www.sci-p.uz
III SON. 2025
307
MHXSLARGA O‘TISH SHAROITIDA XARAJATLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
PhD, dots.
Pashaxodjayeva Dildora
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Niyozova Firuza
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali
ORCID:
0009-0005-5701-511X
Annotatsiya.
Mazkur maqolada xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MHXS) o‘tish
jarayonida tijorat tashkilotlarida xarajatlar hisobining yuritilishi, mavjud muammolar va
takomillashtirish yo‘llari IMRAD strukturasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xarajat
larni
tasniflash, e’tirof etish va hisobot shaklida ifodalashdagi farqlar yoritilib, milliy hisob tizimini
MHXSlarga moslashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar
:
MHXS, xarajatlar hisobi, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, xalqaro
standartlar, tizim integratsiyasi.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА РАСХОДОВ В УСЛОВИЯХ ПЕРЕХОДА НА МСФО
PhD, доц.
Пашаходжаева Дилдора
Самаркандский институт экономики и сервиса
Ниёзова Фируза
Самаркандский филиал Ташкентского Международного Университета Кимё
Аннотация
.
В данной статье на основе структуры
IMRAD
анализируется ведение
учета расходов в коммерческих организациях в процессе перехода на международные
стандарты финансовой отчетности (МСФО), существующие проблемы и пути
совершенствования. В ходе исследования были освещены различия в классификации,
признании и отражении расходов в форме отчетности, а также даны предложения по
адаптации национальной системы учета к МСФО.
Ключевые слова
:
МСФО, учет затрат, бухгалтерский учет, финансовая отчетность,
международные стандарты, системная интеграция
.
IMPROVEMENT OF EXPENSES ACCOUNTING UNDER THE CONDITIONS OF THE TRANSITION
TO IFRS
PhD, assoc. prof.
Pashakhodjaeva Dildora
Samarkand Institute of Economics and Service
Niyozova Firuza
Samarkand branch of Kimyo International University in Tashkent
Abstract.
This article analyzes the accounting of expenses in commercial organizations during
the transition to International Financial Reporting Standards (IFRS), existing problems, and ways to
improve them based on the IMRAD structure. During the study, the differences in the classification,
recognition, and reporting of costs were highlighted, and proposals were made to adapt the national
accounting system to IFRS.
Keywords:
IFRS, cost accounting, accounting, financial reporting, international standards,
system integration.
UOʻK:
336
307-310
www.sci-p.uz
III SON. 2025
308
Kirish.
O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon moliyaviy bozorlariga
integratsiyalashuvi jarayonida
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish zarurati
ortib bormoqda. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS) moliyaviy axborotning aniqligi,
taqqoslanishi va ishonchliligini ta’minlaydi. MHXSlarga o‘tish nafaqat hisobot shaklini
o‘zgartirish, balki buxgalteriya hisobining barcha tarkibiy qismlarini, jumladan, xarajatlar
hisobini ham chuqur isloh qilishni talab etadi.
Xarajatlar hisobi tashkilotning moliyaviy natijalarini aniqlash, rejalashtirish va nazorat
qilishda muhim o‘rin tutadi. MHXSlarga muvofiq xarajatlarni e’tirof etish va tasniflash jarayoni
milliy buxgalteriya tizimidan sezilarli farq qiladi. Bu esa tijorat tashkilotlarini yangi
yondashuvlar, tizimlar va me’yorlarni o‘zlashtirishga majbur qilmoqda. Mazkur maqolada
aynan xarajatlar hisobini takomillashtirish nuqtai nazaridan MHXSlarga o‘tish jarayonidagi
asosiy muammo va imkoniyatlar tahlil qilinadi.
Adabiyotlar sharhi.
Xalqaro va milliy standartlar talablaridan kelib chiqib xarajatlarni quyidagicha tasniflash
mumkin:
1)
Odatdagi faoliyat bilan bog’liq xarajatlar
2)
Moliyaviy faoliyat xarajatlari
3)
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik xarajatlari
4)
Odatdagi faoliyatga bog’liq bo’lmagan xarajatlar.
Mamlakatimiz olimlarining ishlarida daromadlarni tan olish, baholash, foyda yoki
zararlarni aniqlash va hisobotda aks ettirishning uslubiy masalalari tadqiq etilgan. Misol uchun,
Tashnazarov tomonidan foyda va zararlar hamda boshqa toʻplam daromadlar toʻgʻrisidagi
hisobotning xalqaro standartlarga muvofiq keladigan shakli taklif etilgan.
Shu bilan birga, Rossiya olimlaridan Popadyuk, Lisovskaya, Krapiventsova, xalqaro
miqyosda esa Koweno, Killian kabi olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ammo, bu
izlanishlar fan miqyosida katta ilmiy-amaliy ahmiyatga ega bo`lsada, ushbu ishlarda
daromadlar va foyda hisobini xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish, daromadlar
(foyda)ni tan olish, baholash, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish va taqdim etish
masalalari yetarli darajada tadqiq etilmagan.
Xermanson va boshqalar operatsion xarajatlar sotish va ma’muriy xarajatlardan iborat
ekanligini ta’kidlashadilar. Ular sotish xarajatlariga sotish bilan mashg’ul bo’lgan personalning
ish haqi, ushbu personalning safar xarajatlari, mol jo’natish xarajatlari
, reklama, omborxona
ijarasi, xaridorlar ta’minoti, zaxiralarni saqlash xarajatlari hamda boshqa xarajatlarni
kiritishgan.
Libbi va boshqalar xarajatlar tasnifida sotish, umumiy va ma’muriy xarajatlarni alohida
gurux sifatida ajratadi. Ushbu xarajatlarga turli xildagi jumladan, menejment va sotish
personali ish haqi hamda maxsulot ishlab chiqarish bilan to’g’ridan
-
to’g’ri bog’liq bo’lmagan
boshqa umumiy xarajatlarni kiritganlar.
Nidlz va bsohqalar ham moliyaviy hisobotda operatsion xarajatlarni sotish, umumiy va
ma’muriy xarajatlarga bo’ladilar.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, abstract mantiqiy fikrlash
usullaridan foydalanilgan holda 15 son MHXS bo`yicha ilmiy maqolalar tanqidiy o`rganilgan,
milliy standartlar asosida qiyosiy solishtiruv asosida jadvallar keltirilgan va ilmiy mushohada
qilish natijasida xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
309
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Xarajatlar hisobi buxgalteriya tizimining eng murakkab va mas’uliyatli bo‘limlaridan biri
hisoblanadi. MHXSlar asosida buxgalteriya hisobini yuritish, ayniqsa xarajatlar e’tirofi, tasnifi
va hisobga olish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Aksariyat tijorat
tashkilotlari ushbu tizimga texnik va kadrlar jihatidan to‘liq tayyor emas. Shu bilan birga,
MHXSlarga asoslangan xarajatlar hisobi moliyaviy natijalarning real holatini ko‘rsatib,
menejmentga strategik qarorlar qabul qilishda ishonchli
ma’lumotlar taqdim etadi.
1-jadval
№
Muammo
Tavsif
Tahlil natijasi
Yechim
1
Xarajatlar tasnifi
va e’tirofi
o‘rtasidagi farqlar
Milliy va xalqaro
standartlar o‘rtasidagi
asosiy farqlar,
xarajatlar tasnifi,
faoliyat turlariga qarab
ajratilishi kerak.
Milliy buxgalteriya
tizimida xarajatlar
ko‘pincha faqat naqd
pul chiqarish asosida
tasniflanadi, bu esa
aniq moliyaviy tahlil
qilishni qiyinlashtiradi.
MHXSlarga o‘tish
orqali xarajatlar
yanada aniqroq va
taqqoslanadigan
shaklda aks ettiriladi.
2
Kadrlar malakasi
yetishmasligi
MHXSlarga o‘tish
jarayonida buxgalterlar
va moliyaviy
menejerlarning
malakasining yetarli
emasligi.
Moliyaviy xodimlar
MHXSni to‘liq
tushunmagan va
amalda qo‘llashda
qiyinchiliklarga duch
kelmoqda.
Malaka oshirish
kurslari va treninglar
tashkil etish zarur.
3
Innovatsion
texnologiyalarni
joriy etish
zaruriyati
Buxgalteriya hisobini
avtomatlashtirish va
shaffofligini ta’minlash
uchun innovatsion
texnologiyalarga
ehtiyoj mavjud.
Buxgalteriya tizimi
ko‘p holatda qo‘lda
ishlanadi va xatolar
yuzaga keladi.
Dasturiy ta’minot va
avtomatlashtirish
tizimlaridan
foydalanish.
4
Xarajatlar hisobi
bo‘yicha aniq va
to‘liq
ma’lumotning
yetishmasligi
Milliy buxgalteriya
tizimida xarajatlar
haqida to‘liq va aniq
ma’lumotlar taqdim
etilmaydi.
Moliyaviy hisobotlar
ba’zida noto‘g‘ri yoki
noaniq tasniflanadi, bu
esa qarorlar qabul
qilishda muammo
tug‘diradi.
MHXS asosida
xarajatlar bo‘yicha
aniq va
taqqoslanadigan
hisobotlar
tayyorlanadi.
5
Xarajatlar hisobida
qiyinchiliklar va
noto‘g‘ri e’tirof
O‘tish jarayonida
xarajatlarni to‘g‘ri
e’tirof etish
muammolari.
Tashkilotlar ba’zida
xarajatlarni noto‘g‘ri
e’tirof etishadi, bu esa
moliyaviy natijalarga
ta’sir qiladi.
Xarajatlar va
daromadlar tasnifini
xalqaro standartlarga
moslashtirish.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
310
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, MHXSlarga o‘tish jarayonida xarajatlar hisobini yuritishda
quyidagi holatlar aniqlangan:
•
MHXSlarda xarajatlar faoliyat turi asosida (asosiy faoliyat, moliyaviy, soliqqa oid,
boshqa) bo‘lib tasniflanadi, milliy tizimda esa bu
yondashuv ancha tor doirada yuritiladi.
•
Xarajatlarni e’tirof etishda MHXSlar “kelib chiqish tamoyiliga” asoslanadi, ya’ni xarajat
foyda olish bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Milliy tizimda esa xarajatlar ko‘pincha naqd pul chiqimi
asosida tan olinadi.
•
MHXSlarga mos ravishda tashkilotlar xarajatlarni funksional asosda (ishlab chiqarish,
sotuv, boshqaruv) ajratishni yo‘lga qo‘yishi lozim bo‘lmoqda.
•
Yangi tizimga o‘tishda buxgalterlar o‘rtasida MHXSdagi xarajatlar bilan bog‘liq
terminologiyaning yetarlicha o‘zlashtirilmaganligi tufayli xatolar soni ko‘paymoqda.
•
MHXSlarga muvofiq dasturiy ta’minot yetishmasligi xarajatlar bo‘yicha to‘liq va aniq
hisobot tayyorlash imkonini cheklamoqda.
1-jadvalda xarajatlar hisobining xalqaro standartlari asosida yuritilishida yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan asosiy muammolar va ularga mos bo’lgan yechimlar taklifi keltirilgan
.
Mazkur holatda taklif etiladigan asosiy yechimlar quyidagilardan iborat: buxgalterlar
malakasini oshirish, MHXSlar bo‘yicha amaliy kurslar tashkil qilish, mahalliy dasturiy
ta’minotlarni MHXSlarga moslashtirish, qonunchilikda MHXS elementlarini bosqichma
-bosqich
joriy etish. Bundan tashqari, yirik korxonalarda xarajatlarni faoliyat turlari bo‘yicha tahlil
qilishga mo‘ljallangan modul tizimlarini ishlab chiqish zarur.
Xulosa va takliflar.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, shuni aytish mumkinki, MHXSlarga o‘tish sharoitida
xarajatlar hisobini takomillashtirish tashkilotlar uchun muhim strategik vazifa hisoblanadi.
Xarajatlar hisobi xalqaro yondashuv asosida yuritilganda moliyaviy axborotning aniqligi va
ishonchliligi ortadi. Buning uchun tashkilotlar o‘z buxgalteriya siyosatini qayta ko‘rib chiqishi,
mavjud kadr salohiyatini rivojlantirishi va axborot tizimlarini zamonaviylashtirishi lozim.
MHXSlar asosidagi xarajatlar hisobi nafaqat xalqaro talablarga javob beradi, balki tashkilotning
ichki boshqaruv samaradorligini ham oshiradi.
Adabiyotlar/
Литература
/References:
EY. (2021). International Financial Reporting Standards - IFRS.
IFRS Foundation. (2023). IFRS Accounting Standards
–
Concepts and Application. 123-125
Jabborova, M. A. (2021). MHXSlar asosida xarajatlar hisobini yuritishning amaliy
muammolari. Toshkent moliya instituti ilmiy jurnali. 33-38
KPMG. (2021). Adapting to IFRS: A guide for organizations. 112
Normurodov, A. (2022). Xalqaro standartlarga o‘tish sharoitida xarajatlar hisobi.
“Buxgalteriya va audit” jurnali, №3. 345
-348
Qonun (2016)
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni. 223
PwC. (2020). IFRS Manual of Accounting. 39-42.
