Методика идентификации личности по отпечаткам пальцев

CC BY f
142-145
1
0
Поделиться
Алимкулов, Н. (2023). Методика идентификации личности по отпечаткам пальцев. Сборник научных статей студентов Академии МВД, 1(1), 142–145. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/academy-ministry-internal/article/view/27075
Н Алимкулов, Академия МВД республики Узбекистан
Студент 4 курса Академии МВД
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010 yil 12-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida: «Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu - qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillash- tirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda» 54 55 deb ta’kidladilar. Ma’lumki, ichki ishlar idoralarining faoliyati huquqni muhofaza qilish idoralarining mustaqil instituti sifatida huquqiy kafolatlar tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Konstitusiyasi bu borada inson huquq va erkinliklarini amalga oshirishni ta’minlashning huquqiy asosi, barchamiz uchun zarur dasturiy hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jinoyat- chilikka qarshi kurash olib borayotgan mansabdor shaxslar va barcha organlardan qonunchilik hamda huquq-tartibotga, inson huquqlari va O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya qilishning ta’minlanishini talab qiladi.


background image

142

N. O. Alimqulov

*

Odamni qo‘l barmoq izlariga ko‘ra identifikatsiya qilish

metodikasi

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2010 yil

12-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida: «Mamlakatimizni
demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlari-
dan biri bu - qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi
va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini
izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan
aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillash- tirish va
aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi
vazifa bo‘lib qolmoqda»

54 55

deb ta’kidladilar. Ma’lumki, ichki ishlar

idoralarining faoliyati huquqni muhofaza qilish idoralarining mustaqil
instituti sifatida huquqiy kafolatlar tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz Konstitusiyasi bu borada inson huquq va erkinliklarini amalga
oshirishni ta’minlashning huquqiy asosi, barchamiz uchun zarur dasturiy
hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jinoyat- chilikka
qarshi kurash olib borayotgan mansabdor shaxslar va barcha organlardan
qonunchilik hamda huquq-tartibotga, inson huquqlari va O‘zbekiston
fuqarolarining qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya qilishning ta’minlanishini
talab qiladi.

O‘zbekiston islohotlar yo‘lidan dadil odimlar bilan bormoqda, uning

maqsadi huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini yaratishdir. Bu
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
quyidagilarni aytgan edi: «...jamiyat huquqiy asl fuqaroviy bo‘ladi, qachonki
unda fuqarolarning erkinliklari va huquqlari muhofaza qilinsa, har bir odam
ishongan bo‘lishi kerakki, ularning huquqlarini qonunsizlikdan,
byurokratlardan himoya qiladigan organlar mavjuddir»

56

.

Yuqoridagi talablarning amalga oshirilishida eng muhim vazifa sodir

etilgan jinoyatlarni «issiq izi» dan tez ochish, samarali tergov qilish va
aybdorlarni o‘z vaqtida jinoiy javobgarlikka tortishdan iboratdir.

Bu vazifaning hal etilishida, mohiyati jinoyat ishiga tegishli bo‘lgan

dalillarni to‘plash, ulardan foydalanish, texnik-kriminalistik vositalarni

*

ИИВ Академияси 4-курс тингловчиси.

55

Каримов И. А.

Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва

фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. - Т., 2010. - Б. 56.

56

Каримов И. А

.Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. - T., 1999. - Б. 47.


background image

143

to‘g‘ri qo‘llashdan iborat bo‘lgan tezkor-tergov ishlarining texnik-krimina-
listik ta’minoti muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham ekspert-kriminalist
na faqat kriminalistik texnika sohasida chuqur bilimga ega bo‘lishi, balki
kriminalistik masalalarni hal etishda nazariy bilimlarni to‘g‘ri qo‘llay olishi,
ashyoviy dalillarni to‘plash va tekshirish mahoratini egallagan bo‘lishi lozim.

Yuqoridagi masalalarni hal etish O‘zbekiston Respublikasi IIV Eks-

pert-kriminalistika xizmatlarining asosiy maqsadidir va o‘z navbatida eks-
pert-kriminalistika faoliyatning barcha sohalari bilan chambarchas
bog‘liqdir.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning oldini olish, jinoyatning

ochilishi va tergov qilishning samarali o‘tishi, ushbu faoliyat subyektlari-
ning kasbiy mahorati darajasiga bog‘liqdir. Kasbiy mahorat darajasini esa
birinchi navbatda qidiruv-izlanish faoliyati subyektlarining ta’lim jarayoni-
da va amaliy mashg‘ulotlarda olgan maxsus bilimlari belgilaydi. Ularning
maxsus bilimlari tarkibiga yurisprudensiya sohasidagi kriminalistika va
boshqa turdagi ilmiy bilimlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimov «... bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga
olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda
huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli
keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur», deb ta’kid-
laganlar

57

. Ushbu jihatdan mazkur mavzuni o‘rganish huquqni muhofaza

qiluvchi organlarning ekspert-kriminalistik xizmatlari oldiga qo‘yilgan
vazifalarni samarali bajarishlari uchun zarur nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Ichki ishlar idoralarining jinoyatlarni ochish va tergov qilish bo‘yicha

asosiy vazifalaridan biri ilmiy metodlar va texnik vositalarni jinoyatchilikka
qarshi kurash amaliyotiga tatbiq etish hisoblanadi. Ushbu vosita va metodlar
orasida kriminalistikaning, jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va
qidirishni yanada samaraliroq bo‘lishiga imkon beradigan yutuqlari muhim
o‘rin tutadi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy mahoratining va ular
tomonidan jinoyatlarni ochishning ilmiy metodlarini egallash malakalari-
ning o‘sishi, jinoyatchini fosh qilish uchun turli izlar va ashyoviy dalillar,
jumladan hodisa sodir bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirishda aniqlanadigan
qo‘l barmoq izlaridan unumli foydalanish holatlarini ortishiga olib keladi.

Qo‘l barmoq izlari muhim qidiruv materiali hisoblanadi. Ular yorda-

mida jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va
tekshirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlar majmuasini amalga oshirish- ga

57

Каримов И. А.

Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва

фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. - Т., 2010. - Б. 56.


background image

144

imkon yaratadi. Papillyar naqshlarning yaqqol ifodalangan individual- ligi
(alohidaligi) shaxslarni kriminalistik aynanligini aniqlashning asosida
yotuvchi o‘ta muhim xususiyat hisoblanadi.

Jinoyatlarni ochish va tergov qilishning dastlabki bosqichida, jinoyat-

chilarni qidirish maqsadida qo‘l barmoq izlarini tadqiq etish bir necha
yo‘nalishlarida olib boriladi.

Bir tomondan - bu hodisa sodir bo‘lgan joyda aniqlangan qo‘l barmoq

izlarini IIBlarning ekspert-kriminalistik xizmatlaridagi daktiloskopik
hisoblardan va markazlashtirilgan (IIV EKM) daktiloskopik kartotekalari-
dan tekshirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan - barmoq izlari, muayyan doira-
dagi shaxslarning papillyar naqshlari bilan bevosita taqqoslash, ushbu
shaxslar doirasini yanada toraytirish hamda alohida shaxslarni aniqlashda
vujudga keladigan versiyalarni tekshirishda foydalanilishi mumkin

Qo‘l barmoq izlarining ekspertizasida hal etiladigan savollarni

quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin.

Birinchisi - izlarning xususiyatlari hamda ularni hosil bo‘lish mexa-

nizmi va sharoitlarini aniqlashga qaratilgan savollar, jumladan:

-

taqdim etilgan buyumlarda qo‘l barmoq izlari mavjudmi, agar

mavjud bo‘lsa, ular identifikasiya (shaxsni aniqlash)ga yaroqlimi?

-

obektdagi iz qaysi qo‘lning qay barmog‘idan qoldirilgan?

-

barmoq izlari qanday harakat (tegib o‘tish, ushlash) natijasida

qoldirilgan.

Ikkinchisi - identifikasion masalalar bilan bog‘liq savollar:

-

qoldirgan izlariga ko‘ra aniq bir shaxsni aniqlash;

-

bir necha jinoyat bo‘yicha qoldirilgan izlar aynan bir shaxs tomo-

nidan qoldirilganligini aniqlash.

Daktiloskopik ekspertizalarni o‘tkazishda, tadqiqot obyektlari bo‘lib,

hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlarning o‘zi, ularning nusxalari,
quyma-nusxalari yoki fotosuratlari, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi
shaxslarning qo‘l barmoq va kaft izlari bo‘lgan taqqoslash tadqiqotlari uchun
namunalar bo‘lishi mumkin.

Agar izlar hech qanday o‘zgrish va ishlov berishlarsiz tadqiqotga

taqdim etilsa, bunday izlar eng ma’qul izlar hisoblanadi. Buning uchun izlarni
to‘liq saqlanishi choralari ko‘rilishi lozim.

Ayblanuvchi va gumon qilinuvchilarning barmoq izlari odatda dakti-

loxaritalarga olinadi, jinoyatga aloqador boshqa shaxslar, jabrlanuvchilar
yoki boshqa begona shaxslarning barmoq izlari esa toza oq qog‘ozga olinadi.

Daktiloskopik ekspertizalarni o‘tkazishda, tadqiqot obyektlari bo‘lib,

hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlarning o‘zi, ularning nusxalari,
quyma-nusxalari yoki fotosuratlari, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi


background image

145

shaxslarning qo‘l barmoq va kaft izlari bo‘lgan taqqoslash tadqiqotlari uchun
namunalar bo‘lishi mumkin.

Izlarning namunalariga majburiy yagona talab - papillyar chiziq-

larning aniqligi va to‘liqligi talabi qo‘yiladi. Izlarning aksi aniq, tirnoqning
bir chetidan ikkinchi chetigacha, naqshning asosidan to egiluvchi oqim-
gacha bosib aylantirish usulida olingan bo‘lishi lozim. Izlarning yaxshi
ifodalanmagan va noto‘liq akslari ekspertiza (tadqiqot) tayinlagan shaxsga
qaytarilishi va yangi, talab darajasidagi akslar talab etilishi lozim. Kerak
bo‘lganda, naqshlarning muayyan tegishli sohalarining izlari so‘rab oli- nishi
kerak, masalan, naqshlarning distal soha (tirnoqning yuqori chetiga yaqin
soha)larining izlari.

Izlarning namunalariga majburiy yagona talab - papillyar chiziqlarning

aniqligi va to‘liqligidir.Yuqorida ko‘rsatilgan materiallarni sifatli tayyorlab
olib, tergovchi daktiloskopik ekspertiza tayinlash haqida qaror chiqaradi
hamda materiallar va qarorni ekspert-kriminalistik xizmatga yuboradi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Yugay, Lyudmila. "Biometric identification as an innovation in
criminalistics." Society and innovations, Special 07 (2022): 289.

2.

Югай, Л. Ю. "Биометрическая идентификация личности по
изображению лица человека: опыт Республики Узбекистан." (2023).

Библиографические ссылки

Yugay, Lyudmila. "Biometric identification as an innovation in criminalistics." Society and innovations, Special 07 (2022): 289.

Югай, Л. Ю. "Биометрическая идентификация личности по изображению лица человека: опыт Республики Узбекистан." (2023).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов