Dars mashgulotlarining samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

CC BY f
551-554
393
34
Поделиться
Ибрагимов, Х. (2022). Dars mashgulotlarining samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 551–554. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5258
Хайрулла Ибрагимов, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi katta oqituvchisi 

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada texnologiya, dars texnologiyasi va yangi pedagogik texnologiyalar xususida tohtalib, ushbu texnologiyalarni dars jarayonlariga tadbiq qilish xususida qisqacha toxtalib otdik.

Похожие статьи


background image

551

чамбарчас боғлиқ. Масалан, ―миллий ўзликни англаш, миллий ғурур ва миллий ифтихор
туйғусини тарбиялаш, миллатнинг тили, маданияти халқимизнинг асрлар давомида
шаклланган ўзига хос урф-одатлари, маросимлари ва қадриятларида алоҳида мазмунга эга
бўлган тафаккур услубини кўришимиз мумкин‖[3]. Бизнинг халқимизда жамоавийлик
кайфиятидаги тафаккур услуби доминантлик қилади. Бу айниқса тўй-маракаларда, мотам
маросимларида, ҳашарларда яққол намоѐн бўлади. Ёки, ―тилимиздаги мехр-оқибат, мехр-
муҳаббат, меҳр-шафқат, қадр-қиммат деган, бир-бирини чуқур маъно-мазмун билан
бойитадиган ва тўлдирадиган ибораларни олайлик. Қанчалик ғалати туюлмасин, бу
ибораларни бошқа тилларга айнан таржима қилишнинг ўзи мушкул бир муаммо‖[4].
Ҳақиқатан, тафаккур услуби кенг қамровли тушунчадир.

Xулоса шуки, инсоният ҳаѐтида катта ўзгаришлар юз бераѐтган, миллий

чегаралар ювилиб, миллатлар ва халқлар орасида янгича муносабатлар авж олаѐтган,
турлича муносабатлар қуршовида қолаѐтган даврда, миллий ўзликни сақлаб қолиш ва
миллий тафаккур услубини ҳар томонлама ривожлантириш долзарб масала бўлиб
қолаверади.

Фойдаланилган адабиѐтлар рўйхати:

1. С.Жўраева. 96 мумтоз файласуф. –Т.:Янги аср авлоди, 2011., 46-б.
2.

Xosilmurodov Islom Xamitolim o‗g‗li, Sultonaliyeva Gulshona Sherzod qizi. ―Mantiq

ilmini o‗rganishning ahamiyati‖. Zamonaviy ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning ustuvor
yo‗nalishlari, ijtimoiy va pedagogik-psixologik asoslari. 2022 yil. 250-bet.

3.Xosilmurodov Islom Xamitolim o‗g‗li, O‗zbekistonda bag‗rikenglik va millatlararo

totuvlik g‗oyalarining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati. Jamiyat va innovatsiyalar. 2021 yil 10b.

4.Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 8-б.
5. Рахматов Х. Б. БУХОРО АМИРЛИГИ АҲОЛИСИНИНГ ЭТНИК ТАРКИБИ

ХУСУСИДА (XIX асрнинг иккинчи ярми–ХХ аср бошлари) //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. –
2021. – №. SI-3.

6. Fayzullaev S. B. Fostering the qualities of agility of basketball pupils in Uzbekistan

//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 11. – №. 5.
– С. 1171-1176.


DARS MASHG‗ULOTLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA YANGI

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Ibragimov Xayrulla Hamdamovich f.f.f.d. (PhD)

O‗zMU Jizzax filiali ―Oʻzbek tili va adabiyoti‖

kafedrasi katta o‗qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada texnologiya, dars texnologiyasi va yangi pedagogik

texnologiyalar xususida to‗htalib, ushbu texnologiyalarni dars jarayonlariga tadbiq qilish
xususida qisqacha to‗xtalib o‗tdik.

Kalit so‗zlar:

Texnologiya, pedagogik texnologiya, dars texnologiyasi, o‗qitish

texnologiyasi,

ma‘lumot texnologiyasi, mahorat, san‘at, o‗qituvchi, o‗quvchi, tafakkur va

tasavvur.


Bugungi kunda ta‘limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga, darslarni o‗qitishning

faol usullarini qo‗llab tashkil etish muammolarining yechimiga qo‗yilgan talab tobora ortib
bormoqda. AQSh va Yevropa mamlakatlarida «ta‘lim texnologiyasi» sifatida e‘tirof etilgan
nazariya bo‗lib, uning yaratilishi to‗g‗risida ma‘lumot beruvchi manbalarni o‗rganish natijalari
shuni ko‗rsatdiki, ta‘lim tizimini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish g‗oyasi o‗tgan
asrning boshlarida g‗arbiy Yevropa hamda AQShda ta‘lim tizimini isloh qilish, ta‘lim


background image

552

samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta‘minlash va bu borada muayyan
muvaffaqiyatga erishish borasidagi ijtimoiy ehtiyojni qondirishga urinish natijasida vujudga
kelgan. Bu sohadagi mavjud adabiyotlarda «ta‘lim texnikasi» tushunchasi o‗quv
mashg‗ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‗maklashuvchi usul, vositalar yig‗indisi deya
talqin etiladi.

Shu narsa ma‘lumki, an‘anaviy ta‘lim mazmuninig asosi shundan iboratki, pedagog bu

jarayondagi avtoritar mavqei, ta‘lim jarayoni o‗quvchilarning sust faoliyati asosiga qurilgan
bo‗lib, dars uchun ajratilgan vaqtning asosiy qismi pedagoglar tomonidan muhim nazariy
ma‘lumotlarni bayon etishga sarflanar, o‗quvchilarning faolligini ta‘minlashga zaruriyat
sezilmasligini ifoda etardi.

O‗tgan asrning 60-yillarida ta‘lim faoliyatini avvaldan puxta ishlab chiqilgan dastur

g‗oyalariga muvofiq tashkil etish tashabbusi ko‗tarildi. Dasturlashtirilgan ta‘lim o‗quvchi
muayyan bilimlarni qismlarga bo‗lib hal etilishi asosida ona tili darslarini tashkil etishni nazarda
tutadi. Dasturlashtirilgan ta‘lim mazmunida uning maqsadlari, baholash mezonlari ona tili
darslari mohiyatining aniq tavsifini ko‗rsatuvchi ko‗rsatgichlar ekanligiga alohida o‗rin ajratildi.

Rivojlangan mamlakatlarda bu sohada boy tajriba to‗plangandir. Pedagogik texnologiyalar

mohiyatini to‗laqonli anglash uchun mazkur iboraning lug‗aviy ma‘nosini tushunib olish taqozo
etiladi.

―Ta‘lim texnologiyasi‖ iborasining ma‘nosi - (inglizcha ―An educational technology‖)

darslarni yuksak mahorat bilan san‘at darajasida tashkil etish to‗g‗risida ma‘lumot beruvchi fan,
ta‘limot demakdir[2]. Ayni vaqtda mazkur tushunchaning ta‘rifi hamda uning mohiyati borasida
yagona g‗oya mavjud emas. Bu nazariya mohiyatining yoritilishiga nisbatan turli yondashuvlar
mavjud.

Ona tili darslarining samaradorligini oshirish ta‘lim-tarbiya jarayonini davr talabi

darajasida yangi pedagogik texnologiyalar, texnik hamda axborotli vositalar bilan
qurollantirishni taqozo etadi. Ona tili darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
etish mazkur jarayonning nazariy-amaliy qirralarini tadqiq etish, maxsus ishlanmalar yoki
tavsiyanomalarning yaratilishini talab etadi. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda yangi
pedagogik texnologiya nazariyasi, uning mohiyati ta‘lim texnologiyalarini o‗quv muassasalari,
shu jumladan, ona tili darslariga tatbiq etish muammosining qay darajada o‗rganilganligini
tadqiq etish maqsadida mavzuga oid yaratilgan manbalar mohiyati bilan tanishib chiqdik.

Uzoq yillardan buyon ushbu nazariya va uning mohiyati yuzasidan tadqiqotlar olib

borayotgan pedagog olim V.P.Bespalko «ta‘lim texnologiyasi» tushunchasini «amaliyotga tatbiq
qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi» deya ta‘riflagan bo‗lsa, N.F.Tal‘zina «fan va
amaliyot oralig‗ida muayyan tamoyillarni olg‗a suruvchi usullarni ishlab chiqaruvchi, ularni
izchil qo‗llash kabi masalalarni hal etishga yo‗naltirilgan mustaqil fan» ekanligiga e‘tiborni
qaratadi.

V.V.Klarin tomonidan yaratilgan «Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse»

nomli asarda V.P.Bespalko tomonidan bayon etilgan mulohazalar to‗ldirilib, pedagogik
texnologiyalarning ona tili darslariga tatbiq etish shart-sharoitlari borasidagi qarashlar ilgari
suriladi. V.P. Bespalko va M.V.Klarinlarning tadqiqotlarida «pedagogik texnologiya»
tushunchasiga ta‘rif berilgan.

Ingliz olimi B.Blum ta‘lim texnologiyasi mazmunida ta‘lim maqsadining aniq belgilanishi

muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlagan holda o‗quvchilar tomonidan o‗zlashtirilgan
nazariy bilimlarni aniqlash maqsadida test topshiriqlarini ishlab chiqish jarayonida maqsadni
oydinlashtirishga xizmat qiluvchi taksonomiyani ishlab chiqadi. Taksonomiya muayyan
ob‘ektlarni ularning o‗zaro tabiiy bog‗lanishlari asosida tasniflash va tizimlashdir.

So‗nggi yillarda yurtimiz olimlari tomonidan ham ta‘lim texnologiyasi nazariyasiga oid bir

hator maqola, risola va qo‗llanmalar yaratildi. M.O. Ochilov mazkur iborani «Pedagogik
texnologiya - tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta‘lim shakllarini qulaylashtirish,
natijasini kafolatlash va ob‘ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning
o‗zaro ta‘sirini inobatga olib, ta‘lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‗qitish va bilim o‗zlashtirish


background image

553

jarayonlarida qo‗llanadigan usul va usullar majmuidir» deya sharhlasa , N.Saidahmedov
quyidagicha: ―Pedagogik texnologiya bu o‗qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‗qitish (tarbiya)
vositalari yordamida o‗quvchilarga ta‘sir ko‗rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda
oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni‖, - degan ta‘rifni beradi.

O‗.Tolipov

va

M.Usmonboevalar

tomonidan

yaratilgan

asarda

pedagogik

texnologiyaning nazariy asoslarini amaliy pedagogik faoliyatga tatbiq etish masalasi
o‗rganilgan.Shuningdek, xususiy fanlarni o‗qitish jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq
etishning amaliy asoslarini ochib berishga harakat qilingan.

Faylasuf olimlar B.Ziyomuhammedov va Sh.Abdullaevalar tomonidan yaratilgan «Yangi

pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot» nomli asarda «Ma‘naviyat asoslari» darslarini
texnologik yondashuv asosida tashkil etish masalalari ochib berilgan bo‗lib, bu boradagi bir
qator ishlanmalar kitobxonlarning e‘tiboriga havola etilgan[3]. Ma‘lumki, inson va jamiyatining
harakatlantiruvchi kuchi bu – inson tafakkuridir. Tafakkur bu aql – idrok va dunyoviy bilimlar
majmuasidir.

Dunyoviy bilimlar ta‘lim jarayonida bunyod etiladi. Shunga ko‗ra mamlakatimizda

ta‘limga alohida e‘tibor berilgan holda, uni yangi pedagogik tizimga o‗tkazish bugungi
davrimizning bosh vazifalardan biriga aylandiki, bu uzluksiz ta‘limni yo‗lga qo‗yishni ham ilmiy
asosi bo‗lib xizmat qiladi.

Ma‘lumki, har bir mamlakat va jamiyat o‗zining ta‘lim – tarbiya tizimiga va o‗qitish

texnologiyasiga ega bo‗ladi.

Lekin bu texnologiyada albatta jahon va umuminsoniy ta‘lim – tarbiya sistema – tizimidan

va o‗qitish texnologiyasidan ijodiy foydalaniladi va undan bahramand bo‗linadi.

Shular aosida maktab o‗quv fanlari o‗zining o‗qitish sistemasini yangi pedagogik

texnologiyalar asosida o‗qitishga alohida e‘tibor berilmoqda.

Jumladan, o‗quv predmetini yangi pedagogik texnologiyada o‗qitishga o‗tilmoqdaki,

buning uchun ona tili o‗quv predmeti darslari bo‗yicha didaktik materiallar, ko‗rgazmalar,
metodik adabiyotlarni tayyorlash va ishlab chiqarish zarurligi bugungi kunimizdagi muhim
vazifa bo‗lib qolmoqda.

Ma‘lumki, ta‘lim – tarbiya sohasida pedagogik texnologiya ancha murakkab masala

bo‗lib, undan tasviriy san‘atini o‗qitishda foydalanish ham o‗ziga xos muammolarni keltirib
chiqaradi.

Ona tili darslarini o‗qitishda ham pedagogik texnologiyani ―dars texnologiyasi‖, ―o‗qitish

texnologiyasi‖ va ―ta‘lim texnologiyasi‖ kabi ko‗rinishlaridan foydalanishadi.

1.―Dars texnologiyasi‖ – bu 45 daqiqali dars jarayonini tashkil etilishining umumiy

pedagogik tinglovchilarga (didaktik va metodik) javob berishni kafolatlaydigan pedagogik
jarayondir. Ya‘ni ona tili fanining sinf – dars sistemasi bo‗lib, u: Yangi bilim berish, berilgan
bilim – malakalarni mustaxkamlash, aralash dars, bilim – malakalarni tekshirish va nazorat qilish
darslari kabilar. Ularning har biri o‗ziga xos texnologiyalarda faoliyat yuritadi.

2.―O‗qitish texnologiyasi‖ – ona tili darslarini o‗qitish va ular asosida nazariy va amaliy

sohalaridan bilim – malakalarni o‗zlashtirish yo‗li, qoidalari va uslublari majmuasi jarayonidir.

Bu texnologiya ma‘lum bir o‗quv predmetini o‗qitish va o‗zlashtirish yo‗li, didaktikasi va

xususiy metodikasi jarayonini ifoda etadi. Shunga ko‗ra o‗qtish texnologiyasi ona tili dars
mashg‗ulotlarining turi bo‗yicha o‗zagarib ham turadi. Chunki ona tili dars mashg‗ulotlarini
o‗qitish didaktikasi va uslublari mashg‗ulotlardagi maqsad va vazifalarning o‗zagarib turishi
bilan uning o‗qitish texnologiyasi ham o‗zgarib turadi.

3. ―Ma‘lumot texnologiyasi‖ – bu o‗quvchilarga ma‘lumot berish mazmunida ifodalanib, u

o‗quvchilarga ona tili o‗quv fanidan bilim – malaka berish jarayonida o‗qituvchi bilan o‗quvchi
o‗rtasida ilmiy muloqot, munosabat, ijodiy hamkorlik jarayonlari mazmunida ifodalanadi.

Ya‘ni, beriladigan bilim va malakalarni o‗quvchilarga yetkaza olishni kafolatlay oladigan

ta‘lim-tarbiya vositalari, o‗qitish didaktikasi, metodikasi va uslublari majmuasida ifodalanadi.


background image

554

Chunki, dars jarayonida ona tili o‗qituvchisi o‗quvchilarga bo‗ladigan dars mazmuni

bo‗yicha va darsda bajariladigan amaliy ishlar bo‗yicha vazifalar va ularni bajarish yo‗llarining
eng oson, eng qisqa va ilmiy asosdagi yo‗llari bo‗yicha ma‘lumotlar beradi[4].

Bu fikrlar shuni ko‗rsatadiki, fanni o‗qitishda pedagogik texnologiyaning yuqoridagi har

uchchala ko‗rishidan ham foydalansa bo‗ladi.

Pedagogik texnologiyani yaxshi tushunib olgan ona tili fani o‗qituvchisi har qanday

holatda ham dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda pedagogik texnologiyaning. Muammoli – modulli o‗qtishi shaxsga

yo‗naltirilgan ta‘lim, ta‘limni jadallashtirish, maqsadli o‗qitish, tabaqalashtirib o‗qitish kabi
turlari ishlab chiqilganki, o‗qituvchini o‗zi fanning o‗qitish mazmuniga mos kelishiga ko‗ra
tanlaydi va undan foydalanadi.

Shu o‗rnida shuni aytishimiz mumkinki, dars qaysi fandan bo‗lishidan qat‘iy nazar,

ilmiy yondashsak, mashg‗ulotlarimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, noa‘naviy dars
o‗tish usullaridan ijodiy foydalansak, biz o‗z oldimizga qo‗ygan maqsadimizga tezroq yetamiz.
Zero,bularsiz o‗quvchilar mehrini va qiziqishini qozonish mumkun emas.

Yuqorida sanab o‗tilgan mashg‗ulot metodlari o‗quvchida idrok va xotira, diqqat -

e‘tibor va tafakkur, tasavvur va mantiqni birlashtirishi kerak. Bilimlar, ko‗nikma va malakalarni
o‗zlashtirishda o‗quvchining faolligi, qiziqishi, ijodiy mustaqilligini oshirishga qaratilgan
zamonaviy pedagogik texnologiyalar – mashg‗ulotlarni o‗tishning maqbul shakllari va
imkoniyatlari ana shunga ko‗p jihatdan yo‗l ochadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:

1.To‗xliev B. Adabiyot o‗qitish metodikasi. – Toshkent, 2005.
2. Ziyomuhammedov B. Yangi pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. –Toshkent,

Chinoz ENK, 2002.

3. Tolipov O‗., M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya asoslari. «Maktab va hayot»

jurnaliga ilova. – Toshkent,O‗zPFITI, 2003.

4. Hasanov R.Tasviriy san‘at o‗qitish metodikasi. Toshkent,O‗qituvchi. 2006.


IQTISODIY MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH INSON FARAVONLIGI VA

BARQAROR RIVOJLANISH KAFOLATI

Mohinur Isaxonova

Samarqand Davlat universiteti Iqtisodiyot

yo‗nalishi 1-kurs talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, uning inson

farofonligi, taraqqiyoti va barqaror rivojlanish kafolati haqida so‗z yuritiladi.

Kalit so‗zlar:

iqtisod, rivojlanish, muammo, inson, barqaror, farovon, jamiyat, omil,

asos, taraqqiyot.


Iqtisodiy barqarorlik demokratik, adolatli jamiyat qurishning muhim omillaridan biri

hisoblanadi. Jamiyat hayotining iqtisodiy sohasini barqaror muhitini doimiy ta‘minlab borilishi
mamlakatimiz kelgusi taraqqiyotining muhim asosi hisoblanadi. Mazkur jarayon jamiyatda
fuqarolarning iqtisodiy sohadagi huquq va manfaatlarini ta‘minlash, farovon hamda obod
turmushini yanada samarali tashkil etilishiga muhim zamin yaratadi, uning hayotiyligini
ta‘minlaydi. Jamiyat o‗zgarib borar ekan odamlarning hayotiy farovonlikka ega bo‗lishga
qaratilgan ehtiyojlari ham rivojlanib boradi. Mazkur farovon jamiyatga erishi uchun jamiyatda
barcha sohalarda uchraydigan muammolarni ham hal etib borish lozimdir.

Jamiyatdagi inson faravonligini ta‘minlash, mavjud muammolarni bartaraf etib borish

lozimligi haqida mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoev quyidagicha ta‘kidlagan: «Insonlarning

Библиографические ссылки

To'xliev В. Adabiyot o‘qitish metodikasi. - Toshkent, 2005.

Ziyomuhammedov B. Yangi pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. -Toshkent, Chinoz ENK, 2002.

Tolipov 0‘., M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya asoslari. «Maktab va hayot» jumaliga ilova. - Toshkent,0‘zPFITI, 2003.

Hasanov R.Tasviriy san’at o'qitish metodikasi. Toshkent,O‘qituvchi. 2006.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана