
246
5.
Botschantzeva ZP (1982) Tulips: taxonomy, morphology, cytology, phytogeography
and physiology. CRC Press, Rotterdam
6.
Sharipov AH, Pechenitsyn VP, Ashurmetov OA (2002) Wild tulips of Central Asia.
In: Tilip and Man. Almaty. Proceedings of the symposium: 37–42.
7.
Tojibaev K, Karimov F, Oh BU, Oh SH, Jang CG (2018) A checklist of the geophytes
of Fergana Valley, Middle Asia – Monocotyledonous plant and biogeographical analysis. Journal
of Asia-Pacific Biodiversity 11 (3): 431–441. https://doi.org/
8.
Tojibaev K, Beshko N (2015) Reassessment of diversity and analysis of distribution in
Tulipa
(Liliaceae) in Uzbekistan. Nordic Journal of Botany 33 (3): 224–234.
https://doi.org/10.1111/njb.00616
9.
The Red data book. 2019
10.
http://www.hozir.org/buxoro-davlat-universiteti-ozbekiston-tabiiy-geografiyasi-
MAHALLIY
BUGʻDOY NAV- NAMUNALARINING NONBOPLIK XUSUSIYATLARI
Alloberganova Z.B.,
Atajanov A.Y.,
Raximova M.X.
b.f.n.dotsent,
akademik litseyi biologiya fani o‘qituvchisi,
2- bosqich talabasi.
Urganch Davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Xorazm tuproq iqlim sharoitida ye
tishtirilgan mahalliy
bug‘doy nav namunalaridan
Qora - qiltiq navining nonboplik xossalari va nonning sifat
ko‘rsatkichlari aniqlanlab o‘rganilgan.
Kalit soʻzlar.
Termostat, achitqi, elastik, bijg‘ish,
kontinental,opara, nonboplik,
g‘ovaklik,
sahro,
raqobatbardosh.
Oxirgi paytda Respublikamiz aholisining yuqori sifatli un mahsulotlariga bo‘lgan talabi
ortib bormoqda. Buni qo‘shni Qozog‘iston, Rossiya mamlakatlaridan kiritilayotgan yuqori sifatli
un mahsulotlari salmog‘ining oshib borayotgani bilan ham ko‘rish mumkin. Mamlakatimiz
ichida ham shu mahsulotlarga raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish,
chiqarilayotgan un sifatini oshirish davr talabidir.
Bu borada Respublikamizning turli mintaqalarida g‘allachilik yo‘nalishida qator ilmiy
tadqiqot ishlari amalga oshiriloqda. Xorazm viloyati ham shular qatoriga kirib,
hududda
yetishtirilayotgan bug‘doy donlarining sifatini, texnologik va nonboplik xossalarini o‘rgangan
holda yuqori sifatga ega bo‘lgan navlardan un olish yo‘llarini takomillashtirish kabi masalarga
katta e‘tibor qaratilmoqda.
Xorazm vohasi respublikamizning shimolida joylashgan bo‘lib, o‘zining tuproq-iqlim
sharoitlariga ko‘ra O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan farqlanadi. Xorazm vohasi hududda
sahroning kontinental iqlimi hukm suradi, hammasi bo‘lib 100 mm atrofida yog‘in-yog‘ib, qishi
qattiq sovuq, qariyb qorsiz bo‘ladi.[5]
Anashunday o‘ziga xos iqlim sharoitli xududlarda bug‘doy yetishtirish va undan yuqori
hosil olish uchun ko‘p mehnat va xarajat talab qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bug‘doydan yuqori va sifatli don olish maqsadida
yetishtirishning kompleks agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va yuqori hosilli navlarni tanlab
olish va ular ustidan tajribalar olib borish va ishlab chiqarishga joriy qilish muhim ahamiyat kasb
etadi.[1]

247
Xorazm tuproq iqlim sharoitida qadimiy bug‘doy nav namunalaridan
Qora - qiltiq navi
yetishtirilib, donining nonboplik xossalarini tadqiq qilish asosida olinadigan unning va nonning
sifat ko‘rsatkichlari aniqlanlab o‘rganildi.
Bug‘doy unining nonboplik xususiyatlari deganda, unning texnologik jarayonni to‘g‘ri
olib borganda yaxshi sifatli non hosil qilishi tushuniladi.[3]
Yaxshi pishgan bug‘doy noni, kerakli hajm, to‘g‘ri shaklga, yoriqlar va yirtilishlar
bo‘lmagan bir hilda bo‘yalgan qobiqqa, bir hilda tarqalgan, mayin g‘ovaklikdagi elastik
mag‘izga ega bo‘lishi kerak.
Non xushbo‘y va xushta‘m bo‘lishi kerak. Ma‘lum turdagi bug‘doy nonining mag‘izi
qanchalik ochiq rangda bo‘lsa, u shunchalik iste‘molchilar tomonidan qadirlanadi.
Bug‘doy unining u yoki bu sifatli non berish xususiyatiga unning nonboplik xossasi
deyiladi. Bug‘doy noni uchun unning sifati, hajmi, qobiqning rangi, mag‘izning xossalari -
elastikligi, g‘ovakligi, rangi, ta‘mi va hidi kabi ko‘rsatkichlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bug‘doy uning nonboplik xossasi asosan uning gaz hosil qilish qobiliyati, ma‘lum bir strukturali-
mexanik xossali xamir hosil qilish qobiliyati - ―unning kuchi‖, rangi va xamirni tayyorlash
jarayonida qorayish xususiyatlari, zarrachalarning o‘lchamlari bilan baholanadi.
Tajribaviy non pishirish yo‘li bilan bug‘doy unining nonboplik xossasi aniqlanadi. Qora -
qiltiq bug‘doy navidan tortilgan unning nonboplik xossalarini taqqoslash uchun laboratoriya
sharoitida 1-navli bug‘doy unidan tortilgan undan ham non pishirildi.[2]
Birinchi variantga ko‘ra, tadqiq qilinayotgan bug‘doy unidan 500 g un, 2,5 g quruq achitqi,
7,5 g tuz qo‘shib xamir tayyorlanadi, ikkinchi variantda esa 1-navli undan (500 g) foydalanildi.
Xamir oparasiz usulda tayyorlanib, 170-180 minut davomida havoning 80-85% nisbiy namligida
va 32
S da termostatda bijg‘idi. Bijg‘ishning har bir soatida xamir mushtlandi. Yetilgan
xamirning og‘irligi o‘lchanib, 400 g xamir qolipga, 200 g xamir tagdonga qo‘yiladi. Bu xamir
bo‘laklari 50-60 minut davomida tindiriladi. Tayyor xamirlar 225
S haroratda pishirib olindi.
Tagdonli non 20-25 minut, qolipli non esa - 40-45 minut davomida pishdi. 1 sutka davomida
issiq nonlarning vazni o‘lchab olinib sovutildi.[4]
Olingan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy bug‘doy nav namunalaridan Qora -
qiltiq bug‘doy navining donidan tortilgan undan pishirilgan nonning sifat ko‘rsatkichlari 1-navli
bug‘doy unidan pishirilgan nonning sifatidan deyarli farq qilmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Atabaeva X.N., Xudayqulov J.B. ―O‘simlikshunoslik‖. ―Fan va texnologiyalar‖
nashriyoti, Toshkent: 2018.
2.
Василенко И. И., Комаров В. И.. Оценка качества зерна: Справочник/ Сост.: Ў-93.
М.: Агропромиздат, 1987. С -08.
3.
Лавронов Г.А. Пшеница в Узбекистане. Ташкент. 1969 г. 34 С.
4.
Normaxmatov R. Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi asoslari.Toshkent,
―Tafakkur‖, 2009.
5.
Qurbonniyozov R. Xorazm geografiyasi. Urganch ―Xorazm‖.1997, -115b.
ZIRA (BUNIUM PERSICUM) O
ʻ
SIMLIGINING APICAL MERISTEMA
TO
ʻ
QIMASIDAN DNK AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI
Avalboyev Quvondiq Xudoyqul oʻgʻli
O‗zMU Jizzax filiali ―Biotexnologiya‖ yo‗nalishi talabasi
Mamatkulova Iroda Ergashevna
O‗zMU Jizzax filiali ―Biotexnologiya‖ kafedrasi katta o‗qituvchisi