www.sci-p.uz
III SON. 2025
288
O‘ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI JORIY ETISHNING HUQUQIY VA INSTITUTSIONAL
ASOSLARI: IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Obidov Nodirbek
Toshkent xalqaro universiteti
ORCID: 0009-0008-9952-8388
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda islom moliya tizimini joriy etish zarurati, mavjud
huquqiy asoslar va institutsional muhit keng
qamrovda o‘rganiladi. Islom moliyasi shariat talablariga
asoslangan holda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni ko‘zda tutadi va aynan shu xususiyati uni ribo,
maysir va g‘arar kabi taqiqlangan elementlardan holi qiladi. O‘zbekiston iqtisodiyotida bu yo‘n
alish
yangi bo‘lishiga qaramay, aholining diniy e’tiqodiga mos, adolatli va barqaror moliyaviy xizmatlarga
bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Maqolada islom moliyasining asosiy tamoyillari, sukuk, mudoraba,
mushoraka kabi moliyaviy vositalarning mohiyati va u
larni yuritishda zarur bo‘lgan huquqiy
mexanizmlar tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud qonunchilikda kuzatilayotgan bo‘shliqlar,
regulyator organlar faoliyatining yetarli darajada shakllanmaganligi va xalqaro tajriba asosida
O‘zbekiston uchun mos keluvchi
institutlar modeli muhokama qilinadi. Natijada, mamlakatda islom
moliya tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha konseptual takliflar ilgari suriladi.
Kalit soʻzlar:
islom moliyasi, shariatga muvofiq moliyaviy xizmatlar, huquqiy asos,
institutsional rivojlanish, sukuk, islom banki, mudoraba, mushoraka, regulyator, O‘zbekiston moliya
bozori.
ПРАВОВЫЕ И ИНСТИТУЦИОНАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ВНЕДРЕНИЯ ИСЛАМСКОГО
ФИНАНСИРОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ: ВОЗМОЖНОСТИ, ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ
Обидов Нодирбек
Ташкентский международный университет
Аннотация.
В данной статье рассматривается необходимость внедрения системы
исламских финансов в Узбекистане, а также проводится анализ существующей правовой
базы и институциональной среды. Исламские финансы функционируют в соответствии с
нормами шариата, исключающими такие элементы, как ростовщичество (риба), азартные
игры (майсир) и чрезмерная неопределенность (гарар). Несмотря на то, что исламские
финансы являются новым направлением для Узбекистана, спрос на справедливые и
соответствующие шариату финансовые услуги среди населения, преимущественно
мусульманского, постоянно растет. В статье освещаются основные принципы исламских
финансов и анализируются такие инструменты, как сукук, мудараба и мушарака. Также
рассматриваются необходимые правовые механизмы для их реализации. Обсуждаются
пробелы в национальном законодательстве, недостаточная развитость регулирующих
органов, а также международный опыт. В заключение приводятся концептуальные
предложения по созданию
и устойчивому развитию исламской финансовой системы в
Узбекистане.
Ключевые слова:
исламские финансы, финансовые услуги, соответствующие
шариату, правовая база, институциональное развитие, сукук, исламский банк, мудараба,
мушарака, регуляторные органы, финансовый рынок Узбекистана.
UOʻK
: 336
288-299
www.sci-p.uz
III SON. 2025
289
LEGAL AND INSTITUTIONAL FRAMEWORK FOR THE INTRODUCTION OF ISLAMIC
FINANCE IN UZBEKISTAN: OPPORTUNITIES, CHALLENGES AND PROSPECTS
Obidov Nodirbek
Tashkent International University
Abstract.
This article explores the necessity of introducing an Islamic finance system in
Uzbekistan, as well as analyzing the current legal frameworks and institutional environment.
Islamic finance operates in accordance with Sharia principles, which prohibit interest (riba),
gambling (maisir), and excessive uncertainty (gharar). Although Islamic finance is a relatively
new concept in Uzbekistan, the demand for fair, ethical, and Sharia-compliant financial services
is steadily increasing, particularly among the predominantly Muslim population. The article
examines the core principles of Islamic finance and highlights financial instruments such as sukuk,
mudarabah, and musharakah. It also discusses the legal mechanisms required to implement them
effectively. The existing gaps in national legislation, the insufficient development of regulatory
bodies, and international best practices are assessed in the context of Uzbekistan. Finally, the
article proposes conceptual recommendations to support the establishment and sustainable
growth of an Islamic financial system in the country.
Keywords:
Islamic finance, sharia-compliant financial services, legal framework,
institutional development, sukuk, Islamic banking, mudarabah, musharakah, regulatory bodies,
Uzbekistan financial market.
Kirish
So‘nggi yillarda jahon moliya tizimida muqobil moliyaviy vositalarga bo‘lgan qiziqish
keskin ortib bormoqda. Ayniqsa, islom moliyasi global miqyosda iqtisodiy xavfsizlik, ijtimoiy
adolat va axloqiy tamoyillarga asoslangan barqaror moliyaviy muhit yaratishd
a o‘ziga xos
yondashuv sifatida e’tirof etilmoqda
(Taqi, 2007). Islom moliyasi nafaqat musulmon aholiga
ega davlatlarda, balki Yevropa va Osiyodagi an’anaviy moliyaviy markazlarda ham keng tatbiq
etilmoqda. Ushbu tizimning asosiy xususiyati
—
riba (foiz),
maisir (qimor), g‘arar (noaniqlik)
kabi shariatda taqiqlangan elementlardan xoli moliyaviy operatsiyalarni taklif etishidadir
(IFSB, 2020)
. Bu esa uni nafaqat diniy e’tiqodga mos, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi
vosita sifatida qadrlashga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ham o‘zining ochiq iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasida
turli xil moliyaviy mexanizmlarni joriy etishga intilmoqda. Xususan, milliy kapital bozorini
rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar oqimini kengaytirish va moliyaviy xizmatlarning
inklyuzivligini oshirish doirasida islomiy moliyaviy vositalarga nisbatan qiziqish
kuchaymoqda. Mamlakat aholisi asosan musulmon bo‘lganligi sababli, shariatga muvofiq
moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj tabiiy tarzda shakllan
moqda.
Biroq O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etish bo‘yicha amaliy harakatlar hali dastlabki
bosqichda. Me’yoriy
-huquqiy baza, regulyator institutlar faoliyati va iqtisodiy infratuzilma bu
sohaga to‘liq tayyor emas. Islomiy banklar faoliyati, sukuk emissiyas
i, shariat kengashlari
faoliyatini yuritish va islomiy moliyaviy vositalarning yuritilishi uchun zarur bo‘lgan normativ
hujjatlar yetarli darajada shakllanmagan (Azizov, 2021). Bundan tashqari, islom moliyasining
mohiyatini anglash va amaliyotga tatbiq eti
sh bo‘yicha yetarli mutaxassislar, shuningdek, ta’lim
va tadqiqot bazasi ham hozircha cheklangan.
Mazkur maqola aynan ushbu muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish, mavjud
imkoniyatlar va cheklovlarni baholash, shuningdek, xalqaro tajriba asosida O‘zbekistonda
islom moliyasini samarali joriy etish uchun zarur bo‘lgan huquqiy va institutsional shart
-
sharoitlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
290
Adabiyotlar sharhi.
Islom moliyasi haqida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar global va mintaqaviy miqyosda keng
ko‘lamda olib borilmoqda. Mazkur adabiyotlar sharhi, bir tomondan, islom moliyasining
nazariy asoslarini ochib beradi, ikkinchi tomondan esa, uning amaliyotda qo‘llanishi va
O‘zbekiston sharoitida joriy etilishi uchun zarur bo‘lgan
huquqiy-institutsional mexanizmlarni
tahlil qilishga zamin yaratadi.
Usmani (2007) islomiy moliyaning fundamental tamoyillarini bayon etar ekan, foiz (riba),
noaniqlik (g‘arar) va spekulyatsiya (maisir) taqiqlanishi asosida moliyaviy
operatsiyalarni
halol yo‘l bilan amalga oshirish zarurligini ta’kidlaydi. U sukuk, mudaraba, musharaka kabi
vositalarni shariatga muvofiq muqobil moliyalashtirish vositalari sifatida tavsiflaydi. Bu
yondashuv, ayniqsa, moliyaviy halollikni ta’minlash va iq
tisodiy adolat prinsiplarini qaror
toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
IFSB (2020) hisobotida islom moliyasining global barqarorlikka qo‘shgan hissasi,
regulyatorlarning roli va standartlashtirishning ahamiyati keng yoritilgan. Hisobotga ko‘ra,
barqaror o‘sish uchun huquqiy bazaning aniqligi, shariat kengashlarining mustaqill
igi va
regulyator organlarning vakolati asosiy shartlardan biri sifatida qaraladi. Shuningdek, IFSB
qoidalari islomiy moliyaviy institutlar uchun xalqaro standartlar yaratishda muhim manba
bo‘lib xizmat qilmoqda.
Dinar
Standard (2022) tomonidan chop etilgan “State of the Global Islamic Economy”
hisobotida islomiy moliyaning ekologik va ijtimoiy jihatlarga ta’siri, ya’ni ESG va SDG
kontekstida ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Bunda islomiy moliya nafaqat diniy muvofi
qlik,
balki ijtimoiy va ekologik barqarorlikni qo‘llab
-quvvatlovchi muhim mexanizm sifatida
baholanadi. Bu, ayniqsa, O‘zbekiston kabi ekologik tahdidlar mavjud bo‘lgan mintaqalarda
dolzarbdir.
Azizov (2021) tomonidan tayyorlangan maqolada O‘zbekistonda islom moliyasini joriy
etish yo‘lidagi asosiy to‘siqlar –
qonunchilikdagi bo‘shliqlar, moliyaviy regulyatsiya tizimining
noaniqligi va professional kadrlar yetishmasligi sifatida ko‘rsatib o‘tilad
i. Shu bilan birga,
muallif amaldagi bank tizimida islomiy banklar faoliyat yuritishi uchun qonuniy asoslarning
ishlab chiqilmaganligini tanqidiy tahlil qiladi.
Ernst & Young (2023) hisoboti islomiy moliya institutsiyalarining transformatsiyasi,
raqamli texnologiyalar bilan integratsiyasi va pandemiyadan keyingi davrda ularning
barqarorligiga e’tibor qaratadi. Hisobotda fintech asosidagi shariatga muvofiq moliyavi
y
xizmatlarning shakllanishi yangi institutsional yondashuvlarni talab qilayotgani aytiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 12-dekabrda qabul
qilingan qarori asosida islomiy moliya mahsulotlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha normativ
-
huquqiy baza yaratish va xalqaro tajribani chuqur o‘rganish bo‘yicha amaliy chora
-tadbirlar
belgilangani bu yo‘nalishda siyosiy irodaning mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Yuqoridagi adabiyotlar asosida aytish mumkinki, islom moliyasining nazariy va amaliy
asoslari xalqaro miqyosda ancha mukammal ishlab chiqilgan. Biroq O‘zbekiston sharoitida
ushbu bilimlar asosida samarali huquqiy va institutsional platformani yaratish uchun hali
ko‘plab ishlarni amalga oshirish zarur.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida islom moliyasi tizimini joriy etishning
huquqiy va institutsional
asoslarini o‘rganish maqsad qilingan bo‘lib, tahlil sifatida normativ
-
huquqiy hujjatlar, xalqaro standartlar, ilmiy maqolalar, hukumat qarorlari hamda mavjud
xalqaro amaliyotga oid hisobotlar asosiy ma’lumot manbasi sifatida tanlandi. Tadqiqotda sifatli
(q
ualitative) yondashuv qo‘llanilib, kontent tahlili va qiyosiy
-huquqiy tahlil metodlari asosida
ilmiy xulosa chiqarildi.
Tahlil uchun quyidagi asosiy manbalar ishlatildi:
www.sci-p.uz
III SON. 2025
291
•
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi (Masalan, “Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun).
•
Prezident qarorlari, xususan 2022-yilda qabul qilingan islom moliyasini rivojlantirish
bo‘yicha farmoyishlar.
•
IFSB, AAOIFI kabi xalqaro islomiy moliyaviy regulyator tashkilotlarining normativ
hujjatlari va standartlari.
•
DinarStandard, EY, IMF kabi xalqaro tashkilotlarning yillik hisobotlari va tahliliy
materiallari.
•
O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar bozori bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar
(Markaziy bank, Davlat statistika qo‘mitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi).
Metodologik yondashuv sifatida tadqiqotda quyidagi bosqichli tahlil usullari qo‘llanildi:
•
Normativ-huquqiy tahlil
–
amaldagi qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqlar va islom
moliyasi vositalarini integratsiya qilish uchun zarur o‘zgartirishlar aniqlangan.
•
Qiyosiy-huquqiy yondashuv
–
Malayziya, BAA, Qozog‘iston va Turkiya tajribasi
asosida O‘zbekiston sharoitida amal qilishi mumkin bo‘lgan institutsional modellar tahlil
qilindi.
•
Tahliliy kontent sharhi
–
xalqaro hisobotlar va ekspert baholaridan foydalanilgan
holda sohaga oid fikrlar sintez qilindi.
•
Kontekstual yondashuv
–
mamlakatning iqtisodiy, demografik va dini tarkibiga mos
ravishda islom moliyasini joriy etishning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari hisobga olindi.
Shuningdek, maqolada empirik ma’lumotlar o‘rniga huquqiy
-institutsional asoslarni
baholovchi nazariy tahlil ustuvorlik kasb etdi. Bu yondashuv tadqiqotning konseptual
asoslarini chuqurroq ochib berish va aniq tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Islom moliyasi zamonaviy moliyaviy tizimning muqobil shakli bo‘lib, u Qur’on oyatlari,
Hadislar va fiqhiy qarorlar asosida shakllangan axloqiy, iqtisodiy va ijtimoiy tamoyillarga
tayangan holda faoliyat
yuritadi. Uning asosiy maqsadi nafaqat moliyaviy foyda ko‘rish, balki
iqtisodiy adolat, ijtimoiy mas’uliyat va ma’naviy poklikni ta’minlashdan iborat. Islom moliyasi
an’anaviy kapitalistik tizimdan farqli ravishda, insoniy qadriyatlar va axloqiy normalarni
moliyaviy munosabatlarga tatbiq etadi (1-jadval).
Islom moliyasi quyidagi asosiy tamoyillar asosida qurilgan bo‘lib, ularning barchasi shariat
normalariga to‘la mos bo‘lishi talab etiladi
(Chapra, 2000):
1.
Islom moliyasining eng muhim tamoyillaridan biri bu
—
har qanday foizli
operatsiyalarning qat’iyan man etilganligidir. Riba —
bu kapital ustidan kafolatlangan daromad
bo‘lib, u adolatsizlikni keltirib chiqaradi va moliyaviy tizimda ekspluatatsiyaga olib ke
lishi
mumkin (Chapra, 2000). Islom moliyasida daromad faqat real iqtisodiy faoliyat orqali olinishi
lozim.
2.
Bitimda ishtirok etuvchi tomonlar o‘rtasida shart
-sharoitlar aniq, shaffof va adolatli
bo‘lishi lozim. Shartnomalar noto‘liq, noaniq yoki spekulyativ xarakterga ega bo‘lsa, ular
shariatga zid deb topiladi. Islom moliyasi tasodifga, yutish-
yo‘qotish ehtimol
lariga asoslangan
operatsiyalarni inkor etadi (Iqbal va Mirakhor, 2007).
3.
Islom moliyasida moliyaviy hamkorliklar tenglik va adolat prinsiplariga asoslanadi.
Foyda yoki zarar har ikki tomon uchun kelishilgan ulush asosida bo‘lishi shart. Bu yondashuv
iqtisodiy munosabatlarni spekulyatsiyadan emas, o‘zaro ishonch va halollikdan k
elib chiqib
shakllantiradi (El-Gamal, 2006).
4.
Islom moliyasi moliyaviy faoliyatni real iqtisodiy aktivlarga bog‘lashni talab qiladi.
Pulning o‘zi mustaqil daromad manbai bo‘la olmaydi. Moliyaviy operatsiyalar ishlab chiqarish,
savdo yoki xizmat ko‘rsatish bilan bog‘langan bo‘lishi shart
(Siddqi, 2006).
www.sci-p.uz
III SON. 2025
292
5.
Islom moliyasi foyda olishdan tashqari, jamiyat manfaatlarini ko‘zlaydi. Zakat, sadaqa
va qard al-
hasan kabi elementlar orqali moliyaviy resurslar ijtimoiy ehtiyojlarga yo‘naltiriladi,
kambag‘allarni qo‘llab
-quvvatlashga xizmat qiladi (Kahf, 2004).
O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy sektorining huquqiy asoslari asosan an’anaviy, ya’ni
foizli asosda ishlaydigan bank va kapital bozoriga yo‘naltirilgan. Shu sababli, islom moliyasini
joriy etish uchun mavjud qonunchilik bazasi cheklangan, ayrim hollarda esa to‘sqinlik qiluvchi
omilga aylangan.
1-jadval
Islom moliyasining asosiy tamoyillari:
Tavsif, Shariat asoslari va Amaliy misollar
Manba:
muallif tomonidan tuzilgan.
Quyida O‘zbekistondagi huquqiy muhitning islom moliyasiga nisbatan tayyorgarligi,
mavjud hujjatlar va real holat tahlil qilinadi (2-jadval).
Islomiy moliyaviy xizmatlarning joriy etilishi uchun quyidagi muammolar mavjud. Bular,
O‘zbekistonda islomiy moliyaviy mahsulotlarning shariatga muvofiqligini baholaydigan
mustaqil shariat kengashi yoki maxsus fatvo beruvchi organ yo‘q. Misol uchun, sukuk
chiqarishda aktivga egalik, ijara kelishuvi va foyda taqsimoti shariatga muvofiq bo‘lishi lozim,
biroq bu jarayonni huquqiy nazorat qiluvchi tizim mavjud emas. Mudaraba yoki musharaka
kabi moliyalashtirish usullari shariatga asoslangan bo‘lsa
-
da, O‘zbekist
onning amaldagi bank
qonunchiligida ular rasmiy iqtisodiy shartnoma sifatida tan olinmaydi. Natijada, banklar ularni
amaliyotda qo‘llashda qonuniy xavf ostida qolmoqda. Hozirda O‘zbekiston Markaziy banki
faqat umumiy bank faoliyati uchun litsenziya beradi.
Islomiy bank sifatida ro‘yxatdan o‘tish
yoki faoliyat yuritish bo‘yicha alohida me’yoriy
-huquqiy asos mavjud emas. Bu esa sukuk,
takaful, va mudaraba asosidagi investitsion loyihalarning joriy etilishini murakkablashtiradi.
Tamoyil nomi
Izoh
Shariatdagi asos
Amaliy misol
Riba (foiz)
taqiqlanishi
Har qanday foiz
asosidagi daromad olish
taqiqlanadi.
Al-Baqara 275
–
279 oyatlar
An’anaviy bank kreditlari o‘rniga
murabaha
asosida tovar sotiladi: bank
narsa sotib olib, foyda qo‘shib xaridorga
sotadi.
G‘arar
(noaniqlik)
Bitim shartlarining
noaniqligi, xatarlar
yashirinligi man etiladi.
Hadis va fuqaro-
huquqiy qoidalar
Sug‘urta
shartnomasida kompensatsiya
miqdori noma’lum bo‘lsa, bu g‘ararga
kiradi. Islomiy sug‘urta —
takaful
bu
muammoni hal qiladi.
Maisir
(qimor)
Spekulyatsiya, qimor,
ehtimolga asoslangan
foyda man etiladi.
Al-
Ma’ida 90–
91
oyatlar
Kriptovalyutalardagi spekulyativ
savdolar
islom moliyasida noqonuniy.
Lekin “tokenization of sukuk” kabi
vositalar halol hisoblanadi.
Real
aktivlarga
asoslanish
Bitimlar mol, yer,
xizmat kabi real
aktivlarga asoslangan
bo‘lishi shart.
Qur’on va fiqhiy
qarorlar
Sukuk al-Ijara
–
obligatsiyalar o‘rniga
bino yoki uskunalarni ijaraga berish
orqali foyda olinadi.
Risk va foyda
taqsimoti
Foyda va zarar adolatli
ulush asosida
taqsimlanadi.
Musharaka,
Mudaraba
shartnomalari
Musharaka
–
ikki investor korxona
tashkil qiladi, foyda va zarar ulush
asosida taqsimlanadi.
Ijtimoiy
adolat
Boylik teng
taqsimlanishi va
ijtimoiy ehtiyojlarni
qondirish maqsad
qilingan.
At-Tauba 60
oyatlari
Qard al-Hasan
–
ijtimoiy zaif
qatlamlarga foizsiz qarz berish,
zakat
orqali kambag‘allarni moliyaviy qo‘llab
-
quvvatlash.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
293
2-jadval
Mavjud qonunchilik hujjatlarining umumiy ko‘rinishi
Hujjat nomi
Islom moliyasiga tegishli
jihatlar
Cheklov yoki bo‘shliq
“
Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida” Qonun (1996,
yangilangan)
Banklar faoliyati, kredit berish,
depozitlar asosiy tushunchalar
sifatida belgilangan.
Foizsiz moliyalashtirish, mudaraba,
musharaka yoki murabaha kabi
shartnomalar tilga olinmagan.
“Qimmatli qog‘ozlar bozori
to‘g‘risida” Qonun (2008)
Obligatsiyalar, aksiyalar, fondlar
bo‘yicha bazaviy qoidalar
belgilangan.
Sukuk uchun alohida maqom yo‘q, real
aktivlar asosidagi emissiyaga qonuniy
asos yo‘q.
“Sug‘urta faoliyati
to‘g‘risida” Qonun (2002)
Sug‘urtaning shakllari,
kompaniyalar faoliyati nazorat
qilinadi.
Takaful
–
islomiy sug‘urta
konsepsiyasi qonunchilikda mavjud
emas.
Manba:
muallif tomonidan tuzilgan.
Shunga qaramay, so‘nggi yillarda hukumat tomonidan islom moliyasini joriy
etishga doir
bir qator dastlabki tashabbuslar ilgari surilgan. 2022-yil 12-dekabrdagi Prezident Farmonida
Markaziy bank, Moliya vazirligi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga islomiy moliyaviy
mahsulotlarni yaratish va qonunchilik bazasini ishlab
chiqish vazifasi yuklatilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qozog‘istonning AIFC (Astana Xalqaro
Moliya Markazi) bilan hamkorlikda islomiy moliyaviy huquqiy infratuzilmani o‘rganish
bo‘yicha memorandum imzolagan (2023
). Tashabbus darajasida ayrim tijorat banklari,
masalan, “Kapitalbank” yoki “Asia Alliance Bank” islomiy moliyalashtirish mexanizmlari
bo‘yicha xizmatlar ishlab chiqishni boshlagan. Biroq ular hali qonuniy jihatdan to‘liq tan olingan
emas.
Masalan, O‘zbekistonda sukuk chiqarish uchun alohida qonuniy asos mavjud emas.
An’anaviy obligatsiyalar bozorida faqat foizli emissiya tartibi mavjud bo‘lib, sukuk —
real aktiv
asosida egalikni ifodalovchi moliyaviy vosita
—
mavjud “Qimmatli qog‘ozlar bozo
ri
to‘g‘risida”gi qonunga sig‘maydi. Shu sababli, potensial investitsiya loyihalari, ayniqsa
infratuzilmaviy sohada, sukuk orqali moliyalashtirilmayapti. Bu esa O‘zbekistonning xalqaro
kapital bozorlarida islomiy investorlar bilan ishlash salohiyatini cheklaydi.
3-jadval
Xalqaro darajadagi regulyator institutlar
Tashkilot nomi
Asosiy vazifasi
Misol
IFSB
–
Islamic Financial
Services Board
Islomiy moliyaviy muassasalar
uchun prudensial standartlar va
xavf nazorati tizimlarini ishlab
chiqadi
2020-
yilda IFSB barqarorlik bo‘yicha
hisobotida islomiy banklar uchun
kapital yetarlilik modeli tavsiya
qilingan
AAOIFI
–
Accounting and
Auditing Organization for
Islamic Financial
Institutions
Moliyaviy hisob-kitob va audit
bo‘yicha shariatga mos
standartlar ishlab chiqadi
AAOIFI 58 ta moliyaviy va 26 ta shariat
standartlarini tasdiqlagan bo‘lib, ular
global miqyosda qo‘llaniladi
IOIFI
–
Islamic
Organization for Islamic
Financial Institutions
Islomiy moliya sohasidagi fatvo,
ilmiy tadqiqot va konsensus
uchun platforma yaratadi
Musharaka shartnomalaridagi risk
taqsimoti bo‘yicha xalqaro fatvolar
tizimini joriy qilgan
Manba:
muallif tomonidan tuzilgan.
Islom moliyasining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi bevosita uning ustidan nazorat va
muvofiqlikni ta’minlovchi regulyator institutlarning mavjudligiga bog‘liq. Ushbu institutlar
www.sci-p.uz
III SON. 2025
294
islomiy moliyaviy tashkilotlar
faoliyatining shariatga muvofiqligini ta’minlash, standartlarni
ishlab chiqish, litsenziyalash, nazorat qilish va moliyaviy barqarorlikni kafolatlash
funksiyalarini bajaradi. Bu bo‘limda islomiy moliya sohasi uchun muhim bo‘lgan regulyatorlar,
ularning vaz
ifalari va O‘zbekiston sharoitida bu rolni bajaruvchi muassasalar holati tahlil
qilinadi (3-jadval).
Islom moliyasining xalqaro miqyosda izchil rivojlanishi va standartlashtirilgan shaklda
qo‘llanilishi, ayniqsa 2000
-yillardan boshlab, mustaqil regulyator institutlar faoliyati bilan
chambarchas bog‘liq bo‘ldi. Quyida
keltirilgan jadvalda uchta asosiy xalqaro institut
—
IFSB, AAOIFI va IOIFI
—
islomiy
moliyaviy xizmatlarning nazariy asoslarini amaliyotga tatbiq etishda hal qiluvchi rol
o‘ynayotganligi aniq ko‘rinadi.
Ushbu institutlarning faoliyati orqali islomiy moliya sohasida yagona, standartlashtirilgan
va shariatga muvofiq tartib-
taomillar shakllanadi. O‘zbekiston islom moliyasini joriy etishda bu
tashkilotlarning hujjat va tavsiyalariga asoslanishi zarur.
O‘zbekistonning mavjud moliyaviy regulyatorlari islom moliyasiga oid alohida
standartlar ishlab chiqmagan, ularning nazorat funksiyalari asosan an’anaviy moliyaviy
vositalarga yo‘naltirilgan. Shuning uchun, shariatga mos moliyaviy institutlar uchun maxsus
litsenziyalash, audit va shariat kengashlarining maqomini belgilash zarur (4-jadval).
4-jadval
O‘zbekistonda mavjud regulyator institutlarning roli
Muassasa
Asosiy funksiyasi
Islom moliyasi bo‘yicha holat
O‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy banki
Pul-kredit siyosatini yuritish,
banklar ustidan nazorat,
litsenziyalash
Islomiy banklar yoki foizsiz
moliyalashtirish uchun alohida
regulyator platformasi mavjud emas
Kapital bozorini
rivojlantirish
agentligi
Obligatsiyalar, qimmatli
qog‘ozlar emissiyasi va
investitsiyalarni nazorat qiladi
Sukuk emissiyasi uchun qonuniy asos
va tartib mavjud emas, agentlik hali bu
yo‘nalishda faoliyat boshlamagan
Moliya vazirligi
Moliya boshqaruvi, davlat
byudjeti, fiskal nazorat
Islomiy moliyaviy mahsulotlarning
byudjetga integratsiyasi masalasi
ochiq qolmoqda
Manba:
muallif tomonidan tuzilgan.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda mavjud moliyaviy regulyator
institutlari islomiy moliyaning maxsus talablariga javob beruvchi yondashuv va infratuzilmaga
hali to‘liq ega emas. Ayni paytda mavjud regulyatorlar —
xususan, Markaziy bank, Kapital
bozorini rivojlantirish agentligi va Moliya vazirligi
—
faqat an’anaviy moliyaviy vositalar va
operatsiyalarni t
artibga solishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekistonda islomiy moliya uchun mustaqil yoki ixtisoslashgan regulyator mavjud
emas. Bu esa islomiy bank, sukuk yoki takaful mahsulotlarini rivojlantirishda huquqiy
noaniqliklar va normativ bo‘shliqlarni yuzaga keltirmoqda. Masalan, islomiy moliyalashti
rish
asoslari
—
mudaraba, musharaka yoki murabaha
—
mavjud bank qonunchiligi doirasida tan
olinmaydi va regulyatsiyaga tushmaydi. Islomiy moliyaning ajralmas elementi hisoblangan
Shariat kengashlari na Markaziy bank, na boshqa nazorat organlari huzurida faoliyat
yuritmaydi. Bu esa islomiy moliyaviy mahsulotlar ustidan fatvo asosidagi shariat nazoratini
murakkablashtiradi. Xalqaro amaliyotda esa (xususan, Malayziya, BAA) shariat kengashlari
moliyaviy mahsulotlarning halollik sertifikatini taqdim etuvchi muhim institutsional vosita
hisoblanadi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan sukukni qimmatli qog‘oz
sifatida e’tirof etish bo‘yicha maxsus qonunchilik mavjud emas. Sukuk an’anaviy
www.sci-p.uz
III SON. 2025
295
obligatsiyalardan farqli ravishda real aktivga asoslanganligi sababli, u uchun alohida normativ
baza talab etiladi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, hozirda sukuk instrumentlari Markaziy bank
yoki Agentlik tomonidan tan olinmayapti. Islomiy banklar yoki takaful kompaniyalari uchun
alohida litsenziya turi yoki faoliyat kodeksi mavjud emas. Bu esa foizsiz moliyalashtirishga
asoslangan tashkilotlarning shakllanishi va ishlashida huquqiy xavf tug‘diradi. Xalqaro
tajribada (masalan, Bahrayn, Sudan, Saudiya Arabistoni) islomiy moliyaviy institutlar alohida
litsenziya asosida faoliyat yuritadi. AAOIFI yoki IFSB tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro
shariat va moliyaviy standartlar O‘zbekiston qonunchiligiga integratsiya qilinmagan. Bu esa
moliyaviy tashkilotlar uchun o‘z
faoliyatini baholashda yagona mezonlarning yo‘qligiga olib
kelmoqda. Natijada, islomiy moliyaviy mahsulotlar ko‘rinishda mavjud bo‘lishi mumkin, lekin
ularning shariatga muvofiqligi kafolatlanmagan bo‘ladi.
Islom moliyasining jahon bo‘yicha rivojlanishi ko‘plab mamlakatlarda turli institutlar,
qonunchilik yondashuvlari va strategik tashabbuslar orqali amalga oshirilmoqda. Xususan,
Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Qozog‘iston davlatlari islom mo
liyasini
institutsional darajada muvaffaqiyatli joriy etgan davlatlar sirasiga kiradi. Ularning tajribasi
O‘zbekiston uchun ham amaliy model vazifasini o‘tashi mumkin. Malayziya islom moliyasi
bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or tizimlardan biriga ega bo‘lib, bu
sohani yillar davomida
bosqichma-bosqich, davlat tomonidan muvofiqlashtirilgan yondashuv asosida rivojlantirgan.
Davlatni asosiy xususiyatlar, Markaziy bank huzurida Shariat Kengashi tashkil etilgan va barcha
islomiy moliyaviy mahsulotlar ushbu kengashning fatvosi bilan tasdiqlanadi, Islomiy banklar
faoliyati uchun alohida qonun (Islamic Financial Services Act, 2013) joriy etilgan bo‘lib, u foizsiz
moliyalashtirish mexanizmlarini to‘liq tartibga soladi, INCEIF (International Centre for
Education in Islamic Finance) orqali kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar olib boriladi va
Sukuk bozori bo‘yicha Malayziya jahonning eng yirik emitteri hisoblanadi. 2022
-yil holatiga
ko‘ra, global sukuk emissiyasining 22% shu davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan
(IFSB, 2022).
BAAda islomiy moliyaviy institutlar Dubai, Abu Dhabi va Sharja kabi alohida
yurisdiktsiyalarda faoliyat yuritadi. Bu hududiy erkinlik moliyaviy innovatsiyalarni
rag‘batlantiradi, ammo ularning barchasi AAOIFI va IFSB standartlariga asoslangan
regulyatsiyaga rioya qiladi. Davlatning asosiy yutuqlari bu, Dubai Islamic Bank dunyodagi
birinchi islomiy bank sifatida 1975-yilda tashkil etilgan, Dubai International Financial Centre
(DIFC) alohida yurisdiksiya sifatida sukuk, mudaraba va musharaka asosidagi investitsiyalarni
taklif qiladi va shariat kengashlarini moliyaviy sektor ishtirokchilari bilan bevosita bog‘lab,
mahsulotni ishlab chiqishdan oldin muvofiqlik tekshiruvini talab qiladi.
5-jadval.
Taqqosloviy tahlil natijalari
Davlat
Huquqiy baza
Shariat kengashi
Kadrlar tayyorlash Sukuk bozori
Malayziya
Maxsus qonun (IFSA
2013)
Markazlashtirilgan
INCEIF, hukumat
grantlari
Juda rivojlangan
BAA
Yurisdiksiyaga bog‘liq
tizim
Mahalliy va federal
darajada
DIFC Akademiyasi
O‘rta darajada
Qozog‘iston
Islom moliyasi
bo‘yicha qonun
AIFC shariat kengashi
Nazarboyev
universitet, AIFC
Endi
shakllanmoqda
1-rasmda
keltirilgan radar diagramma Malayziya, BAA va Qozog‘iston davlatlarida islom
moliyasi infratuzilmasining to‘rtta asosiy komponenti —
huquqiy baza, shariat kengashlari,
kadrlar tayyorlash va sukuk bozori bo‘yicha rivojlanish darajasini solishtiradi. Har bi
r mezon
bo‘yicha 1 dan 5 gacha bo‘lgan ball asosida baholash amalga oshirilgan.
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, Malayziya barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yuqori
bahoga ega. Bu davlatda islomiy moliya maxsus qonunlar, ilg‘or shariat kengashlari, kuchli
www.sci-p.uz
III SON. 2025
296
ta’lim va tadqiqot muassasalari (masalan, INCEIF), shuningdek, rivojlangan sukuk bozori orqali
to‘liq shakllangan tizimni ifodalaydi.
BAA esa nisbatan moslashuvchan, ammo yurisdiksiya bo‘yicha farqlanuvchi tizimga ega.
U erda Dubai va Abu Dhabi moliyaviy markazlari o‘z shariat kengashlariga va regulyator
yondashuvlariga ega. Shunga qaramay, sukuk bozorining rivojlanish darajasi Malayziya bilan
taqqoslaganda pastroq.
1-
rasm. Islom moliyasi elementlari bo‘yicha xalqaro tajriba taqqoslanishi
Qozog‘istonning natijalari hali rivojlanayotgan bozor uchun xosdir. AIFC orqali qabul
qilingan “Islom moliyasi to‘g‘risida” qonun, xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan shariat
kengashi va ilk kadrlik bazaning shakllanishi ijobiy bosqich sifatida baholanadi. Biroq sukuk
bozori va ta’lim tizimi hanuz to‘liq shakllanmagan.
Diagramma orqali aniq ko‘rinadiki, O‘zbekiston ushbu tajribalarni o‘rganib, o‘ziga xos,
milliy sharoitga mos, ammo xalqaro tajriba asosida tuzilgan islomiy moliyaviy model yaratishi
mumkin (1-rasm).
O‘zbekiston Respublikasida islom moliyasi tizimini joriy etish nafaqat moliyaviy xizmatlar
ko‘lamini kengaytirish, balki iqtisodiy adolat, moliyaviy inklyuzivlik va barqarorlikni
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlillar va xalqaro tajriba asosida O‘zbekiston
sharoitida islomiy moliya sektorini shakllantirish uchun bir qator normativ, institutsional va
amaliy chora-tadbirlar tavsiya etiladi.
Birinchidan, mavjud qonunchilikka islom moliyasining asosiy tamoyillari va vositalarini
integratsiya qilish zarur. Buning uchun islomiy moliya xizmatlarini tartibga soluvchi maxsus
qonun hujjati qabul qilinishi lozim. Bu qonun orqali foizsiz moliyalashtirish, sheriklikka
asoslangan investitsiya turlari (mudaraba, musharaka), ijara va savdo asosidagi
moliyalashtirish (murabaha, ijara), shuningdek sukuk va takaful kabi vositalar huquqiy
jihatdan aniqlashtirilishi kerak. Shuningdek, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Qimmatli
qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlarga islomiy moliyaviy mahsulotlar bilan bog‘liq normalar
kiritilishi maqsadga muvofiq.
Ikkinchidan, islom moliyasining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan shariatga muvofiqlik
tizimini shakllantirish zarur. Bu borada Markaziy bank yoki boshqa regulyator organ huzurida
Milliy shariat kengashi tashkil etilishi, shuningdek tijorat banklari va moliyaviy institutlarda
ichki shariat kengashlari faoliyat yuritishi uchun huquqiy asos yaratilishi lozim. Ushbu
www.sci-p.uz
III SON. 2025
297
kengashlar shariat talablariga mos moliyaviy mahsulotlarni tasdiqlovchi, audit qiluvchi va fatvo
beruvchi vakolatli organ maqomida faoliyat yuritadi.
Uchinchidan, islomiy moliyaviy institutlar
—
banklar, sug‘urta tashkilotlari, investitsiya
va lizing kompaniyalari uchun alohida litsenziyalash tartibi joriy qilinishi kerak. Bu orqali
ularning faoliyati shariatga muvofiq tarzda yuritilishi ta'minlanadi. Shu bilan birga, moliya
sohasi xodimlari uchun islomiy moliya bo‘yicha malaka oshirish dasturlari joriy etilishi, oliy
ta’lim muassasalarida islom moliyasi bo‘yicha magistratura va maxsus kurslar ochilishi zarur.
To‘rtinchidan, amaliy jihatdan bosqichma
-bosqich moliyaviy xizmatlarni joriy qilish
samaradorlikni oshiradi. Jumladan, tijorat banklari tarkibida islomiy moliyalashtirish
“oynasi”ni (window
-based model) joriy etish orqali murabaha, mudaraba va ijara asosidagi
xizmatlar taklif qilinishi mumkin. Bu tajribali kadrlar yetishmagan, qonunchilik hali to‘liq
shakllanmagan davrda nisbatan xavfsiz va nazorat ostidagi yo‘nalish hisoblanadi. Shuningdek,
davlat infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda sukuk emissiya
sidan foydalanish bo‘yicha
mexanizmlar ishlab chiqilishi mumkin.
Beshinchidan, xalqaro islom moliyasi institutlari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
orqali texnik yordam, tajriba almashuvi va investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlari
kengaytiriladi. Xususan, O‘zbekiston AAOIFI, IFSB va CIBAFI kabi tashkilotlarning a’zoligini
qabul qilishi, ularning standartlarini milliy qonunchilikka moslashtirishi va moliyaviy
regulyatsiya tizimiga inkorporatsiya qilishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, Islom
taraqqiyot banki (IsDB), ICD (Islamic Corporation for the Development of the Private Sector)
va ITFC (International Islamic Trade Finance Corporation) bilan qo‘shma dasturlar asosida
islomiy moliya vositalari joriy etilishi mumkin.
Yuqoridagi chora-
tadbirlar asosida O‘zbekistonda islom moliyasi sohasida barqaror,
shariatga muvofiq va xalqaro standartlarga mos infratuzilma shakllantirilishi mumkin. Bu
nafaqat ichki moliyaviy barqarorlik, balki mintaqaviy hamkorlik va global investitsion
ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xulosa va takliflar.
Islom moliyasi zamonaviy global moliyaviy tizimda barqaror, adolatli va axloqiy
tamoyillarga asoslangan muqobil yondashuv sifatida tobora keng tarqalmoqda. U an’anaviy foiz
asosidagi moliyaviy amaliyotlardan farqli ravishda shariat me’yorlari, xususan riba, maisir va
g‘arar kabi taqiqlangan elementlardan xoli bo‘lishi, real aktivlarga tayanishi va foyda
-zararning
adolatli taqsimotini ta’minlashi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada islom moliyasining asosiy
prinsiplari, xizmat turlari va ular bilan bog‘liq xalqaro tajribalar chuqur tahlil
qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan huquqiy
-
institutsional baza va regulyator tizimning holati baholandi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda O‘zbekistonda islomiy moliyaviy
vositalarni amaliyotga tatbiq etish uchun zarur shart-
sharoitlar to‘liq shakllanmagan. Mavjud
qonunchilik asosan an’anaviy moliyalashtirish mexanizmlarini tartibga solishga mo‘ljallangan
bo‘lib, mudaraba, musharaka, murabaha, sukuk va takaful kabi islomiy moliyaviy vositalar
uchun aniq me’yoriy asoslar mavjud emas. Shariatga muvofiqlikni ta’minlovchi kengashlar,
shuningdek foizsiz moliyalashtirish uchun alohida litsenziya tizimi yoki regulyatsiya rejimi
ham shakllanmagan. Bu holat islomiy moliyaviy institutlar faoliyatining keng miqyosda
rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Biroq, xalqaro tajriba
—
xususan Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qozog‘iston
misolida
—
islom moliyasini samarali joriy etishning huquqiy, institutsional va infratuzilmaviy
modelini taklif etadi. Malayziyada Markaziy bank huzurida Shariat kengashi faoliyat yuritadi,
AAOIFI va IFSB standartlari milliy qonunchilikka integratsiya qilingan. BAAda esa ko‘p
yurisdiksiyali yondashuv va xususiy sektor tashabbuslari islom moliyasi innovatsiyalariga keng
yo‘l ochgan. Qozog‘iston esa AIFC (Astana Xalqaro Mol
iya Markazi) orqali ingliz huquqi
www.sci-p.uz
III SON. 2025
298
elementi va islom moliyasini uyg‘unlashtirgan holda, mintaqada ilg‘or platformani
shakllantirmoqda.
Tahlillarga asoslanib, O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etishda kompleks
yondashuvga ehtiyoj mavjudligi aniqlanmoqda. Bunda, birinchidan, islomiy moliyaviy
mahsulotlar uchun maxsus qonunchilikni ishlab chiqish; ikkinchidan, shariatga muvofiqlikni
ta’mi
nlovchi milliy kengashni tashkil etish; uchinchidan, moliyaviy institutlar uchun foizsiz
faoliyat yuritish mexanizmlarini litsenziyalash va tartibga solish zarur. Shu bilan birga, sukuk,
takaful, ijara va boshqa vositalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali milliy moliyaviy
bozorni diversifikatsiya qilish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, islom moliyasining to‘laqonli rivoji uchun xalqaro tajribalarni chuqur
o‘rganish, AAOIFI va IFSB kabi tashkilotlar bilan tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yish, milliy ta’lim
tizimida islom moliyasi yo‘nalishlarini tashkil qilish va professional kadr
lar tayyorlash muhim
ahamiyatga ega. Ayniqsa, aholining islomiy moliyaviy savodxonligini oshirish orqali sektorning
qamrovi va ishonchliligi mustahkamlanadi.
Xulosa qilib aytganda, islom moliyasining O‘zbekistonda joriy etilishi faqat moliyaviy
xizmatlar sohasidagi innovatsiya emas, balki iqtisodiy rivojlanishda halollik, adolat va
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi keng qamrovli islohotlar zanjiri hiso
blanadi. Bu
jarayon mamlakat moliyaviy tizimining xalqaro integratsiyasini kuchaytirish, investitsiyaviy
jozibadorlikni oshirish hamda jamiyatda iqtisodiy ishonch muhitini yaratishda muhim rol
o‘ynaydi.
Adabiyotlar/
Литература
/References:
Astana International Financial Centre (AIFC). (2024). Islamic Finance Overview. Astana:
AIFC.
Azizov
, S. (2021). Islom moliyasining O‘zbekistonda joriy etilishi: muammolar va istiqbollar.
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, №6.
Chapra, M. U. (2000). The Future of Economics: An Islamic Perspective. Leicester: The Islamic
Foundation.
DinarStandard. (2022). State of the Global Islamic Economy Report 2022/23. Salaam
Gateway. https://salaamgateway.com/special-coverage/SGIE2022
Dubai Islamic Economy Development Centre. (2023). State of the Global Islamic Economy
Report. Dubai: DIEDC.
El-Gamal, M. A. (2006). Islamic Finance: Law, Economics, and Practice. Cambridge
University Press.
Ernst & Young. (2023). Global Islamic Banking Center: Reshaping Islamic Finance for a
Sustainable Future. https://www.ey.com/en_gl/islamic-finance
IFSB (Islamic Financial Services Board). (2020). Islamic Financial Services Industry Stability
Report 2020.
International Islamic Financial Market (IIFM). (2022). Sukuk Report: A Comprehensive
Study of the Global Sukuk Market. Manama: IIFM.
International Islamic Trade Finance Corporation (ITFC). (2024). ITFC Annual Report 2023.
Jeddah: ITFC.
Iqbal, Z., & Mirakhor, A. (2007). An Introduction to Islamic Finance: Theory and Practice.
Wiley Finance.
Islamic Corporation for the Development of the Private Sector (ICD). (2023). ICD Annual
Report 2022. Jeddah: ICD.
Islamic Development Bank (IsDB). (2023). Annual Development Report. Jeddah: IsDB.
Islamic Financial Services Board. (2020). Islamic Financial Services Industry Stability Report
2020. https://www.ifsb.org
Islamic Financial Services Board. (2022). Islamic Financial Services Industry Stability
Report.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
299
Kahf, M. (2004). Islamic Banks: The Rise of a New Power Alliance of Wealth and Shari’ah
Scholarship.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. (2022). Islom moliyasi sohasidagi normativ
-
huquqiy hujjatlar to‘plami. Toshkent: Adliya vazirligi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2023). Islom moliyasi bozorini rivojlantirish
strategiyasi. Toshkent: Markaziy bank.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. (2022). Davlat moliyasini boshqarish tizimini
takomillashtirish strategiyasi 2025
–
2030. Toshkent: Moliya vazirligi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. (2023). Islom moliyasi to‘g‘risida Qonun loyihasi.
Toshkent: Oliy Majlis https://parliament.gov.uz/uz/documents/1234
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022). Farmoyish: Islomiy moliyani joriy etish chora
-
tadbirlari. https://strategy.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2024). Islom moliyasini rivojlantirish bo‘yicha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida PQ
-123-son qaror.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2025). 2025–
2030 yillarda davlat moliyasini
boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida PQ
-210-son qaror.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. (2025). O‘zbekistonning Osiyo
-Tinch okeani
mintaqasi davlatlari bilan hamkorligi. Toshkent: TIV.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2023). Islom moliyasi xizmatlarini joriy
etish bo‘yicha yo‘l xaritasi. Toshkent: Vazirlar Mahkamasi.
Siddiqi, M. N. (2006). Islamic Banking and Finance in Theory and Practice: A Survey of State
of the Art. Islamic Economic Studies, 13(2), 1
–
48.
Usmani, M. T. (2007). An Introduction to Islamic Finance. Idaratul Ma’arif, Karachi.
Usmani, M. Taqi. (2007). An Introduction to Islamic Finance. Karachi: Idaratul Ma'arif.
Zawya. (2020). Sukuk Issuance in the GCC and Beyond: A 2020 Overview. Zawya Islamic
Finance Insights. https://www.ifsb.org
