
576
Ислом Каримов таъкидлаганидек: ―Бизнинг мустақил, ҳур, кўпмиллатли мамлакатимизда
ислом дини билан баробар православие, иудаизм, католицизм сингари ўндан ортиқ бошқа
конфессиялар мутлақо эркин фаолият кўрсатмоқда. Қайси дин ѐки мазҳабга
мансублигидан қатъий назар, бу конфессияларнинг вакиллари биз билан елкама-елка
туриб, Ўзбекистон халқларининг фаровонлиги ва равнақи учун астойдил меҳнат
қилаѐтганликлари бизни мамнун этади‖[3]. Диний бағрикенглик умуминсоний
қадриятларга асослангани, миллатлараро муносабатларни мустаҳкамлашга қаратилгани
туфайли жамиятда ижтимоий барқарорликни таъминлайди. Республикамиздаги янги
этносиѐсий парадигма барча динларни, конфессияларни демократик тараққиѐт
мақсадларига хизмат қилишга йўналтирмоқда. Натижада, Ўзбекистон Республикасининг
стратегик мақсади - демократик ҳуқуқий давлат ва фуқаролик жамияти қуриш, юксак
маънавиятли янги авлодни шакллантириш динларнинг, конфессияларнинг ҳам умумий
мақсадига айланган. Дин инсон руҳини бадхаѐл, ўй-ниятлардан халос қилиш, қалбини
поклаш орқали ижтимоий-маънавий тараққиѐтни жадаллаштиради. Айнан шунинг учун
ҳам диндаги мазкур позитив жиҳатларга таяниш, улардан миллатлараро муносабатларни
ривожлантиришда фойдаланиш муҳим ижтимоий аҳамият касб этади.
Фойдаланилган адабиѐтлар рўйхати:
1.
Юнеско халқаро меъѐрий ҳужжатлари. Конвециялар, битимлар, протоколлар,
тавсияномалар, декларациялар. ( Тўплам ) ―Бағрикенглик тамойиллари декларацияси‖.-
Тошкент: ―Адолат‖, 2004. - 91-92 б.
2.
Ҳусниддинов бағрикенглик ва жамият тараққиѐти. – Тошкент: ―Академия‖,
2005. – 116-17 б;
3.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси қошидаги диний ишлар
қўмитасининг жорий архиви. 1991 – 2015 йилларидаги ҳисоботидан.
4.
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –
Тошкент: Ўзбекистон, 1995. – Б.175.
5.
Бобохаджаев М. Республика Узбекистан: Очерки межнациональних и
межконфециональних отношений, внешноэкономических связей. – Тошкент: ―Шарқ‖,
1996. – С. 35.
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK TA‘LIM VA
TARBIYANI RIVOJLANTIRISH
Mamarajabov Saydmurot Norqobilovich
Termiz muhandislik – texnologiya instituti katta oʻqituvchisi
Musayeva Mehriniso Hamro qizi
Termiz muhandislik – texnologiya instituti talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‗zbekiston Respublikasida ekologik ta‘lim va tarbiyani
rivojlantirish uchun hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar atroflicha
yoritilgan. Jumladan, umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida ekologik ta‘lim va tarbiyani
mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi.
Kalit soʻzlar:
Ekologik ta‘lim, ta‘lim dasturlari, konsepsiya, ekologik targ‗ibot.
Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni
yaxshilashda ekologik ta`lim va tarbiya muhim rol o`ynaydi. Ekologik muammolarning tobora
global ahamiyat kasb etib borayotganligi inobatga olinib, so‗nggi yillarda muhim ustuvor
vazifalar bilan bir qatorda atrof muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta‘lim-tarbiya,
ekologik ma‘rifat masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda.

577
Ekologik ta‘limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof muhitni
beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu o‗ta
jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qo‗shishi zarurligi
bilan belgilanadi.
O‗sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi va
ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta‘lim va tarbiya jarayonini
samarali tashkil etish maqsadida 2019-yil 27-mayda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining ―O‗zbekiston Respublikasida ekologik ta‘limni rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‗g‗risida‖ gi 434-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan O‗zbekiston Respublikasida Ekologik ta‘limni rivojlantirish
konsepsiyasi va O‗zbekiston Respublikasida Ekologik ta‘limni rivojlantirish konsepsiyasini
amalga oshirish bo‗yicha tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Quyidagilar Konsepsiyani va Tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida ustuvor
yo‗nalishlar etib belgilangan:
―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi va ―Tabiatni muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston
Respublikasi qonunlariga muvofiq uzluksiz ta‘lim tizimida ekologik ta‘limni rivojlantirishning
asosiy tamoyillarini belgilash, ularni ta‘lim-tarbiya jarayoniga izchillik bilan bosqichma-bosqich
tatbiq qilish va shu asosda ekologik ta‘limning samaradorligini yangi bosqichga ko‗tarish;
ta‘lim dasturlarini mavjud ekologik muammolar va ularni bartaraf etish vazifalaridan kelib
chiqib takomillashtirish;
ta‘lim oluvchilarning e‘tiborini umumbashariy ekologik muammolarga qaratish orqali
ularning ona tabiatning qayta tiklanmaydigan manbalarini saqlab qolish va ulardan oqilona
foydalanish borasidagi mas‘uliyatini kuchaytirish;
ekologik ta‘limning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
ekologik ta‘lim sifatini, kadrlar tayyorlash tizimi samaradorligini hamda barqaror
rivojlanish kafolatlarini va ustuvorligini ta‘minlovchi normativ-huquqiy, moddiy-texnika va
axborot bazasini yaratish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari va ta‘lim
sohasining o‗zaro manfaatli hamkorligini rivojlantirish [1].
Konsepsiyada, ekologik ta‘limni amalga oshirish jarayonining tizimli tahlili ekologik
ta‘limni tashkil etishda bu boradagi islohotlarni to‗liq ro‗yobga chiqarishga to‗sqinlik qiluvchi
jiddiy muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi ta‘kidlanadi. Xususan:
barcha turdagi ta‘lim muassasalarida O‗zbekiston Respublikasining ―Tabiatni muhofaza
qilish to‗g‗risida‖gi Qonuni 4-moddasida nazarda tutilgan ekologiya o‗quvining majburiyligiga
oid talablar yetarli darajada bajarilmayapti;
amaldagi davlat ta‘lim standartlari va o‗quv dasturlari mazmunan ekologik bilim,
ko‗nikma, malaka va kompetensiyalar bilan zarur darajada boyitilmagan;
ekologik ta‘lim yo‗nalishida ilg‗or milliy va xorijiy tajribani o‗rganish, ular asosida ta‘lim
oluvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning aniq parametrlari ishlab chiqilmagan;
ta‘lim tizimining barcha bosqichlarida amalda bo‗lgan ta‘lim dasturlari bugungi kundagi
global ekologik muammolarni bartaraf etish, mavjud ekologik xavf-xatar darajasini kamaytirish,
tabiiy
muhitni
qayta
tiklashga
qaratilgan
umummilliy
tadbirlar
mohiyati
bilan
muvofiqlashtirilmagan;
maktabgacha ta‘lim tashkilotlari va umumiy o‗rta ta‘lim maktablari ta‘lim dasturlarining
mavzulari bugungi kun talablariga javob bermaydi, jumladan, ularda ta‘lim oluvchilarda
ekologik ongni shakllantiruvchi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, ona tabiatni asrab-
avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasiga oid mavzular yetarli emas;
ta‘lim muassasalarida ekologik targ‗ibot tizimi ham qoniqarsiz ahvolda, bu borada
ekologik targ‗ibotni amalga oshirish mexanizmlarini yo‗lga qo‗yish va ushbu mexanizmlarni
munosib rag‗batlantirish tadbirlari yetarli darajada amalga oshirilmayapti;
ekologik ta‘limga oid elektron-metodik vositalarni yaratish va innovatsiyalardan
foydalanish imkoniyatini kengaytirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilmagan;

578
ta‘lim hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi
organlari o‗rtasida ekologik ta‘lim tizimini takomillashtirish borasidagi amaliy hamkorlik yetarli
darajada yo‗lga qo‗yilmagan, xususan, o‗tgan yillar davomida ekologik ta‘lim tizimini isloh
qilish yuzasidan faqat takliflar bildirilgan xolos;
ekologik ta‘lim sohasida o‗qituvchilarning faoliyatini metodik jihatdan ta‘minlovchi o‗quv
materiallari, shu jumladan, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid o‗quv
qo‗llanmalari, o‗quvchi va talabalar uchun zarur darsliklar yetarli emas;
ta‘lim dasturlari to‗liq qayta ko‗rib chiqishga muhtoj, jumladan, ular respublikada so‗nggi
vaqtlarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan islohotlardan
kelib chiqib tubdan takomillashtirilishi lozim [2].
Shu munosabat bilan aniq maqsad va vazifalarni hamda yo‗nalishlarni nazarda tutuvchi
O‗zbekiston Respublikasida Ekologik ta‘limni rivojlantirish konsepsiyasini muvaffaqiyatli
amalga oshirish orqali ekologik ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Konsepsiyaning asosiy maqsadi o‗sib kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim, ong va
madaniyatni shakllantirish hamda rivojlantirish, ekologik ta‘lim-tarbiya jarayonini samarali
tashkil etish, shuningdek, ekologiya sohasidagi ilm-fanni jahonning ilg‗or innovatsion
texnologiyalarini jalb etgan holda yanada takomillashtirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro‗yobga chiqarish uchun quyidagi asosiy
vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:
―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi va ―Tabiatni muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston
Respublikasi qonunlariga muvofiq uzluksiz ta‘lim tizimida ekologik ta‘limni rivojlantirishning
asosiy tamoyillarini belgilash, ularni izchillik bilan bosqichma-bosqich ta‘lim-tarbiya jarayoniga
tatbiq qilish va shu asosida ekologik ta‘limning samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish;
ekologik ta‘lim-tarbiya berishni, ekologik bilimlarni targ‗ib qilishni, noshirlik faoliyatini,
ko‗rik-tanlovlar o‗tkazishni, ijtimoiy reklama va shu kabilarni tashkil etish;
ta‘lim dasturlarini mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish va zamon talablaridan
kelib chiqqan holda takomillashtirish;
ta‘lim oluvchilarning e‘tiborini umumbashariy ekologik muammolarga qaratish orqali
ularning ona tabiatning qayta tiklanmas manbalarini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish
bo‗yicha mas‘uliyatini kuchaytirish;
ekologik ta‘limning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
ekologik ta‘limning sifatini, kadrlar tayyorlash tizimi samaradorligini, barqaror rivojlanishi
kafolatlarini va ustuvorligini ta‘minlovchi normativ-huquqiy, moddiy-texnika va axborot
bazasini yaratish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‗yicha davlat organlari ta‘lim sohasining
o‗zaro manfaatli hamkorligini rivojlantirish.
Konsepsiyada umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida ekologik ta‘limni rivojlantirish,
o‗quvchilarda ona tabiatga bo‗lgan mehr va muhabbat hissini rivojlantirish, Biosferada
kechadigan tabiiy jarayonlarni puxta o‗rganish hamda tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ilmiy
jihatdan asoslangan usullardan foydalangan holda olib borish lozimligini o‗rgatishdek dolzarb
masalalarni qamrab oladi.
Umumiy o‗rta ta‘limning davlat ta‘lim standarti va o‗quv dasturlari o‗quvchilarda ekologik
madaniyatni shakllantirish parametrlaridan kelib chiqqan holda qaytadan tahlil qilinadi va
qo‗shimcha indikatorlar belgilanadi.
Umumiy o‗rta ta‗limning davlat ta‘lim standarti va o‗quv dasturlari mazmuni quyidagi
malakalar bilan boyitiladi:
o‗quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko‗nikma va
malakalarni ta‘lim mazmuniga keng singdirish;
o‗quv fanlari doirasidagi ekologik bilimlarni amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda
qo‗llay olish imkonini beruvchi amaliy topshiriqlar bilan boyitish (nazariya yoki muhokamadan
amaliyotga o‗tish);

579
matematika, iqtisodiy bilim asoslari fanlari mazmunini tejamkorlikka oid aniq iqtisodiy-
ekologik masalalar bilan boyitish;
o‗quvchini o‗zini o‗zi va o‗zgalar faoliyati natijalarini oldindan ko‗ra olish va baholashga
o‗rgatish maqsadida geografiya, matematika, biologiya, iqtisodiy bilim asoslari fanlari
mazmuniga ekologik baholashga oid bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗quvchilarning yoshiga
mos tarzda quyi sinflardan (VII — IX sinflar) boshlab kiritib borish.
Umumiy o‗rta ta‘lim tizimida ekologik bilimlar o‗quvchilarning yoshi, jismoniy
imkoniyatlari va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda sinflar darajasida farqlanishi
asosida tashkil etiladi.
Mutaxassislar tomonidan umumta‘lim maktablari uchun o‗quvchilar yoshiga mos ravishda
atrof muhitni muhofaza qilish, ichimlik suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
kabi dolzarb muammolar yuzasidan o‗quv-ko‗rgazmali materiallar, videoroliklar va didaktik
materiallar ishlab chiqiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:
1.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―O‗zbekiston Respublikasida
ekologik ta‘limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‗g‗risida‖ gi qarori. 2019-yil 27-may,
434-son;
2. O‗zbekiston Respublikasida Ekologik ta‘limni rivojlantirish Konsepsiyasi.
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXOLI DAROMADLARINI O‗SISH
DINAMIKASI
Muxtarov Botir Abdusattarovich
Iqtisod fanlari nomzodi
O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
―Iqtisodiyot‖ kafedrasi mudiri
Annotatsiya:
O‗zbekiston Respublikasida keyingi paytlarda aholini daromadlarini
oshirish masalasiga katta e‘tibor berilmoqda. Bu borada eng muxim masala aholi
daromadlarini uningtarkibi buyicha aniq hisoblashdir. Aniq hisob-kitoblar aholi daromadlarini
yo‗nalishlar bo‗yicha ko‗paytirish yo‗llarini izlab topish uchun asosiy ma‘lumot sifatida qabul
qilinadi.
Kalit soʻzlar:
Aholi daromadlari, daromadlarni tarkibi, yalpi daromad, daromadlarni
nominal o‗sishi, umumiy daromad.
Aholi daromadlari bozor iqtisodiyotining eng muxim ko‗rsatkichlaridan biridir. Bu bizga
shaxsning ham, oilaning ham imkoniyatlarini baholash imkonini beradi. Mamlakatlarda aholi
sonini muttasil ravishda o‘sib borishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi.[1,2].
Aksariyat mamlakatlarda aholining ma'lum vaqtdagi daromadlari barqarordir. Bu, o'z
navbatida, davlatlar statistika xizmatlarining ishini murakkablashtiradi.
Mamlakatning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarini real prognozlashda aholi daromadlari
to'g'risida aniq ma'lumotlarga ega bo'lish muhimdir. Bu vazifani bajarish faqatgina iqtisodiyoti
rivojlangan davlatlarda oson bo'lishi mumkin. Rivojlanayotgan yoki rivojlanish yo‗liga o‗tgan
xamda o‗tayotgan davlatlarda bunday ishni bajarish oson bo‗lmaydi. [3].
Aholining umumiy daromadlarini hisoblash Milliy hisoblar tizimining xalqaro statistik
standartlari, Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari, Davlat statistika qo‗mitasi tomonidan ishlab
chiqilgan va tasdiqlangan uslubiy qo‗llanmalar, O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida aholining umumiy
yalpi daromadlari 515,7 trln. so'm.[4].