Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.123526

Ключевые слова:

корпоративное управление эффективность цели предприятия производство инновационная деятельность компании наблюдательный совет конкурентоспособность качество управления

Аннотация

В данной статье социальные аспекты оценки качества корпоративного управления в компаниях затрагивают социальную ответственность корпоративного управления перед собственными сотрудниками компании, клиентами, поставщиками и обществом в целом. Эффективное управление создает условия для создания комфортной рабочей среды, защиты прав работников, соблюдения стандартов безопасности и охраны труда, а также поддержания надежных отношений с заинтересованными сторонами.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

334


KORPORATIV BOSHQARUVNING MILLIY MODELINI RIVOJLANTIRISHNING

ISTIQBOLLARI

PhD

Yo‘ldashova Gavhar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0009-3761-5248

g.yoldashova@tsue.uz

Xabibullayev Dadajon

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0003-0507-4340

d.xabibullayev@tsue.uz


Annotatsiya.

Ushbu maqolada kоmpаniyаlаrdа kоrpоrаtiv bоshqаruv sifаtini

bаhоlаshning ijtimоiy jihаtlаri kоrpоrаtiv bоshqаruv kоmpаniyаning о‘z xоdimlаri, mijоzlаri,

yetkаzib beruvchilаri vа umumаn jаmiyаt оldidаgi ijtimоiy mаs'uliyаtigа tа’sir qilаdi. Yаxshi

bоshqаruv qulаy ish muhitini yаrаtishgа, ishchilаrning huquqlаrini himоyа qilishgа, xаvfsizlik vа
mehnаtni muhоfаzа qilish stаndаrtlаrigа riоyа qilishgа hamda mаnfааtdоr tоmоnlаr bilаn

ishоnchli munоsаbаtlаrni sаqlаshgа zаmin yаrаtаdi.

Kalit so‘zlar:

korporativ boshqaruv, samaradorlik, korxona maqsadlari, ishlab chiqarish,

innovatsion faoliyat, kompaniyalar, kuzatuv kengashi, raqobatbardoshlik, boshqaruv sifati.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ МОДЕЛИ КОРПОРАТИВНОГО

УПРАВЛЕНИЯ

PhD

Юлдашова Гавхар

Ташкентский государственный экономический университет

Хабибуллаев Дададжон

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация.

В данной статье социальные аспекты оценки качества

корпоративного управления в компаниях затрагивают социальную ответственность
корпоративного управления перед собственными сотрудниками компании, клиентами,

поставщиками и обществом в целом. Эффективное управление создает условия для
создания комфортной рабочей среды, защиты прав работников, соблюдения стандартов

безопасности и охраны труда, а также поддержания надежных отношений с

заинтересованными сторонами.

Ключевые слова

:

корпоративное управление, эффективность, цели предприятия,

производство, инновационная деятельность, компании, наблюдательный совет,

конкурентоспособность, качество управления.

UOʻK:

331.545

334-339


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

335

PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF THE NATIONAL CORPORATE GOVERNANCE

MODEL

PhD

Yuldashova Gavhar

Tashkent State University of Economics

Khabibullayev Dadajon

Tashkent State University of Economics

Abstract.

Social aspects of corporate governance quality assessment in companies

corporate governance affects a company's social responsibility towards its employees, customers,

suppliers, and society as a whole. Good management creates the basis for creating a supportive

work environment, protecting workers' rights, complying with occupational safety and health

standards, and maintaining trusting relationships with stakeholders.

Keywords:

corporate governance, efficiency, enterprise objectives, production, innovative

activities, companies, Supervisory Board, competitiveness, quality of management.

Kirish.

Kоmpаniyаlаrdа kоrpоrаtiv bоshqаruv sifаtini bаhоlаshning ijtimоiy jihаtlаri kоrpоrаtiv

bоshqаruv kоmpаniyаning о‘z xоdimlаri, mijоzlаri, yetkаzib beruvchilаri vа umumаn jаmiyаt

оldidаgi ijtimоiy mаs'uliyаtigа tа’sir qilаdi. Yаxshi bоshqаruv qulаy ish muhitini yаrаtishgа,

ishchilаrning huquqlаrini himоyа qilishgа, xаvfsizlik vа mehnаtni muhоfаzа qilish

stаndаrtlаrigа riоyа qilishgа hamda mаnfааtdоr tоmоnlаr bilаn ishоnchli munоsаbаtlаrni
sаqlаshgа zаmin yаrаtаdi.

Kоmpаniyаlаrdа kоrpоrаtiv bоshqаruv sifаtini bаhоlаshning аxlоqiy jihаtlаri, kоrpоrаtiv

bоshqаruv sifаti, kоmpаniyаning аxlоqiy tаmоyillаri vа qаdriyаtlаri bilаn bevоsitа bоg‘liqdir.

Jаrаyоnlаrning shаffоfligi, mаnfааtdоr tоmоnlаr bilаn munоsаbаtlаrdа hаlоllik, qоnunchilik vа
biznes etikаsi qоidаlаrigа riоyа qilish muvаffаqiyаtli bоshqаruvning аjrаlmаs qismidir.

Bu jihаtlаrning bаrchаsi о‘zаrо bоg‘liq bо‘lib, kоrpоrаtiv bоshqаruvning iqtisоdiy

rivоjlаnish vа ijtimоiy bаrqаrоrlikkа umumiy tа’sirini belgilаydi. Shuning uchun kоrpоrаtiv

bоshqаruv sifаtini bаhоlаsh hаr tоmоnlаmа bо‘lishi hаmdа kоmpаniyаlаr vа umumаn,
jаmiyаtning bаrqаrоr rivоjlаnish mаqsаdlаrigа erishish uchun kо‘rsаtilgаn bаrchа оmillаrni

hisоbgа оlishi kerаk.

Iqtisodiyot sektorlarini transformatsiyalash sharoitida aksiyadorlar boshqaruvni

almashtirish va mulkni qaytadan bo‘lib olish bilan g‘alabaga erishish ehtimoli yuqori bo‘lgan

hollardagina qarama-qarshilik harajatlari va mojarolarga boradi.

Hozirgi kunda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini joriy etishda bir

qator muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan:

- korporativ boshqaruv va nazorat sohasida amaliy mexanizmlarni shakllantirish

borasida faollikning sustligi;

- mojarolarga olib keluvchi aksiyadorlar manfaatlarini uzoq muddatli himoya qilish

mexanizmlarining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi;

- zamonaviy korporativ boshqaruv modellaridan samarali foydalanilmasligi.

Biroq, yuqoridagi muammolarga qaramay, davlat iqtisodiyoitida mulkchilik shakllari va

ularga egalik qilish huquqlarining barqarorlashuvi zamon talablariga moslashtirilib, yangi

rivojlanish bosqichini yuzaga keltirmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Xorij mamlakatlari tajribasidan ma’lumki, korporativ boshqaruv mamlakatning ijtimoiy

-

iqtisodiy rivojlanishini belgilab beradigan asosiy tuzilma hisoblanib, hozirda iqtisodiyoti

rivojlangan va rivojlanyotgan mamlakatlarda takomillashib bormoqda. Chunki davlatning


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

336

korporativ sektorini ilg‘or xoijiy tajribalarni joriy etish orqali rivojlantirish kompaniyalardan

xalqaro standartlarga mos darajadagi korporativ boshqaruvni talab qiladi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga

ko‘ra, “mulkchilik strukturasi ustuvor bo‘lgan mamlakatlarning jahon bozor

kapitalizatsiyasidagi ulushi oxirgi yillar ichida 20 foizdan (1998-2002- yy.) 34 foizgacha (2013-
2015 yy.) oshgan, bunga asosan, rivojlanayotgan mamlakatlar kapital bozorlarining keskin

taraqqiy etishi sabab bo‘lgan. Shuning uchun, mamlakat korporativ boshqaruvining sifati uning

korporativ sektori raqobatbardoshligi va dinamik rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga

ega”

(Maxkamova, 2019).

Bundаn tаshqаri, jаrаyоnlаrni mоdernizаtsiyа qilish tаshkilоt ichidаgi аlоqа vа

hаmkоrlikni yаxshilаshgа yоrdаm berаdi, bu esа, xоdimlаrning mоtivаtsiyаsini оshirаdi vа

innоvаtsiyаlаrni rivоjlаntirаdi.

Shuningdek, korporativ boshqaruvda modernizatsiya

jarayonlarining samaradorligi korporativ kompaniyalarning muvaffaqiyatli faoliyati va ular

raqobatbardoshligida muhim rol o‘ynaydi.

Samarali korporativ boshqaruv borasida ham turlicha qarashlar shakllangan. Xususan,

“samarali korporativ boshqaruvning mohiyati korporatsiya va uning manfaatdor tomonlari

o‘rtasidagi ishonchli munosabatlarning yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi”

(Department, n.d.)

. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mavzuga oid adabiyotlar tahlilini o‘tkazish

natijasida iqtisodiyotni tranformatsiyalash jarayoniga o‘tishda korporativ boshqaruv

masalalari turlicha talqinda ko‘rib o‘tilgan.

“O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning milliy modelini shakllanish bosqichida

turganligi, tarqoq holda turli modellarning ayrim jihatlarini o‘zida mujassamlashtirganligi
ko‘plab tadqiqotchi

-

olimlar tomonidan ta’kidlanadi”

(Ostanoqulova, 2013). Hozirgi kunga

kelib, mamlakatimizda korporativ boshqaruvning milliy modelining shakllanganligi va uning

to‘la

-

to‘kis yakunlangan masalasi ochiqligicha qolmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolada turli usullardan foydalanildi. Kompaniyalarda korporativ boshqaruv

sifatini oshirishda qo‘llaniladigan tizimli yondashuvlar, monografik kuzatish, abstrakt

-

mantiqiy fikrlash, taqqoslama tahlil, ekspert baholash, konstruktiv baholash, bashoratlash

usullaridan keng foydalanilgan

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Korporativ boshqaruv modellari yoki tizimlari ilmiy munozaralar uchun yana bir muhim

mavzu hisoblanadi. Turli

adabiyotlarda “korporativ boshqaruv modellariga nisbatan qarashlar

xilma-

xil bo‘lishiga qaramasdan, korporativ boshqaruvning Kontinental Yevropa va anglo

-

sakson modellari ikki bazaviy modellar hisoblanib, qolgan modellar ma’lum ma’noda shu ikki

modeldan kelib chiqqan degan qarashlar mavjud. Masalan, korporativ boshqaruvning islomiy

modeli (Islamic model) steykxolder (kontinental yevropa) modeliga moslashtirilgan bo‘lib,

anglo-

sakson modelining eng yaxshi amaliyotlarini o‘zida mujassamlashtirgan hamda asosiy

si,

shariat tamoyillariga asoslangan model hisoblanadi. Shuningdek, ayrim tadqiqotchilar

tomonidan korporativ boshqaruvning yapon modelini kontinental yevropa modeli sifatida

ko‘rsatish holatlari ham uchrab turadi”

(Glyushkova, 2004).

Korporativ boshqaruv sifatini baholash metodologiyasi tarkibi quyidagi rasmda aks

ettirilgan. Shuningdek, kompaniyada korporativ boshqaruv sifatini baholashning asosiy

elementlari quyidagilar hisoblanadi:

- mulk;

- axborot shaffofligi;
-

boshqaruv tuzilmasi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining imkoniyatlari;

-

menejerlarga haq to‘lash mexanizmi;

- monitoring, nazorat, identifikatsiya va xatarlarni boshqarish tizimi;

- korporativ madaniyat tizimi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

337

D

unyoga mashhur “Ernst & Young” (EY) auditorlik

-konsalting kompaniyasi Shveysariya

kompaniyalarining birida korporativ boshqaruv sifatini baholash amaliyoti bo‘yicha

tadqiqot

olib borgan, ushbu tadqiqotda esa xususiy kapital qiymatini aniqlashda risk holatlari uchun

mukofotni hisobga olgan holda moliyaviy aktivlar modelidan foydalanilgan. Kompaniya qarz

kapital qiymatini baholashda korporativ obligatsiya va kredit spredlar inobatga olinib baholash

jarayonini amalga oshirgan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra ushbu maml

akat korporativ

tuzimalarining kapital qiymati 10, 11 foiz deb ko‘rsatilgan.

1-rasm. Korporativ boshqaruv sifatini baholash metodologiyasi tarkibi

Manba:

ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi.

Mazkur tadqiqot investor uchun kompaniyalarga kiritiladigan investitsiyadan

kutilayotgan daromadni ko‘rsatadi.

Kompaniya tomonidan esa investitsiya loyihasini amalga

oshirish uchun talab qilingan daromad stavkasi hisoblanadi. Uning kapital qiymatini
baholashda risksiz aktivlar stavkasida Shveysariyaning milliy valyutasida emissiya qilingan

davlat obligatsiyalari fo

iz stavkasi, bozor riski uchun mukofot ko‘rsatkichiga global bozor riski

uchun mukofot ko‘rsatkichi inobatga olingan, kichik kapitallashuvga ega bo‘lgan

korxonalarning risk uch

un mukofot ko‘rsatkichini hisobga olgan holda amalga oshirgan.

O‘zbekiston Respublikasining korporativ boshqaruv tizimi shaklan nemis modeliga

o‘xshashdir. Bu o‘xshashlik ikki pog‘onali kengash, moliyalashtirishda bank tizimining

yetakchiligi kabilarda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, milliy korporativ boshqaruv tizi

mining

o‘ziga xos jihatlari ham mavjud. Masalan, mamlakatimiz korporativ tuzilmalarida ishchi va

xodimlarning Kuzatuv kengashiga nomzod ko‘rsatishi yoki ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.

Ayni paytda, yirik nemis korporatsiyalari kuzatuv kengashlarining 50 foizini aynan ishchi va

xodimlarning vakillari tashkil etadi. Shuningdek, respublikamizda korporativ moliya bozorida

emitentlarning korporativ obligatsiyalar orqali moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyati

cheklangan. Bunda muayyan darajada korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarish

shartlarining sezilarli darajada murakkabligi va qiyinligi rol o‘ynasa, boshqa tomondan

ikkilamchi bozorning sust rivojlanganlgi, fond bozori likvidliligining pastligi va uni ta’minlash

uchun market-meykerlarning mavjud emasligi kabi institutsional muammolar ham mavjudki,

bu oxir oqibat fond bozoriga asoslangan anglo-sakson modelining eng yaxshi amaliyotlaridan
foydalanish imkoniyatini pasaytiradi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

338

1-jadval

Shveysariyadagi aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv sifatini

baholash usullari (Guide, 2018)

Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, korporativ boshqaruvning muayyan tizimi yoki

modelini mutlaq ustunliklarga ega deyish mushkul. Chunki korporativ boshqaruvning har bir

modeli, har qaysi sohada samarali faoliyat yuritishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar mavjud

va ularni samarali faoliyat yuritishini baholash maqsadida zamonavoy baholash mezonlari va

tajriba amaliyotlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, milliy va jahon korporativ tuzilmalarida turli

xil farqlar borligiga qaramay, milliy korporativ boshqaruv mezonlarini yaratishda jahon

tajribalaridan va mezonlaridan foydalanish, ya’nikim, milliy boshqaruv kodeksimizni ishlab

chiqishda jahon tajriba va tamoyillaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa va takliflar.

Korporativ boshqaruv tizimining sifati, asosan, tizim elementlari tomonidan bajariladigan

funksiyalar bilan belgilanadi. Korporativ boshqaruv jarayonlarining sifati kompaniyaning

asosiy maqsadiga yaqinlashish o‘lchovi bilan tavsiflanadi.

“O‘zkimyosanoat” AJ hamda aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi

kimyo sanoati kompaniyalarining korporativ boshqaruv tizimi sifatiga ta’sir etuvchi omillar bu

ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish va tannarxini pasaytirish hamda energiya va

resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish hisoblanadi

Korporativ boshqaruv tizimi sifatini oshirish mexanizmining keng joriy qilinishi kimyo

sanoatida mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘ida asosiy mahsulotlarni ish

lab

chiqarish miqdori hamda ularning barqarorligini ta’minlash bilan korporativ boshqaruvni joriy
qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora

-

tadbirlar orasida bog‘liqlik mavjud ekanligini

ko‘rish mumkin.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

339

Adabiyotlar/

Литература

/References:

Department (n.d.) The International Finance Corporation & the U.S. Department of

Commerce, The Russia Corporate Governance Manual, p.13.

Maxkamova M.A. (2019) Aktsionerlik korxonalarida korporativ boshqaruvning tashkiliy-

iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish. "Korporativ boshqaruv nazariya va amaliyot" ilmiy

maqolalar to‘plami (respublika ilmiy seminari materiallari).23 yanvar 2019 yil. 36

- bet.

Ostanoqulova G.M. va b. (2013) O'zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruvning milliy

modelini rivojlantirish istiqbollari. //Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar.(ilmiy elektron

jurnal) №6. Aprel.

Suyunov D.X., Tursunov B.R. (2022) Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv

samadorligini oshirish. Cyentral Asian Academic journal ISSN: 2181-2489 of SCIYeNTIFIC

RESEARCH VOLUME 2 ǀ ISSUYe 2.

Yuldashova G. (2024) ASSESSMENT OF THE QUALITY OF CORPORATE GOVERNANCE - A

CRITERION OF EFFICIENCY Economic Sciences, Norwegian Journal of development of the

International Science No 140.

Yuldashova G. (2024) Korporativ boshqaruv sifatini baholash samaradorlik mezonodir.

Iqtisodiyot va ta'lim / 2024-yil 2-son. https://doi.org/10.55439/ECED/vol25_iss2/a11

Глушкова Л.А. (2004) К вопросу о применении модели корпоративного управления в

российских коммерческих банках. Банковское дело, октябрьдекабрь, №4. сс.2

-11.

Библиографические ссылки

Department (n.d.) The International Finance Corporation & the U.S. Department of Commerce, The Russia Corporate Governance Manual, p.13.

Maxkamova M.A. (2019) Aktsionerlik korxonalarida korporativ boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish. "Korporativ boshqaruv nazariya va amaliyot" ilmiy maqolalar to‘plami (respublika ilmiy seminari materiallari).23 yanvar 2019 yil. 36 - bet.

Ostanoqulova G.M. va b. (2013) O'zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruvning milliy modelini rivojlantirish istiqbollari. //Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar.(ilmiy elektron jurnal) №6. Aprel.

Suyunov D.X., Tursunov B.R. (2022) Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samadorligini oshirish. Cyentral Asian Academic journal ISSN: 2181-2489 of SCIYeNTIFIC RESEARCH VOLUME 2 ǀ ISSUYe 2.

Yuldashova G. (2024) ASSESSMENT OF THE QUALITY OF CORPORATE GOVERNANCE - A CRITERION OF EFFICIENCY Economic Sciences, Norwegian Journal of development of the International Science No 140.

Yuldashova G. (2024) Korporativ boshqaruv sifatini baholash samaradorlik mezonodir. Iqtisodiyot va ta'lim / 2024-yil 2-son. https://doi.org/10.55439/ECED/vol25_iss2/a11

Глушкова Л.А. (2004) К вопросу о применении модели корпоративного управления в российских коммерческих банках. Банковское дело, октябрьдекабрь, №4. сс.2-11.