasallikdan faqat qo‗l olgach qutiladi. Qo‗l
olishda bemor qonlanadi. Baxshi:

Izxo‗rlarga iz qo‗ydi,
Moyxo‗rlarga moy bersin.
Manzilingni aytayin,
Borar joying aytayin.
Makoningni aytayin,
Qonsiragan qassobga bor,
Bozordagi baqqolga bor.

deb qo‗l oluvchining badaniga qon surtadi. Bemorni qonlash jarayonida baxshi yovuz

ruhlarni haydashda davom etadi:

Changib qolgan cho‗lga bor,
Qurib qolgan ko‗lga bor.
Etti oylik oyga bor,
Olti oylik joyga bor.
Shundan so‗ng momolar surpani aylana boshlaydilar. Surpa aylanishda dastlab yetti,

ikkinchi martasida besh, uchinchi davrasida uch marta aylanadi. Baxshi qo‗lida doirasi bilan
momolarga qarab quyidagi aytimni ijro etadi:

Sariqiz momo sardorim,
Eshigingga qul bo‗ldim.
Tuzligingga tuz momo,
Botim-botim joylarga,
Botmonlatib oldim men.
Moyib bo‗lgan joylarga,


background image

526

Qonlar berib oldim men.
Zulm bermang o‗zimga,
Kasr qilmang ko‗zimga.
Yo, Sariqiz momo sardorim,
O‗zing madad bergin.
Man sig‗indim Sariqiz momomga
Olloh yordam bersin bandamga.
– deb marosimni tugatadi. Baxshi fotihasidan keyin marosim yakunlandi.
So‗yilgan mol go‗shtining suyagi mevali daraxtga yoki kul tepaga, o‗ng tomoni mevali

darxtga, chap tomoni kulga qo‗yiladi.

Shomonlar tasavvuricha, marosim boshlanayotgan vaqtdayoq ularni turli ruhlar qurshab

olgan bo‗ladi. Shuning uchun shomon:

Kuldan bo‗lsang, suvdan bo‗lsang,
Sulaymondan kirib chiq.
Arvoh bo‗lsang go‗rga bor,
Simyon bo‗lsang suvga bor
Momo bo‗lsang bizga kel.
Mazkur matnda ruhlarni chorlash asnosida Arvoh, Simyon singari yovuzlik kasb etuvchi

ruhlar haydaladi. Baxshi o‗ziga homiylik qiluvchi momolarnigina chorlaydi. Yovuz ruhlarni
haydash jarayonida Shomon ularga yo‗l ko‗rsatadi:

Changib qolgan cho‗lga bor,
Qurib qolgan ko‗lga bor.
Etti oylik oyga bor,
Olti oylik joyga bor.
Shomoniy tasavvurlarga ko‗ra yovuz ruhlar tashlandiq joylarda (quriyotgan ko‗l, kimsasiz

cho‗l, to‗qayzor singari) istiqomat qiladilar [Qayumov O.1999.B.89.] shuningdek, Shomonning
yovuz ruhlarni yetti oylik oyga, olti oylik joyga zamin olamidan olisdagi mifologik makonga
yo‗llashi kuzatiladi.

Xullas,

shomon

marosimi

morfologiyasiga

doir

qarashlarimizni

quyidagicha

umumlashtiramiz:

1.

―Surpa yangilash‖ marosimi shomon tamonidan shomon kasalligiga chalingan bemorni

davolash va shomonlikni zimmasiga yuklash maqsadida amalga oshiriladigan magik marosim;

2.

Marosimda faqat shomoniylik e‘tiqodidagi ayollar ishtirok etishadi;

3.

―Surpa yangilash‖ marosimini o‗tkazish uchun albatta qurbonlik qilish talab etiladi va

qurbonlik qilingan jonivor qoni bilan qo‗l oluvchi – bemor qonlanadi;

4.

―Surpa yangilash‖ marosimini o‗tkazuvchi va shomon aytimlari ijrochisi tajribali

shomon hisoblanadi;

5.

―Surpa yangilash‖ marosimi o‗tkaziladigan joy surpa atrofidir;

6.

―Surpa yangilash‖ marosimida magik mohiyatga ega deb tasavvur qilinadigan chiroq,

surpa, qurbonlik qilingan jonivor go‗shtidan achchiq maxsulotlarni qo‗shmasdan taom
tayyorlanadi.

Marosimning strukturasi quyidagi komponentlardan tashkil topgan:
1.

Ruhlarni rozi qilish uchun qurbonlik qilish;

2.

Shomonga murojaat qilgan bemorni qonlash va ruhlar bilan yuzlashishga tayyorlash

jarayoni;

3.

Mifologik homiylarni chorlash;

4.

Shomon kasalligiga chalingan bemor tanasidan yovuz ruhlarni haydash;

5.

Yangi shomonga qo‗l berish.

Yuqorida sanab o‗tilgan marosim komponentlari bir butunlikda shomon marosimini tashkil

etadi. Marosim jarayonida esa shomon chorlovlari, ko‗ch-ko‗ch, ruhlarga murojaat mazmunidagi
shomon iltijosi ijro etiladi.


background image

527

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Басилов В.Н. Культ святых в исламе. Москва, Изд “Мысл”, 1970.-с.41.{Basilov V.N.

1970.The cult of saints in Islam. Moscow, “Thought” Publishing House, -p. 41.}

2.

Болхосев С.Б. Дух песня // Материалы IV конгресс этнографов и антропологов

России. Санкт-Петербург, 2005. –с. 196. {Bolkhosev S.B. 2005.The spirit of the song //
Proceedings of the IV Congress of Ethnographers and Anthropologists of Russia. St. Petersburg,
–s. 196}

3.

Богатырев П.Г. Вопросы теории народного искусства. М., 1971, с.393.{Bogatyrev

P.G. 1971.Questions of the theory of folk art. M., p. 393}

4.

Грачева Г.Н. Традиционное мировоззрение охотников Таймыра (на материалах

нганасан XIX — начала XX в.). Л., 1983, с.56.{Gracheva G.N. 1983, The traditional
worldview of hunters of Taimyr (based on Nganasan materials of the 19th - early 20th centuries).
L., p. 56}

5.

Гемуев И.Н., Сагалаев А.М. Религия народа манси. Культовые места XIX –

начала XX в. Новосибирск, 1986, с.68. {Gemuev I.N., 1986, Sagalaev A.M. Religion of the
Mansi people. Religious places of the 19th - early 20th centuries Novosibirsk, p. 68.}

6.

Зализняк А.А., Иванов Вяч. Вс., Топоров В.Н. О возможности структурно-

типологического изучения некоторых моделирующих семиотических систем /
Структурно-типологические исследования. М., 1962, с.136.{Zaliznyak A.A., Ivanov Vyach.
Sun., Toporov V.N. 1962,About the possibility of structural-typological study of some modeling
semiotic systems / Structural-typological studies. M., p.136;}

7.

Мелетинский Е.М. Миф и сказка / Фольклор и этнография. Л., 1970, 146.{

Meletinsky E.M. 1970,Myth and Tale / Folklore and Ethnography. L., 146.}

8.

Мелетинский Е.М. Первобытные истоки словесного искусства / Ранние формы

искусства. М., 1972, с.185; {

Meletinsky E.M. 1972,The primitive origins of verbal art / Early

forms of art. M., p. 185;}

9.

Смоляк А.В. Представления нанайцев о мире / Природа и человек в религиозных

представлениях народов Сибири и Севера. Л., 1976, с.158.{Smolyak A.V. 1976,
Representations of the Nanai people about the world / Nature and man in religious
representations of the peoples of Siberia and the North. L., p. 158}

10.

Токарев С.А. Сущность и происхождение магии // Исследования и материалы по

вопросам первобытных религиозных верований. М., 1959 (ТИЭ.Т. 51).{Tokarev S.A. 1959,
The essence and origin of magic // Studies and materials on the issues of primitive religious
beliefs. M., (TIE.T. 51).}

11.

Токарев С.А. Ранние формы религии и их развитие. М., 1964, с.27. (Tokarev S.A.

Early forms of religion and their development. M., 1964, p. 27.)



ONA TILI VA ADABIYOT TA‘LIMIDA ZAMONAVIY AXBOROT

TEXNOLOGIYALARINING O‗RNI

M.Abdullayeva

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti

universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori

Annotatsiya:

Maqola o‗zbek tili va adabiyoti ta‘limida zamonaviy axborot

texnologiyalarini o‗zlashtirish dars jarayonida qo‗llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar,
elektron ta‘limiy resurslar va ularga qo‗yiladigan talablar, bu boradagi chet el tajribasi haqida
ma‘lumot olish, axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur

Библиографические ссылки

Басилов В.Н. Культ святых в исламе. Москва, Изд "Мысл", 1970.-c.41.{Basilov V.N. 197O.The cult of saints in Islam. Moscow, "Thought" Publishing House, -p. 41.}

Болхосев С.Б. Дух песня // Материалы IV конгресс этнографов и антропологов России. Санкт-Петербург, 2005. -с. 196. {Bolkhosev S.B. 2005.The spirit of the song // Proceedings of the IV Congress of Ethnographers and Anthropologists of Russia. St. Petersburg, —s. 196}

Богатырев П.Г. Вопросы теории народного искусства. М., 1971, c.393.{Bogatyrev P.G. 1971.Questions of the theory of folk art. M., p. 393}

Грачева Т.Н. Традиционное мировоззрение охотников Таймыра (на материалах нганасан XIX — начала XX в.). Л., 1983, с.56.{ Gracheva G.N. 1983, The traditional worldview of hunters of Taimyr (based on Nganasan materials of the 19th - early 20th centuries). L.,p. 56}

Гемуев И.Н., Сагалаев A.M. Религия народа манси. Культовые места XIX -начала XX в. Новосибирск, 1986, с.68. {Gemuev I.N., 1986, Sagalaev A.M. Religion of the Mansi people. Religious places of the 19th - early 20th centuries Novosibirsk, p. 68. }

Зализняк А.А., Иванов Вяч. Вс., Топоров В.Н. О возможности структурнотипологического изучения некоторых моделирующих семиотических систем / Структурно-типологические исследования. М., 1962, с. 136. {Zaliznyak A.A., Ivanov Vyach. Sun., Toporov V.N. 1962,About the possibility of structural-typological study of some modeling semiotic systems I Structural-typological studies. M., p. 136;}

Мелетинский E.M. Миф и сказка / Фольклор и этнография. Л., 1970, 146.{ Meletinsky Е.М. 1970,Myth and Tale / Folklore and Ethnography. L., 146.}

Мелетинский E.M. Первобытные истоки словесного искусства / Ранние формы искусства. М., 1972, с. 185; { Meletinsky E.M. 1972,The primitive origins of verbal art / Early forms of art. M., p. 185;}

Смоляк А.В. Представления нанайцев о мире / Природа и человек в религиозных представлениях народов Сибири и Севера. Л., 1976, с. 158.{Smolyak A.V. 1976, Representations of the Nanai people about the world / Nature and man in religious representations of the peoples of Siberia and the North. L., p. 158}

К). Токарев C.A. Сущность и происхождение магии // Исследования и материалы по вопросам первобытных религиозных верований. М., 1959 (ТИЭ.Т. 51).{Tokarev S.A. 1959, The essence and origin of magic // Studies and materials on the issues of primitive religious beliefs. M„ (TIE.T. 51).}

Токарев C.A. Ранние формы религии и их развитие. М., 1964, с.27. (Tokarev S.A. Early forms of religion and their development. M., 1964, p. 27.)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов